O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi falsafa ma’ruzalar matni



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/191
tarix25.08.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#140467
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   191
Falsafa ma’ruzalar matni

Zahiriddin Muhammad Bobur
(1483-1530) o’sha davrning eng ma’rifatli 
podsholaridan biri edi. Andijonda Umarshayx Mirzo xonadonida tug’ilgan Bobur keyinchalik Hindistonda ulkan 
saltanatga asos soldi. Bobur davrida hind diyori gullab yashnadi, undagi madaniyat yuksak darajaga ko’tarildi. 
Hindistonning XX asrdagi eng atoqli kishilari Mahatma Gandi va Javoharlal Neru ham Bobur va boburiylar — Shoh 
Jahon, Avrangzeb va Akbar kabi temuriyzodalarga juda katta baho berganlar. 
Ichki kelishmovchiliklar natijasida o’z yurtini tashlab ketishga majbur bo’lgan Bobur avval Qobulda, so’ngra esa 1526 
yilgi Panipat jangida ibrohim Lo’di ustidan g’alaba qozonib, Hindistonda o’z hukmronligini o’rnatdi. «Boburiylar sulolasi» 
Hindistonda 300 yildan ortiq hukmronlik qilib, temuriylar davlati va madaniyatining davomchisi sifatida mashhur bo’ldi. 
Boburning xizmati shundaki, u Hindistonni markazlashgan davlatga aylantirdi, mamlakatda tinchlik o’rnatdi, 
obodonlashtirish va qurilish ishlarini rivojlantirdi, karvonsaroylar, me’moriy yodgorliklar, bog’chalar, kutubxonalar barpo 
qildi, madaniyat, san’at, adabiyot va ilm-fanni yuksaltirdi. Bobur ilm-fan, san’atga katta qiziqish bilan qaragan, yuksak aql 
egasi, qomusiy bilimga ega bo’lgan davlat arbobi, olim va shoirdir. 
Boburiylarning ko’pchiligi ma’rifatchilik bilan mashg’ul bo’ldilar, olimu fuzalolar bilan maslahatlashib turdilar. 
Ularning yana bir xizmati islom va budda diniga e’tiqod qiluvchi musulmon va hindularni kelishtirishga, ahil yashashga 
chaqirishda bo’ldi. 
Boburning mashhur tarixiy asari «Boburnoma»dir. Bulardan tashqari, u huquqshunoslikka oid «Mubayyin», aruz 
ilmiga oid «Mufassal», musiqa bo’yicha «Musiqiy», harbiy ishlarga oid «Harb ishi» risolalarini yozgan. «Boburnoma» 
o’sha davrdagi Markaziy Osiyo, Hindiston, Afg’oniston, Eronning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy hayotini, savdo 
munosabatlari, jug’rofiyasi, hayvonot va nabotot olamini, iqlimi, qabila va elatlarning urf-odatlari, marosimlari
turmush tarzini va marosimlarini aks ettirgan asardir. 
Bobur o’zining lirik she’rlarida ishq, muhabbat, Vatan sog’inchi, mehr, vafo, insoniylik, do’stlik, yaxshilik va 
mehr-oqibatni kuyladi. 
Javoharlal Neru Boburning Hindistondagi faoliyatiga katta baho bergan edi. Neru Boburning dilbar shaxs ekanligi
mard va tadbirkorligini, san’atni sevganini va umuman, Hindiston uchun ko’p ish qilganligini ta’kidlagan edi. Bobur va 
boburiylarning siyosiy, madaniy faoliyatlari Hindiston va O’zbekiston o’rtasidagi do’stlik rishtalarini mustahkamlashda 
hozir ham muhim rol o’ynamoqda. 
Shunday qilib, XIV-XV asarlarda Movarounnahr va Xurosonda madaniy yuksalish yuz berdi. Buni olimlar Renessans 
davri ham deb atamoqdalar. Ba’zi olimlar esa, bu atamaning Sharq mamlakatlariga to’g’ri kelmasligi to’g’risida o’z fikrlarini 
aytmoqdalar. Nima bo’lganda ham Evropada XV-XVI asarlardagi ko’tarinkilik, Renessansning muhim xususiyatlari 


Markaziy Osiyoda ro’y bergan madaniy yuksalish bir-biriga ko’p tomonlari bilan o’xshab ketadi. Bular orasida 
mushtarakliklar ko’p. 
XIV-XV asrlar moddiy va ma’naviy yuksalishining muhim xususiyati yana shundan iboratki, bu davrda ishlab 
chiqarish o’sdi, ichki va tashqi savdo, hunarmandchilik, dehqonchilik rivojlandi, xorijiy mamlakatlar bilan diplomatik 
va madaniy aloqalar o’rnatildi, inson aql-zakovati va uning eng yaxshi fazilatlariga e’tibor kuchaydi, ilm-fan va san’at 
rivoj topdi, qomusiy olimlar etishib chiqdi, madaniy merosni o’rganishga qiziqish ortdi. Temur va temuriylar davridagi 
madaniy yuksalish hozir ham o’z ahamiyatini yo’qotgani yo’q. Ular mustaqil davlatimizni mustahkamlashda, madaniy-
ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishda, milliy g’oya va mafkurani shakllantirishda ma’naviy ozuqa 
vazifasini o’tamoqda. 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin