O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/21
tarix10.05.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#57452
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASI (JABBOROVA) 2002

 

Mavzu yuzasidan savollar: 

1. 


Tabiat nima? 

2. 


Maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishida tabiatning o’rni qanday?  

3. 


«Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi»ni  amalga  oshirishda  ushbu  sohaning 

o’rni qanday? 

4. 

Ekologiya nima? 



 


 

 

II. MAVZU: TABIAT BILLI TANISHTIRISH FANINING TASHKIL TOPISHI VA 



RIVOJLANISHI 

 

Maqsad:  Talabalarni  tabiat  bilan  tanishtirish  metodikasi  fanining  tashkil  topishi 

rivojlanishi bilan tanishtirish Sharq mutafakkirlari chet el va rus pedagoglarining inson 

hayotida tutgan o’rni hahidagi fikrlari bilan tanishtirish. 

Reja: 

1.  Tabiat  bilan  tanishtirish  metodikasi  fanining  tashkil  topishida  G’arb 

pedagoglarini qo’shgan hissalari. 

2.  Bola  shaxeining  shakllanishida  tabiatshunoslikning  roli  haqida  rus 

pedagolarning fikrlari. 

3. Inson hayotida tabiatning tutgan o’rni haqida O’rta Osiyo alomalarining fikrlari. 

 

Ilm - fan, ma`rifat - madaniyat asrlar davomila insoniyat olamida so’nmas mash`al 



bo’lib,  yoritib  kelgan.  Mamlakatimiz  mustaqilligi  sharofati  bilan  bugungi  kunda  bu 

mash`al  tobora  porlab,  o’zgacha  ahamiyat  kasb  egmoqda.  Bizga  ma`lum  bo’lmagan 

tarix  zarvaraqlari  qatida  pinhona  yotgan  qadpiyatlapimiz,  noyob  qo’lyozma 

asarlarimiz,  qadimiy  yodgorliklarimiz  istiklol  sharofati  bilan  tadqiqotchi  olimlarimiz 

tomonidan  teran  o’rganilmoqda.  Tarix  -  insonning  barkamollik,  taraqqiyot  yo’li. 

Moziyii  bilmaslik  o’zini  anglamaslikdir.  O’zini  anglagan  xalqgina  buyuk  kishilarning 

nomlarini e`zozlab ruhi poklarini doimo yod etadi. Agar biz o’tmish tariximizga, nazar 

tashlasak, yashab ijod etgan pedagoglarimiz o’zlari ijod etgan davrlardayoq bolaning 

har  tomonlama  usishida,  ma`naviy  ozuqa  beradigan  tabiatning  noz-ne`matlari  uning 

mo’`jizalaridir deb ta`kidlab o’tganlar. 

Tarix  zarvaraqlarida  o’zlarining  o’chmas,  unutilmas  nomlarini  qoldirgan  buyuk 

pedagoglar bola tarbiyasida tabiatning ahamiyati. uning bola ruhiyatiga qanday ta`sir 

qilishi haqida ilmiy fikrlari i aytib utganlar. 

Ushbu  mavzuni  o’rganishda  biz  G’arb  pedagoglaridan:  Y.A.Komenskiy,  J.J.Russo, 

I.G.Pestolotsiy kabi olimlarning bola tarbiyasida tabiatning tutgan o’rni haqidagi ilmiy 

asarlari bilan tanishamiz. 




 

 

Rus  pedagoglaridan  K.D.Ushinskiyning,  "Inson  tarbiya  predmeta  sifatida"  asari 



bilan tanishamiz. 

Ushinskiy  "Meni  pedagogikada  var  var  hisoblasangiz  ham,  lekin  men  o’z  hayot 

tajribamda  shunday  xulosaga  keldim.  Go’zal  tabiat  yosh  qalbga  shunday  katta 

tarbiyaviy  ta`sir  ko’rsatadiki,  hatto  pedagogikaning  ta`siri  ham  u  bilan 

raqrbatlashishga ojizdir", -degan edi. 

Bizga  ma`lumki,  bola  dunyoga  kelar  ekan  ilk  yoshligidan  boshlab  tabiat  bilan 

muloqotda bo’ladi. Bu haqda buyuk pedagog olimlarimiz o’zlari yashab o’tgan davrda, 

bolaning  har  tomonlama  o’sishida  ma`naviy  ozuqa  beradigan  tabiatning  noz-

ne`matidir deb, ta`kidlab o’tganlar. Biz hozirda o’tmishdagi pedagoglarimizning dono 

fikrlari  va  ilmiy  asarlariga  suyanganmiz  o’zimizning  pedagogik  faoliyatimizda 

foydalanamiz. 

O’rta  asrlarda  tabiat  haqidagi  tushunchalar  Evropa  mamlakatlarida  deyarli 

rivojlanmadi-  G’arbiy.  Evropada  fan  tushkunlikka  tushgan  bir  davrda  O’rta  Osiyo 

olimlari  uni  rivojlantirdilar.  O’rta  aerlarda  O’rta  Osiyo  olimlari  hali  ekologiya  fani 

umuman  yo’q  bulgan  davrda  tabiat,  undagi  muvozanat,  tabiatni  e`zozlash  haqida 

qimmatli  fikrlarni  aytganlar.  Buyuk  alloma,  entsiklopedik  olim  bobokalonimiz 

Muhammad al-Xorazmiy (783-847) bir risolasida shunday yozadi: "Bilginki, dunyoning- 

ko’zlari  yoshlansa.  uning  boshiga  g’am  kulfat  tushgan  bo’ladi.  Odamlar,  daryodan 

mehringizni darig tutmang". Demak tabiat va uning maxsuli inson uchun ekan, undan 

oqilona  va  odilona  foydalanish  kerak.  Erga,  suvga,  hayvonlarga  bo’lgan 

munosabatlarimizni  yaxshilashimiz  bilangina  ona  tabiatimizni  asrab  qolishimiz 

mumkin.  Hayvonlar  na`rasiga  to’la  urmonlarni,  parrandayu  darrandalar  makoni 

to’qayzorlarni zilo ko’llarni va o’tloqlarni qayta tiklashning imkoni bor. 

Bu  ishlarga  faqat  insongina  krdir.  Zero,  shoir  aytganidek:  "Mulki  jahon  ichra 

xoqon ham uning uzi ya`ni inson, demak tabiatni ham u saqlab kola oladi". 

O’rta asrlarda Urta Osiyoda yashab ijod etgan olimlardan Muxammad Muso al - 

Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino va boshqalar tabiat 

fanining  rivojlanishiga  ulkan  hissa  qushganlar.  Ular  hali  ekologiya  fani  dunyoga 

kelmagan  davrda  tabiat  va  undagi  muvozanat,  o’simliklar  va  hayvonot  dunyosi, 

tabiatni  e`zozlash  haqida  qimmatli  fikrlar  aytganlar.  Mana  shunday  zabardast  buyuk 

allomalarimizdan Muhammad Muso al-Xorazmiy, o’zining "Kitob surat al - arz" asarini 

Abu Nasr Farobiy (870-810) "al - hajmi va al - mikdor", "Kitob almabodi al - insonia" 




 

 

aerlarini Abu Rayhon Beruniy "Saydana", "Minerologiya" aerlarini Abu Ali ibn Sino, u 



"Kitob al - shifo", "Tadbir ul - manzil" kabi asarlari!sh yozganlar. 

Hadisi  sharifimizdagi  tabiat,  tabiatni  avaylab  asrash,  uni  ko’paytirish,  parvarish 

qilishga oid bandlari bilan ham tanishib. uni chuqur tahlil qilinadi. 


Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin