84
Qiyoslash laboratoriyalari maxsus metrologik tayyorgarlikki ega bo‘lgan,
malakali mutaxassislar bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
Bu holat GOST
8.513—84 «O‘lchash vositalarini qiyoslashni Davlat standarti tomonidan
o‘rnatilgan tartibga ko‘ra davlat yoki idora qiyoslovchisi sifatida attestatsiyadan
o‘tgan shaxs amalga oshiradi» degan me’yoriy hujjat bilan mustahkamlab
qo‘yilgan.
Oliy va o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan
shaxslardan idoraviy
qiyoslovchilarni tayyorlash Butunittifoq standartlashtirish, mahsulot sifati va
metrologiya sohasidagi rahbar va muhandis – texnik
ishchilarni malakasini
oshirish instituti (BSMI) da amalga oshiriladi. Ushbu institutning Moskva,
Leningrad, Kiev, Toshkent va boshqa shaharlardagi fakultetlarida xalq
xo‘jaligining turli sohalari uchun elektr o‘lchash vositalarini qiyoslash bo‘yicha
mutaxassislar tayyorlanadi. O‘qish muddati – ikki oy.
Korxona va tashkilotlar
o‘z mutaxassislarini BSMI ga o‘qishga jo‘natishlari mumkin. O‘qish uchun
to‘lovlar kadrlar malakasini oshirish vazirligi va idoralarining markaziy
fondidan ajratiladigan mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi.
Institutni
tugatishda tinglovchilarga elektr o‘lchash vositalarini qiyoslash huquqini
beruvchi guvohnoma beriladi.
Nazorat savollari
1. Qiyoslash laboratoriyalarining majburiy shartlari.
2. Laboratoriyadagi harorat rejimiga qo‘yilgan talablar.
3. Elektr o‘lchash asboblarini qiyoslash xonasiga qo‘yiladigan talablar.
4. Ish vaqtining yillik fondi.