O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/21
tarix10.05.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#57452
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21
TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASI (JABBOROVA) 2002

 

Mavzu yuzasidan savollar 

1.Og’zaki uslublarning qanday  turlari  bor,  ularni  izohlab bering. 

2.Tabiat bilan tanishtirishda badiiy adabiyotning urni kanday? 



 

 

X. MAVZU: TABIAT BILAN TANISHTIRISHDA  



AMALIY METOD 

 

Maqsad:  Talabalarni  maktabgacha  yoshdagi  bolalarni  tabiat  ilan  tanishtirishda 

tabiatga oid oyinlar, mehnat, oddiy tajribalar o’tkazish uslubiyoti bilan tanishtirish. 



Reja 

1.Tabiatdagi mehnatning ta`lim-tarbiyaviy ahamiyati.  

2.Tabiatga oid uyinlar. Ularning ta`limiy tarbiyaviy ahamiyati. 

3.Oddiy tajribalar. 

 

Amaliy uslub 

Tabiatdagi mehnat 

Oyin 

Oddiy tajribalar 



Tabiat burchagida.  

Er maydonchasida 

Navbatchilik 

1. Predmetli  

2.Stol-bosma.  

3.Didaktik  

4. Harakatli 

5. Ijodiy oyin 

 

 

Bolalar  tabiatdagi  mehnati  katta  tarbiyaviy  ahamiyatga  ega.  Mehnat  jarayonida 



bolalarda  tabiatga  nisbatan  extiyotkorlik,  gamho’rlik  munosabatlari  shakllantiradi. 

Tabiatdagi  mehnat  bolalarda  burchlariga  nisbatan  ma`suliyatni  xis  etib  yondoshishni 

tarbiyalaydi. Bolalar o’simlik va hayvonlarni parvarish qilar ekanlar. uning zarurligiga 

ishonch  hosil  qiladilar.  Biroq  tabiatdagi  mehnatga  nisbatan  ma`suliyatni  tarbiyalash 

uchun  bolalar  mehnat  malakalarinn  egallab  olgan  bo’lishlari  o’z  mehnatlarining 

ahamiyatlarini  tushunishlari  lozim.  Mehnat  jarayonida  bolalar  usimliklar  holati 

ularning  yoruglikka,  namlikka,  issiqlikka,  yaxshi  tuproqqa  bo’lgan  ehtiyojlarini 

qondirishiga bog’liq ekanligining anglab oladilar. Bolalar muhitning o’zgarishi qonuniy 

tarzda  usimliklar  holatini  o’zgartirishni  bilib  oladilar.  Bu  aloqa  va  o’zaro 



 

 

munosabatlarning  egallab  olinishi  bolaning  mehnatga  bo’lgan  munosabatiga  ham 



ta`sir etadi, mehnat ancha ongli va maqsadga yo’llangan holda olib boriladi. Bolalarda 

mehnatga  barqaror  qiziqish,  mehnatsevarlik  shakllanadi.  Tabiatdagi  mexnat 

kuzatuvchanlikni  o’stirishning  usullaridan  biridir.  Bolaning  tabiatdagi  mehnati  yakka 

topshiriq shaklida va kollektiv mehnat tarzida tashkil etiladi. 

Tabiatning  oddiy  hodisa  va  predmetlari  haqida  bolalarning  tasavvurlarini 

kengaytirish  maqsadida  o’tkaziladigan  kuzatishlar  bilan  bir  qatorda  turli  uyinlardan 

keng  foydalaniladi  Bu  uyiilarda  bolalar  sezuvchanlik  tajribasini  orttiradi,  egallagan 

bilimlarini ijodiy o’zlashtiradilar. Bolalarni tabiat bilan tanishtirshda ta`limiy, harakatli, 

ijodiy uyinlardan foydalaniladi. 

Ta`limiy uyinlarda bolalar uzlarida tabiatdagi predmet va hodisalar, hayvonlar va 

o’simlik  haqida  mavjud  bo’lgan  bilimlarini  aniqlaydilar,  mustahkamlaydilar, 

kengaytiraddar. Predmetli oyinlar - barglar, uruglar, gullar, mevalar, sabzavotlar bilan 

uynaladigan  "ajoyib  qopcha",  "mevalar  va  ildizlar"  va  hakozolar.  “Stol  bosma”  - 

oyinlari  -  "Zoologiya  lotosi",  "Botanika  lotosi",  "Barglarni  terib  ol"  va  hokozolar. 

Harakatli  uyinlar  tabiatshunoslik  harakteridagi  harakatli  oyinlar,  hayvonlarning 

harakati, ularning hayot tarziga taqlid qilish bilan bogliq bulib, ba`zilarida jonsiz tabiat 

hodisalari aks ettiriladi. Bular Ona tovuq va jo’jalar", "Mushuk va sichqonlar", "Quyosh 

va  yomgir".  "Bo’ri  va  quyonlar"  va  hokazolar.  Ijodiy  oyinlarda  bolalar  mashg’ulot 

ekskursiya, kundalik hayot jarayonida olgan taassurotlarini aks ettiradilar, kattalarning 

tabiatdagi  mehnati  haqidagi  bilimnm  egallaydilar,  bunda  ularga  mehnatga  ijodiy 

munosabat shakllanadi. 

Bolalar  predmet  va  hodisalar  o’rtasidagi  aloqa  hamda  munosabatlarining 

sabablarini aniqlashlari uchun oddiy tajribalardan foydalaniladi. Tajriba maxsus tashkil 

etilgan sharoitda o’tkaziladigan kuzatishdir. 

Tajribalardan  uyin,  mehnat  yoki  maxsus  mashgulotlar  jarayonida  paydo  bulgan 

bilim vazifalarni hal qilish usuli sifatida foydalan iladi. 

Tajriba  shartining  muhokamasi  tarbiyachi  rahbarligi  ostida  o’tadi.  Tajribaning 

hamma  shartlari  tenglashtirilishi  va  faqat  ulardan  bittasi  tajribaning  natijasiga  ta`sir 

etadigani  alohida  ajratilishi,  bolalarga  kursatilish  hamda  ular  tomonidap  tushunilishi 

lozim.  tajriba  uzok,  muddatli  qiyoslanadigan  yoki  qisqa  muddatli  kuzatish  tarzida 

o’tkazilishi 

mumkin. 


Uzok, 

muddatli 

kiyoslanadigan 

kuzatishda 

natijalar 

kechiktirilganligi  tufayli  tajribaning  ayrim  alohida  xarakterli  bosqichlaripi  rasmiy 

jadvallarda qayt qilish lozim. 



 

 

Tajribalarni  tashkil  etish  jarayonida  tirik  ob`ektlarni  xalok  bo’lishiga  olib 



kelmaslik, ularning hayotiy muhim ko’rinishlarini buzmaslik kerak. Shuning uchun ham 

sezilarli uzgarishlar paydo bulishi bilanoq sharoitni darhol o’zgartirish kerak. 




Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin