Olamning mavjudligi shubhasiz bo’lgan va barcha e’tirof etadigan qismi real olam deyiladi. Kelajakda mavjud
bo’lishi ehtimoli bo’lgan olam virtual olam deb ataladi (virtual so’zi lotincha virtualis — ehtimoldagi degan ma’noni
beradi). Aniq ma’lum bo’lgan olam konkret olam deyiladi, xayoldagi, tasavvurdagi, idealdagi olam obrazi abstrakt olam
deyiladi.
Odamning kundalik hayotidagi hammaga ma’lum bo’lgan, tan olingan hayoti real olamga mansub bo’lsa, uning
xayoliy rejalari virtual olamga, uning o’zi va
atrofidagilar konkret olamga, kelajakka yo’nalgan orzu-umidlari esa
abstrakt olamga mansubdir. Odam o’z rejalarini real olamga asoslanib tuzsa, potentsial olamining konkret reallikka
aylanish ehtimolligi oshadi.
Odam olamda boshqalardan ajralib, yakkayu yagona bo’lib emas, balki ijtimoiy hayot kechiradi va jamoa bo’lib
yashaydi. Odamlar jamoasi jamiyatni tashkil etadi. Odamlar jamiyatdagi o’zaro munosabatlari,
faoliyatlari, o’y-
xayollari, ideallari, maqsad va maslaklari bilan birgalikda ijtimoiy olamni tashkil etishadi. Odamning jamiyatdagi
boshqalar bilan birgalikdagi ijtimoiy faoliyati, ularning har biriga xos bo’lgan takrorlanmas individual olamlariga
bog’liqdir.
Individual olam, ayni paytda tashqi olamni ham, ijtimoiy olamni ham aks ettiradi, o’zida ifodalaydi. Bular
bir-birlari bilan chambarchas bog’liqdir.
Xullas, olam haqidagi xilma-xil tasavvurlar mavjudlikning eng umumiy falsafiy tushunchasi shakllanishiga asos
bo’lib keldi. Bunday tushuncha borliq haqidagi tushunchadir.
Dostları ilə paylaş: