O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi falsafa ma’ruzalar matni



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/191
tarix25.08.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#140467
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   191
Falsafa ma’ruzalar matni

Yusuf al-Qorabog’iy
(1563-1647) asli Ozarbayjondan bo’lib, 
keyinchalik Buxoroga keladi. U yoshligidan fiqh, falsafa, tasavvuf bilan shug’ullanadi. Uning muhim risolalari 
«Risolayi botiniya», «Risolayi xilvatiya», «Fi ta’rifi ilm» va boshqalardir. Bulardan tashqari u Davoniy, Taftazoniy, 
Shahobiddin Suxravardiylarning kitoblariga sharhlar bitgan. 
Qorabog’iy o’z salaflari singari dunyoni, butun olamni bir-biri bilan chambarchas bog’liq bo’lgan yagona jism deb 
biladi. Uningcha, Olam yagona jism, undagi barcha mavjud narsalar uning a’zolaridir. Olamdagi butun narsalarni Xudo 
yaratgan, u birinchi sababdir. Borliqdagi hamma narsalar sabab-oqibat orqali bir-biri bilan bog’langan. Shuningdek, 
olim harakat va uning turlari, to’rt unsur haqida ham o’z fikrini bildiradi. 
Bu davrda Boborahim Mashrab, So’fi Olloyor, Turdi Farog’iy va boshqalarning ijtimoiy-falsafiy qarashlari muhim 
o’rinni egalladi. Bular orasida Mashrabning hurfikrlik ruhi bilan sug’orilgan ijtimoiy-falsafiy va ahloqiy fikrlari 
e’tiborga sazovordir. 
Boborahim Mashrab
(1640-1711) Namanganda tavallud topadi. U Mulla Bozor Oxunddan diniy-tasavvufiy 
ta’limot sirlarini o’rganadi. Keyinchalik esa koshg’arlik Ofoq Xojaga muridlik qiladi, 1675 yilda Namanganga qaytadi. 
Mashrab o’zining keyingi hayotida Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlarining ko’p joylarida xususan, Toshkent, 
Turkiston, Samarqand, Buxoro, Andijon, Xo’jand, Badaxshon va boshqa erlarda bo’ladi. U umrining oxirida Balxda 
bo’lib, Qunduzda Mahmud Qatag’on tomonidan qatl qilinadi. 
Mashrab g’azal va ruboiylarida ilohiy sevgi, ya’ni Ollohga muhabbatni tasvirlaydi. Mashrab tasavvufning 
qalandarlik tariqatini tanlaydi, xalqni ezgulikka, insof va diyonatga, to’g’rilikka chaqiradi. Umuman olganda, shoir 
islom aqidalarini inkor etmagani holda, uning ba’zi qoidalari muqaddasligiga gumonsirab qaraydi. Bular ayniqsa, 
Mashrabning ro’za, jannat, do’zax, namoz, makka, ka’ba to’g’risidagi she’rlarida namoyon bo’ladi. 
Mashrabning ijtimoiy-siyosiy va ahloqiy qarashlarida hukmdorlarni insofga, xalqqa yordam berishga da’vat etish 
yotadi. Insoniylik, pok muhabbatni kuylash, kishilarni do’stlikka, vafodorlikka chaqirish, takabburlik va yolg’on 
so’zlashdan saqlanish, nasl-nasabga ishonmaslik, imon-e’tiqodini sotmaslik, ota-onani hurmat qilish kabi g’oyalar 
Mashrab dunyoqarashining mag’zini tashkil qiladi. 
Mashrab murakkab, qarama-qarshiliklarga boy davrda yashadi. Bu hol uning dunyoqarashida ham bilinib turadi. U 
bir tarafdan adolatli jamiyat, insonning go’zal fazilatlari haqida fikr yuritsa, ikkinchi tomondan yaxshi jamiyatga erishib 


bo’lmasligi haqida gapirib, umidsizlikka, tarkidunyochilikka beriladi. Bulardan qat’i nazar, uning ajoyib she’rlari va 
undagi g’oyalar hozir ham o’z qimmatini yo’qotgani yo’q. 
O’zining ijtimoiy-falsafiy fikrlari bilan Markaziy Osiyo madaniyatiga katta ta’sir ko’rsatgan shoir va faylasuf 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin