O‘lchash vositalarini qiyoslash va kalibrlash


X-bob. O‘LCHASH NATIJALARINING YAKUNIY KO‘RINISHINI



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/114
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#180248
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   114
OlchashvositalariniqiyoslashvakalibrlashDARSLIK

X-bob. O‘LCHASH NATIJALARINING YAKUNIY KO‘RINISHINI 
TAQDIM ETISH. O‘LCHASH NATIJALARINI YAXLITLASH VA 
YOZIBBORISH. O‘LCHASH VOSITALARINING METROLOGIK 
XARAKTERISTIKALARI. 
 
1.
Qiyoslash laboratoriyalarining majburiy shartlari. 
2.
Laboratoriyadagi harorat rejimiga qo‘yilgan talablar.
 
 
Tayanch so‘zlar:
 qiyoslash laboratoriyasi, malaka oshirish, mutaxassis, titrash, 
shovqin. 
15 §. 
QIYOSLASH LABORATORIYALARINING MAJBURIY 
SHARTLARI. 
Qiyoslash laboratoriyalari alohida binolarda yoki umumiy binolarning 
izolyasiyalangan xonalarida joylashishi kerak. Majburiy shartlar titrash va 
tebranishlar, elekt va radio xalaqitlar, shovqinlarning bo‘lmasligi hisoblanadi. 
SHuning uchun ham laboratoriya binolari temirchilik – presslash, shtamplash va 
prokat sexlari hamda tarnsport magistrallaridan ajralib turishiga e’tibor beriladi. 
SHu maqsadda ko‘p hollarda qiyoslash laboratoriyalarining xonalarini birinchi 
qavatda joylashishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. 
Ishlab chiqarish xonalarining maydoni sanitariya me’yorlariga mos ravishda 1 
ishchi uchun 10—12 m
2
maydon zarurligidan kelib chiqib amalga oshiriladi. 
Xodim bir vaqtda 2 – 3 ta qurilmaga xizmat ko‘rsatmaaydigan hollarda 
maydonni hisoblash bitta qurilma uchun 4,5—6 m
2
maydon zarurligidan kelib 
chiqadi. Xonalarning balandligi 3 m dan kam bo‘lmasligi lozim. SHuningdek 
maydonni hisoblash vaqtida yordamchi va xo‘jalik jihozlarini joylashtirish 
uchun qo‘shimcha maydon ajratilishi ham nazarda tutiladi. 
Laboratoriya xonalari yorug‘ bo‘lishi kerak, biroq quyosh nurlarining to‘g‘ridan 
– to‘g‘ri tushishidan saqlanish lozim. SHuning uchun derazalari shimol tomonga 
qaragan xonalarni tanlash maqsadga muvofiqroq. Agar oxirgi shartni bajarish 
imkoni bo‘lmasa, deraza pardalari o‘rnatilishi lozim. Sun’iy yoritilganlik 
tarqaluvchanlikka asoslangan bo‘lishi kerak. Ish joyidagi yoritilganlik darajasi 
cho‘g‘lanma lampalardan foydalanilganda 150 lk dan va lyuminessent 
lampalardan foydalanganda 300 lk dan kam bo‘lmasligi kerak.Optik hisoblash 
qurilmalari bilan ishlayotganda qorong‘ilashtiruvchi (to‘siqli) qurilmalardan 
foydalanish zarur. Xona devorlari ¾ balandlik nisbatida matovoy rangdagi 
moyli bo‘yoqlar bilan bo‘yaladi. Devorning qolgan qismi va shift oq bo‘yoq 
bilan bo‘yaladi. 
Asosiy talab laboratoriyadagi temperatura rejimiga qo‘yiladi. Barcha o‘lchash 
vositalari qoida bo‘yicha normal harorat – 20 °S da qiyoslanishi lozim. Ushbu 
harorat laboratoriyada ushlab turilishi va uning og‘ishlari qiyoslash usullari va 
vositalariga qo‘yilgan talablarga mos kelishi kerak. Havoning nisbiy namligi 
50—80 % oralig‘ida bo‘lishi lozim. Ba’zi asboblar (masalan, fotogalvanometrik
kuchaytirgich) konveksion oqimlarga juda sezgir. Ularni issiq va sovuq 


82 
manbalar (deraza, pechlar, markaziy isitish batareyalari) dan uzoqroq saqlash 
lozim. Haroratni doimiy ushlab turilishida yoritish chiroqlarining to‘g‘ri 
joylashtirilishi, deraza, eshik va polning issiqlikdan izolyasiyalanishi muhim rol 
o‘ynaydi. O‘lchashlarni aniq bo‘lishi uchun xonada kuchli quvvatli to‘g‘rilagich, 
stabilizatorlar o‘rnatilmaydi, chunki ular ko‘p xalaqitlar (shoqinlar) hosil qiladi. 
Havo harorati, namligi va tozaligini ushlab turishning eng samarali usuli 
konditsionerlardan foydalanish hisoblanadi. 
Elektr o‘lchash asboblarini qiyoslash xonalarida chang, zararli bug‘ va gazlar 
bo‘lishi kerak emas. SHuning uchun bunday xonalar elektrolit sexlari, fizik – 
kimyoviy 
laboratoriyalardan 
izolyasiyalanadi. 
Akkumulyatorlar 
“elektr 
moslamalarini o‘rnatish qoidalari” ga mos ravishda jihozlangan alohida xonada 
joylashtirilishi zarur. Ishlab chiqarish xonalarida akkumulyatorlarni o‘rnatish 
lozim bo‘lganda ular tortuvchi (ventilyasiyali) shkaflarda o‘rnatiladi. Qiyoslash 
laboratoriyasi xonalari orqali bug‘ – gaz o‘tkazish va fanovыe quvurlarini 
o‘tkazishga ruxsat berilmaydi. 
YUqorida aytib o‘tilganidek titrash va tebranishning yo‘qligi muhim 
hisoblanadi. Titrash bilan kurashishning eng masarali usuli bu qiyoslash 
laboratoriyasini maxsus fundamentli binoga joylashtirish hisoblanadi. Bundan 
tashqari, titrash va tebranishga sezgirligi yuqori bo‘lgan asboblarni kapital 
devorlardan ajratilgan kronshteyn, maxsus amortizatorlar va g‘ovak rezinadan 
tayyorlangan tagliklarga o‘rnatish maqsadaga muvofiqdir. Barcha hollarda, 
sezgir element ko‘rsatkichining titrash ta’sirida og‘ishi shkalaning eng kichik 
bo‘limining ¼ qismidan ortmasligini ta’minlash zarur.
Elektr o‘lchash asboblarini qiyoslashdagi spetsifik talab magnit va elektr 
maydon ta’sirlarining bo‘lmasligi hisoblanadi. SHu maqsadga ko‘ra 
laboratoriyadagi barcha asboblar zazemleniega ega bo‘lishi kerak. Kuchli elektr 
magnit maydonlari mavjud bo‘lganda xonalarni ekranlashtirish qo‘llaniladi. 
Engil elektr izolyasiyalovchi sintetik materiallardan tayyorlangan qoplamalardan 
foydalanlmaydi. Bunday qoplamalar ishlatilganda statik zaryadlarni bartaraf 
etuvchi qurilmadan foydalanish nazarda tutiladi. Xonadagi elektr o‘tkazish 
simlari ichki tomondan montaj qilinadi. Ish o‘rinlari uchun 6, 12, 127, 220 V 
kuchlanish manbalari o‘rnatiladi. Elekt jihozlari zanjiri va yoritish zanjairlari 
o‘zaro bir – biridan ajratilgan bo‘lishi kerak. 
Xonalarni tanlash va jihozlarni o‘rnatishda yong‘in xavfsizligi va xavfsizlik 
texnikasiga rioya qilinadi: yo‘laklar kengligi – 1,5 m dan kam emas; statsionar 
qurilmalar atrofidagi erkin soha – 1 m dan kam emas; qurilmalar va asboblar 
o‘rnatilgan stol va devor, deraza, isitish tizimi o‘rtasidagi masofa – 0,2 m dan 
kam emas; bitta ish o‘rnidagi ish stollari o‘rtasidagi masofa – 0,8 m dan kam 
emas, ikki ish o‘rni uchun esa – 1,5 m dan kam emas.
O‘lchash transformatorlari va kilovoltmetrlarni qiyoslash uchun alohida xona 
nazarda tutilgan bo‘lishi lozim. Bu xonada maydoni 8 – 10 m
2
, to‘rli himoya 
to‘sig‘iga ega bo‘lgan yuqori voltli maxsus kamera o‘rnatiladi. Barcha yuqori 
voltli qurilmalar yuqori volt bo‘yicha blokirovka va ogohlantirish plakatlariga 
ega bo‘lishi kerak. Qurilmalarning oldiga rezinadan tayyorlangan gilamlar 


83 
solingan bo‘lishi kerak. Elekt o‘tkazgichlar izolyasiyasining qarshiligi 
belgilangan me’yorlarga mos kelishi zarur va ular sistematik tarzda nazorat 
qilib boriladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin