Olamning asosida yotuvchi mohiyatni axtarish tarixi ham fanning uzoq o’tmishiga borib taqaladi. Masalan,
Qadimgi Hindiston va Xitoyda, Misr va Bobilda, Qadimgi O’rta Osiyo va Yunonistonda ba’zi faylasuflar
olamning
asosida qandaydir modda yoki muayyan unsur yotadi, deb hisoblashgan. Ularning ba’zilari bu unsurni olov, boshqalari
suv yoki havo, ayrimlari esa — tuproqdan iborat deb hisoblashgan. Ba’zi bir falsafiy ta’limotlarda esa, olamning
asosida — olov, havo,
suv va tuproq yotadi, barcha narsalar ana shu to’rtta unsurning birikishidan hosil bo’lgan,
deyilgan.
Olamning asosida yotuvchi substantsiyani axtarishning yana bir yo’li narsalarning tarkibidagi bo’linmas eng kichik
unsurni, ya’ni narsalarning tarkibidagi umumiy substrat (lotincha substratum — asos ma’nosini anglatadi) ni
axtarishdir. Bunday yo’nalishga mansub oqimlardan biri atomistik oqim hisoblanadi. Masalan, Qadimgi Yunon
faylasuflari Levkipp, Epikur, Demokrit va Lukretsiylar narsalarning va butun olamning asosida eng kichik bo’linmas
unsurlar atomlar yotadi, ular o’zlarining shakli, harakatlanishi va vaznlari bilan bir-birlaridan farq qiladi, deb
hisoblashgan.
Olamni anglash to’g’risida turlicha, hatto bir-biriga qarama-qarshi qarashlar mavjud. Bunday qarashlar odamlarning
olamga o’z o’lchovlari bilan qarashlari oqibatida paydo bo’ladi. Birov uchun olam yaxshi
va yomon, oppoq va qora
ranglardan tashkil topgan, boshqa ranglarning bo’lishini u tasavvuriga ham sig’dira olmasligi mumkin. Boshqalar esa, olamni
xilma-xil rangda, qirralarda ko’radi. Ular oq bilan qora oralig’ida oqimtirroq yoki qoraroq ranglar ham bo’lishi mumkinligiga
e’tibor qilishadi.
Dostları ilə paylaş: