O‘lchash vositalarini qiyoslash va kalibrlash



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/114
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#180248
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   114
OlchashvositalariniqiyoslashvakalibrlashDARSLIK

 
 
 
 


150 
LABORATORIYA ISHLARINI BAJARISHNING UMUMIY TARTIBI. 
1.
Laboratoriya ishlarini bajarish qoidalari. 
1.1 Laboratoriya ishini bajarishga nazariy kursning tegishli qismini o‘rganib 
chiqish talablari qo‘yiladi. Aks xolda, ular o‘qituvchi belgilagan kun, soatda 
qayta sinovdan o‘tib, ishga qo‘yiladi. 
1.2 Ish bajarishga ruxsat olgan talabalar laboratoriya uskunasida berilgan 
sxemani yig‘ishadi. Sxema to‘g‘riligini o‘qituvchi tekshirgandan so‘ng, talabalar 
tajribani boshlaydilar. Bunda oldindan tayyorlangan jadvalga olingan o‘lchash 
natijalari to‘ldiriladi. 
1.3 Talabalar ishning natijalarini mustaqil taxlil qilishadi va shu asosda xisobot 
tuzishadi. Xisobotda elektr sxemalarining elementlari GOST bo‘yicha chizilishi 
shart. Hamma bog‘lanishlarning egri chiziqlari millimetrli qog‘ozda leykalalar 
yordamida bajarilishi kerak. 
1.4 Har bir talaba keyingi mashg‘ulotga kirishdan oldin, o‘tkazilgan laboratoriya 
ishining xisobotini tayyorlab, uni topshirgan bo‘lishi shart. Aks xolda, u 
laboratoriya mashg‘ulotiga qo‘yilmaydi. 
1.5 Laboratoriya uskunasiga etkazilgan moddiy zarar uchun talabalar to‘la 
javobgardirlar. 
2. Laboratoriya ishlarini bajarishda texnika xavfsizlik qoidalari. 
2.1. Talabalar laboratoriya mashg‘ulotiga kirishdan oldin texnika xavfsizligi 
qoidalarini o‘rganishlari shart. Texnika xavfsizligi qoidalari o‘qituvchi 
tomonidan o‘rgatiladi va bu kafedraning maxsus daftariga qayd etiladi. 
2.2. Elektr sxemalari faqat ximoyalangan o‘lchovchi simlar yordamida yig‘iladi. 
Ochiq simlardan foydalanish qa’tiy man etiladi. 
2.3. Laboratoriya uskunasiga kuchlanishni faqat o‘qituvchi ulashi mumkin. 
2.4. O‘qituvchi tekshirmagan elektr sxemani, asbobni ulash mutlaqo mumkin 
emas. 
2.5. Tajriba paytida elekt zanjir elementlarining ochiq qismlarini ulash mumkin 
emas. 
2.6. Laboratoriya tajribasi tugagandan keyin kuchlanish albatta uzilishi kerak va 
buni o‘qituvchi tekshiradi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin