Pul bu shunday maxsus tovarki, u hamma boshqa tovarlar uchun umumiy ekvivalent vazifasini bajaradi. Pul umumiy tovarlarni ayrboshlashda asosiy vazifasini bajaradi



Yüklə 14,77 Kb.
tarix27.12.2023
ölçüsü14,77 Kb.
#200716
Men


Men,umr,pul
Pul — bu shunday maxsus tovarki, u hamma boshqa tovarlar uchun umumiy ekvivalent vazifasini bajaradi. Pul umumiy tovarlarni ayrboshlashda asosiy vazifasini bajaradi. Qadimda pul vazifasini turli xil tovarlar bajargan, masalan, chorva mollari, mol terilari, bolta va hokazo. Keyinchalik pul vazifasini qimmatbaho metallar bajargan, chunki ular oʻzini sifatini yoʻqotmaydi va pul oʻrnini bosishda juda qoʻl kelgan. Pul oddiy mahsulot boʻlib qolmay, u ijtimoiy qiymatga ega, yaʼni hamma tovarlarni xarid etish vositasi boʻlib hizmat qiladi.
Men bir insonni bilaman, u uzoq yillar hovli sotib olish uchun pul yig‘di. Ikkita farzand tarbiya qildi va o‘stirdi. Bolalar nochor, asosan choy, non bilan katta bo‘lishdi, ularning kattasi, eski chiyduxoba, tizzalari yamalgan shimda ko‘chaga chiqishga uyalgan. Qizig‘i, bola katta bo‘la borishi bilan, uning shimi ham mo‘’jizali suratda kattalashib borgan. Pastki qismi shimarilgan shimning pochasi navbatma-navbat ochib borilar va uning rangi o‘chmaganligi, qashshoqlikning sirlarini ochib turar edi.
Respublika hukumati yurtning obodonchiligi, xalqning farovonlikda yashashi va mehnat qilishi uchun barcha sharoitlarni yaratib bergan. Lekin miyamizda qotib qolgan eskicha yashash tarzini, boqimandalik kayfiyatini, didsizlikni o‘zgartirish zarur. Chunki, cho‘ntagida bir xil miqdorda puli bo‘la turib, ham jamiyatga munosib yoki qashshoq ko‘rinishda bo‘lish mumkin.
O‘zingizga pul sarf qilishga bo‘lgan qo‘rquv, sizni qashshoqqa aylantiradi.Rangi o‘ngib ketgan burchaklarni har kuni ko‘radigan bolalar ixtiyorsiz ravishda kambag‘allikka moslashadi. Eng yomoni uning mashaqqatini o‘smirlik yoshida anglab yetadilar. Shuni unutmangki, o‘quv yurtlaridagi rangi o‘chib ketgan devorlar va iflos yo‘laklar talabaning qobiliyatiga va o‘qishiga yomon ta’sir qiladi.
Pul nazariyasining olamshumul ilmiy ahamiyati shundaki u barcha iqtisodiy fanlarning bazisi hisoblanadi. Haqiqatda ham birorta iqtisodiy adabiyot mavjud emaski, agar pul yoki u bilan bog‘liq munosabatlarni o‘zida aks ettirmagan bo‘lsa.
Pulning nazariy tabiati bir nechta bo‘lib, qator konsepsiyalarda uning mavjudligini tabiiy asoslari va amal qilishining sabablari keltiriladi. Shartli ravishda buni “tovarli” va “tovarsiz” konsepsiyalarga ajratish mumkin1.
Tovarli konsepsiyada pulning qimmatliligini aniqlashda asosiy e’tibor real foydali hisoblangan ichki qiymatiga qaratiladi. Bu borada juda keng tarqalgan pulning metallilik nazariyasi e’tiborga olinadi.
Pul – barcha tovarlarning umumiy ekvivalenti sifatida maydonga chiqadigan “maxsus tovar” bo‘lib, uning yordamida barcha tovarlar qiymati o‘lchanadi. Pulning jamiyatda amal qilishi va uning evolyusiyasi bilan bog‘liq masalalar iqtisodiy adabiyotlarda pul nazariyasi sifatida talqin etiladi. Ushbu iqtisodiy adabiyotlarda pul nazariyasining iqtisodiy kategoriya sifatida amal qilishi quyidagi uchta guruhga ajratib o‘rganiladi.
Yüklə 14,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin