zamonning eng buyuk matematiklaridan biri bo’lib, o’z davrida aniq fanlar sohasida katta ahamiyat kasb
etgan deduktsiya
usulini falsafaga kiritgan olim bo’lib hisoblanadi.
Lametri va Gelvetsiy, Didro va Golbax o’z davrida frantsuz hayotida nihoyatda katta ahamiyatga ega bo’lgan milliy
davlatchilik, inson erkinligi va haq-huquqlari muammolariga alohida e’tibor qaratganlar. Frantsuz millatini ma’naviy
jihatdan yuksaklikka ko’tarish va ma’rifatli xalqqa aylantirish uchun o’z asarlarida ana shu qadriyatlarga erishishning
yo’llari va usullarini ko’satib berganlar.
Ular tomonidan yaratilgan ko’p tomlik «Entsiklopediya» o’sha zamonning ma’naviy muammolarini ma’rifatli yo’l
bilan hal qilish usullari va imkoniyatlari ko’rsatib berilgan «Evropa qomusi» darajasiga ko’tarilgan edi.
Bu kitobni
yaratishda boshqa ko’pgina ma’rifatparvar frantsuz olim va mutaxassislari ham qatnashgan bo’lib, o’zining ahamiyati,
muammolarining umuminsoniy nuqtai nazaridan echilishi, xalqchilligi va tilining frantsuz millati
hayot tarziga yaqinligi
bilan entsiklopediya XVIII asr Evropasining tengi yo’q kitobi edi. Aynan ana shu kitob mualliflari o’zlarining boshqa
asarlari va faoliyatlari bilan 1789-1884 yillardagi Frantsuz inqilobi qabul qilgan «Inson va grajdanlar huquqlar
dekloratsiyasi»da ilgari surilgan umuminsoniy qadriyatlarni jamiiyat taraqqiyotining eng ustivor ma’naviy mezonlariga
aylantirdilar.
Dostları ilə paylaş: