O‘lchash vositalarini qiyoslash va kalibrlash


TASHQI KO‘RIK: QIYOSLANAYOTGAN ASBOBNI TASHQI KO‘RIGI



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/114
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#180248
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   114
OlchashvositalariniqiyoslashvakalibrlashDARSLIK

TASHQI KO‘RIK: QIYOSLANAYOTGAN ASBOBNI TASHQI KO‘RIGI 
 
Qiyoslash davrida asbobga boshqa asboblarning ferromagnit massalarini, tashqi 
magnit va elektr maydonlarni ta’sirini yo‘q qilishi kerak. 
Qiyoslanayotgan asbobni tashqi ko‘rigi ikkita maqsadni ko‘zlaydi: 
Asbobni qo‘llanilishiga to‘sqinlik qiladigan mexanik deffektlarni topish. 
Asbobning siferblati va korpusiga asbob xaqida to‘liq tasavvurga ega qiluvchi 
va asbob imkoniyatlari xaqida to‘liq ma’lumotlar beruvchi maxsus belgi 
qo‘yiladi. 
Tashqi ko‘rikning vazifasi – o‘lchov davrida xatoliklarga olib keluvchi 
defektlarni aniqlash. Bunday defektlarga quyidagilar kiradi: 
asbob kopusi yoki aloxida qismlarni ulanish joylarida chang yoki namlik kirishi 
mumkin bo‘lgan yoriqlar yoki tirkishlarni aniqlash; 
ko‘rsatkich mustaxkam o‘rnatilagan yoki yoriqlarga ega; 


69 
asbob ichida begona yoki ajralib ketgan jismlarni aniqlash, bunda jismlarni 
asbobni to‘ntarish yoki silkitish bilan aniqlash mumkin; 
asbob shkalasini tirnalgan, elimi ko‘chgan yoki ifloslangan; 
parallaksdan xatoliklarni yo‘qotilish uchun xizmat qiluvchi ko‘zgu tekkisligini 
singan yoki rangi o‘chgan; 
asbob strelkasi qiyshaygan; 
asosiy raqam belgilari orasidagi shkalaning bo‘laklari shkalaning umumiy 
xarakteriga javob bermaydi; misol uchun, shkala kvadratik xarakterga ega, ya’ni 
boshida siqilgan va oxirida cho‘zilgan, bu xolatda raqali belgilar orasidagi 
bo‘limlar xuddi o‘sha xarakterga ega; bu xolatremontdan chiqgan asboblarga 
tegishli; 
zajimlar buzilgan yoki bo‘shab ketgan, shtepsellar uyalarga mos kelmaydi, uzib 
ulagich buzuq. 
Tashqi ko‘rik
davrida korrektorning ishlashi xam tekshiriladi, ushbu asbob 
ko‘rsatkichini mexanik nuldan ikki tomonga qo‘zg‘otish imkonini beradi va aniq 
nolni o‘rnatiladi.
Qiyoslanayotgan asbob bilan birgalikda qo‘llanilayotgan masshtabli o‘lchov 
o‘zgartirgichini tashqi ko‘prikdan o‘tkazish kerak. Ularning aniqlik sinfidan 
yuqori bo‘lishi kerak. 
YUqorida sanab o‘tilgan defektlarni birontasi asbobda yoki u bilan birgalikda 
qo‘llanilayotgan o‘lchov o‘zgartirgichida aniqlansa qiyoslanayotgan asbob 
qo‘llanilishga mos kelmaydi va keyichalik qiyoslashga tushmaydi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin