tafovut narsa — hodisalarning farq qiluvchi tomonlarini ifodalovchi tushunchadir.
Qarama-qarshilik deb esa, narsa, voqea-hodisalarning bir-birini taqozo etuvchi va shu bilan birga bir-birini inkor
etuvchi tomonlari, kuchlarining o’zaro munosabatiga aytiladi.
Qarama-qarshiliklar o’rtasidagi munosabatni
ziddiyat degan tushuncha ifodalaydi. Ko’p hollarda ayniyat va
tafovutning zidligi va ularning bir maxrajga kelishi, me’yoriy o’zgarishlar tufayli rivojlanish, taraqqiyot, yangilanish
jarayonlari amalga oshadi. Taraqqiyot shu ma’noda ayniyat, tafovut va ziddiyatlarning paydo bo’lishi, rivojlanishi va
hal qilinishidan iborat bo’lgan abadiy va azaliy murakkab jarayondir.
Sobiq Ittifoqning mafkurasi darajasiga ko’tarilgan marksizmda asosan ziddiyatga ko’proq e’tibor berilar edi. U
mutlaqlashtirilar va jamiyatga ko’chirilib, asosan, antogonistik ziddiyatlar to’g’risida gapirilar va ularning echilishi
insoniyatni baxtli hayotga olib boradi, deya xayol qilinar edi. Holbuki, insoniyat paydo bo’libdiki, uning hayotida
ayniyat va tafovut ham, ziddiyat va qarama-qarshiliklar ham mavjud bo’lib kelmoqda. Odamzod ziddiyatlar kamroq
bo’lgan, kishilarning xilma-xil intilish va maqsadlari, bir-biridan farq qiladigan g’oyalari uyg’unlashgan, barqarorlik
ustuvor bo’lgan jamiyatni qurish uchun bosh qotirib kelmoqda.
Anu shunday intilishlar fanda «Konfliktologiya» (konflikt — ziddiyat, logos- ta’limot) deb ataladigan falsafiy yo’nalish paydo bo’lishiga olib kelgan. Bu soha bilan shug’ullanadigan olim va mutaxassislar konfliktologlar deb ataladi. Ular konfliktlarni keltirib chiqarish emas, balki ularning oldini olish va jamiyat uchun foydali tarzda hal qilish yo’llari va usullari ustida bosh qotirishadi. Har bir ziddiyatning aniqlanishi, hal qilinishi o’zgarishga, yangilanishga, bir sifatdan ikkinchi sifatga, eskidan
yangiga o’tishga sabab bo’ladi. Olam turli-tuman bo’lganligi uchun ziddiyatlar ham xilma-xildir. Masalan, ichki va
tashqi ziddiyatlar, asosiy va asosiy bo’lmagan ziddiyatlar mavjud. Ular o’rtasida farq bo’lgani bilan birga, mutlaq
chegara ham yo’q. Chunki amalda, hayotda ular bir-biriga o’tishi, birgalashib ketishi va taraqqiyotda turli xil o’rin
tutishlari mumkin.