Aslida esa, borliq kategoriyasi umumiy abstraktsiya bo’lib, mavjudlik belgisi bilan barcha narsa
va hodisalarni
o’ziga qamrab oluvchi o’ta keng tushunchadir. U o’ziga nafaqat ob’ektiv reallikni, balki sub’ektiv reallikni ham qamrab
oladi.
Borliq mavjudlik va reallik tushunchalariga qaraganda ham kengroq tushunchadir. Mavjudlik — borliqning hozirgi
paytda namoyon bo’lib turgan qismi bo’lib, o’tgan va mavjud bo’ladigan narsa va hodisalar ham borliq tushunchasiga
kiradi.
Reallik esa, mavjudlikning hammaga ayon bo’lgan, ular tomonidan tan olingan qismi. Borliq o’ziga reallikni
ham, mavjudlikni ham qamrab oladi. An’anaviy falsafiy qarashlarda borliqning uchta sohasi ajratib ko’rsatiladi. Ularga:
tabiat borlig’i, jamiyat borlig’i, ong borlig’i kiradi. Bular uchun eng umumiy belgi, ularning mavjudligidir.
Shuningdek, falsafiy adabiyotlarda tabiat borlig’i va jamiyat borlig’ining quyidagi shakllari ham farqlanadi.
Tabiat
borlig’i
odatda tabiatdagi narsalar (jismlar),
jarayonlar, holatlar borlig’i sifatida tushuniladi. U ikkiga bo’linadi: azaliy
tabiat borlig’i (yoki tabiiy tabiat borlig’i, u insondan ilgari va uning ishtirokisiz ham mavjud bo’lgan)
va odam mehnati
bilan ishlab chiqarilgan narsalar borlig’i («ikkinchi tabiat» borlig’i, ya’ni madaniyat). Ikkinchi tabiat borlig’i esa, o’z
navbatida, quyidagi ko’rinishlarda uchraydi:
-
Dostları ilə paylaş: