O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi falsafa ma’ruzalar matni



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/191
tarix25.08.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#140467
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   191
Falsafa ma’ruzalar matni

3-mavzu. Tabiat falsafasi 
 
Reja: 
2. Tabiat, uning tuzilishi va rivojlanishi. 
3. Tabiat va jamiyat, ularning o’zaro aloqasi. 
4. Erdagi hayot va biosotsial evolyutsiya. 
5. Tabiatni falsafiy tushunishning ahamiyati va ekologik tarbiya. 
Tabiat va jamiyat haqidagi konkret fanlar borliqning o’z predmetlariga mos keluvchi muayyan xususiyatlarinigina 
o’rganadi. Borliqning umumiy xossalari haqida esa, falsafa fani tadqiqot olib boradi. 
Tabiat ob’ektlarining tuzilishi haqida.
Bizning tevarak-atrofimizni xilma-xil ko’rinishdagi, shakldagi turli-tuman 
moddiy ob’ektlar o’rab olgan. Ular turli xil xossalarga va xususiyatlarga egadir. Bir paytlar hamma jismlar 
materiyaning bo’linmas shakli atomlardan tashkil topgandir, degan tasavvur hukmron edi. Atomlarning murakkab 
tuzilganligi haqidagi farazlar bizning asrimizga kelib uzil-kesil tasdiqlandi. 
Hozirgi zamon fanlarining xulosalariga ko’ra, atrofimizdagi har qanday jism molekulalardan tashkil topgan
molekulalar esa atomlardan tuzilgan. Atomlar murakkab tuzilgan yadro va elektron qobiqlardan iborat. Atomning 
elektron qavatlari bir-biridan va atom yadrosidan muayyan uzoqlikda joylashgan bo’ladi. Eng sodda atom 
hisoblanuvchi vodorod atomining yadrosi bitta protondan, murakkabroq atomlarning yadrosi esa, proton va 
neytronlardan tashkil topadi, proton va neytronlar kvarklar va ularni tutashtirib turuvchi glyuonlar (glyuon-
yopishtiruvchi degan ma’noni beradi) dan tashkil topgandir. 
Proton va neytron nuklonlar (lot. nucleus — yadro, o’zak) hisoblanadi, nuklonlar va hiperon (yun. hiper-ustida, 
yuqoridan tashqari) lar, barionlar (yun. barys-og’ir) deyiladi. Bular og’ir zarrachalar sifatida kuchli o’zaro ta’sirlar 
maydonida bo’lib, adronlar (yun. adros-kuchli) gruppasiga mansub. 
Organik va anorganik moddalar molekula tuzilishi bilan bir-biridan farq qiladi. Jonli organizmlar organik 
moddalardan tashkil topgan bo’ladi. Jonli organizmlarning tarkibi asosida hujayralar va hujayra sistemalari yotadi. Er 
shari atrofini qurshab turuvchi biosferani bir butun jonli sistema deb olish mumkin. Mikroorganizmlar, o’simlik 
dunyosi, hayvonot dunyosi va insonning o’zaro aloqadorliklari bu biosferaning mavjudligini ta’minlab turadi. 
Er shari va o’z atrofida harakatlanuvchi Oy bilan birga yilda bir marta Quyosh atrofini aylanib chiqadi. Bu sistema 
ham biosferaga o’z ta’sirini o’tkazadi. Er yuzida mintaqalarning farq qilishi, fasllarning almashinuvi ana shu sistema 
harakati bilan bog’langandir. Quyosh va uning atrofida harakatlanuvchi sayyoralar, ularning yo’ldoshlari, asteroidlar, 
meteoritlar, kometalar va kichik planetalar birgalikda Quyosh sistemasini tashkil etadi. Quyoshdan eng uzoqda 
joylashgan planeta Pluton uning atrofini 247 yarim yilda bir marta to’liq aylanib chiqadi, ya’ni Er yili — 365,25 kunga 
teng bo’lsa, — Pluton yili 247ta Er yiliga tengdir. 
Quyosh sistemasi millionlab yulduzlarni o’z ichiga oluvchi Galaktika (Somon yo’li) tarkibiga kiradi. Uning 
diametri 94,6 mln. yorug’lik yiliga teng. Undan keyingi sistema galaktikalar to’pi bo’lib, uning diametri 1 
megaparsekka teng, u 30 tagacha galaktikani o’z ichiga oladi (1 parsek (3,26 yo. y). Keyingi sistema – galaktikalarning 
mahalliy to’pi, unga 2 ta gipergalektika va 27 ta mitti galaktikalar kiradi. Majmuada 500 tagacha galaktika bo’ladi, 
uning diametri -5 megaparsek. Galaktikalar majmuasi galaktikalarning o’ta majmuasiga birlashadi, uning diametri 40 
megaparsek bo’lib, o’zida 10 mingdan ziyod galaktikani birlashtiradi. O’ta yirik majmualar koinotning boshqa 
strukturaviy birliklariga kiradi. Koinotning radiusi esa 15 — 20 mlrd. yo.y. tengdir. 
Bu sistemalarni falsafiy jihatdan umumlashtirib, borliqning moddiy ko’rinishlarini turli xil struktura darajalariga 
ajratish mumkin. 
Sifatiy jihatdan materiya ikki xil shaklda, ko’rinishda uchraydi: moddasimon va nomodda ko’rinishida. 
Materiyaning moddasimon ko’rinishdagi shakllari ikkiga, modda va antimoddaga ajraladi. Bular bir-biri bilan 
chambarchas bog’langan bo’lib, ular to’qnashganda keskin sifatiy o’zgarish ro’y beradi, ya’ni moddaning moddaviy 
ko’rinishi nomoddaviy ko’rinishga aylanadi. Materiyaning nomoddaviy ko’rinishi ham ikki xil shaklda uchraydi: 
maydon va nurlanish. Muayyan maydondagi nurlanishlar fizik vakuumda (fizik vakuum fizik jismlardan xoli bo’lgan 
joy) moddiy zarrachalarning hosil bo’lishiga imkon beradi. Xullas, bular ham bir-biri bilan chambarchas bog’langandir. 
Materiyaning biz yuqorida qayd etgan ko’rinishlaridan boshqacha ko’rinishdagi turlari ham bo’lishi mumkin. Ularning 
tabiati hali fanga ma’lum emas. Agar biz borliqning moddiy ko’rinishlarini tuzilishi jihatidan turkumlashtirsak
borliqning struktura darjalari haqidagi xulosa hosil bo’ladi. 



Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin