O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Toshkent arxitektura-qurilish instituti



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/47
tarix25.12.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#195492
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47
ementli betonlar
turli sementlardan tayyorlanadi va ularni aksariyati 
qurilishda keng foydalaniladi. Ular orasida asosiy o’rinni portlandtsementli 
betonlar va ularning turli xillari еgallaydi (umumiy ishlab chiqarishning 65%ga 
yaqini). Ular turli konstruktsiyalarda va foydalanish sharoitlariga qarab 
qo’llaniladi. Shlakoportlandtsementli (umumiy ishlab chiqarishning 20-25%) va 
putstsolan sementli betonlardan ham muvaffaqiyatli foydlanilmoqda.
Sementli beton turlariga quyidagilar kiradi: oq va boshqa rangli sementdan 
tayyorlangan dekorativ betonlar; o’zi zo’riquvchan konstruktsiyalar uchun 
kuchlanuvchan sementdan tayyorlangan betonlar; sementning o’ziga xos giltuproq 
va kirishmaydigan turlaridan maxsus maqsadlar uchun tayyorlangan betonlar va h. 
k.
Silikat betonlar
ohak asosida tayyorlanadi. Bunday usulda tayyorlanadigan 
betonlarni qotirishda avtoklav usulidan foydalaniladi.
Gips betonlar
, turli navli gipsdan, ichki devorlar, osma shift va pardoz 
еlementlarini tayyorlashda foydalaniladi. Bu betonning turli xillari – gipstsement – 
putstsolanli betonlar suvga o’ta chidamliligi uchun qo’llash ko’lami ancha keng 
(sanuzellarning hajmli bloklari, kam qavatli uylar konstruktsiyalari va boshqalar).
 Shlakishqorli betonlar 
еndigina qurilishda qo’llanila boshlandi. Bunday 
betonlardagi bog’lovchi o’rnida maydalangan shlaklarning ishqorli qorishma bilan 
aralashmasidan foydalaniladi.
Betonpolimerlar
asosi smoladan yoki furfurolatseton misolidagi maxsus 
qo’shimchalar yordamida betonda qotadigan monomerlardan tashkil topgan turli 
polimer bog’lovchilardan (poliеfirli, еpoksidli, karbamidli) tayyorlanadi. Bunday 
betonlar agressiv muhit va o’ta o’tkir ta’sirga еga bo’lgan (ishqalanish, kavitatsiya 
va b. ) sharoitlarda qo’llash juda o’rinli. Betonlar aralash bog’lovchilar, sement va 
polimer moddalardan ham tayyorlanadi. Bunday betonlarni 

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin