O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Toshkent arxitektura-qurilish instituti



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/47
tarix25.12.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#195492
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47
1. 2. Betonning klassifikatsiyasi 
 
Hozirgi zamonda qurilishda betonning turli xillaridan foydalanilmoqda.
Beton turlarini qo’llangan materiallar xususiyatlari va belgilangan maqsadiga 
qarab klassifikatsiyalash bo’yicha tartibga solish mumkin. Betonning ko’p 
xususiyatlari uning zichligiga bog’liqdir, ya’ni beton zichligi sement toshining 
zichligiga, to’ldiruvchilarning turi va beton tuzilishiga bog’liq.
Beton zichligi bo’yicha o’ta og’ir (2500 kg/m
3
va undan ortiq); og’ir (1800-
2000 kg/m
3
); engil (500-1800 kg/m
3
); o’ta engil (500 kg/m

dan kam) turlariga 
bo’linadi. O’ta og’ir betonlar og’ir to’ldiruvchilardan – po’lat qipig’i va 
qirindisidan (po’lat beton), temir rudadan (limonit va magnetit betonlar) yoki 
baritdan (barit beton) tayyorlanadi.
Qurilishda asosan zichligi 2100-2500 kg/m
3
bo’lgan tog’ jinslaridan olingan 
to’ldiruvchili (granit, ohaktosh, diabaz va b. ) oddiy og’ir betonlar qo’llaniladi.
1800-2000 kg/m
3
zichlikdagi betonlar 1600-1900 kg/m
3
zichlikka еga bo’lgan tog’ 
jinslari - shag’allardan tayyorlanadi.
Engil beton g’ovak to’ldiruvchilardan (keramzit, agloporit, ko’pchitilgan 
shlak, pemza, tuf) olinadi. Engil betonlarning qo’llanilishi qurilish 
konstruktsiyalari og’irligini kamaytiradi, qurilishni arzonlashtiradi, shuning uchun 
ularni ishlab chiqarish tezkorlik bilan o’smoqda.
O’ta engil betonlarga g’ovakli betonlar kiradi, ularni bog’lovchi, mayda 
yanchilgan qo’shimchalar va suv qo’shilgan qorishmani maxsus usulda ko’pchitib 
olinadi (gazbeton, ko’piksimon beton) va yirik g’ovakli beton engil to’ldiruvchi 
asosida tayyorlanadi. G’ovakli betonda to’ldiruvchi o’rnida sun’iy tayyorlangan 
g’ovakdagi havo hisoblaniladi.


10 
Bog’lovchi modda betonni xususiyatini aniqlaydigan asosiy tashkil еtuvchi 
bo’lib, uning turlari bo’yicha betonlar farqlanadi, jumladan: sementli, silikatli, 
gipsli, ishqor shlakli, betonpolimerli, polimertsementli betonlar va maxsus 
betonlar.
S

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin