O‘lchash vositalarini qiyoslash va kalibrlash



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/114
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#180248
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   114
OlchashvositalariniqiyoslashvakalibrlashDARSLIK

Nazorat savollari 
O‘lchash masalasi 
nominal qiymati 500 mg qiymatli E

aniqlik sinfidagi tarozi 
toshining massa qiymatini aniqlash?.
 
O‘lchash usuli 
massa komporatorini qo‘llab, E
1
aniqlik sinfidagi namuna toshi 
bilan solishtirish natijasini izoxlab bering
 
O‘lchashlarning matematik modeli 
to‘plamdagi tarozi toshlari massasi qanday 
formula yordamida xisoblanadi? 
Foydalanilgan adabiyotlar 
1. Artemev B.G., Golubev S.N. Spravochnoe posobie dlya rabotnikov 
metrologicheskix slujb. 3-e izdanie v dvux kn. M. Izd-vo Standartov 2006-10 g. 
2. Bogdanov G.P., Kuznetsov V.A., Lotonov M.A. i drugie pod.red. V.A. 
Kuznetsova Metrologicheskoe obespechenie i ekspluatatsiya izmeritelnoy 
texnika. M. Radio i svyaz. 2011 g. 
3. Lyubimov L.I. i dr. Poverka sredstv elektricheskix izmereniy. L. 
Energoatomizdat. Leningrad.otd.., 2007 g. 
4. 
A.A. Abduvaliev va boshqalar. “Standartlashtirish, metrologiya
sertifikatlashtirish, sifat”, Darslik, Toshkent 2008 yil 
 


149 
XI- bob. LABOROTORIYA ISHLARINING MAQSADI VA VAZIFASI 
 
 
“O‘lchash vositarini qiyoslash va kalibrlash” fani bo‘yicha laborotoriya
ishlarining maqsadi “Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati 
menejmenti” yo‘nalishi talabalarining mustaqil ishlashida muhim rol o‘ynaydi.
Laborotoriya ishlarining maqsadi o‘qish davomida olingan bilimlarni 
kengaytirish va mustahkamlashdan iborat, shuningdek fan rivojlanishi, 
ma’lumotlarning o‘zgarishi bilan bog‘langan ijodiy masalalarni echish 
jarayonida ularni amaliyotga qo‘llashdan iborat. 
Laborotoriya ishlarini – bu mustaqil ishning bir shaklidir, bunda barcha 
echimlarni talabalar xal qiladi.
So‘ngi yillarda texnika oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilariga talab sezilarli o‘sib 
bormoqda. Har bir fan sohasi bo‘yicha to‘plangan bilimlar hajmining uzluksiz 
oshib borishi ma’lumotlar sonining ortishiga olib keladi, bunda talabalarga 
o‘qishni o‘z vaqtida o‘zlashtirish kerak bo‘ladi.
O‘z vaqtida olingan professional bilim hajmi faqat boshlang‘ich balansdan 
iborat bo‘ladi, bundan mutaxassislar shakillanib va mukammallashib boradi. 
Zamonaviy muxandis mustaqil ishlashni bilishi, zamonaviy fan yutuqlari 
miqyosida ijodiy fikrlashni kuchaytirishi, umumiy ma’lumotlarga hamda 
shaxsiy ishlash tajribasiga ega bo‘lishi, auditoriyada o‘zini tuta bilishi kerak. 
Haqiqiy mutaxassis o‘z ishida ilmiy izlanish elementlarini qo‘llab, tadqiqotchi 
malakasiga ega bo‘lishi kerak.
Muxandisning professonal bilimi boshqa texnikaviy fanlar bilan birga 
shakillanadi hamda hozirgi vaqtda “O‘lchash vositarini qiyoslash va kalibrlash” 
fanining ahamiyati o‘ta yuqori. 
Sifatni oshirishning samarali yo‘llaridan biri yosh mutaxassislarni tayyorlashda 
talabalar tadqiqot ishlarining ommaviylashishiga erishishdir. U o‘qish vaqtidan 
tashqari bajarilgan hamda o‘quv jarayoniga o‘quv-tadqiqot ishlarini olib kirigan 
ilmiy-tadqiqot ishlari ko‘rinishida olib boriladi. Studentlarning ilmiy ishlari yosh 
mutaxasislar tayyorlashning majburiy komponenti hisoblanadi hamda 
“Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish” kafedrasida keng 
foydalaniladi.
“O‘lchash vositarini qiyoslash va kalibrlash” fanidan Laborotoriya ishlarini 
ma’ruza darslarini eshitish moboynida olingan, hamda mahsulot sifatini 
o‘rganishda yangi malakaga ega bo‘lishidan va sanoatning barcha sohalarida 
sifatli mahsulotlarni ishlab chiqarishning barcha strukturasi haqida nazariy 
bilimlarni mustahkalash maqsadida olib boriladi. Laborotoriya ishlarini mavjud 
qonunlar va GOST lar bilan muvofiqlikda bajariladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin