O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi falsafa ma’ruzalar matni



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/191
tarix25.08.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#140467
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   191
Falsafa ma’ruzalar matni

 


Tayanch tushunchalar 
Sxolastika, apologetika, realizm, nominalizm, uyg’onish davri, milliy davlatlar, milliy falsafiy maktablar, mutlaq 
ruh, metod, sistema, tarix falsafasi, dialektika. 
Takrorlash uchun savollar 
1. Rim imperiyasi hayotining so’nggi davrlaridagi falsafiy oqimlarni sanab bering. 
2. «Uyg’onish davri» tushunchasini qanday talqin etasiz? 
3. Milliy falsafiy maktablar deganda nimani tushunasiz? 
4. Milliy falsafiy maktablarning umuminsoniy yutuqlari nimalarda namoyon bo’ladi? 
5. «Nemis klassik falsafasi»mi yoki «Nemis milliy falsafasi»mi? Bu masalaga sizning munosabatingiz qanday? 
6. Nega marksistik falsafa milliy falsafa bo’la olmas edi? 
7. Evropa uyg’onish davri falsafasini o’rganishimizning ahamiyati nimalarda deb o’ylaysiz? 
ADABIYoTLAR 
1. Karimov I. Bunyodkorlik yo’lidan. — T. O’zbekiston 1998. 
2. Karimov I. Istiqlol va ma’naviyat. — T. O’zbekiston, 1994. 
3. Karimov I. Ma’naviy yuksalish yo’lida. — T. O’zbekiston, 1998. 
3. Antologiya mirovoy filosofii v 4-x tomax. Tom 3. M. 1971. 
4. Mir filosofii v 2-x tomax. T. 2. M.1990. 
5. Osnova filosofii. T. O’zbekiston 1998. 


6-mavzu. XVI asrdan XX asr boshlarigacha 
O’zbekistonda ijtimoiy-falsafiy tafakkur 
Reja: 
1. Temuriylar davlatidan keyingi ijtimoiy jarayonlar. 
2. Amirlik va xonliklar davri falsafasi. 
3. Millatning g’oyaviy tarqoqligi va mafkuraviy tanazzul oqibatlari. 
4. Jadidchilik-milliy g’oyalar uchun kurash falsafasi. 
Temuriylardan keyingi ijtimoiy jarayonlar.
XV1 asrdan boshlab Mavorounnahrda o’zaro urushlar, nizolar avjga 
chiqdi, Temuriylar davlati inqirozga yuz tutib, mayda davlatlarga bo’linib ketdi. Natijada Shayboniylar davlati tuzildi, 
1510 yilda Shayboniyxon Ismoil Safaviy lashkarlari tomonidan o’ldirilganidan so’ng, markazlashgan davlat inqirozga 
yuz tutdi. 
Shayboniylardan Abdullaxon va uning o’g’li Abdulmo’min vafotidan so’ng, XVI asr oxirida bu davlat barham 
topib, hokimiyat ashtarxoniylar sulolasiga o’tdi. Imomoqulixon (1611-1642) davrida davlat birmuncha 
mustahkamlangan bo’lsa-da, keyingi davrlarda taxt uchun kurashlar davom etdi. Bu esa iqtisod, madaniyat, ilm-fan, 
adabiyot, san’at ravnaqiga o’z ta’sirini ko’rsatdi. Ayniqsa, tabiiy-ilmiy fanlar rivoji zaiflashdi, dunyoviy bilimda 
tanazzul ro’y berdi. 
XVI-XVII asrlarda falsafiy va axloqiy fikr sohasida Poshoxo’ja, Mirzajon ash-Sheroziy al-Bog’naviy, ibn 
Muhammadjon Yusuf al-Qorabog’iy, Muhammad Sharif al-Buxoriy va boshqalarning asarlarini ko’rsatish mumkin. 
Poshoxo’ja
(1480-1547) Niso shahrida tug’ilib, Buxoroda vafot etadi. u «Miftoh ul-adl» («Adolat kaliti») va 
«Gulzor» hikoyalar to’plamini yaratgan bo’lib, ularda insof, adolat, diyonat, saxovat, donolik va aql-zakovat, 
rostgo’ylik, ruhiy komillik, halollik, mehr-oqibat, kamtarlik va boshqa ma’naviy-ahloqiy fazilatlarni tahlil qiladi, salbiy 
illatlar, insoniylikka zid xatti-harakatlarni qoralaydi. 
XVII asrning mashhur mutafakkiri, faylasufi 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin