O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi falsafa ma’ruzalar matni



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/191
tarix25.08.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#140467
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   191
Falsafa ma’ruzalar matni

P. Abelyar
(1079-1142) juda yoshligidanoq o’z bilimi bilan mashhur edi. Abelyar — mo’’tadil 
realistdir. Uning ta’kidlashicha, reallik yoki universaliy dastlab xudo aqlida mavjuddir, undan keyin narsalarning o’zida 
mavjuddir va nihoyat, odamlarning ongida mavjuddir. Abelyar «Men e’tiqod qilish uchun bilaman» degan g’oyani ilgari surgan. 
Ya’ni bilmaydigan, bilimsiz kishidan ko’ra, din va uning asosiy tamoyillarini yaxshi o’rgangan kishi abzal. Bunday kishi 
aqidaparast emas, balki o’zi bilgan narsaning qadrini biladigan insondir. 
Abelyar haqiqatni topishda tafakkurning xizmatini ta’kidlab, unga hamma vaqt murojaat qiladi. Uning ta’kidlashicha, 
shubha hamma vaqt tadqiqotga yo’llaydi, tadqiqot esa haqiqatni topadi. Uning fikricha, insonning o’limi xudoni rozi qilish 
uchun emas, balki odamlarni xudoga bo’lgan muhabbat bilan taajjubga solish va odamlarga ahloqiy ta’sir ko’rsatish 
maqsadida sodir bo’ladi. Bu bilan odamlar o’z hayotini xudoga bo’yso’ndiradilar. Bu qarash ahloqiy ta’sir qilish nazariyasi 
deb ataladi. 
Foma Akvinskiy
(1224-1292) mo’’tadil realizmning yana bir yirik vakili bo’lib hisoblanadi. Foma o’sha davr 
uchun Arastu natur falsafasini ilohiyot bilan birlashtirishga harakat qilgan. Bunda u mo’’tadil realizm pozitsiyasida 
turgan va sxolastikaning eng yirik namoyandasi bo’lgan. Uning fikricha, natural falsafada tafakkur va Arastu mantiqiy 
ta’limoti yordamida xudo mavjudligi haqidagi haqiqatga erishishi mumkin. 
Fomaning «Ilohiy summalar» asari 3000 maqoladan iborat bo’lib, 600 masalani yoritishga bag’ishlangan. U 
ilohiyotning sistemali bayon qilinishi vazifasini bajaradi. «Ilohiy summalar»ning birinchi qismi xudoning mavjudligi va 
borlig’i masalasida bahs yuritadi. Ikkinchi qismi «xudoga qarab harakat» haqida hikoya qiladi. 
Akvinskiy ta’limoticha, dunyo ierarxik narvondan iboratdir. Uning eng quyi qismida er va 4 elementdan iborat bo’lgan 
hamma narsalar mavjuddir. Odam ruhi xudo va moddiy dunyo o’rtasidagi joyni egallaydi. Dunyoviy jamiyat tepasida esa
papa boshchiligidagi ilohiy davlat turadi. Erdan uzoqlashgan sari u ilohiylashib boradi. Sayyoramiz dunyosinning tepasida 
farishtalar dunyosi mavjuddir. Butun koinot tuzilishi uch shaxsni birlashtirgan yagona xudo tomonidan boshqarilib turadi. 
Akvinskiy ta’limotidan keyinchalik «tomizm» oqimi shakllandi va u «neotomizm» tarzida g’arbda hozir ham saqlanib qolgan. 
O’sha davrning mashhur faylasuflaridan biri 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin