2-mavzu. Borliq falsafasi
Reja:
1. Borliq va uning mavjudlik shakllari.
2. Borliq va yo’qlik, mavjudlik va reallik.
3. Harakat, fazo va vaqt, makon va zamon.
4. Borliq falsafasini o’rganishning ahamiyati.
Borliq tushunchasi.
Faylasuflar qadim zamonlardan buyon «borliq» va «yo’qlik» haqida bahs yuritishgan. Ular
borliqning vujudga kelishi, mohiyati, xususiyatlari va shakllari haqida ko’plab asarlar yozishgan. Xo’sh, borliq nima?
Bu savol bir qarashda juda oddiy ko’ringani bilan unga shu choqqacha barcha kishilarni birday
qanoatlantiradigan javob
topilgani yo’q. Bu holat borliqqa turlicha nuqtai nazarlardan qarashlarning mavjudligi bilan izohlanadi. Masalan, ayrim
faylasuflar borliqni
moddiylik, moddiy jismlar bilan bog’lab tushuntirishadi. Ularning nuqtai nazarlaricha, borliq –
ob’ektiv realliknigina qamrab oluvchi tushunchadir.
U holda fikr, inson tafakkuri, o’y-xayollarimiz borliq
tushunchasidan chetda qolar ekanda, degan savolga ular, bunday tushunchalar ob’ektiv reallikning hosilasidir, deb
javob berishadi.
Falsafaning borliq haqidagi ta’limotni izohlaydigan qismi —
ontologiya
deb ataladi. (Bu
tushunchani falsafada
birinchi bor X. Volf qo’llagan). Olam va borliq masalalarini falsafaning ana shu sohasi o’rganadi.
Yo’qlik
hech nima demakdir. Hamma narsani hech narsaga aylantiruvchi,
hamma narsaning ibtidosi ham, intihosi
ham yo’qlikdir. Bu ma’noda yo’qlik cheksizlik, nihoyasizlik va mangulik bilan birdir. Yo’qlik chekingan joyda borliq
paydo bo’ladi. Demak, borliqning bunyodkori ham, kushandasi ham yo’qlikdir. Borliq yo’qlikdan yo’qlikkacha bo’lgan
mavjudlikdir. Yo’qlikni hech narsa bilan qiyoslab bo’lmaydi. Fanda yo’qlik nima, degan savolga javob yo’q.
Dostları ilə paylaş: