O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi falsafa ma’ruzalar matni



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə92/191
tarix25.08.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#140467
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   191
Falsafa ma’ruzalar matni

Ijtimoiy harakat
bizga ma’lum bo’lgan harakat shakllari ichida eng murakkabi bo’lib, unda insonning ongli 
faoliyati, inson tafakkuri, ijtimoiy guruhlarning faoliyati, o’zaro munosabatlari, jamiyat miqyosidagi ijtimoiy fikr 
birgalikda harakatga keladi. Bu harakatni chiziqli, batartib harakatlar bilan mutlaqo taqqoslab bo’lmaydi. Uning 
kelajagini bashorat qilish ham o’ta murakkabdir. 
Borliqning asosiy yashash shakllariga fazo va vaqt kiradi. 
Fazo
narsalarning ko’lamini, hajmini, o’zaro joylashish tartibini, 
uzlukli yoki uzluksizligini ifodalasa
vaqt
hodisalarning ketma-ketligi, jarayonlarning davomiyligini ifodalaydi. 
Ma’lumki, har qanday moddiy jism joyga, ko’lamga, hajmga ega. Fazo — vaqtning muayyan lahzasida olamni 
tashkil etgan nuqtalarning o’zaro joylashish tartibini aks ettirsa, vaqt esa fazoning muayyan nuqtasida ro’y beruvchi 
hodisalar ketma-ketligi tartibini ifodalaydi. 
Fazo va vaqt tushunchalari, ko’p hollarda, forsiy til ta’sirida yozilgan adabiyotlarda makon va zamon deb ham ataladi. Bu 
tushunchalar fazo va vaqtning tashqi, nisbiy xususiyatlarinigina aks ettiradi, xolos. Fazo narsalar joylashadigan joy ma’nosida, 
vaqt esa hodisalar bo’lib o’tadigan muddat ma’nosida ishlatiladi. 
Fazo va vaqtni tushunish bo’yicha substantsial va relyatsion yondashishlar mavjud. Substantsial kontseptsiya 
tarafdorlari fazoni narsalar joylashadigan idish, bo’shliq deb bilishadi. Ularning fikricha, hamma narsa fazo ichiga 
joylashtirilgan. Fazo o’ziga narsalarni sig’diruvchi substantsiya. Hech narsasi yo’q, ya’ni narsalar solinmagan fazo ham 
bo’lishi mumkin, deyiladi. Relyatsion kontseptsiya tarafdorlari esa, narsalar fazoviy o’lchamga ega, deyishadi. 
Hech narsasiz fazoning bo’lishi mumkin emas. Bu farqni relyativistik fizika asoschisi Albert Eynshteyn shunday 
tushuntirgan edi. Faraz qilib, bir kazarma soldatlarni ko’z oldingizga keltiring. Ilgarigi, Nyuton fizikasiga ko’ra, 
soldatlar chiqib ketishi bilan kazarma bo’sh qoladi, ana shu substantsial kontseptsiyadagi fazodir. Yangi fizikaga 
ko’ra, soldatlar chiqib ketishi bilan kazarma ham yo’qoladi. Bu relyatsion kontseptsiyadagi fazodir. 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin