O‘lchash vositalarini qiyoslash va kalibrlash



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/114
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#180248
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   114
OlchashvositalariniqiyoslashvakalibrlashDARSLIK

Standart namuna - 
modda va materiallarning xossalarini va xususiyatlarini 
tavsiflovchi kattaliklarni hosil qilish uchun xizmat qiladigan o‘lchov sanaladi. 
Masalan, g‘adir-budurlikning namunalari, namlikning standart namunalari. 
Namunaviy modda
esa, muayyan tayyorlash sharoitida hosil bo‘ladigan va aniq 
xossalarga ega bo‘lgan modda sanaladi. Masalan, "toza suv", "toza metall" va 
hokazolar. "Toza rux" 420
0
S temperaturani hosil qilishda ishlatiladi. 
O‘lchovlar ko‘p qiymatli (o‘zgaruvchan qarshiliklar, millimetrlarga bo‘lingan 
chizg‘ich) va bir qiymatli (tarozi toshi, o‘lchash kolbasi, normal element) 
turlarga bo‘linadi. Ba’zan o‘lchovlar to‘plamidan ham foydalaniladi. 
Kattalikning o‘lchamini hosil qilish va foydalanishda quyidagi qatorni yodda 
tutishimiz lozim bo‘ladi: 


75 
Ishchi o‘lchash vositalari, namunaviy o‘lchash vositalari, ishchi etalon, 
solishtirish etaloni, nusxa etalon, ikkilamchi etalon, maxsus etalon, birlamchi 
etalon va davlat etaloni. 
Fan va texnikaning eng yuqori saviyasida aniqlik bilan ishlangan namunaviy 
o‘lchovlar 
etalonlar 
deb ataladi. Etalonlar ishlatiladigan va davlat etalonlariga 
bo‘linadi. Davlat etalonlari namunaviy o‘lchov va asboblarni tekshirishda 
qo‘llaniladi va Davlat standarti idoralarida saqlanadi. 
O‘lchash asbobi 
deb kuzatish (kuzatuvchi) uchun qulay ko‘rinishli shaklda 
o‘lchash ma’lumoti signalini ishlab chiqishga mo‘ljallangan o‘lchash vositasiga 
aytiladi. 
Ma’lumotni tavsif etishiga qarab o‘lchash vositalari quyidagilarga bo‘linadi: 
SHkalali o‘lchash vositalari; 
Raqamli o‘lchash vositalari; 
O‘ziyozar o‘lchash vositalari.
4.1-rasm. O‘ziyozar asboblar 
a) uzluksiz yozuvli o‘ziyozar asbob; b) nuqtali o‘ziyozar asbob. 
Asboblarning asosiy xarakteristikalaridan biri bu uning aniqlik sinfi bo‘lib u 
ruxsat etilgan asosiy va qo‘shimcha xatoliklar chegarasini belgilab beradi (3.2 – 
jadval). 
Kombinatsiyalangan va ko‘p chegaraliy asboblar turli o‘lchanayotgan kattalik
turli tok, turli chegaralar uchun turli aniqlik sinfi bo‘lishi mumkin. Asbobning 
asosiy xatoligi 4% ortgan xollarda aniqlik sinfi o‘rnatilmaydi, asbob esa ruxsat 
etilgan asosiy xatolik chegarasi bilan xarakterlanadi. 
Ampermetrlarda, voltmetrlarda, vattmetrlarda va varmetrlarda keltirilgan 
xatoliklar normallashtiriladi, bunda normallashtiruvchi qiymatlar quyidagicha 
qabul qilinadi: 
o‘lchov diapazonining oxirgi qiymati – shkala oxirida nol qiymatiga ega bo‘lgan 
asboblar uchun; 


76 
o‘lchov diapazonining oxirgi qiymatining summasi – ikki tomonlama shkalaga 
ega bo‘lgan asboblar uchun (nol belgisi shkalaning o‘rtasida); 
o‘lchov diapazoni qiymatining dastlabki va oxirgi qiymatlarining ayrimasi – noli 
yo‘q shkalali asboblar uchun. 
SHunday qilib, ruxsat etilgan asosiy xatolik chegarasi 

rux.et
=kX
n
/100, 
bu erda: k – aniqlik sinfini belgilovchi son; X
n
– asbob uchun qabul qilingan 
normallashtiruvchi qiymat. 
O‘zi yozar asboblar uchun aniqlik sinfini raqamli belgilanishi yozuv bo‘yicha 
xatoligi aniqlanadi. SHkala bo‘yicha ko‘rsatkichlar aniqligi yozuvlar bo‘yicha 
aniqlikdan kam bo‘lmasligi kerak. 
SHuni ta’kidlash kerakki qayta yuklanuvchan ampermetrlar xatoliklarini 
xususiyatlari. Bunday ampermetrlar 2 qismga ajratilgan: normal ishchi rejimda 
o‘lchash uchun mo‘ljallangan o‘lchov diapazoni va zanjirda qisqa vaqtda ro‘y 
bergan yuklanib ketishlar uchun mo‘ljallangan qayta yuklanuvchan qism. 
Bunday 
ampermetrlarning 
asosiy 
xatoligi 
asosiy 
o‘lchov diapazoni 
chegaralarida normallashtiriladi – shkalaning ishchi qismi qiymati protsentlarda; 
shkalaning qayta yuklanish qismi chegaralarida – qayta yuklanadigan qismining 
oxirgi qiymati va o‘lchovlarining asosiy diapazoni ayrimasidan protsentlarda. 
3.2 – jadval 
Normallashtirilgan 
kattalik 
Aniqlik sinfli asboblar uchun, normallashgan 
kattaliklar ruxsat etilgan qiymatlar, % 
0,1 
0,2 
0,5 
1,0 
1,5 
2,5 
4,0 
Asosiy xatolik 
±0, 

±0,2 ±0,5 ±1,0 ±1,5 ±2,5 ±4,0 
Ko‘rsatkich 
variatsiyasi 
0,1 
0,2 
0,5 
1,0 
1,5 
2,5 
4,0 
Egilishdan 
asboblar 
ko‘rsatkichlarini 
o‘zgarishi 
±0, 

±0,2 ±0,5 ±0,1 ±1,5 ±2,5 ±4,0 
Vattmetrlar 
ko‘rsatkichlarini 
o‘zgarishi 
±0, 

±0,2 ±0,5 ±1,0 ±1,5 ±2,5 ±4,0 
Nominaldan 
20%ga 
kuchlanishni 
o‘zgarishi 
±0, 

±0,2 ±0,5 ±1,0 ±1,5 ±2,5 ±4,0 
Quvvat 
koeffitsientini 
o‘zgarishidan 
±0, 

±0,2 ±0,5 ±1,0 ±1,5 ±2,5 ±4,0 


77 
Asosiy o‘lchov diapazoni chegarasidagi ruxsat etilgan asosiy xatolikning γ 
chegarasi aniqlik sinfi belgisiga teng, shkalaning yuklanib ketish qismi 
xududidagilar esa quyidagi formula bilan ifodalanadi: 
γ=±kL/L
n

bu erda: k – asbobning aniqlik sinfini ifodalovchi raqam; L – shkalaning butun 
uzunligi; L
n
– shkalaning yuyuklanib ketish qismining uzunligi, mm. 
Ko‘rsatkichlarni ruxsat etilgan variatsiyasi asbobning aniqlik sinfidan tashqari 
uning mexanik ta’sirlarga bardoshliligi, gabariti va x.k.ga bog‘liq. Mexanik 
ta’sirlarga bardoshli asboblarda, miniatyur va kichik gabarit asboblarda, 
siyoxlilar bilan yozuvchi o‘zi yozar asboblarda, 0,05 va 0,1 aniqlik sinfli 
o‘zgaruvchan tok asboblarda, doimiy tokdagi elektromagnit va ferrodinamik 
asboblarda ruxsat etilgan asosiy xatolik yarim taktli qiymatdan oshmasligi 
kerak. Qolgan asboblar ko‘rsatkichlari variatsiyasi ruxsat etilgan asosiy 
xatoliklarning absolyut qiymatidan oshmasligi kerak. 
Ampermetr, voltmetr, vattmetr va varmetrlarni davriy qiyoslashda quyidagi 
operatsiyalar bajariladi: 
asbobni tashqi ko‘rigi; 
egilishni ta’sirini aniqlash; 
asosiy xatolik va ko‘rsatkichlar variatsiyasini aniqlash; 
ko‘rsatkichni nol belgisiga qaytmasligini aniqlash. 
Kilovoltmerlarda bundan tashqari xar bir asbobni yoritish transformatorining 
dastlabki 
zanjirining 
izolyasiyasini 
korpusga 
nisbatan 
mustaxkamligi 
tekshiriladi. 
Asbob ishlab chiqarishdan yoki ta’mirdan chiqgandan so‘ng qo‘shimcha 
quyidagi operatsiyalar bajariladi: 
izolyasiya’ni elektr mustaxkamligini tekshiriladi; 
asbobning parallel zanjirining qarshiligi o‘lchanadi; 
quvvat koeffitsienti nolga tengligida vattmetr va varmetrlar xatoligini aniqlash. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin