O‘lchash vositalarini qiyoslash va kalibrlash



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/114
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#180248
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   114
OlchashvositalariniqiyoslashvakalibrlashDARSLIK

Nazorat savollari 
 
1. Taqqoslash usuli
2. Qiyoslnayotgan asboblar orasida talab qilingan zaxirani ushlab turish vaqti. 3. 
Kompensatsion usul doimiy tokda ishlovchi aniqlik sinfi qancha 
4. Termoelektrik kompensatsiyalash usuli o‘zgaruvchan tokda aniqlik sinfi
5. O‘zgaruvchan va doimiy tok kalibratorlari. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


89 
XII-bob. QIYOSLASH BO‘YICHA HUJJATLARNI TUZISH 
QOIDALARI VA MAZMUNI 
 
 
18 §. 
O‘LCHASH VOSITALARINI QIYOSLASHGA TEXNIKAVIY 
HUJJATLAR 
Qiyoslash hujjatlariii rasmiylashtirilishi ESKD (Edinaya sistema 
konstruktorskoy dokumemtatsii) ning matnli hujjatlariga tegishli standartlari 
talablariga muvofiq bajariladi. 
Standartlarni, rahbariy hujjatlarni, tavsiyanomalarni tuzilishi, bayon 
etilishi, rasmiylashtirnlish tartibi va mazmuni GOST 1.5 ga muvofiq 
bajariladi. 
Qiyoslash bo‘yicha hujjatlar tegishli xalqaro va davlatlararo hujjatlar 
bilan uyg‘unlashtirilgan bo‘lishlari lozim, ularda bayoi etilgai talablar esa 
davlatlararo me’yoriy hujjatlar talablariga qarshi bo‘lmasligi kerak. 
Qiyoslash bo‘yicha hujjatlar quyidagi ketma-ketlikda joylashgan 
bo‘limlardan iborat: 

qo‘llanish doirasi; 

qiyoslash operatsiyalari; 

qiyoslash vositalari; 

qiyoslovchilarni malakasiga qo‘yiladigan talablar; 

xavfsizlik talablari; 

qiyoslash shartlari; 

qiyoslashga tayyorgarlik; 

qiyoslashni o‘tkazish; 

o‘lchash natijalarini ishlab chiqish; 

qiyoslash natijalarini rasmiylashtirish; 

ilovalar. 
Ayrim bo‘limlarni chiqarib tashlash yoki birlashtirishga ruxsat etiladi. 
«Qo‘llanish 
doirasi» 
bo‘limida 
hujjatlarning 
vazifasi 
belgilanadi, 
standartlashtirish ob’ekti kursatiladi, qiyoslasharo oraliq belgilangan bo‘lishi 
mumkin. 
«Qiyoslash operatsiyalari» bo‘limi I jadvalda ko‘rsatilgan shakli 
bo‘yicha qiyoslash operatsiyalari ro‘yxatini o‘z ichiga olishi kerak. 
1-jadval 
Operatsiyaning 
nomi 
Qiyoslash 
bo‘yicha xujjat 
bandining 
tartib raqami 
Operatsiyalarni o‘tkazish 
Dastlabki 
qiyoslashda
Davriy 
qiyoslashda 
Izoh 
— Operatsiyani o‘tkazish «Ha» yoki «yo‘q» so‘z bilan ko‘rsatiladi. 
«Qiyoslash vositalari» bo‘limi namunaviy o‘lchash vositalarini va 
yordamchi o‘lchash vositalarini ro‘yxatini o‘z ichiga olishi kerak, ular


90 
uchun texnikaviy talablarni va (yoki) metrologik va asosiy texnikaviy 
tavsiflarni belgilaydigan me’yoriy hujjatlar ko‘rsatiladi. 
Ro‘yxat 2-jadval shaklida bayon etiladi.
2-jadval 
Qiyoslash 
bo‘yicha 
hujjat 
bandining 
tartib raqami 
Namunaviy o‘lchash vositasini yoki qiyoslash 
bo‘yicha yordamchi vositani nomi; vositaga 
texnikaviy talablarini belgilaydigan hujjatning 
tartib raqami; davlat qiyoslash sxemasi bo‘yicha 
aniqlik toifasi va (yoki) metrologik va asosiy 
texnikaviy tavsiflari 
1 va 2 jadvallarning ma’lumotlarini birlashtirib bitta jadvalda keltirishga 
ruxsat etiladi. 
Bo‘limda ro‘yxatda keltirilmagan, lekin qiyoslanadigan o‘lchash vositalarni 
metrologik tavsiflarini talab etilgan aniqlik bilan aniqlashini (tekshirishini) 
ta’minlaydigan vositalarni qo‘llash mumkinligi ko‘rsatiladi. 
«Qiyoslovchilarni 
malakasiga 
qo‘yiladigan 
talablar» 
bo‘limi 
qiyoslovchini malakasiga o‘ziga xos talablar ko‘rsatilishi zarur bo‘lganda 
me’yoriy hujjatga kiritiladi. 
Bo‘lim qiyoslash o‘tkazishda qiyoslovchiii tanishishi lozim bo‘ladigan 
hujjatlar ro‘yxati bilan to‘ldirilishi mumkin. 
«Xavfsizlik talablari» bo‘limi qiyoslashri o‘tkazish"da mehnat 
xavfsizligili, ishlab chiqarish sanitariyasini, atrof muhitni muhofaza 
qilishni ta’minlaydigan talablarni o‘z ichiga olishi kerak. 
Zarur bo‘lganda qiyoslashni o‘tkazish jarayoniii zararli yoki o‘ta zararli 
mehnat sharoitiga oid deb hisoblash uchun bo‘limga ko‘rsatma kiritiladi. 
«Qiyoslash shartlari» bo‘limi qiyoslanayotgan o‘lchash vositalarini
metrologik tavsiflariga ta’sir etuvchi kattaliklarpn nomiial qiymatlari va 
og‘ishlar 
chegaralarini 
nominallaridan joiz bo‘lgan qiymatlari ko‘rsatilgan ro‘yxatini o‘z ichiga 
olnshi lozim. 
«Qiyoslashga tayyorgarlik» bo‘limi qiyoslashdan oldin qilinadigan 
ishlar ro‘yxatini va ularni bajarish usullarini o‘z ichiga olishi kerak. 
«Qiyoslashni o‘tkazish» bo‘limi quyidagi kichik bo‘limlarni o‘z 
ichiga olishi kerak: 

tashqi ko‘rikdan o‘tkazish; 

ishlatib ko‘rish; 

metrologik tavsiflarpi aniqlash (tekshirish).
«Tashqi ko‘rikdan o‘tkazish» kichik bo‘limi qiyoslanadigan o‘lchash 
vositalarni butligi va tashqi ko‘rinishi bo‘yicha qo‘yiladigan talablar
ro‘yxatini o‘z ichiga olishi lozim. 
«Ishlatib ko‘rish» kichik bo‘lim qiyoslanayotgan o‘lchash vositasini 
yoki uni ayrim qismlarini va elementlarini ishlash qobiliyatini tekshirish 


91 
maqsadida o‘lchash vositalarini qo‘llab yoki ularni qo‘llamasdan 
o‘tkazilishi lozim bo‘lgan operatsiyalar ro‘yxatini va ta’rifini o‘z ichiga 
olishi lozim. 
«Metrologik tavsiflarni aniqlash (tekshirish)» kichik bo‘limli 
operatsiyalarni ta’rifini va ularni bajarishini eng maqbul usullarini va har 
bir tekshirilayotgan tavsifni joiz qiymatiii o‘z ichiga olishi lozim. 
Har bir operatsiyani ta’rifini «Qiyoslash operatsiyalari» bo‘limida 
ko‘rsatilgan ketma-ketlik bo‘yicha alohida band qilib ajratiladi, bunda 
operatsiyalarni to‘g‘ri bajarish uchun ma’lumotlar keltirilgan bo‘lishi 
lozim. 
Agar qiyoslash operatsiyalarini o‘tkazishda muayyan shakl bo‘yicha 
bayonnoma yozib borish lozim bo‘lsa, unda bu ko‘rsatiladi va ilovada 
bayonnoma shakli va upda keltiriladigan ma’lumot ko‘rsatiladi. 
«O‘lchash natijalarini ishlab chiqish» bo‘limi o‘lchash natijalarini 
ishlab chiqish qoidalarini va olinadigan natijalarni ishlab chiqishda kerak 
bo‘lgan hisobiy bog‘lanishlarni o‘z ichiga olishi lozim. 
O‘lchash natijalarini ishlab chiqishga oid me’yoriy hujjatlarga havola 
qilishga ruxsat etiladi. 
«Qiyoslash natijalarini rasmiylashtirish» bo‘limi ijobiy va salbiy 
qiyoslash patijalarini rasmiylashtirish usullari to‘g‘risidagi ma’lumotlardan 
iborat bo‘lishi lozim. 
Qiyoslash natijasi ijobiy bo‘lganida qiyoslash to‘g‘risidagi guvohnomani 
rasmiylashtirish va (yoki) o‘lchash vositalarni tamg‘alanishi zarurligi 
belgilanadi, bunda qiyoslash belgisini qo‘yish usuli va joyi, hamda 
tamg‘alash materiallariga qo‘yiladigan talablar yoki pasportda qiyoslash 
natijalarini va yozilishini belgi bilan tasdiqlanishi ko‘rsatiladi. 
Qiyoslashni salbiy natijalari uchun o‘lchash vositasini keyingi ishlatishga 
yaroqsizligini tan olish va qiyoslash guvohnomasshsh bekor qilish, qiyoslash 
tamg‘alash o‘chirish, o‘lchash vositasini pasportiga yozuvni bitish 
to‘g‘risida ko‘rsatma beriladi. 
Bundan 
tashqari 
qiyoslanayotgan 
o‘lchash vositasini yaroqsizligi, 
ta’mirlashga lozim bo‘lmaganini muomaladai va ishlatishdan chiqarish yoki 
uni ta’mirlashdan so‘ng takroriy qiyoslashini o‘tkazish to‘g‘risida
ko‘rsatmalar kiritiladi. 
Quyidagilar ilova qilib rasmiylashtiriladi: 

o‘lchashlarning natijalarini EHM da ishlab chiqish dasturi; 

qiyoslash xatoligigsh hisoblash usuliyati; 

o‘lchashlar iatijalarini bayonnomasini yozish shakli; 

o‘lchash vositalarnni qiyoslash iatijalarini guvohnomadagi mazmuni va 
yoznsh tartibi (guvohnomaga o‘lchashlar natijalarini yozish ilovasni 
shakli unda keltiriladigan ma’lumotlarning hajmi ko‘rsatilib tuziladi); 

o‘lchash natijalarini ishlab chiqish bo‘yicha hisoblash misollari hisobli
kattaliklarni jadvallari, bog‘lanish grafiklari va h. k.; 

atamalarni tushunchalari; 


92 

qiyoslash usuliyatini parametrlariga (qiyoslashni eng katta joiz 
xatoligiga, tekshirish joizligiga, qiyoslanadigan belgilar soniga) 
qo‘yiladigan talablarni asoslash: 

yordamchi qurilmalar va qiyoslash moslamalaripi texnikaviy ta’riflari; 

qiyoslanadigan, namunaviy va yordamchi vositalar bo‘yicha kerak bo‘lgan 
qo‘shimcha ma’lumotlar; 

qiyoslash belgisini tushirish usullari to‘g‘risida qo‘shimcha maxsus 
ko‘rsatmalar; 

qiyoslashda xatolarni istisno qilishga yordam beradigan va qiyoslash 
ishlarni unumdorligini oshiradigan boshqa talablar. 

Metrologik nazoratning shakllaridan biri o‘lchash vositalarini qiyoslash 
hisoblanadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin