O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi falsafa ma’ruzalar matni



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə98/191
tarix25.08.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#140467
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   191
Falsafa ma’ruzalar matni

noosfera
deb ataladi. Inson o’zligini anglamas ekan, uning sayyoramizga halokatli ta’siri 
kuchaygandan kuchayib, oxir-oqibatda uning o’zini ham halokatga olib borishi mumkin, degan ilmiy bashoratlar bor. 
Haqiqatan ham inson faoliyati aql-idrok bilan oqilona boshqarilmas ekan, u er yuzining halokatini tezlashtirishi 
muqarrardir. 
Hozirgi zamondagi ekologik muammolardan biri ham inson faoliyati tomonidan atrof-muhit ifloslanishining oldini 
olish va bu halokatni to’xtatib qolishdan iborat. Bu olamni qay darajada yaxshi bilib olishimiz va uning hayotiga 


nisbatan mas’uliyatni anglashimizga bog’liqdir. Inson jamiyatda va tabiatda tutgan o’z o’rnini to’g’ri anglasa, atrof 
muhitni ham avaylab-asraydi, er yuzini gullatib yashnatadi. 
 
Tayanch tushunchalar 
Tabiat, tabiiy muhit, biosfera, noosfera, hayot, ekologiya. 
Takrorlash uchun savollar 
1. Tabiat deganda nimani tushunasiz? 
2. Jonli va jonsiz tabiat tushunchalarining ma’nosini tushuntirib bering. 
3. Tabiat va jamiyat aloqalari deganda nimalar nazarda tutiladi? 
4. Biosfera va noosfera nima? 
ADABIYoTLAR 
1. Karimov I. O’zbekiston XXI asrga intilmoqda. — T.: O’zbekiston, 1999. 
2. Islom Karimov. Donishmand xalqimizning mustahkam irodasiga ishonaman: «Fidokor» gazetasi muxbiri 
savollariga javoblar. – «Fidokor» 2000 y. 8 iyun. 
3. O’zbekiston XXI asrga intilmoqda. — T.: O’zbekiston, 2000. - 352 b. 
4. Osnovi filosofii. — T: «O’zbekiston», 1998. 
5. Kanke V.A Filosofiya. — M: «Logos», 1999. 
6. Filosofskiy entsiklopedicheskiy slovar.. M. 1999. 


4-mavzu. Rivojlanish va o’zaro aloqadorlikning umumiy qonuniyatlari. Falsafiy qonunlar. 
 
Reja: 
1. O’zgarish va taraqqiyot jarayonida takrorlanish tamoyili. Qonun tushunchasi, uning mohiyati va falsafiy talqini. 
2. Voqelik va o’zgarish jarayonida ayniyat va ziddiyat dialektikasi. Uning tabiat va jamiyatdagi xususiyatlari. 
3. Olamning mavjudligi — miqdor va sifat voqeligi tarzida. Taraqqiyotda tadrijiylik tamoyili. 
4. O’zgarish va rivojlanish jarayonida o’z-o’zini inkor etish tamoyili. Vorislik va yangilanish. 
Olamdagi narsa va hodisalarning harakati, o’zgarishi, bir holatdan ikkinchi holatga o’tib turishi, rivojlanishi, ular 
o’rtasidagi aloqadorlik va o’zaro ta’sir kabi masalalar qadimdan mutafakkirlar, olimlar, faylasuflar o’rtasida turli bahs, 
munozara, tortishuvlarga sabab bo’lgan. Chunki ular to’g’risida aniq bilimga ega bo’lmasdan turib, olam va uning 
taraqqiyoti, rivojlanish manbai, harakatlantiruvchi kuchlari to’g’risida hamda, eng asosiysi, kelajak haqida ilmiy 
tasavvurga ega bo’lish qiyin. 
Atrofimizdagi jamiki narsa-hodisalar, ya’ni eng mayda zarrachalardan tortib to Er, Quyosh, Koinotgacha barchasi, 
shu jumladan, kishilik jamiyati ham, doimo harakat, o’zgarish va rivojlanishdadir. Ular o’rtasida abadiy o’zaro 
bog’liqlik, o’zaro ta’sir va aloqadorlik mavjud. Olamda o’z-o’zidan, tasodifiy ravishda hech qanday harakat ham, 
o’zgarish ham yuz bermaydi. 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin