2) materiyaning harakat shakllari bir-biri bilan genetik jihatidan, kelib chiqishi jahatdan ketma-ket bog’langan,
ya’ni harakatning murakkabroq shakllari uning nisbatan soddaroq shakllaridan kelib chiqqandir;
3) harakatning yuqori shakllari tarkibidagi quyi shakllari uning yuqori shakllariga ham mansubdir, ammo
harakatning yuqori shakli o’zidan quyi shakldagi harakatga mansub emasdir. Shu mulohazalarga tayangan holda,
harakatning beshta shaklini ajratib olish mumkin. Ular — mexanik, fizik, ximiyaviy, biologik va ijtimoiy harakatlardir.
Falsafada harakat shakllarini turkumlashning bir qancha boshqa ko’rinishlari ham bor. Ayrim olimlar harakat
shakllarini har bir fanning nomi bilan bog’lash kerak, deb hisoblashadi. Bunday qarashning xatoligi shundaki,
fanlarning ko’pchiligi harakat shaklini emas, balki miqdoriy munosabatlar va holatlarni aks ettiradi. Masalan geodeziya
yoki geometriya, trigonometriya yoki topografiya, chiziqli algebra qanday harakat shaklini o’rganadi? Kibernetika esa
ham tabiatda, ham jamiyatda amal qiluvchi boshqarish jarayonlarini o’rganadi, ya’ni bu fan bitta emas, balki bir qancha
harakat shakllarini qamrab oladi.
Harakat shakllarini turlash bo’yicha quyidagi tabiiy-ilmiy kontseptsiya ham diqqatga sazovordir. Mazkur
kontseptsiya bo’yicha harakat shakllari quyidagicha turlanadi: fizik harakat (elementar zarrachalar, maydon va
atomlarning harakati), ximiyaviy harakat (atomlar va molekulalarning harakati) va bunda harakatning rivojlanishi ikki
yo’nalishga ajraladi, 1)
harakat rivojlanishining yuqori yo’nalishida biologik harakat shakllanadi; 2)
harakat
rivojlanishining quyi yo’nalishida esa geologik harakat shakllanadi, biologik harakatning taraqqiyoti ijtimoiy harakatga
olib boradi.
Yana bir boshqa kontseptsiyada esa harakat borliqning tashkiliy tuzilish darajalariga mos ravishda turlangan. Bu
kontseptsiyada harakat shakllari uchta sinfga ajratiladi: notirik tabiatda — elementar zarrachalar va maydon harakati,
tirik tabiatda – hayotning namoyon bo’lishi, jamiyatda – odamning faoliyati.
Dostları ilə paylaş: