O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/21
tarix10.05.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#57452
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASI (JABBOROVA) 2002

 

Mavzu yuzasidan savollar: 

1. Dastur nima? 

2. Maktabgacha yoshdagi bolalarni tabiat bilan tanishtirish dasturini bo’limlarini 

aytib bering? 

3. Dasturda faslchilik printsipining qo’llanishi deganda nimani tushunasiz? 

4.  Dastur  mazmuni  guruxdan  guruhga  karab  murakkablashib  borishiga  misol 

keltiring. 

 

VI. MAVZU: BOLALAR BOG’CHASINING TABIAT BURCHAGI 



 

Maqsad:  Bolalar  bog’chasining  umumiy  tabiat  burchagini  har  bir  guruxda  jonli 

tabiat burchagini tashkil etish va unda yashovchilarni parvarish qilish yul-yo’rikdarini 

o’rgatish. 

 

Reja: 

1.Tabiat burchagining ta`lim-tarbiyaviy ahamiyati. 

2.Tabiat burchagiga-qoyiladigan talablar. 

3.Turli guruhlarda tabiat burchagini tashkil etish. 

 

Bolalar  bogchasida  jonli  tabiat  burchagining  bo’lishi  bolalarni  tabiat  bilan 



ko’rgazmali  va  amaliy  tanishtirishning  zarur  sharoiglardan  biridir.  Bolalarning 

ekskursiya yoki uy sharoitidagi kuzatishlari qisqa muddatlidir. Tabiat burchagida esa, 

bolalar  yil  boyi  xayvon  va  o’simliklar  oldiga  kelishlari  va  o’simliklarni  tarbiyachining 

topshirigi asosida uzoq muddat kuzatishlar mumkin. Bu esa bolalar uchun laboratoriya 

vazifasini  o’taydi.  Tabiat  burchagining  ta`limiy  ahamiyati  shundaki,  bolalar 

o’simliklarning  nomlari,  qismlari,  rivojlanish  jarayonlarini  kuzatadilar.  Ularning 

issiqlikka,  yorug’likka,  suvga  bo’lgan  talab  jarayonlarini  o’rganadilar.  O’simlikni 

parvarish qilish uchun sarflanadigan mehnat turi bilan tanishadilar. 




 

 

Tabiat  burchagining  ta`limiy  ahamiyatini  yana  k.uyidagicha  izoxdash  mumkin: 



bolalar hayvonot olami turlari, ko’payishi, tana qismlari, harakatlari, oziqlanishi bilan 

ham tanishadilar. 

Tabiat burchagi uchun quyiladigan talablar: 

1. O’simlik yoki hayvon biron bir anik, tur uchun xos bo’lishi kerak. 

2. Tabiat burchagida yashovchilar "beor" ko’p mehnat  talab qilmaydigan, ovqat 

tanlamaydigan, bolalar yoshiga moe bulishi kerak. 

3.Tabiat  burchagida  yashovchilar  yorqin,  jozibador,  bolalar  diqqatini  uziga  jalb 

qilib tura oladigan bulishi zarur. 

4.Bir turdagi o’simlik va hayvonlarni bir necha xili bulishi kerak. 

5.Tabiat  burchagida  yashovchilar  tamoman  xavfsiz  va  bolalar  sog’ligiga  hech 

qanday zarar etkazmasligi shart. 

6.Tabiat  burchagida  yashovchi  o’simliklar  va  hayvonlar  soni  cheklangan  va 

biologik xususiyatlari xisobga olingan holda  joylashtirilishi kerak. 

Hayvon  va  o’simliklarni  tabiat  burchagida  saqlash,  joylashtirishda  birinchi 

navbatda  ularning  biologik  xususiyatlari  hamda  ehtiyojlari  nazarda  tutilishiga  e`tibor 

berish kerak. 

Masalan:  Ba`zi  bir  xona  o’simliklari  (chiroqgul,  kaktus)  quyosh  nurlarini  ko’proq 

talab  qiladi,  shuning  uchun  ularni  eng  yorug  joyga  qoyish  lozim.  Boshqalar 

(uzumbapn, gunafsha) tik tushi b turuvchi quyosh   nuriga  bardosh   bera   olmaydi. 

Tabiat burchagi kuzni quvontirishi, xonani bezashi lozim. Nihoyat ob`ektlarni shunday 

joylashtirish  lozimki,  bolalar  ularning  yoniga  bemalol  kela  olishlari  tabiat  burchagini 

kuzata olishlari va unda mehnat qila olishlari kerak. Agar imkon bo’lsa, har bir guruh 

bolalari  keng  foydalana  oladigan  umumiy  jonli  burchak  tashkil  etilsa,  yanada  ham 

yaxshi  bo’ladi.  bunda  istagap  guruh  bolalar  ekskursiya  qilib  kelib  ko’radi,  tanishadi. 

o’rganadi  Bunday  jondi  tabiat  burchagida  tulki  kuyon,  tovuq,  echki  kabilarni 

parvarishlash  mumkin  Bundan  tashkarn  tabiat  burchagida  hayvonlarni  boqishning 

uziga xos hayotiy va biologik tomonlari bulib, uni har bir tarbiyachi yaxshi bilishi zarur. 

Turli  guruhlarda  tabiat  burchagini  tashkil  etish,  ya`ni  kichik  guruxda:  o’simliklar 

dunyosi, Xitoy atir guli, fuksiya, doymiy gullovchi begoniY. 

Baliqlar: Tilla baliq. 




 

 

Qushlar: Sa`va, snegir. 



Hayvonot quyon, olmaxon, dengiz chuchkasi. 

O’rta  guruh:  o’simliklar  dunyosi,  begoniya  reke,  asparagus,  xushboy  yorongul, 

aloe yoki agava. 

Baliqdar: Tilla baliq turlaridan vuallexvost, teleskop. Qup1lar: Snegir jufti bilan. 

Hayvonot olami: Kichik guruxda tavsiya etilgan hayvonlar saqlanadi. 

Katta  guruh:  o’simliklar  dunyosi:  Tradeskantsiyaning  2-3  turi,  plyush,  aloe, 

zigakaktus, amaralis. 

Baliqlar: Guppi, me`yasits skalyariy. 

Kushlar: Taram - taram to’tiqush, quyi guruhdagi qushlarni saqlash mumkin. 

Hayvonot olami: Tipratikan, osmaxon, toshbaqani saqdash mumkin. 

Tayyorlov guruh: o’simliklar guruhi: amaralis, slivaya, krinum. 

Baliqlar: 2-3 tur baliq bo’lishi kerak, quyi guruhdagi baliqlar ham tavsiya etiladi 

Qushlar  va  mayda  sut  emizuvchilardan  tabiat  burchagiga  tavsiya  etilganlar 

istalgancha saklash mumkin. 

Bolalar  bogchasida  tabiat  burchagida  yashovchilarning  barchaskni  doimiy  va 

vaqtincha yashovchilarga ajratish mumkin. 

Doimiy  yashovchilar  yil  davomida  xona  o’simliklari,  baliqlar  va  shu  kabilar 

yashasalar,  vaqtincha  yashovchilar  esa  guruhga  kiska  muddatga  olib  kiriladi.  Bular 

maxalliy  o’lka  o’simlik  va  hayvonlari  bo’lib,  ularning  hayot  faoliyatlari  u  yoki  bu 

mavsumda  alohida  qiziqarli  va  yorqin  bo’ladi.  Bahorda  daetlabki  gullar,  kuzda  qiyos 

gullaydigan  gulxonadagi  dekorativ  o’simliklar,  xashoratlar  va  shu  kabilar.  Demak, 

xonaga  tabiat  burchagiga  ob`ekt  tanlashda  yuqoridagi  talablarga  rioya  qilgan  holda, 

o’lkani tabiiy sharoitini hisobga olish zarur. 

Har  bir  guruh  uchun  ob`ekt  tanlashda  guruh  bolalarining  yosh  xususiyatlarini, 

bilim  darajasini,  bogchaning  tabiiy  sharoitini  hisobga  olish  lozim,  hamda  o’simlik  va 

hayvonlarni tanlashda eng avvalo bolalarning predmetlarni idrok etish xususiyatlarini 

e`tiborga olish muhimdir. Shuningdek ta`limiy masalalar nazarda tutiladi. 



 

 

2-kichik guruxdan bolalar o’simliklarni parvarish qilishga jalb kilinadi. Hayvonlarni 



bolalar kuzatar ekanlar, ular hayvonlarning chiqaradigan tovushlari, xatti-harakatlari, 

gavda qismlarini bilib oladilar. 

O’rta guruxda  bolalar predmetlarning xususiyatlari va sifatlarining xilma  - xilligi, 

rangi, kattaligi va shu kabilarni ko’ra olish malakalarini hosil qilgan bo’ladilar. Bolalar 

ko’rish, predmetlarni o’xshash va farq qiluvchi tomonlarini ajratish, umumlashtirishga 

o’rganadilar. O’simlik va hayvonlar haqidagi bilimlar murakkablashadi. O’simlik hayoti 

uchun zarur bo’lgan sharoitlar blan tanishadilar. 

Katta  tayyorlov  guruhda,  bolalarning  predmetlarni  kuzatish,  solishtirish, 

klassifikatsiyalash  ko’nikmalari  davom  ettiriladi.  Bolalarda  turlicha  o’simlik  va 

hayvonlarning rivojlanishi uchun zarur bo’ladigan sharoitlarni, ko’payish xususiyatlari 

haqidagi  bilimlarni  kengaytirib  boradilar.  Bundan  tashqari  ular  tabiat  olamidagi 

muhim  bogliqliklar-o’simliklarni  komleks  sharoitlarga,  hayvonlarni  tashqi  tuzilishi, 

hayot  tarzini  yashash  muhitga  bogliqligi  haqidagi  elementar  bilimlar  shakllantiriladi. 

Bolalar  turli  mavsumlarda  o’simlik  va  hayvonlar  hayotida,  ularni  o’sishi  va 

rivojlanishining asosiy davrlarini biladilar, tanishadilar. 

 


Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin