96
Asbob ishlab chiqarishdan yoki ta’mirdan chiqgandan so‘ng qo‘shimcha
quyidagi operatsiyalar bajariladi:
izolyasiya’ni elektr mustaxkamligini tekshiriladi;
asbobning parallel zanjirining qarshiligi o‘lchanadi;
quvvat koeffitsienti nolga tengligida vattmetr va varmetrlar xatoligini aniqlash.
Ampermetr, voltmetr, vattmetr va varmetrlarning asosiy xatoligini va
variyasiyasini aniqlash uchun namuna asbobi ko‘rsatkichlari bilan taqqoslash
usuli
keng tarqalgan, kompensatsion usul va termoelektrk komporatsiyalash
usuli.
Taqqoslash usuli sodda, murakkab jixozlar va yuqori kvalifikatsiyali qiyoslovchi
talab qilinmaydi, bu usulga barcha xolatlarda taya’nish mumkin. Ushbu usulni
qo‘llanilishiga chegaralovlar namuna va qiyoslnayotgan asboblar orasida talab
qilingan zaxirani ushlab turish kerak. Amalda usul aniqlik sinfi 0,5 va undan
past bo‘lgan asboblarni qiyoslash uchun qo‘llaniladi.
Kompensatsion usul doimiy tokda ishlovchi aniqlik sinfi 0,5
va undan yuqori
asboblarni qiyoslash uchun qo‘llaniladi.
Termoelektrik kompensatsiyalash usuli o‘zgaruvchan tokda aniqlik sinfi 0,2 va
aniqroq asboblarni qiyoslash uchun qo‘llaniladi.
O‘zgaruvchan va doimiy tok kalibratorlarni qo‘llanilishi qiyoslashni
soddalashtiriladi, chunki ta’minot manbasi va namunali asbobga extiyoj
yo‘qoladi. Lekin kalibratorlarni ko‘p ishlab chiqarilmaganligi sababli qiyoslash
amaliyotida ularning qo‘llanilishi cheklangan.
Qiyoslashga tayyorgarlik ko‘rishda qiyoslash usuli masalasini xal qilish kerak,
namunali o‘lchash
vositasi, ta’minot manbasini tanlash kerak. Qiyoslash
vositasini tanlash bilan tok, chastota, quvvat koeffitsienti turi masalasini echish
bilan bog‘liq. Demak, faqat doimiy yoki o‘zgaruvchan tok uchun mo‘ljallangan
asboblar mos keluvchi tokda qiyoslanishi kerak. O‘zgaruvchan va doimiy tok
uchun mo‘ljallangan asboblar boshqa masala. Agar asbob doimiy va
o‘zgaruvchan toklar uchun turli shkalalarga ega bo‘lsa
uni doimiy va
o‘zgaruvchan tokda qiyoslash kerak bo‘ladi. 1,0 va pastroq sinfli asboblar
o‘zgaruvchan tokda qiyoslanadi, lekin bu xolat qandaydir sababga ko‘ra
amalaga oshirish ilojisi bo‘lmasa, qiyoslash doimiy tokda amalaga oshirilishi
mumkin.
0,05 – 0,5 aniqlik sinfidagi asboblarni xatoligini
aniqlashda doimiy va
o‘zgaruvchan tokda amalaga oshirilishi kerak. Mustasno asboblar
quyidagilardir, ularning natijalarini o‘zgarishi uni doimiy tokdan o‘zgaruvchan
tokga ulanishda. Bunday asboblarni faqat doimiy tokda qiyoslanadi. Afsuski,
asbob uchun texnik xujjatda kerakli ko‘rsatmalar berilmaydi. Bu masalada tok
turini tanlashda ayrim takliflarni keltiramiz. Elektromagnit va ferromagnit tizim
asboblari xar qanday tok turida qo‘llanilishi mumkin, lekin asbobning ishlashiga
chastotani ta’siri aniq, bu esa doimiy va o‘zgaruvchan tokdagi ko‘rsatkichlar
orasida katta farq keltirib chiqaradi. SHuning uchun ushbu asboblarni ishlatilishi
kutilayotgan toklarda qiyoslash maqsadga muvofiqdir. Elektromagnit tizim
asboblari doimiy va o‘zgaruvchan tokda juda kam miqdordagi ko‘rsatkichlar
97
farqiga ega, shuning uchun ular doimiy tokdagi
potensiometrik qurilmada
qiyoslanadi. SHuni ta’kidlash kerakki, 0,5 sinfdagi asboblar o‘zgaruvchan
tokdagi 0,1 sinf asboblar ko‘rsatkichi bilan solishtirish bilan qiyoslanishi
mumkin.
O‘zgaruvchan tokdagi 0,2 sinf va aniqroq asboblarning qiyoslanishi
termoelektrik komporatorlar yordamida amalga oshirilishi mumkin.
Nominal chastotalar soxasiga ega bo‘lgan o‘zgaruvchan tok asboblari
chastotaning ikki qiymatida qiyoslanishi kerak:
Dostları ilə paylaş: