O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi falsafa ma’ruzalar matni


Tabiat borlig’ining struktura darajalari



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/191
tarix25.08.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#140467
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   191
Falsafa ma’ruzalar matni

Tabiat borlig’ining struktura darajalari.
Biz tevarak atrofimizga nazar tashlasak, umuman borliqqa emas, balki, 
muayyan jismlarga, narsa va hodisalarga ko’zimiz tushadi. Siz bilan biz inson sifatida Er sharida istiqomat qilamiz
o’zimizga mos keluvchi o’lchovlar bilan ish yuritamiz. Biz odatlangan o’lchovdagi kattaliklarni makroskopik 
kattaliklar, deb hisoblaymiz va bu 
makrodunyo
ni tashkil qiladi. 
Shu nuqtai nazardan borliqning struktura darajalarini miqyosiy-struktura va tashkiliy-struktura darjalariga ajratamiz. 
Borliqdagi ob’ektlar miqyosi bilan farq qiluvchi uchta miqyosiy struktura darajalariga ajraladi. Ular: mikrodunyo, 
makrodunyo va megadunyo. 
Mikrodunyo
atom miqyosidan kichik bo’lgan dunyodir. Bu dunyoga atom strukturasi va 
elementar zarrachalar, atom yadrosi, kvarklar, kernlar kiradi. Bu dunyoning yaxlitligini va turg’unligini saqlab turuvchi ikkita 
fundamental kuch mavjuddir, ular kuchli va kuchsiz yadroviy o’zaro ta’sirlardir. 
Kuchli o’zaro ta’sirlar atom yadrosining strukturaviy yaxlitligini saqlab tursa, kuchsiz o’zaro ta’sirlar atom 
strukturasining yaxlitligini ta’minlaydi. Molekulalar tuzilishidan tortib, Er sharining yaxlitligini saqlashgacha xizmat 
qiluvchi kuch elektromagnit o’zaro ta’sirlaridir. 
Elektromagnit o’zaro ta’sirlari tufayli molekulali birikmalar va Erdagi barcha hayotiy jarayonlar o’zining 
strukturaviy birliklarini saqlaydi. Agar elektromagnit o’zaro ta’sirlari bo’lmaganda edi — Quyosh nurlari (ya’ni 
elektromagnit nurlanishlari) Erga etib kelmagan bo’lar edi va Erda hayotiy jarayonlar shakllanmagan bo’lar edi. 
Er, uning tabiiy yo’ldoshi Oy va boshqa sayyoralar Quyosh atrofida harakatlanadi. Bu sistemaning va umuman 
butun Koinotning strukturaviy yaxlitligi esa gravitatsion o’zaro ta’sirlari tufayli saqlanadi. Gravitatsion o’zaro ta’sirlari 
biriktirib turgan dunyo — 
megadunyo
deb ataladi. 
Ular bir-biri bilan chambarchas bog’langandir, shuningdek, ular bir-biriga almashinishi ham mumkin. Hozir 
megadunyo hisoblangan koinotimiz bundan 15-20 mlrd. yil muqaddam o’ta kichik mikroskopik ob’ekt bo’lgan, degan 
taxminlar bor. Shuningdek, biz mikroob’ekt deb hisoblayotgan elementar zarracha neytron o’zining ichida milliardlab 
yulduz va galaktikalariga ega bo’lgan butun boshli Koinot bo’lishi va aksincha, diametri bir necha milliard yorug’lik yiliga 
teng bo’lgan ulkan Koinotimiz ham chetdan kuzatayotgan kishiga o’ta kichik elementar zarracha hisoblanishi ham 
mumkin. Borliqning strukturaviy tuzilishini uning sifatiy rivojlanishi nuqtai nazaridan olib qarasak, moddiy olam bu holda 
ham uchta darajaga ajraladi. Uning tashkiliy struktura darajalarini: anorganik dunyo (notirik tabiat), organik dunyo (tirik 
tabiat) va ijtimoiy dunyo (jamiyat) ga ajratiladi. Ular bir-biridan xilma-xilligi, uyushganligi, nisbiy mustaqilligi va faolligi 
bilan farq qiladi. 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin