O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/21
tarix10.05.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#57452
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASI (JABBOROVA) 2002



 

 

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA 



 O’RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI 

 

 

NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT 

 PEDAGOGIKA UNIVERSITETI 

 

 



 

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI TABIAT 

BILAN TANISHTIRISH METODIKASI 

(ma`ruzalar matni) 

 

 

“Maktabgacha va oila ta`lim metodikasi” kafedrasi 



Tuzuvchi: dotsent X.J. Jabborova

 

 



 

 

 



 

 

 



Toshkent – 2009 


 

 

1 MAVZU: MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALLRNI TABIAT BILAN TANISHTIRISH 



METODIKASI 

 

Maqsad: Tabiat bilan tanishtirish metodikasi fani talabalarga shu fanning maqsad 

va  vazifalari,  maktabgacha  yoshdagi  bolalarni  tabiat  bilan  tanishtirishning  mazmuni. 

vazifalari, bolalarni boqchada tabiat bilan tanishtirish dasturi, dasturning tuzilishi, usul 

va  uslublarini,  ish  shakllari,  tabiat  bilan  tanishtirish  ishiga  uslubiy  rahbarlik  qilish 

haqida bilim beradi. 

Reja: 

1.   Maktabgacha yoshdagi bolalarning har tomonlama  

      rivojlonishida tabiatdan foydalanish.  

2.   Tabiat va biz. 

 

Mustaqil  O’zbekistonning  milliy  davlatchiligimiz  poydevori  kun  sayin 



mustahkamlanib,  rivojlanib  bormoqda.  O’z  tarixiy  an`analaridan,  yashash  tarzidan 

kelib  chiqib,  ulug’  ajdodlarning  tajribdlariga  tayangan  holda  ko’p  qonunlar 

yaratilmoqda.  1997  yil  29  avgustda  Oliy  Majlisning  IX  sessiyasida  qabul  qilingan 

"Ta`lim to’g’risida"gi qonun va uzluksiz ta`limning o’zbek modelini belgilovchi "Kadrlar 

tayyorlash  milliy  dasturi"  ta`lim-tarbiyaning  sifatini  yanada  yaxshilash  vazifasini 

belgilab berdi. Qonunning asosiy maqsadi ta`lim sohasini isloh qilish, uny o’tmishdan 

qolgan  mafkuraviy,  qarashlaridan  to’la  xalos  etish,  rivojlangan  mamlakatlar 

darajasida,  yuksak  ma`naviy  talablarga  javob  beruvchi  yuqori  malakali  kadrlar 

tayyorlashning milliy tizimini yaratishdir. 

Bu qonunni amalga oshirishda ta`lim tizimining birinchi bosh bo’g’ini hisoblangan 

maktabgacha  tarbiya  muassasalari,  xususan,  maktabgacha  yoshdagi  bolalarni  tabiat 

bilan  tanishtirish.  tabiatini  muhofaza  qilish,  ekologik  ta`lim-tarbiya  berishning 

ahamiyati  kattadir.  Yosh  avlodni  etuk  mutaxassislar,  aqlan,  ruhan  kamol  topgan,  o’z 

Vatanini  sevuvchi,  uni  e`zozlovchi  inson  qilib  tarbiyalashda  ushbu  sohaning  urni 

beqiyos.  Bola  shaxsining  mukammal  shakllanipshda  tabiat,  unda  bo’ladigan  voqea-

hodisalar, tabiat qonuniyatlari muhim rol oynaydi. Bolalar mana shular bilan tanishar 

ekanlar  ham  aqlan,  ham  axloqan,  ham  jismonan,  ham  ilmiy  dunyo  qarashlari 



 

 

mujassamlashib, shakllanib boradi va ular tabiatini asrash, extiyot qilish va muhofaza 



kilish ruhida tarbiyalanadilar. 

Inson tabiat mahsulidir. Insonni tabiat yaratgan, kamol toptirgan. Shunday ekan. 

biz  tabiatni  e`zozlashimiz,  unga  tugri  munosabatda  bulib,  tabiatni  yana  ham 

ko’rkamligiga,  abadiyligiga  uz  hissamizni  qo’shishimiz  zarur.  Yosh  bolalarni  har 

tomonlama  kamol  toptirish  va  tarbiyalash  turli  omillar  asosida  amalga  oshiriladi. 

Buning  eng  samaralisi  maktabgacha  yoshdagi  bolalarni  tabiat  bilan  tanishtirishdir.   

Sababi      inson      go’dakligidanoq,  qoynida  o’sadi,  ulg’ayadi  kamol  topali.  Bolani 

go’dakligidap  boshlab  tabiatdan  zavq  olishga.  tabiatga  nisbatan  to’g’ri  munosabatda 

bo’lishga o’rgatib borishimiz zarur. 

Bu  kursni  o’qitish  jarayonida  talabalar  tabiat  bilan  tanishtirish  metodikasi 

fanining  tashkil  topishga  xissa  qo’shgan  pedagog  psixologlarning  ilmiy-pedagogik 

faoliyatlari bilan ham tanishadilar. Sharq mutafakkirlarining tabiat hayotida insonniig 

tutgan  o’rni  haqidagi  fikrlari  va  ilmiy  asarlarini  o’rganadilar.  Talabalar  tabiat 

burchangida, haynovot olami, er maydonchasida o’sadigan o’simliklar dunyosi haqida 

bilimga  ega  bo’ldilar  hamda  ularni  parvarnsh  qilishning  ko’nikma  va  malakalarini 

egallaydilar. 

Hozirgi  kunda  eng  dolzarb  muammolardan  biri  ekologik  muammodir.  Shu 

sababdan  ham  bolalar  bog’chalarida  ham  ekologik  ta`lim-tarbiya  berishga  alohida 

e`tibor  berilmoqda.  Tabiat  bilan  tanishtirish  metodika  fanida  talabalarga  ekologik 

ta`lim-tarbiya  berish  usullari,  «Qizil  kitob»  haqida  qisqacha  ma`lumot  va  «Qizil 

kitob»ga kiritilgan, noyob o’simlik va hayvonot olami haqida ham bilim berishga katta 

o’rin berilgan. 

Shunindek,  talabalar  bolalar  boqchasilagi  bolalarni  tabiat  bilan  tanishtirish 

sohasidagi yangi tajribalarni ham o’rganib olishlari zarur Buni ular o’sha boqchalarda 

amaliyotda  bo’lgan  davrlarida  o’rganadilar.  Bolalarni  tabiat  qonun-qoidalari  bilan 

tanishtirishning  ahamiyati  shundaki,  ularning  to’g’ri  o’sib  ulg’ayishiga,  tabiatda 

bo’ladigan  voqea-hodisalarni  ilmiy  asosda  tushunishga  olib  keladi.  Bu  bolaning 

shakllanishida,  tabiatga,  ona-Vatanga,  tabiat  boyliklariga  bo’lgan  mehr-muhabbatni 

oshiradi.  Darhaqiqat,  tabiatni  muhofaza  qilish  ayrim  kishilarning  ishi  deb    

qaralmasdan 

barchamizning    ishimiz    ekanligi    zedan chiqarmasligimiz kerak. 

Bog’cha  yog’adagi  bolalarning  xar  tomonlama  kamol  topishida  tabiat  bilan 

tanishtirishning  o’ziga  xos  tarbiyaviy  xususiyatlari  bor.  Bu  jarayon  turli  vositalar, 

metodlar orqali amalga oshiriladi. 




 

 

Tabiat rang-barang. Uning imkoniyatlari ham cheksiz. Biz. tarbiyachilar, ana shu 



rang-baranglikni,  imkoniyatlarni  ko’ra  bilishimiz,  ulardan  tarbiya  jarayonida  oqilona 

foydalanishimiz kerak. Biz nima uchun bolalarni har tomonlama kamol toptirish kerak 

deymiz?  Chunki  inson  organizmining  imkoniyatlari  beqiyosdir.  Bu  imkoniyatlar 

ayniqsa,  maktabgacha  yoshdagi  bolalarda  ko’proq  foizini  tashkil  etadi.  Faqat  biz 

tarbiyachi-murabbiylar  uni  vaqtida  parvarish  qilsak.  uning  o’sib  voyaga  etishi  uchun 

sharoit yaratsak. u, albatta, kurtak yozib xosil beradi. 

Ma`lumki,  har  bir  odam  shaxsining  o’ziga  xos  xususiyatlari  ya`ni  ehtiyoji, 

temperament  tinlari,  xarakter  xislatlari,  iste`dodi,  qobiliyatlari  bo’ladi.  Bu 

xususiyatlarning  rivojlanishi  shakllanishi    bevosita  bola    yashaydigan      muhitga,  

tevarak-atrofga bog’liq. Demak,   bola  psixologiyasi  ham  tabiat bilan   chambarchas 

bog’langan bo’ladi va ular bir-birini to’ldiradi, mustahkamlaydi. 

Bolalarni  tabiat  bilan  tanishtirish  metodikasi  boqcha  sharoitida  xilma-xil  bo’lib 

bunda bolalarning xususiyatlari, tabiat haqidagi tushunchasi hisobga olinib, elementar 

tushunchalardan tortib, bolalarga mos eng murakkab tabiat haqidagi tushunchalarni 

va tabiatda bo’ladigan voqea-hodisalarni bilib olishga o’rgatadi. Maktabgacha tarbiya 

muassasalarida  bolalarni  tabiat  bilan  tanishtirish  metodikasining  ana  shunday  o’ziga 

xos shakllari bilan chegaralanmasdan, mavjud o’zgartirish, yangi ish shakllarini ishlab 

chikish, haet tajribalarini umumlashtirib har bir tarbiyachi uzining yashaydigan muhiti, 

sharoitiga  moe  usullarni  topib  amalda  qo’llashlari  kerak.  Har  bir  tarbiyachi  ijodiy 

izlanuvchan,  kuzatuvchan,  tabiatdan  ilhom  oladigan.  hayotda  dadil  qadam 

tashlaydigan  bo’lmogi  kerak  Bugungi  talaba  -  ertangi  mutaxassis.  Shunday  ekan 

hozirgi  talabalarga  qoyilayotgan  talab  yanada  kattadir.  Chunki  hayotimiz  doimo 

rivojlanishda, fan-gexnika, ta`lim-tarbiya sohasida yangi-yangi kirralar ochilmokda. 

 


Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin