O‘lchash vositalarini qiyoslash va kalibrlash


QIYOSLASH USULINI TANLASH



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/114
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#180248
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   114
OlchashvositalariniqiyoslashvakalibrlashDARSLIK

QIYOSLASH USULINI TANLASH 
Ampermetr, voltmetr, vattmetr va varmetrlarning asosiy xatoligini va 
variyasiyasini aniqlash uchun namuna asbobi ko‘rsatkichlari bilan taqqoslash 
usuli keng tarqalgan, kompensatsion usul va termoelektrk komporatsiyalash 
usuli. 
Taqqoslash usuli sodda, murakkab jixozlar va yuqori kvalifikatsiyali qiyoslovchi 
talab qilinmaydi, bu usulga barcha xolatlarda taya’nish mumkin. Ushbu usulni 
qo‘llanilishiga chegaralovlar namuna va qiyoslnayotgan asboblar orasida talab 
qilingan zaxirani ushlab turish kerak. Amalda usul aniqlik sinfi 0,5 va undan 
past bo‘lgan asboblarni qiyoslash uchun qo‘llaniladi. 
Kompensatsion usul doimiy tokda ishlovchi aniqlik sinfi 0,5 va undan yuqori 
asboblarni qiyoslash uchun qo‘llaniladi. 
Termoelektrik kompensatsiyalash usuli o‘zgaruvchan tokda aniqlik sinfi 0,2 va 
aniqroq asboblarni qiyoslash uchun qo‘llaniladi. 


78 
O‘zgaruvchan va doimiy tok kalibratorlarni qo‘llanilishi qiyoslashni 
soddalashtiriladi, chunki ta’minot manbasi va namunali asbobga extiyoj 
yo‘qoladi. Lekin kalibratorlarni ko‘p ishlab chiqarilmaganligi sababli qiyoslash 
amaliyotida ularning qo‘llanilishi cheklangan. 
Qiyoslashga tayyorgarlik ko‘rishda qiyoslash usuli masalasini xal qilish kerak, 
namunali o‘lchash vositasi, ta’minot manbasini tanlash kerak. Qiyoslash 
vositasini tanlash bilan tok, chastota, quvvat koeffitsienti turi masalasini echish 
bilan bog‘liq. Demak, faqat doimiy yoki o‘zgaruvchan tok uchun mo‘ljallangan 
asboblar mos keluvchi tokda qiyoslanishi kerak. O‘zgaruvchan va doimiy tok 
uchun mo‘ljallangan asboblar boshqa masala. Agar asbob doimiy va 
o‘zgaruvchan toklar uchun turli shkalalarga ega bo‘lsa uni doimiy va 
o‘zgaruvchan tokda qiyoslash kerak bo‘ladi. 1,0 va pastroq sinfli asboblar 
o‘zgaruvchan tokda qiyoslanadi, lekin bu xolat qandaydir sababga ko‘ra 
amalaga oshirish ilojisi bo‘lmasa, qiyoslash doimiy tokda amalaga oshirilishi 
mumkin. 
0,05 – 0,5 aniqlik sinfidagi asboblarni xatoligini aniqlashda doimiy va 
o‘zgaruvchan tokda amalaga oshirilishi kerak. Mustasno asboblar 
quyidagilardir, ularning natijalarini o‘zgarishi uni doimiy tokdan o‘zgaruvchan 
tokga ulanishda. Bunday asboblarni faqat doimiy tokda qiyoslanadi. Afsuski, 
asbob uchun texnik xujjatda kerakli ko‘rsatmalar berilmaydi. Bu masalada tok 
turini tanlashda ayrim takliflarni keltiramiz. Elektromagnit va ferromagnit tizim 
asboblari xar qanday tok turida qo‘llanilishi mumkin, lekin asbobning ishlashiga 
chastotani ta’siri aniq, bu esa doimiy va o‘zgaruvchan tokdagi ko‘rsatkichlar 
orasida katta farq keltirib chiqaradi. SHuning uchun ushbu asboblarni ishlatilishi 
kutilayotgan toklarda qiyoslash maqsadga muvofiqdir. Elektromagnit tizim 
asboblari doimiy va o‘zgaruvchan tokda juda kam miqdordagi ko‘rsatkichlar 
farqiga ega, shuning uchun ular doimiy tokdagi potensiometrik qurilmada 
qiyoslanadi. SHuni ta’kidlash kerakki, 0,5 sinfdagi asboblar o‘zgaruvchan 
tokdagi 0,1 sinf asboblar ko‘rsatkichi bilan solishtirish bilan qiyoslanishi 
mumkin. 
O‘zgaruvchan tokdagi 0,2 sinf va aniqroq asboblarning qiyoslanishi 
termoelektrik komporatorlar yordamida amalga oshirilishi mumkin. 
Nominal chastotalar soxasiga ega bo‘lgan o‘zgaruvchan tok asboblari 
chastotaning ikki qiymatida qiyoslanishi kerak: 
Ю
r
f
f
f

=
1
va 
f
2
=
f

bu erda: 
f
q

f
yu 
– nominal chastotalar soxasining yuqori va quyi chegaralari. 
Tok va chastota turidagi masalalarni echishda ekspluatatsiya’ni konkret shartlari 
xisobga lish kerak va asbobni ishlatilishi ko‘zda tutilayotganda chastota va tok 
qiyoslanishi kerak. 
O‘lchov yaxlitligini yo‘qotmaslik maqsadida namuna asboblarini barcha 
chastotalar diapazonidagi doimiy va o‘zgaruvchan toklarda qiyoslash tavsiya 
qilinadi. 
Foydalanishdagi va saqlashdagi o‘lchash vositalari (O‘V) ni tekshirish ma’lum 
vaqt oralig‘i – teshirishlar o‘rtasidagi interval o‘tkazib amalga oshiriladi. 


79 
Tekshirishlar orasidagi intervalni o‘rnatishda ikkita bir – biriga qarama – qarshi 
talablarni e’tiborga olish lozim. Bir tomondan qaralsa, ravshanki, tekshirish 
qanchalik ko‘p o‘tkazilsa, O‘V ning metrologik ishonchliligi shunchalik yuqori 
bo‘ladi, bundan tekshirishlar orasidagi intervalni qisqartirish maqsadga 
muvofiqligi kelib chiqadi. Biroq, O‘V ni tekshirish, tekshirishni o‘tkazishning 
o‘ziga va tekshirish uchun O‘V larini ishlab chiqarish sferasidan olib chiqib
ularni boshqalari bilan almashlash fondini tashkil etish katta iqtisodiy 
xarajatlarni talab etadi. SHuni e’tiborga olgan holda, tekshirishlar orasidagi 
interval imkoni boricha maksimalga oshiriladi. SHuning uchun ham 
tekshirishlar orasidagi optimal intervalni tanlashda texnik – iqtisodiy qiymat 
muhim ahamiyatga ega.
R (N, N~) koeffitsientni aniqlash nomogrammasi: Metrologik yaroqliligining 
ruxsat etilgan koeffitsienti K
rux.et 
ni metrologiya xizmatlari ko‘rsatish idorasining 
mutaxassisi tomonidan o‘rnatiladi va korxonaning bosh metrologi tomonidan 
nosoz O‘V qo‘llashdan kelib chiqqan iqtisodiy yo‘qotishlarni tahlil qilish 
asosida tasdiqlanadi. K
rux.et
ning qiymati 0,90 dan 0,98 gacha qilib, alohida 
talabdagi o‘lchashlar uchun esa 0,99 yoki 0,98 qilib olinadi. K
rux.et
ning qabul 
qilingan qiymati berilgan O‘V uchun texnik sharoitlarda ko‘rsatilgan soz ishlash 
ehtimolligining qiymatidan kam bo‘lmasligi kerak. 
Qo‘llanilish sharoitiga ko‘ra guruhlarga ajratilgan bir turdagi O‘V to‘plami 
uchun birinchi tekshirishlar orasidagi interval, oldingi foydalanish tajribalaridan 
kelib chiqqan holda taxminan belgilanadi. Intervalning qiymati quyidagi 
qatordan tanlanadi: 0,25; 0,5; 0,75; 1; 2; 3; 4; 6; 9; 12; 6p oy, p – musbat butun 
son. Keyingi tekshirishlar orasidagi intervallar esa davriy tekshirishlar 
natijalariga ko‘ra to‘g‘rilab boriladi. 
Tekshiruvlar orasidagi intervalni to‘g‘rilash (korrektirovka) usullaridan birini 
ko‘rib chiqamiz. Bir guruhga kiruvchi O‘V lari uchun tekshirishlar orasidagi 
interval T

va metrologik yaroqlilik koeffitsienti K
rux.et
o‘rnatilgan bo‘lsin. Agar 
davriy qiyoslash natijasida yaroqli deb topilgan O‘V sonining qiyoslangan 
barcha O‘V soniga nisbati K
rux.et 
dan katta bo‘lsa, tekshirishlar orasidagi interval 
oshirilishi mumkin, agar K
rux.et
dan kichik bo‘lsa, unda intervalni kamaytirish 
mumkin. Tekshirishlar orasidagi intervalni oshirish imkoniyatlarini qiyoslash 
uchun bir nechta vaqt intervallari – T

dan katta bo‘lgan yashirin ishdan 
chiqishlar 5 beriladi. Ushbu vaqt mobaynida amalga oshirilgan qiyoslashlarning 
umumiy soni N va yashirin ishdan chiqishlar soni N o‘rtasidagi munosabat 
o‘rnatiladi. Qiyoslashlarning umumiy soni N ning statistikasiga ishdan chiqish 
qayd qilinmagan 5 dan kichik bo‘lgan interval orasida amalga oshirilgan 
qiyoslashlar natijasida yaroqsiz yoki yaroqli deb tan olingan O‘V 
qiyoslashlarning barchasi kiradi. 


80 
1.3 – rasm. R (N, N~) koeffitsientni aniqlash uchun nomogramma
Masalan, asbob ishlatishga 1980 yilning yanvarida tekshirishlar orasidagi 
intervali 12 oy qilib ishga tushirilgan. 1981 yilning yanvari va 1982 yilning 
yanvarida tekshirishdan o‘tkazilgan va ikkala holda ham yaroqli deb topilgan. 
Ushbu holda faqatgina 1982 yildagi tekshirish e’tiborga olinadi, chunki birinchi 
tekshirish (1981y) 5 dan kichik bo‘lgan muddatdagi vaqt oralig‘ida amalga 
oshirilgan. N ishdan chiqishlar statistikasiga S dan kichik yoki unga teng 
bo‘lgan interval, ya’ni O‘V yaroqsizligi qayd qilingan intervalda amalga 
oshirilgan barcha tekshirishlar kiradi. YAngi tekshirishlar orasidagi intervalning 
qiymati T

quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi: 
R
К
S
T
доп
)
ln
(
0

=
bu erda: R – 1.3 – rasmdagi nomogrammadan N va N

bo‘yicha 
hisoblanadigan koeffitsient. Agar T

ning olingan qiymati S dan katta bo‘lsa, 
unda ning qiymati oshiriladi va hisoblash ishlari toki T ning qiymati S dan 
kichik bo‘lmaguncha takrorlanadi. 
Nazorat savollari: 
5.
Tekshirishlar orasidagi interval deb nimaga aytiladi? 
6.
Tekshirishlar orasidagi intervalni aniqlash usullari. 
7.
Namunaviy O‘V ni tekshirishning davriyligi. 
8.
Tekshirishlar orasidagi interval nimaga bog‘liq? 


81 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin