Ingliz falsafasi. O’sha davr falsafasining asosiy vakillaridan biri F. Bekon (1561-1626) yuqoridagi masala haqida
shunday degan edi: «Moddiy dunyo, mamlakatlar, dengizlar, planeta juda keng bo’lgani holda insonlarning ma’naviy
dunyosini eski chegaralar bilan o’rab qo’yilishi sharmandalikdan boshqa narsa emas» («Yangi Organon» kitobi). Bekon
ingliz falsafasining o’rta asrlardagi taraqqiyotiga eng katta hissa qo’shgan olimlardan biridir. Uning ta’limoticha,
fanning yangi binosini ko’rish uchun, to’g’ri fikrlashga o’rganish kerak. Bekon ta’limoticha, tabiatni bilishda bir necha
«idollar» insonga halaqit beradi. Ular inson aqlini o’rab tashlaydi. Ular asosan to’rtta. Birinchisi urug’ idollari, bular
inson zotiga, butun odamlarga xosdir. Masalan, Bekon shunday deydi: «insonning aqli qiyshiq ko’zguga o’xshaydi. U
narsalarning tabiati bilan o’z tabiatini aralashtirib yuborib narsalarni qiyshiq, buzuq ko’rsatadi. Ikkinchisi, g’or idollari.
Bu har bir odamnning o’z spetsifik xususiyatlari natijasida yanglishishi. Ular fikrlash ufqining cheklanishidan tug’iladi.
Bu narsa hamma narsani o’z nuqtai-nazari bilan ifodalash, o’zinnig tor doirasi bilan o’lchash natijasida vujudga keladi.
Uchinchisi, maydon idollari, bo’lib, u ma’lum bo’lgan tasavvurlarga tayanish odati, noto’g’ri yoki noaniq
termonologiyalarga tanqidiy yondoshmaslik oqibatida vujudga keladi. Bu masalaga Bekon juda ham katta ahamiyat
beradi. Masalan, u shuni ta’kidlaydiki, real borliqni ifodalamaydigan yoki uni noaniq, mavhum ifodalaydigan so’zlar
soxta tushunchalarni tug’diradiki, ular tafakkurga teskari ta’sir qiladi. To’rtinchisi, teatr idollari: ular avtoritetlar fikriga
ko’r-ko’rona ergashib qadimgilarning falsafiy sistemalarini davom ettiraveradilar.
Bekon tomonidan sxolastikaga qarshi qaratilgan idollarning tanqidi katta metotologik ahamiyatga egadir. Bekon
bilish nazariyasining birinchi bosqichi esa tajribadir, ikkinchi bosqichi aqldir. U tajriba ma’lumotlarini ratsional qayta
ishlaydi va umumlashtiradi. Bekon ta’limoticha, olim chumoliga o’xshab faqat yig’ish va yig’ilganlar bilan
kifoyalanmasligi kerak, o’rgimchakka o’xshab hayotdan ajrab, faqat o’zining shaxsiy aqli bilan o’zining makrli
falsafasini to’qimasligi kerak. Bekon ta’limoticha, olim asalariga o’xshab gullardan olib keyin ularni asalga aylantirishi
lozim.
Bekon o’zining ijtimoiy-siyosiy qarashlari bo’yicha kuchli markazlashgan davlat tarafdori bo’lgan. Jamiyat
hayotida asosiy rolni Bekon fikricha san’at va savdo rivojlanishi o’ynaydi.
Uning ta’limotini