O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/21
tarix10.05.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#57452
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21
TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASI (JABBOROVA) 2002

K О‘ R G A Z M A L I   U S L U B 

Kuzatish 

Uzoq 


muddatli, 

qisqa      muddatli 

solishtirma

 



 

 

Kuzatishda ishtirok etuvchi har bir bola material to’plamini qo’liga oladi. Kuzatish 



jarayonida  tarbiyachi  bolalarga  savollar  beradi.  Olingan  tasavvurlar  qiyoslanadi. 

Tarbiyachi  bolalarni  xulosa  chiqarishlariga  ko’maklashadi.  Kuzatishlarda  tarqatma 

materiallardan foydalanish bolalarning yuqori faoliyatini ta`minlaydi. 

Ko’rgazmali metoddar guruhiga bolalar bilan birga rasmlarni kurish diapozitiv va 

kinofilmlarni namoyish qilish ham kiradi. 

Bu metodlar foydalanish xilma-xil vazifalarni xal qilishga, tasavvurlarni aniklash va 

bilimlarini  tazimlashtirish,  umumlashtirish,  estetik  idrokni  tarkib  toptirishga  yordam 

beradi. 


Rasmlar  tabiat  hodisalarini  batafsilroq  kurish,  diqqatni  uzoq  muddat  shu 

predmetga qaratash imkonini beradi, buni esa qupyncha tabiatni bevosita kuzatishda 

tabiatning  dinamikligi  va  o’zgaruvchanligi  tufayli  amalga  oshirilishining  imkoni 

bulmaydi. Bundan tashqari kup hodisalarni bevosita kuzatish mumkin emas. Bolalarni   

tabiat      bilan      tanishtirishda      ta`limiy,  voqeabandb  predmetli,  shuningdek  badiiy 

rasmlardan  foydalaniladi.  Ta`limiy,  vokeaband  predmetli  rasmlar  bolalarni o’qitishda 

ko’rgazmali  vosita  sifatida  maxsus  yaratilgandir.  Rasmlardan  foydalanishdan  maksad 

bolalarda  tabiatga  nisbatan  estetik  munosabatni  tarkib  toptirishdir.  Bolalarni  tabiat 

bilan  tanishtirish  ishida  kitob  jadvalidan  ham  foydalaniladi  Qoyilgan  maqsadlarga 

ko’ra  kitoblarga  illyustratsiyalarni  ko’rish  turlicha  o’tkaziladi,  ya`ni  illyustratsiyalarni 

kurishdan oldin, o’qish davomida va ximoya sungida namoyish etish mumkin. 

Bolalar  bogchasida  bolalarni  tabiat  bilan  tanishtirishda  diapozitiv  diafilm, 

kinofilm,  telefilmlardan  foydalaniladi.  O’quv  ekrani  bolalarda  tabiat  hodisalarining 

dinamikasi:  usimlik,  hayvonlarning  o’sishi  va  rivojlanishi  -  kattalarning  mehnati 

haqidagi  tasavvurini  shakllantiradi,  qisqa  muddat  ichida  uzoq  vaqt  bo’lib  o’tgan 

hodisalarni ko’rsatish imkonini yaratadi 

Filmni  ko’rishga  bolalarni  oldindan  tayyorlash  lozim.  Buning  uchun  film 

mazmuniga bog’liq suhbatlar, ekskursiyalar o’tkaziladi, kitoblarni o’kish tashkil etiladi. 

Bevosita  filmlarni  ko’rsatishdan  oldin  bolalar  yo’llanma  beruvchi  suhbat  o’tkazilib 

unda  bolalarga  filmini  ko’rayotganlarida  e`tibor  berishlari  lozim  bo’lgan  topshiriqlar 

beriladi  Film  ko’rib  bo’lganidan  keyin  muxim  joylarini  ajratib  kursatishga  yo’llangan 

suhbat utkaziladi. Maktabgacha kichik yoshdagilar uchun ovozsiz filmdan foydalanish 

ma`qul.  Ularning  mazmunini  tarbiyachi  aytib  turadi.  Film  sungida  kichkintoylar  bilan 

maxsus suhbat o’tkazish tavsiya etiladi. 




Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin