6-seminar mashg‘uloti. Metod va oqimlar (romantizm,realizm, modernizm). Adabiy hayot va jarayon



Yüklə 15 Kb.
tarix16.05.2023
ölçüsü15 Kb.
#114483
6-seminar mashg‘uloti. Metod va oqimlar (romantizm,realizm, modernizm). Adabiy hayot va jarayon.


6-seminar mashg‘uloti. Metod va oqimlar (romantizm,realizm, modernizm). Adabiy hayot va jarayon.
Reja:

  1. Ijodiy metodning yuzaga kelish sabablari

  2. Romantizm va realizm

  3. Ijodiy oqimlar

San'at va adabiyotda hayot hodisalarini gavdalantirishning umumiy yo‘llari ijodiy metod deb yuritiladi. Ijodiy metodga tadqiqotlarda “yozuvchining hayotiy faktlarni tanlash, umumlashtirish, baholash va badiiy obrazlarda aks ettirishda qo‘llagan asosiy prinsiplari”, “san'atkorning anglanayotgan voqyelikka ijodiy munosabatlarining umumiy ijodiy prinsipi, ya'ni badiiy asarda voqyelikni qayta tiklash prinsipi”, “turmush hodisalarini tanlash, o‘rganish, idrok etish va tasvirlashning asosiy vositasi” deb ta'rif beriladi.
Realizm lotincha realis so‘z bo‘lib, “bor, mavjud narsa, haqiqiy” degan ma'noni bildiradi. Bundan anglashiladiki, realizm dunyoning moddiy jihatlarini qamrab oladigan umumiy tushuncha sanaladi.
Biroq realizm ijodiy metodini ko‘z bilan ko‘rib, qo‘l bilan tutsa bo‘ladigan hodisalarning ko‘rsatilishidan iborat deb talqin etmaslik kerak. Albatta, insonning orzu-havaslari, xayol, o‘y-kechinmalari tosh yoki gul kabi ko‘z bilan ko‘rib, qo‘l bilan tutsa bo‘ladigan moddiy hodisa emas. Ammo ular bor, mavjud hodisalar. Ularsiz insoniyat hayotini tasavvur etib bo‘lmaydi. Roman, qissa, hikoya, she'riy asarlarda inson hayotining ko‘zga ko‘rinmas ana shu jihatlari ham ko‘rsatilgan bo‘ladi. Ya'ni hayotning real hodisalari, kishilararo mavjud munosabatlar gavdalantirilib, qahramonlar orzu-havaslari, xayollari manzaralantirilgan o‘rinlarda realizm ijodiy metodi romantizm ijodiy metodiga xos sifatlar bilan uzviy bog‘lanib ketgan bo‘ladi. Bu esa ikki metodning mushtarakligidan dalolat beradi.
Realizm ijodiy metodining asosiy xususiyati hayot hodisalarini bor bo‘yi bilan ko‘rsatish va undagi mavjud nuqson, kamchiliklarni tanqid qilish deyish unchalik to‘g‘ri emas. Chunki turmushdagi, kishilar fe'l-atvoridagi qusurlar xususida romantizm yoki klassitsizmga oid deyilgan asarlarda ham so‘z yuritilgan.
Ijodiy metodlarni muayyan tarixiy davr doirasida chegaralash ham o‘rinsiz. Chunki tanqidiy realizm namunasi deyilgan Maxmurning “Hapalak”, Muqimiyning “Tanobchilar” asarlariga o‘xshash tanqidiy, hajviy ruhdagi asarlar qadimda ham yaratilgan. Ular hozir ham yozilmoqda.
Adabiyotlar:
1.Ulug‘ov A. Adabiyotshunoslikka kirish. – T.: Universitet, 2005. – 78 – 94-betlar
2.Quronov D., Mamajonov Z., Sheralieva M. Adabiyotshunoslik lug‘ati. – T.: “Akademnashr”, 2013. – 408 b
Mustaqil ta’lim:
Q.Qahramonov. “Adabiy tanqid: yangilanish jarayonlari” kitobidan “Adabiy tanqidda yondashuv va metodlar takomili” bo‘limini o‘qib o‘rganish.
Yüklə 15 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin