xususiyatlari,
ximik uchun, uning N
2
O kimyoviy birikma sifati, tegirmonchi uchun-tegirmon parragini aylantirish
xususiyatlari asosiy mohiyat hisoblanadi.
Narsa va hodisalar doimiy rivojlanib turishi jarayonida, ularning mohiyati ham, shunga mos tarzda hodisa ham
o’zgarib turadi. Mohiyatdagi har qanday juz’iy o’zgarish ham, uning muqarrar o’zgargan hodisasida ifodalanadi.
Masalan, suvning elektr tokini o’tkazish xususiyati, uning temperaturasiga bog’liqligi aniqlangan. Agar biz
suvning
temperaturasini ma’lum darajada ko’tarsak, uning elektr tokini o’tkazish xususiyatini o’lchaydigan asboblar bu
o’zgarishlarni qayd qilmasligi mumkin. Lekin, bundan suvning mohiyatini ifodalaydigan elektr tokini o’tkazuvchanlik
xususiyati yo’qolgan, degan xulosa kelib chiqmaydi.
Narsa va hodisalarning mohiyat va hodisa tarzida bog’lanishlari makon va zamondagi muayyan konkretligi bilan
ajralib turadi. Mohiyat va hodisa o’z xususiyatlariga ko’ra sistema, struktura va elementlarda o’ziga
xos tarzda
namoyon bo’ladi. Shuning uchun har qanday hodisani va mohiyatni tahlil qilishda aniq tamoyillarga asoslanish lozim.
Dostları ilə paylaş: