Olamdagi har bir narsa va hodisa bir-birini taqozo qiladigan va shu bilan birga, bir-birini istisno
qiladigan qarama-qarshi
tomonlar birligidan iborat. Demak, voqelik va o’zgarish jarayonida ayniyat va ziddiyatning bo’lishi ham odatiy hol. Masalan,
issiq va sovuq, oq va qora,
kecha va kunduz, elektrning musbat va manfiy zaryadlari, yaxshilik va yomonlik, adolat va jaholat
va h. k. Qarama-qarshi tomonlar bir-birini inkor etadi va shu bilan birga
biri ikkinchisini taqozo etadi, biri ikkinchisisiz
mavjud bo’la olmaydi.
Faraz qilaylik, magnitning manfiy zaryadi bo’lmasa, u holda ushbu narsa magnit bo’lolmaydi.
Borliq narsa, voqea-hodisalarning turli-tumanligidan iborat. Lekin narsalar qanchalik xilma-xil, turli-tuman
bo’lmasin, ular o’rtasida yaqinlik, aynanlik mavjuddir. Masalan, stol va stul sifat jihatidan turli narsalardir.
Lekin
baribir ular o’rtasida o’xshash
tomonlar, belgilar bor. Aytaylik, ularning yo rangi yoki bir xil materialdan yasalganligi
yoki bo’lmasa, vazni o’xshash bo’lishi mumkin va h.k.
Ayniyat tushunchasi
narsa va hodisalar o’rtasidagi o’xshash tomonlarni ifodalaydi. Shu bilan birga narsa-hodisalar
bir-biridan farq qiladigan tomonlar, xususiyatlar, belgilarga ham egadir. Aynan bir xil bo’lgan narsaning o’zi yo’q.
Hatto daraxtning bir shoxida yonma-yon turgan 2 barg xam bir-biridan farq qiluvchi ba’zi jihatlarga ega. Hech
bo’lmaganda, ular bir-biridan makondagi o’rni bilan farq qiladi.
Hayotdan misol keltiradigan bo’lsak, bir-biriga tashqi tomondan tamomila o’xshash bo’lgan Hasan va Husanlarda ham juda
ko’p farq qiluvchi xususiyatlar bor. Masalan, ularda fe’l-atvor, qiziqish turi, dunyoqarashlar har xil bo’lishi, ya’ni ularning ichki
dunyolari farq qilishi mumkin. Demak,
Dostları ilə paylaş: