Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti p a r a z I t o L o g I ya



Yüklə 3,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/49
tarix07.03.2017
ölçüsü3,75 Mb.
#10617
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   49

 

Xivchinlilar (Mastigophora) kenja tipiga 8000 dan ortiq tur kiradi. Xivchinlilar 

tabiatda juda keng tarqalgan, ular har xil muhitda hayot kechiradi va xilma-xil tuzilishga 

ega  bo„lgan  bir  hujayrali  hayvonlardir.  Hamma  xivchinlilarning  harakat  organoidlari 

bitta  yoki  bir  nechta  xivchinlar  hisoblanadi.  Xivchinlar  sitoplazmadan  hosil  bo„lgan 

qilga o„xshash ingichka o„simtalardan iborat. Xivchinlilar sitoplazmasi ham birmuncha 

quyuq  gomogen  ektoplazma  va  donador  suyuqroq  endoplazmaga  ajraladi. 

Ektoplazmaning sirtqi qavati qattiq va elastik qobiq - pellikulani hosil qiladi. Ko„pchilik 

xivchinlilar  tanasi  doimiy  shaklga  ega  bo„lishi  bilan  sarkodalilardan  farq  qiladi.  Shu 

bilan birga ayrim xivchinlilar tanasida qattiq qobiq bo„lmaydi va ular sarkodalilarga xos 

bo„lgan psevdopodiylar hosil qilish xususiyatiga ega.  

 

Ko„pchilik turlari dengizda yashaydi va planktonning asosiy qismini tashkil etadi. 



Chuchuk  suv  havzalarida  ham  xivchinlilar  keng  tarqalgan.  Suv  havzalarida 

 

xivchinlilarning  turlari  va  ularning  massasi  suvning  organik  chiqindilar  bilan 

ifloslanishiga bog„liq bo„ladi.  

Xivchinlilar orasida ko„p turlari har xil hayvonlar va odamning ichagi, qoni, terisi 

va jinsiy bezlar yo„lida parazitlik qiladi.  

Oziqlanish va moddalar almashinuvi xususiyatlariga binoan xivchinlilar kenja tipi 

2  ta  sinfga  bo„linadi:  o„simliksimon  xivchinlilar  (Phytomastigina)  va  hayvonsimon 

xivchinlilar (Zoomastigina). 



O„simliksimоn  хivchinlilаr  (Phytomastigina)  sinfi  vakillari  hujаyrаsidа  yashil 

rаng  bеruvchi  хrоmаtоfоrаlаr  bo„lаdi.  Hаmmа  yashil  хivchinlilаr  yashil  o„simliklаr 

singаri  yorug„dа  kаrbоnаt  аngidrid  gаzi,  suv  vа  bоshqа  minеrаl  mоddаlаrdаn  оrgаnik 

mоddаlаr  sintеzlаydi,  ya‟ni  fоtоsintеz  оrqаli  аvtоtrоf  оziqlаnаdi.  Ulаr  fоtоsintеz 

jаrаyonidа  krахmаl  yoki  ungа  o„хshаsh  mоddа  pаrаmilа  sintеzlаydi.  O„simliksimоn 

хivchinlilаr tuzilishigа ko„rа bir hujаyrаli suvo„tlаriga o„xshaydi. 

O„simliksimоn хivchinlilаrga yashil evglеnа, vоlvоks va boshqa turlar kirib, ular 

erkin holda yashaydi.  



 

Hаyvоnsimоn  хivchinlilаr  (Zoomastigina)  sinfi  vakillari  asosan  yakkа  holda 

yashaydi.  Ulаr  bаrchа  hаyvоnlаr  singаri  gеtеrоtrоf  оziqlаnаdi.  Hаyvоnsimоn 

хivchinlilаr sinfi оrаsidа chuchuk suv hаvzаlаridа erkin hаyot kеchirаdigаn turlari bilan 

bir qatorda оdаm vа hаyvоnlаr оrgаnizmidа pаrаzitlik qilаdigаn turlаri ham bоr.  

 

Kinetoplastidalar  (Kinetoplastida)  turkumining  ayrim  turlarigina  erkin  holda 



yashaydi.  Ko„pchilik  turlari  esa  parazitlik  qilib  hayot  kechiradi.  Bu  turkumning 

tripanosomalar  (Trypanosoma)  urug„iga  kiruvchi  turlari  odam  va  umurtqali  hayvonlar 

qonida,  orqa  miya  suyuqligi  va  boshqa  organlarida  parazitlik  qilib,  og„ir  kasalliklarni 

keltirib chiqaradi. 

 

Tripanosomalarning  tasmaga  o„xshash  yassi  tanasi  15-40  mkm  keladi.  Oldingi 



tomonida joylashgan bitta xivchini tanasining yonidan orqaga qarab yo„naladi. Xivchin 

yupqa  to„lqinlanuvchi  membrana  yordamida  ektoplazmaga  tutashgan.  Bazal  tanachasi 

(kinetoplast) endoplazmada xivchinning asosida joylashgan. 

 

Odamlarda parazitlik qiladigan tripanosomalarning quyidagi turlari  ancha yaxshi 



o„rganilgan: 

1)

 



. Afrika uyqu kasalligining qo„zg„atuvchisi - Trypanosoma gambiense

2)

 



. Chagas kasalligining qo„zg„atuvchisi - Trypanosoma cruzi

3).  Uyqu  kasalligining  rodeziya  shaklini  keltirib  chiqaradigan  –  Trypanosoma 



rhodesiense va boshqalar.  

 

Trypanosoma  gambiense  -  Afrikada  tarqalgan  juda  og„ir  "uyqu  kasalligi"  deb 

atalgan xastalikni qo„zg„atuvchisi hisoblanadi (2-rasm).  


 

 

2-rasm. Tripanosomalar: Tripanosoma rhodesiense(a)ning rivojlanish sikli: 1-se-se pashshasi 

(Glossina morsitans)-rodeziya uyqu kasalligi qo„zg„tuvchisining tashuvchisi, 2-tashuvchi orga-

nizmidagi tripanosomalar, 3-tripanosoma rezervuar xo„jayini-antilopa. Tripanosoma gambiense-

(b)ning rivojlanish sikli: 1-se-se pashshasi (Glossina palpalis)-gambienze uyqu kasalligi 

qo„zg„tuvchisining tashuvchisi, 3-tashuvchi organizmidagi tripanosomalar, 3-tripanosoma rezervuar 

xo„jayini-cho„chqa. Xo„jayin organizmidagi tripanosomaning tuzilishi (v): 1-xivchini, 2-yadrosi, 

3-blefaroplast, 4-parabazal tanacha, 5-to„lqinlanuvchi membrana, 6-eritrositlar.  



 

XX  asrning  birinchi  yarmida  bir  milliondan  ortiq  kishi  shu  kasallikdan  halok 

bo„lgan.  Kasallik  tana  haroratining  ko„tarilishi  bilan  boshlanadi,  so„ngra  asta-sekinlik 

bilan markaziy nerv sistemasining qattiq shikastlanishi kuzatiladi. Bemorda uxlab qolish 

va  aksincha,  uxlay  olmaslik  hollari  kuzatiladi.  Kasallik  o„z  vaqtida  davolanmasa, 

o„limga  olib  kelishi  mumkin.  Parazitlar  bemorlarning  qoniga,  limfa  bezlariga, 

keyinchalik esa orqa miya suyuqligiga o„tadi.  

Trypanosoma  gambienseni  antilopalar  qonida  ko„plab  uchratish  mumkin.  Bu 

hayvonni kasallikka chidamli bo„lganligi uchun uni tabiatda tripanosomalarni  o„zlarida 

saqlovchi rezervuar deb hisoblash mumkin.  

Demak,  Afrika  uyqu  kasalligining  tabiiy  manbai  antilopalar  hisoblanadi, 

tarqatuvchisi  esa  se-se  pashshasidir  (Glossina  palpalis).  Kasallik  faqat  shu  qon 

so„ruvchi  pashshalar  tarqalgan  hududlarda  uchraydi.  Pashsha  odam  qonini  so„rganda 

unga  kasallikni  yuqtiradi.  Pashshalar  ichagida  parazitlar  bo„yiga  bo„linib,  jinssiz 

ko„payadi. Trypanosoma gambiense shuningdek qoramollarda, cho„chqa, it va yovvoyi 

sut  emizuvchilarda  ham  uchraydi.  Ushbu  tripanosoma  1962-yilda  G„arbiy  Afrikada 

D.Datton  tomonidan  aniqlangan,  uning  rivojlanishini  D.Bryus  o„rgangan.  Kasallik 

odamlarda juda og„ir kechadi va uzoq davom etadi, davolanmagan taqdirda kishilarning 

o„limiga sabab bo„ladi. 



 

Lotin  Amerikasi  mamlakatlarida  xavfli  chagas  kasalligining  qo„zg„atuvchisi  - 



Trypanosoma  cruzi  keng  tarqalgan.  Morfologik  jihatdan  Afrika  uyqu  kasalligini 

qo„zg„atuvchisidan  farq  qilmaydi.  Lekin,  Trypanosoma  cruzi,  joylashish  joyiga  qarab, 

shakli  har  xil  bo„ladi.  Hujayraning  ichida  parazitlik  qilgan  tripanosoma  xivchinsiz, 

intensiv  ravishda  ko„payib,  psevdosistalar  hosil  qiladi.  Parazitlar  kasallik  tarqatuvchi 

organizmida va sun'iy usulda o„stirilganda xivchinli shaklda bo„ladi.  

Chagas  kasalligining  tarqatuvchisi  qon  so„radigan  Triatoma  infestans 

qandalasidir.  Tripanosomalar  qandalaning  orqa  ichagida  yashaydi  va  5-15  kun 

davomida  taraqqiy  etadi.  Parazitlarni  o„ziga  bir  marta  yuqtirgan  qandala  butun  umri 

davomida (2 yildan ortiq umr ko„radi) o„zida tripanosomalarni saqlaydi va odam uchun 

xavfli hisoblanadi. 

 

Odatda,  parazitlar  odamga  teri  va  shilimshiq  qatlamlarning  har  xil  yoriqlari,  ja-



rohatlar orqali faol yo„l bilan o„tadi. Triatom qandalalari odamga, asosan, kechasi uxlab 

yotganida  hujum  qilib  lab,  ko„z  va  burunning  shilimshiq  qatlamlaridan  qon  so„rib 

oziqlanadi.  Ovqatlangan  joyiga  ko„pincha  tripanosomalar  bilan  ifloslangan  axlatini 

chiqazadi va shikastlangan teri orqali tripanosomalar juda osonlik bilan odamga  o„tadi. 

Ular  teri  va  shilimshiq  pardalarning  hujayralarida  bir-ikki  hafta  yashab,  ko„paya 

boshlaydi.  So„ng  parazitlik  qilayotgan  hujayralardan  chiqib,  qon  tomirlarga  o„tadi  va 

butun  organizmga  tarqaladi.  Shu  davrda  odamning  tana  harorati  ko„tariladi,  parazitlar 

yurak,  nerv,  hazm  sistemasi  va  retukulo-endotelial  organlarning  hujayralariga  o„tib,  u 

yerda yashab qoladi. 

 

Kasallikning  belgilariga  tana  haroratining  ko„tarilishi,  jigar  va  taloqning 



kattalashishi, ichak faoliyatining buzilishi kabilar kiradi. Keyinchalik, ularga meningo-

ensefalit  va  miokardit  qo„shilishi  mumkin.  Besh  yoshgacha  bo„lgan  bolalarda  chagas 

kasalligi juda og„ir o„tib, o„limga olib kelishi mumkin. Ayrim ma'lumotlar bo„yicha 14 

%  gacha  bemorlar  ushbu  kasallikdan  o„ladi.  Kasallik  onadan  bolaga  ona  suti,  qon 

quyish  orqali  yuqadi  (tug„ma  ham  bo„lishi  mumkin).  Chagas  kasalligi  ko„pincha 

qishloqlarda  ko„p  tarqalgandir.  Ayniqsa,  sanitariya-gigiyena  qoidalariga  rioya 

qilinmagan  xonadonlarda,  iflos  joylarda  triatom  qandalalarning  lichinkalari  bemalol 

rivojlanadi.  

 

Tripanosomalarning  bir  qancha  turlari  har  xil  uy  hayvonlarida  parazitlik  qilib, 



og„ir  kasalliklar  keltirib  chiqaradi.  Janubiy  Osiyo  mamlakatlarida  qoramollarda 

parazitlik  qiluvchi  Trypanosoma  brucei  nagana  kasalligini  qo„zg„atadi.  Nagana 

kasalligining tarqatuvchisi so„nalardir.  

Trypanosoma evansi - tuya, ot va eshaklar hamda itlarning yopiq organlari - qon 

tizimida parazitlik qiluvchi va ularda tripanosomoz yoki xalq tilida "su-auru" kasalligini 

qo„zg„atadi.  Ushbu  tur  tripanosoma  barcha  Markaziy  Osiyo  davlatlarida  tarqalgan.  Bu 

parazitning tarqatuvchisi ham so„nalar hisoblanadi. 

 

Otlarda  Trypanosoma  equiperdum  turi  parazitlik  qilib,  kuyukish  (qochirish) 



kasalligini keltirib chiqaradi. Bu kasallik bir hayvondan ikkinchisiga jinsiy aloqa orqali 

o„tadi.  Trypanosoma  equiperdum  bir  xo„jayinli  bo„lib,  ular  otlarning  siydik-tanosil 

yo„llarida (jinsiy organlarida) yashaydi.  

U  tabiatda  kasallangan  hayvonlardan  sog„lom  hayvonlarga  qochirish  paytida  yoki 

otlarning  jinsiy  organlarining  holatini  tekshirishda  qo„llaniladigan  ifloslangan  asboblar 

orqali tarqaladi.  



 

Tripanosomaning  ushbu  turi  Markaziy  Osiyo  Respublikalarida,  shu  jumladan, 

O„zbekistonda ham uchraydi. 

Yuqorida  ko„rsatilganlardan  tashqari  baliqlar,  amfibiyalar  va  reptiliyalarda  ham 

tripanosomalarning ayrim turlari parazitlik qiladi.  

 

Tripanosomalardan-Leptomonas davidi turi Janubiy Amerikada kofe daraxti bargi 



to„qimalarida  parazitlik  qiladi  va  natijada  bunday  kasallangan  barglarning  sarg„ayib 

to„kilishiga, ba'zan qurib qolishiga sabab bo„ladi.  



 

Leyshmaniya  (Leishmania)  urug„ining  vakillari  ham  tripanosomalarga  bir-

muncha  o„xshash  tuzilgan,  lekin  ular  odamning  terisi  va  ichki  organlarida  parazitlik 

qiladi.  Leyshmaniyalar  leyshmanioz  kasalligini  chaqiruvchi  ikki  xo„jayin  ishtirokida 

rivojlanuvchi  parazit  xivchinlilardir.  Ular  odamlarda,  shuningdek    itlarda,  bo„ri  va 

chiyabo„rilarda,  mushuklarda,  kalamush  va  yumronqoziqlarda  uchraydi  va  ularga  qon 

so„ruvchi  ikki  qanotlilardan-iskabtopar  (Phlebotomus  avlodi)  orqali  yuqadi. 

Umurtqalilar  qonida  leyshmaniyalarning  xivchinsiz  2-6  mikron  uzunlikdagi  duksimon 

shakli uchraydi.  

 

Barcha  leyshmaniyalar  dermatotrop  (terida  yashovchi)  va  vistserotrop  (ichki 



organlarda yashovchi) guruhlarga bo„linadi. Shunga ko„ra ular odamlarda va boshqa sut 

emizuvchilarda teri va ichki leyshmanioz kasalliklarini chaqiradi.  

 

Teri  leyshmaniozini  qo„zg„atuvchi  leyshmaniyalarga  Leishmania  tropica  va  L. 



major  larni  misol  keltirish  mumkin.  Har  ikkala  tur  leyshmaniyalar  Markaziy  Osiyo 

davlatlarida tarqalgan. O„zbekistonda esa ularning birinchi turi yo„qotilgan, ikkinchi turi 

esa  juda  kam  holatlarda  uchrab  turadi.  Teri  leyshmaniozi  qo„zg„atuvchilari 

O„zbekistonda  XX  asrning  50-60  -  yillarida  keng  tarqalgan  bo„lgan.  Ular  oqibatida 

terida    pendin  yaralari  hosil  bo„ladi,  yaralar  tuzalgach,  ularning  o„rni  abadiy  chandiq  

bo„lib qoladi. Shu belgiga qarab odamlarning teri leyshmanioziga uchraganini aniqlash  

mumkin. 

 

Tabiatda  leyshmaniyalarni  yovvoyi  kemiruvchilarda  saqlanib  yurishini  1939  yil 



akad.  Ye.N.  Pavlovskiy  qoraqumga  qilgan  ekspeditsiyasida  aniqlagan  va  unga  ko„ra 

parazitlarni tabiiy o„choqlari to„g„risida ilmiy nazariya yaratgan. 

 

Ular hujayra ichida parazitlik qilganida xivchin hosil qilmaydi, harakatsiz bo„ladi. 



Bu  parazitlar  nihoyatda  kichkina  (3-7  mkm),  ovalsimon  hujayrasida  bitta  yadrosi  va 

kinetoplasti bo„ladi. Leyshmaniyalarning ikki turi odamda parazitlik qiladi. 

 

Tropik leyshmaniya (Leishmania tropica') yuz, qo„l va oyoqlar terisida parazitlik 



qiladi (3-rasm).  

Teri  leyshmaniozining  qo„zg„atuvchisini  rus  shifokori  P.F.  Borovskiy  birinchi 

marta 1882-yilda Toshkentda aniqlagan. Teri leyshmaniozi Markaziy Osiyo va Kavkaz 

ortida keng tarqalgan. 

 

Parazit teri hujayralarida yashaydi va terida yaralar hosil qiladi. Kasallikning bir 



yil va undan ortiqroqqa cho„ziladigan shahar yoki surunkali shakli (Ashxobod yarasi) va 

3-6 oy  davom  etadigan  o„tkir  shakli  (penda  yarasi)  tafovut  qilinadi. Teri  leyshmaniozi 

Markaziy  Osiyo  xalqlari  o„rtasida  yomon  yara,  sharq  kuydirgisi  yoki  pashshaxo„rda 

nomi bilan ham ma'lum.  



 

 

3- rasm. Teri leyshmaniyasi(Lieshmania tropica)ning rivojlanish jarayoni: 1-leysh-maniyaning 

leptomonad (xivchinli) shakli; 2-leyshmaniya tashuvchi iskabtopar; 3-kalamush (tabiiy manbasi);  

4-zararlangan terining qon hujayralaridagi xivchinsiz leyshmaniyalar; 5-leyshmaniya bilan zararlangan 

odam.  

 

 

Morfologik  jihatdan  leyshmaniyalar  ikki  xil  shaklda:  hujayra  ichida 



tashuvchilarining  tanasida  -  xivchinsiz  hamda  sun'iy  usulda  o„stirilganda  xivchinli 

ko„rinishda yashaydi. 

Leyshmaniyalar  hayotining  xivchinli  davri  leptomonad  davri  deb  ataladi.  Visseral 

leyshmanioz  tez-tez  yoki  ma'lum  bir  vaqtda,  oralab  isitma  chiqarish  bilan  davom 

etadigan  og„ir  kasallik  hisoblanadi.  Morfologik  jihatdan  leyshmaniyaning  ikkala  turi 

ham bir-biridan deyarli farq qilmaydi. 

Visseral  leyshmaniozning  qo„zg„atuvchisi  odam  tanasida  retikulo-endotelial 

organlar  -  jigar,  taloq,  limfa  tugunlari,  ko„mik  endoteliy  hujayralari  sitoplazmasida 

parazitlik qilib yashaydi va ko„payadi.  

Leyshmaniyalar  ko„payganda  bitta  hujayradagi  parazitlar  soni  100-200  tagacha 

yetadi.  Hujayra  yemirilgandan  keyin  ular  limfa  bilan  qonga  o„tib,  yangi  hujayralarga 

kirib oladi va ularning yemirilishiga sababchi bo„ladi.  

Ichki,  ya‟ni  visseral  leyshmanioz  qo„zg„atuvchisi-  Leishmania  donovanini 

Hindistonda  1900-1903  yillarda  ingliz  olimlari  Leyshman  va  Donovanlar  shu 

kasallikdan  o„lgan  odamlarning  talog„idan  ajratib  olib  aniqlaganlar,  shunga  ko„ra 

kasallik  ularning  nomlari  bilan  yuritiladi.  Ichki  leyshmanioz  qo„zg„atuvchilariga 

shuningdek  ,  L.  infantum,  L.  mexicana,  L.  brazilensis,  L.  amazoninsi  va  boshqa  turlar 

ham kiradi.  

 

Ichki  leyshmanioz  bilan  og„rigan  bemor  Sobiq  Ittifoq  hududida  birinchi  marta 



1909-yilda  aniqlangan.  Keyinchalik  Markaziy  Osiyo  va  Kavkazortida  bu  kasallikning 

manbalari topilgan.  



 

 

Leyshmanioz  transmissiv  kasallik  bo„lib,  uni  qonso„rar  mayda  hasharotlar  -



Phlebotomus  avlodiga  kiruvchi  iskabtoparlar  tarqatadi.  Iskabtopar  kasal  odamning 

qonini  so„rganida  leyshmaniyalar  hasharotning  hazm  yo„liga  o„tadi.  U  yerda  parazit-

larning  oldingi  uchidan  uzun  xivchin  o„sib  chiqadi,  ya'ni  sodda  hayvon  xivchinli 

(leptomonad) ko„rinishga o„tadi.  

 

O„ziga  leyshmaniozning  qo„zg„atuvchisini  yuqtirib  olgan  bu  hasharot  sog„lom 



odamning qonini so„rganida parazitlarni yuqtiradi.  

 

Umuman,  leyshmanioz  Shimoliy  Afrika,  Janubiy  Yevropa  va  Janubi  g„arbiy 



Osiyoning bir qancha mamlakatlarida tarqalgan. O„zbekistonning janubiy viloyat-larida 

ham  bu  kasallik  tarqalgan.  Teri  leyshmaniozining  tabiiy  manbai  kemiruvchi 

sutemizuvchilar  (qum  kalamushlari  va  yumronqoziqlar)  va  itlardir,  ya'ni  bu  hayvonlar 

leyshmaniyaning  rezervuar  xo„jayinlari  hisoblanadi.  Bu  hayvonlaming  quloqlari,  burni 

va  tanasining  iskabtopar  chaqa  olishi  mumkin  bo„lgan  boshqa  joylarida  yaralar  hosil 

bo„ladi.  Kemiruvchilarning  inlarida  iskabtoparlar  kunduz  kunlari  yashirinib  yotadi, 

kechga tomon hayvonlarning qonini so„radi va ularga bu kasallikni yuqtiradi. 

 

Visseral leyshmaniozning asosan 2 ta shakli mavjud: Hind kalaazari hamda O„rta 



Yer dengizi visseral leyshmaniozi. 

 

Hind  kala-azarida  terining  rangi  qoramtir,  ba'zan  tim  qora  bo„ladi.  Ayrim  olim-



larning  fikriga  ko„ra,  bunday  hodisa  buyrak  usti  bezlari  faoliyatining  susayishi  tufayli 

kelib  chiqadi, chunki  leyshmaniyalar  shu bezning  po„st qismidagi  makrofaglarida  ham 

uchraydi. 

 

O„rta  Yer  dengizi  visseral  leyshmaniozida  teri  va  shilliq  pardalar  oqarib, 



mumsimon  bo„lib  qoladi.  Bemorning  jigar  va  talog„i  kattalashib,  kamqonlik  hamda 

leykopeniya  kuzatiladi.  Bemor  ozib  ketadi.  Bu  kasallikni  ham  iskabtoparlar  yuqtiradi. 

Jigari va talog„i shishib, bemor halok bo„lishi mumkin. 

 

Kala-azar qo„zg„atuvchisi Janubiy va Shimoliy Osiyo, Italiya, Turkmanis-tonning 



ayrim hududlarida uchraydi. 

 

Professor N.I. Xodukin visseral leyshmaniozning endemik zanjiri: it-flebotomus-



odam ekanligini aniqlagan. 

 

Akademik  Ye.N.  Pavlovskiy  odamlar  va  hayvonlar  o„rtasida  bo„g„imoyoqlilar 



yordamida  aylanib  yuradigan  kasalliklarni  tabiiy  manbali  transmissiv  kasalliklar  deb 

ataydi. 


 

Har  ikkala  leyshmanioz  bilan  ham  ko„proq  bolalar  kasallanadi.  Kasalliklardan 

keyin muntazam immunitet hosil bo„ladi. Shuning uchun har bir kishi leyshmanioz bilan 

faqat bir marta kasallanadi. 

 

Kasallikni  aniqlash  uchun  to„sh  suyagi  ko„migi  mikroskop  ostida  qaralib, 



hujayralarida leyshmaniyalar bor-yo„qligi aniqlanadi.  

 

Ko„pxivchinlilar  yoki  polimastiginalar  (Polymastigina)  turkumi  vakili 

lyambliyani  birinchi  marta  1859-yilda  Xarkov  Universitetining  professori  Lyamble 

aniqlagan.  Lyambliya  (Lamblia  intestinalis)  hayot  siklida  vegetativ  hamda  sista 

ko„rinishida uchraydi (4-rasm).  

Vegetativ shakli noksimon bo„lib, uzunligi 12-15 mkm, eni esa 8-10 mkm gacha 

bo„ladi.  Tanasining  oldingi  tomonida  disk  bo„lib,  ichak  epiteliysiga  yopishish  uchun 

xizmat  qiladi.  Tanasining  o„rtasida  ikkita  tayanch  ipi  -  aksostillar  o„tadi.  Aksostillar 


 

yordamida  parazitning  tanasi  ikki  simmetriyali  nimtalarga  bo„lingan  bo„lib,  har 

qaysisida bittadan yadro bo„ladi. 

Aksostillarning  oldingi  qismida  bir  qancha  blefaroplastlar  bo„lib,  ular  3  juft 

xivchinlarni  energiya  bilan  ta'minlaydi.  To„rtinchi  juft  xivchinlar  aksostillarning  orqa 

qismida yotadi. Parazitning hazm organoidlari bo„lmaydi. Shuning uchun osmatik yo„l 

bilan oziqlanadi. Ko„payish usuli jinssiz, uzunasiga bo„linish (mitoz) yo„li bilan amalga 

oshadi.  Lyambliyalarning  sistalari  oval  shaklida  bo„lib,  uzunligi  10-14  mkm  gacha 

yetadi.  Ikki  qavat  po„stlog„i  aniq  ko„rinib  turadi.  Yetilmagan  sistalarda  2  ta  yadro, 

yetilganlarida esa 4 ta yadro bo„ladi.  

 

 

 



4- rasm. Ichak lyambliyasi (Lamblia intestinalis) ning tuzilishi: a) yon tomondan ko„rinishi,, b) 

qorin tomondan ko„rinishi, v) epiteliy to„qimasiga yopishgan lyambliya: 1-xivchin; 2-bazal tanacha; 3-

so„rg„ich; 4-yadro; 5-parabazal tanacha; 6-aksostil.  

 

Lyambliyalarning  taraqqiyoti  oddiy  bo„lib,  hayot  davri  parazitning  vegetativ  va 



sistaga  o„ralgan  shakllarining  almashinib  turishidan  iborat.  Vegetativ  shakllari 

odamlarning  12-barmoqli  ichagida  yashaydi  va  ko„payadi.  Tajriba  yo„li  bilan 

zararlangan  hayvonlarda  lyambliyalar  ingichka  ichakning  yuqori  qismlarida  topilgan. 

Ularning  ba'zilari  sistaga  o„ralib,  tashqi  muhitga  chiqadi  va  odamga  lyamblioz 

kasalligini  yuqtiradigan  manba  bo„lib  qoladi.  Lyambliozni  yuqtiradigan  manba  kasal 

odam va parazit tashuvchilardir. 

Lyamblioz  hamma  yerda  tarqalgan  bo„lib,  aholining  taxminan  10  %  ida 

parazitlarni topish mumkin. Lyamblioz bilan, asosan, yosh bolalar ko„proq kasallanadi. 

Parazitlar  odamning  12-barmoqli  ichagida  yashashi  bilan  birga,  ayrim  ma'lumotlarga 

qaraganda,  o„t  pufagida  ham  yashashi  mumkin.  Ammo  sun'iy  usulda  o„stirilgan 

lyambliya  o„t  suyuqligi  pufagida  yashamaydi.  Hozirgacha  ham  lyambliyalarning  o„t 

yo„llarida, o„t pufagida yashashi noaniq. L.I. Rogova va N.A. Dehqonxo„jayevalarning 



 

(1960)  ma'lumotlari  bo„yicha,  olib  tashlangan  o„t  pufaklar  hamda  tajriba  yo„li  bilan 

zararlangan hayvonlarning o„t pufagida lyambliyalar topilmagan. 

 

XX asrning 20-yillarida lyamblioz yer yuzida deyarli barcha mamlakatlarda keng 



tarqalgan  edi.  Ko„pchilik  shifokorlarning  fikri  bo„yicha,  lyambliyalar  odamga  o„tishi 

bilan lyamblioz kasalligini qo„zg„atadi. Ular ichak, o„t yo„llarini jarohatlaydi, degan fikr 

hozir  ham  mavjud.  Lekin  ayrim  olimlar  lyambliyalarni  shartli  ravishda  patogen  deb 

hisoblashadi.  Chunki  parazitlar  sog„lom  odamlarda  ham  uchrab  turadi,  ularning  soni 

ichakda ko„payib ketgandagina ichak faoliyatini o„zgartiradi. Shu sababli moddalarning 

so„rilishi susayadi. Prof. N.A. Dehqonxo„jayeva tabiiy va tajriba yo„li bilan zararlangan 

hayvonlarning  ingichka  ichagini  tekshirib,  parazitlarni  shilliq  parda  va  shilliq  osti 

qatlamida  hamda  ichak  tukchalarida  topgan.  Bunda  ichak  devorining  shilliq  pardasi 

yaliig„langan,  ammo  yaralar  hosil  bo„lmagan.  Shifokorning  fikriga  qaraganda, 

ichakning  shilliq  pardasidagi  o„zgarishlar  darajasi  kasallikning  muddatiga  bog„liq 

bo„ladi.  Kasallikning  belgilari  boshqa  ichak  kasalliklarining  belgilariga  o„xshash 

bo„ladi.  Shuning  uchun  ham  lyambliozga  tashxis  qo„yishning  asosiy  ko„rsatkichi 

parazitlarni aniqlashdan iborat bo„lishi kerak. Lekin bu ancha mushkul ish. 12-barmoqli 

ichak suyuqligida parazitning vegetativ shakllari bo„ladi. Bemorning axlat surtmalarini 

yod bilan bo„yab tekshirish orqali parazit sistalarining bor-yo„qligi aniqlanadi. Ularning 

axlatlari  bilan  lyambliya  sistalari  tashqi  muhitga  chiqib  turadi  va  haftalab  tirik  qolishi 

mumkin. Sog„lom odamga parazit sistalar bilan ifloslangan oziq-ovqat, ichiladigan suv 

yoki  iflos  qo„llar  orqali  yuqadi.  Sistalar  hazm  yo„liga  tushganidan  keyin  o„n  ikki 

barmoqli ichakda vegetativ shaklga aylanadi. 

 

Kasallikning  oldini  olish  uchun  profilaktik  qoidalarga  amal  qilish  zarur.  Buning 



uchun  meva  va  sabzavotlarni  yaxshilab  yuvish,  suvni  qaynatib  ichish,  pishirilgan 

ovqatni  va  ichiladigan  suvni  yopiq  idishda  saqlash,  chivin  va  pashshalarga  qarshi 

kurashish,  ovqatdan  oldin  va  hojatdan  keyin  qo„lni  yuvish,  parazit  tashuvchilarni, 

ayniqsa,  oziq-ovqat  korxonalarida,  bolalar  bog„chalarida  ishlaydiganlarni  o„z  vaqtida 

tekshirib,  kasallangan  odamlarni  davolash,  hojatxonalarni  dorilab  turish  kabi  ishlarni 

amalga oshirish lozim. 



Yüklə 3,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin