ADABIYoTLAR
1. Karimov I.A. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot
kafolatlari. - T., «O’zbekiston», 1997.
2. Karimov I.A. Barkamol avlod — O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. — T., «O’zbekiston», 1997.
3. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. — T., «O’zbekiston», 1998.
4. Karimov I.A. Donishmand xalqimizning mustahkam irodasiga ishonaman. «FIDOKOR»
gazetasi, 2000 yil 8
iyun.
5. Osnovi filosofii. — T., O’zbekiston, 1998.
6. Falsafa. — T., Sharq, 1999.
5-mavzu. Mavjudlik, o’zgarish, bog’liqlikning
asosiy shakllari. Falsafiy kategoriyalar
Reja:
1. Mavjudlik, o’zgarish va o’zaro aloqadorlik namoyon bo’lishining asosiy tamoyillari.
2. Falsafiy
kategoriyalar tizimi, ularning mazmuni.
3. Falsafa kategoriyalari o’rtasidagi bog’lanishlar va ularning hozirgi davrda namoyon bo’lishi.
4. Yoshlar tarbiyasida falsafiy kategoriyalar to’g’risidagi bilimlarning ahamiyati.
Har qanday fanning o’ziga xos qonunlari va asosiy tushunchalari bo’ladi. Masalan, fizikada fizik qonunlar, og’irlik,
tezlik, kuch kabi tushunchalarga juda ko’p duch kelish mumkin. Ularning aksariyati bu fan tarixida chuqur iz qoldirgan
mashhur olimlarnining nomi bilan bog’langan. Masalan, fizikada Nyuton, Faradey, Avagadro va hokazo. Matematikani
esa Pifagor, al-Xorazmiy, Karl Gausning qonunlarisiz tasavvur qilish qiyin. Xuddi shunday falsafaning fanlik maqomini
belgilaydigan asosiy tamoyillar, qonunlar va kategoriyalar tizimi ham bor. Ularni o’rganishdan avval, qonun va
kategoriya tushunchalarining mazmunini aniqlab olish zarur. An’anaviy tavsiflarga ko’ra, «Qonun» falsafiy kategoriya
sifatida narsa va hodisalar rivojlanishi jarayonidagi eng muhim, zaruriy, nisbatan barqaror, doimiy takrorlanib turuvchi,
ichki o’zaro bog’lanishlar, aloqalar, munosabatlarning mantiqiy ifodasi ekanligini ko’rib o’tdik. Endi kategoriyalarning
mohiyati va mazmuni bilan qisqa tanishaylik.
Dostları ilə paylaş: