demakdir, deb hisoblaydilar. Masalan Levi-Stross mifologik tafakkurni tahlil etib, turli joylarda yashagan qadimgi
qabilalar va xalqlar yaratgan afsonalarning umumiy strukturaga ega ekanligini isbot qildi. Uning fikricha, bu
afsonalarning asosiy mazmuni bir-biriga to’la muvofiq keladi. Insoniyatning ilmiy tafakkuri ham bu ta’limotga ko’ra
shunday printsipga, umumiy mantiqqa ega.
Germenevtika
— qadimgi yunon afsonalaridagi xudolarning xohish va irodasini insoniyatga tushuntirib berish
uchun erga yuborilgan elchisi — Germes nomi bilan ataladi. Demak, germenevtika — tushunish, tushuntirish, tahlil
etish g’oyalariga asosiy diqqatini qaratadi.
Jamiyat, bu ta’limotga ko’ra, kishilar o’rtasidagi muloqotga asoslanadi. Muloqot jarayonida madaniy, tarixiy va
ilmiy qadriyatlar yaratiladi. Shuning uchun falsafaning asosiy vazifasi hayotning ma’nosini, mohiyatini kishilar
o’rtasidagi muloqotdan qidirishdan iborat.
Bu oqim vaqillari Shleyermaxer va Diltey fikricha, biror bir tarixiy manbaning to’g’ri tahlil etilishi tadqiqotchining
davr xususiyatlarini to’la his etishi, tushunishi bilan bog’liq. Hozirgi davrda bu ta’limotning ko’plab tarafdorlari
mavjud.
XX asrning 30 — yillariga kelib
Dostları ilə paylaş: