O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi falsafa ma’ruzalar matni



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/191
tarix25.08.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#140467
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   191
Falsafa ma’ruzalar matni

stsientizm
(lot scientia — fan) ya’ni fan mavjud barcha 
ijtimoiy muammolarni hal etishi mumkinligini ilm-fan taraqqiyotining doimiy ijobiyligini asoslovchi falsafiy 
dunyoqarash. Stsientizm g’oyalari, neopozitivizm, texnologik determinizm kabi ta’limotlarning asosini tashkil etadi. 
Ikkinchisi — 
antistsientizm
, ya’ni fan taraqqiyoti jamiyat hayotiga salbiy ta’sir ko’rsatishini asoslovchi falsafiy 
dunyoqarash. Bunday dunyoqarash ekzistentsializm, frankfurt ijtimoiy-falsafiy maktabi, Rim Klubining bir qator 
tarmoqlarini, ba’zi diniy-falsafiy oqimlarning fanga munosabatini ifodalaydi. Antistsientizm ilm-fan taraqqiyotining 
natijalarini nazorat ostiga olish, bu masalada jamiyat hayotini xavf ostiga qo’ymaslik talabi bilan bog’liqdir. 
Antistsientizmning ayrim o’ta ashaddiy namoyandalari fan-texnika taraqqiyotini tamoman to’xtatib qo’yish 
g’oyasini ham ilgari suradilar. Umuman olganda, XX asr falsafasida bir-biriga muqobil bo’lgan yo’nalishlar 
ratsionalizm va irratsionalizm, antropologizm va naturalizm, stsientizm va antistsientizm, materializm va idealizm o’z 
o’rniga ega bo’lmoqda. 
Yangicha falsafiy tafakkurga asos solgan olimlar orasida ko’pchilik nemis olimi 
Artur Shopengauer
(1788 — 
1860) qarashlarini tilga oladi. Shopengauer olamdagi barcha mavjud narsalarni irodaning namoyon bo’lishi, irodani esa 
ongsiz ko’r-ko’rona intilish tarzida tushunadi. Maxluqotlarning instinktlari, xatti-harakatlari — irodaning namoyon 
bo’lishidir. Inson faoliyati ham aqldan begona bo’lgan irodaning natijasidir. Shuning uchun inson mohiyati irrotsional 
asosga ega. Aql esa tasodifiydir. Inson hayoti doimo aylanib turgan iroda g’ildiragiga bog’liqdir. 
Shopengauer ta’limotini davom ettirgan nemis faylasufi 
Fridrix Nitsshe 
(1844-1900) fikricha, «borliqning eng 
chuqur mohiyati hokimiyatga erishish uchun bo’lgan irodadir.» Nitsshe inson borlig’ida maxluqlik va xoliqlikni 
birlashib ketganini asoslab berishga harakat qildi. Uning diyorimizda bundan ikki yarim ming yil muqaddam 
shakllangan zardushtiylik ta’limotini o’rganib yaratgan «Zardusht tavallosi» asarida kuchli shaxslarni tarbiyalash 


g’oyasi ilgari surilgan. U o’z ortidan irodasiz kishilar ommasini etaklashga qodir bo’lgan irodasi kuchli shaxslarni 
tarbiyalash tarafdori bo’lgan. Nitsshening tsivilizatsiya va madaniyatning so’nishi va barham topishi to’g’risidagi 
g’oyasiga asoslanib, 1918 yilda G. Shpengler «Evropaning so’nishi» degan asarini yozadi. 
O’tgan asr oxiri olimlari ijtimoiy inqiroz va ma’naviy turg’unlikdan chiqishning yo’lini G’arbda klassik falsafiy 
merosga murojaat etishda va uni qayta tiklashda ko’rdilar. Shu zaylda «Orqaga Kantga» shiori ostida neokantchilik, 
«Orqaga Hegelga» shiori ostida esa neohegelchilik paydo bo’ldi. 
Shu bilan birga, falsafaning klassik ildizlarini saqlab qolishni diniy oqim bo’lgan neotomizm ham yoqlab chiqdi. 
Neatomizm shu bugunga qadar ham o’z mavqeini yuqotmagan bo’lib, katolik cherkovi tomonidan qo’llab-quvvatlanadi. 
Bunda ayniqsa Rim papasi rahbarlik qiladigan Vatikanning faoliyati muhim o’rin tutadi. 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin