Nizomiddin
Mir Alisher Navoiy
dir (1441-1501). U Temuriylar xonadoniga taalluqli bo’lib, otasi G’iyosiddin kichkina
Shahrisabzdan Qobulga borib qolgan barlos beklaridan edi. Navoiy Hirotda Xusayn Boyqaro saroyida turli
lavozimlarda ishladi, 1472 yildan boshlab vazir etib tayinlandi. Shoir mamlakat obodonchiligi, ravnaqi va osoyishtaligi
yo’lida ko’p ishlar qildi. Maktab, madrasa, masjid va xonaqolar, ko’prik, rabotlar, shifoxonalar qurdirdi, muhtoj va
kambag’allarga yordam berdi, olimu shoirlarga homiylik qildi.
Navoiy ijodi boy bo’lib, asarlari turli mavzularga bag’ishlangan. «Xamsa» ya’ni «Hayratul abror», «Farhod va
Shirin», «Layli va Majnun», «Sab’ai sayyor», «Saddi Iskandariy» dostonlari hamda «Lison ut — tayr», «Majolisun
nafois», «Mahbubul qulub», «Holoti Pahlavon Muhammad», «Mezon ul-avzon», «Muhokamat ul-lug’atayn» va
boshqalar. Bulardan tashqari, Navoiy «Xazoyinul maoniy» («Ma’nolar xazinasi») nomli she’riy to’plam yaratgan
bo’lib, u 45 ming misraga yaqin g’azal, ruboiy, qit’a va fardlardan tashkil topgan.
Navoiyning ijodi falsafiy fikrlarga boy bo’lib, unda jamiyat va inson munosabati, insonning baxt-saodati, komil
inson va fozil jamoa, ta’lim-tarbiya haqidagi fikr-o’ylari o’z ifodasini topgan.
Shoir ijtimoiy-falsafiy qarashlarining muhim xususiyati shundan iboratki, unda falsafiy fikrlar majoziy tarzda,
badiiy o’xshatish va ramziy iboralar yordamida, zohiriy va botiniy ma’nolarda bayon qilinadi.
Navoiyning ijodiy merosida insonparvarlik va komil inson g’oyasi muhim o’rinni egallaydi — shoirning
«Xamsa»siga kirgan «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun», «Saddi Iskandariy» kabi dostonlarining asosiy
qahramonlari Iskandar, Farhod, Shirin, Layli, Majnun va boshqalar komil inson sifatida talqin qilinadi. Ular
mehnatsevar, o’z kasbini ustasi, doimo o’zgalarga yordam beruvchi, shijoatkor va jasur, aqlli va bilimdon, saxovatli,
to’g’ri so’z, sofdil, kamtar, o’zida xulq-odob, adolat, sabr-toqat, nafsni tiyish, olijanoblik kabi fazilatlarni
mujassamlashtirgan shaxslardir.
Navoiy xalq orasida insonparvarlik g’oyalarini tarqatdi, turli millat va elatlar o’rtasidagi do’stlikni ulug’ladi.
Forobiy, ibn Sino, Beruniy va boshqalar singari, mukammal jamiyat haqida fikr yuritdi. Xalqni farovonlikka, baxt-
saodatga eltuvchi, hamma teng, zulm-istibdoddan holi bo’lgan davlat tuzumini orzu qildi. U ilm-fan egallashni afzal
bildi, mol-mulkka, boylikka hirs qo’yishni, tamagirlikni qoraladi. Navoiyning yaxshilik, ezgulik, muhabbat, do’stlik,
adolat, tinchlik, osoyishtalik va boshqa go’zal fazilatlar, ma’naviy-ahloqiy qadriyatlar to’g’risidagi qimmatli fikrlari,
nasihatomuz so’zlari respublikamiz mustaqillikka erishgandan so’ng ham barkamol insonni tarbiyalashga xizmat
qilmoqda.
O’sha davrning ko’zga ko’ringan mutafakkirlaridan biri
Dostları ilə paylaş: |