Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti p a r a z I t o L o g I ya



Yüklə 3,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/49
tarix07.03.2017
ölçüsü3,75 Mb.
#10617
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   49

 

Qon  sporalilar  (Haemosporidia)  kenja  turkumi  vakillari  odam  va  issiq  qonli 

hayvonlarning  qizil  qon  hujayralari  -  eritrotsitlarida  parazitlik  qiladi.  Bu  kenja 

turkumga 100 ga yaqin tur kiradi. 

 

Qon  sporalilar  eymеriyasimоnlаr  singari  hujayra  ichida  yashaydigan  parazitlar 



bo„lsada,  lekin  ularning  hayot  sikli  bir  necha  xo„jayinda  o„tadi.  Masalan,  bu  kenja 

turkumning eng muhim vakili odamda bezgak kasalligini keltirib chiqaradigan bezgak 

plazmodiysining rivojlanishi ikkita xo„jayinda o„tadi. Jinssiz rivojlanishi hamda makro-

va  mikrogametotsitlar  odam  qizil  qon  tanachalarida  yetishadi.  Bezgak  chivinida 

(Anopheles)  esa  jinsiy  rivojlanish  ketadi.  Eymеriyasimоnlаrdan  farq  qilib,  bezgak 

plazmodiylarning  hayot  sikli  xo„jayinlar  (chivin  va  odam)  organizmida  o„tadi,  tashqi 

muhitga  chiqmaydi.  Odamlar  orasida  bezgak  kasalini  tarqatuvchi  sporalilar 

plazmodium deyiladi. Bu kasallik eramizdan oldin ham ma'lum bo„lgan. U vaqtlarda bu 

kasallikning  kelib  chiqish  sababi  va  odamlarga  yuqish  yo„llari  aniqlanmagan.  Lekin, 

shunga qaramasdan, bu kasallikning botqoqliklarga aloqasi borligini bilishgan, shuning 

uchun ham "botqoq isitmasi" deb atalgan. 

 

Bezgak plazmodiumlarini birinchi marta 1879-yilda rus olimi V.I. Afanasyev va 



1880-yilda  fransuz  olimi  Alfons  Laveren  kashf  etganlar.  Bezgak  kasalini  chivinlar 

yuqtirishini esa 1895-yilda ingliz olimi R. Ross va italiyalik olim J. Grassi aniqlashgan. 

Odamlarda bezgakning asosan 4 ta turi parazitlik qiladi: 

1.

 



 Plasmodium  vivax  -  uch  kunlik  bezgak  qo„zg„atuvchisi,  ya'ni  isitma  har  48 

soatdan keyin qaytarilib turadi. 

2.

 

 Plasmodium  malariae  -  to„rt  kunlik  bezgak  qo„zg„atuvchisi,  ya'ni  isitma  har  72 



soatdan keyin qaytarilib turadi. 

3.

 



 Plasmodium  falcipharum  -  24-48  soat  oralab  xuruj  qilib  turadigan  va  ko„pincha 

juda og„ir o„tadigan tropik bezgak qo„zg„atuvchisidir. 



 

4.

 



 Plasmodium  ovale  -  uch  kunlik  bezgak  qo„zg„atuvchisi,  ya'ni  isitma  har  48 

soatdan keyin qaytarilib turadi. Bu bezgak qo„zg„atuvchisi juda kamdan-kam Afrika va 

Osiyo  mamlakatlarida  uchraydi.  Mustaqil  davlatlar  hamdo„stligi  mam-lakatlarida  bu 

kasallikning qo„zg„atuvchisi bir marta 1924-yilda Ufa shahrida uchragan. 

Uch kunlik bezgak plazmodiumi(Plasmodium vivax)ning rivojlanishi quyidagicha 

ketadi (8-rasm). Bu parazitning qo„zg„atuvchisi bilan zararlangan bezgak chivini odam 

qonini so„rganida, chivin so„lagida bo„lgan sporozoitlar odam qoniga o„tadi, qon orqali 

esa  jigar  va  taloq  to„qimalariga  kelib,  ko„paya  boshlaydi,  ya'ni  yadrolari  bir  nechtaga 

bo„linadi,  so„ngra  yadro  soniga  qarab,  sitoplazma  ham  o„shanchaga  ajraladi  va 

parazitning navbatdagi avlodi-merozoitlar paydo bo„ladi. Keyinchalik,  merozoitlar qizil 

qon tanachalariga  kirib, gemoglobin plazmasi bilan  oziqlanadi. Parazitning  eritrotsitlar 

gemoglobini hisobiga oziqlanib o„sadigan davriga trofozoitlar deyiladi.  

Eritrotsitlarda  rivojlanishning  boshlanish  davrida  trofozoitlar  tanasining 

markazida  vakuola  bo„lganligi  uchun  uzuk  shaklida  ko„rinadi.  Keyinchalik  vakuola 

yo„qoladi va parazit amyobasimon shakliga kiradi.  

Trofozoitlardan  bo„linib  ko„payuvchi  shizontlar  hosil  bo„ladi.  Eritrotsitlardagi  bir 

shizont yadrosi bir necha marta bo„linadi va 12-24 ta merozoitlar yetiladi. So„ngra bu 

merozoitlar eritrotsitning qobig„ini yemirib, qon plazmasiga o„tadi. Bu hodisa merozoit 

eritrotsitga kirgandan 48 soat o„tgach sodir bo„ladi va xuddi shu paytda odamni bezgak 

tutadi.  Sababi  qon  plazmasiga  minglab  merozoitlar  bilan  birga  melanin  degan  zaharli 

moddalar  ham  chiqadi  va  qonni  zaharlaydi.  Qon  plazmasidagi  merozoitlar  yana 

qaytadan  sog„lom  eritrotsitlarga  kirib,  jinssiz  rivojlanishni  yangidan  boshlaydi.  Bir 

necha  bor  shizogoniya  usulda  ko„payish  qaytarilgach,  bemor  qonida  jinsiy  individlar 

gametotsitlar  hosil  bo„ladi,  ya'ni  eritrotsitlar  ichidagi  merozoitlardan  urg„ochi 

makrogametotsitlar va erkak mikrogametotsitlar paydo bo„ladi.

 

Gametotsitlarning  keyingi  rivojlanishi  anofeles  chivinining  medasida  kechadi. 



Anofeles  odamning  qonini  so„rganda  gametotsitlar  chivinga  o„tadi.  Chivinning  ichida  

mikrogametotsitlarning  rivojlanishi  natijasida  4-8  ta  xivchinli  5-6  ta  mikrogametalar 

hosil  bo„ladi.  Makrogametotsitlarning  yadrosi  ham  kattalashib,  makrogametalarga 

aylanadi.  Mazkur  makro  va  mikrogametalar  qo„shilib,  zigota  hosil  qiladi.  Zigota 

harakatchan bo„lib, u ookineta deb ataladi.  

Ookineta  chivin  oshqozoni  devorini  teshib  kirib,  elastik  po„stga  o„raladi  va 

ootsistaga  aylanadi.  Ootsista  o„sib,  yadrosi  bir  necha  marta  bo„linadi,  har  bir  yadro 

bo„lagini sitoplazma o„rab oladi va natijada minglab juda mayda duksimon sporozoitlar 

hosil  bo„ladi.  So„ngra  ootsistalar  pardasi  yoriladi  va  ichidagi  sporozoitlar  (10000 

tagacha)  chivinning  tana  bo„shlig„iga  tushib,  gemolimfa  suyuqligi  orqali  barcha 

organlariga tarqaladi. Ular chivinning so„lak bezida ko„plab to„planadi. Mana shunday 

chivinlar odamni chaqqanida chivin so„lagi bilan  birga sporozoitlar ham odam qoniga 

o„tadi. Sporozoitlar bir yadroli uzunchoq shaklga ega bo„lib, uzunligi 10-15 mikronga 

teng. 


 

 

 



8-rasm. Bezgak parazitining rivojlanish sikli sxemasi: 1-bezgak chivini so„lak bezidan odam 

qoniga chiqayotgan sporozoitlar; 2,3-sporozoitlarning jigar hujayralarida ko„payishi; 4-shizogoniya 

yo„li bilan sporozoitlardan merozoitlarning hosil bo„lishi; 5-11-eritrotsitlarda shizogoniya yo„li bilan 

merozoitlarning ko„payishi; 12,13-makrogametotsitning yetilishi; 14,15-mikrogametotsit-larning 

yetilishi;16,17-makrogameta va mikrogametalar hosil bo„lishi va ularning qo„shilishi;18-zigota - 

ookinetalarining chivin ichagi hujayralariga kirishi; 19, 20-sporozoitlar hosil bo„lishi va chivin tana 

bo„shlig„iga chiqishi; 21-sporozoitlarning chivin so„lak beziga o„tishi; 22-26-parazitning odam 

hujayralarida rivojlanishi.  

 

Bezgak  yer  yuzida  juda  keng  tarqalgan  kasallikdir.  Bezgak  kasaliga  uchragan 



odamda  kuchli  anemiya  (kamqonlik)  kuzatiladi.  1  mm

3

  qondagi  eritrotsitlar  soni 



normadagi 5 mln. dan 1 mln. gacha tushib qoladi. 

 

MDH  mamlakatlarida  bezgak  kasalligi  XIX  asrning  oxiri  XX  asrning  birinchi 



yarmida Kavkaz, Markaziy Osiyo, Volganing o„rta va quyi oqimida hamda Ukrainada 

keng  tarqalgan  edi. 1935-yilning  o„zida  mazkur  hududlarda  9  mln. kishi  bezgak  bilan 



 

kasallanganligi  ma'lum.  Bu  davrda  odamlarning  bezgak  bilan  kasallanishi,  ayniqsa, 

Afrika,  Janubiy  Amerika,  Osiyo  va  Yevropadagi  juda  ko„plab  mamlakatlarda  keng 

tarqalgan edi. 1930-yillarda faqatgina Hindistonning o„zida har yili 100 mln. dan ortiq 

kishi bezgak bilan kasallangan. 

 

Bezgak  kasalligining  qo„zg„atuvchisini  o„rganish  va  unga  qarshi  kurash 



choralarini  ishlab  chiqishda  rus  olimlaridan  I.I.  Mechnikov,  V.M.  Afanasyev,  V.Ya. 

Danilevskiy, Ye. Marsinovskiy, V.N. Beklemishev, D.D. Romanovskiy va S.M. Isayev, 

fransuz olimi Sh.L.A. Laveron, ingliz olimi R.D. Ross, P. Gariyem, italiyalik olim D.B. 

Grassi, Bastenelli va boshqalarning xizmatlari katta bo„lgan.  

 

Markaziy  Osiyo,  shu  jumladan,  O„zbekistonda  ham  bezgakka  qarshi  ishlar  olib 



borilgan.  Birinchidan,  bezgak  bilan  kasallangan  odamlarni  majburiy  yalpi  davolash 

kurslaridan  o„tkazilgan.  Ma'lumki,  bezgak  chivini  o„z  tuxumlarini  ko„lmak  suvlarga 

qo„yadi. Shuning uchun bezgak chivini ko„payishining oldini olish maqsadida ko„lmak 

suvlar  va  botqoqliklar  o„zlashtirilib,  quritilgan.  Bezgak  chivinlari,  ularning  tuxumlari, 

lichinkalari  va  g„umbaklari  turli  usullar  bilan  qirib  tashlangan.  Oxirgi  yillarda  bezgak 

chivinlariga  qarshi  biologik  kurash  choralarini  qo„llashga  alohida  e'tibor  berilmoqda. 

Xususan, issiq iqlimli joylarda bezgak chivini lichinkalarini yo„qotish uchun hovuz va 

ko„llarda  tirik  tug„ar  gambuziya  balig„i  ko„paytirilmoqda.  Bu  tadbirlarni  o„tkazish 

natijasida  1960  yildan  boshlab  MDH  mamlakatlarida,  shu  jumladan  O„zbekistonda 

bezgak  kasalligi  butunlay  tugatilgan.  Lekin  odamlarning  bezgak  bilan  kasallanishi 

Janubiy va Markaziy Amerika, Osiyo va ayniqsa, Afrika mamlakatlarida hozirgi kunda 

ham  keng  tarqalgan.  Jahon  sog„liqni  saqlash  tashkiloti  ma'lumotlariga  qaraganda, 

oxirgi  vaqtlarda  har  yili  yer  shari  aholisining  5-6  mln.  ni  bezgak  kasalligi  tufayli 

olamdan  ko„z  yummoqda.  Shulardan  1  mln.  dan  ortiqrog„i  4-5  yoshgacha  bo„lgan 

bolalarga to„g„ri keladi. Hozirgi vaqtda  Anofeles avlodiga kiradigan chivinlarning 400 

dan  ortiq  turlari  mavjud  bo„lib,  shulardan  25-30  ta  turi  bezgak  kasalligi 

qo„zg„atuvchilarini tashuvchilari hisoblanadi.  

 

O„zbekitonda bezgak chivinlarining 8 ta turi aniqlangan bo„lib, shulardan asosan 



Anopheles  sacharovi,  An.  superictus  va  An.  pulcherrimus  turlari  bezgak  kasaligini 

tarqatuvchilaridir.  Olimlarimizning  ma‟lumotlariga  qaraganda  bezgak  paraziti 

Respublikamizda asosan, Surxandaryo, Qashqadaryo, Navoiy va Toshkent viloyatlarida 

hamda Farg„ona vodiysida odamlar orasida kam bo„lsada uchrab turadi.  

 

Respublikamizda bezgak kasalligi ayniqsa, Tojikiston bilan chegaradosh bo„lgan 



Surxandaryo  viloyatining  Sariosiyo  va  Uzun  tumanlarida  odamlarda  tez-tez  uchrab 

turadi. Bezgak kasalligi Respublikamizga asosan Tojikiston va Afg„oniston orqali kirib 

kelish  xavfi  katta.  Bezgakning  kasallik  manbai  bemor  va  bezgak  chivini  hisoblanadi. 

Bezgak  kasalligini  qo„zg„atuvchisi  odam  organizmida  10-14  kun  (ba‟zan,  bir  yil  va 

undanda ko„proq) bo„lib, kasallik belgilarini qo„zg„atmasligi mumkin (inkubatsion yoki 

yashirin davri).  

 

Kasallik  to„satdan  boshlanadi,  bemorni  isitma  tutadi,  junjiydi,  qaltiraydi,  keyin 



qaltirash  bosilib,  harorat  ko„tariladi  (40-41

0

C),  bemor  qizarib  ketadi,  nafas  olishi 



qiyinlashadi, halloslaydi  va  boshi  qattiq  og„riydi.  Isitma  bir  necha  soat  tutadi. So„ngra 

harorat tez pasayib, bir maromga tushadi. Shu payt bemor qattiq terlaydi, ertasiga o„zini 

sog„lom his qiladi. Keyin yana isitma tutadi. 


 

 

Isitma  tutayotgan  bemorning  qoni  tekshirilganda,  bezgak  plazmodiylarini  topish 



mumkin.  Bezgak  tutavergach,  plazmodiylar  qizil  qon  tanachalarini  parchalashi  sababli 

bemor  kamqon  bo„lib  qoladi,  talog„i  va  jigari  kattalashadi,  oq  qon  tanachalari  ancha 

kamayadi. Bezgak davolanmay, kasallik uzoq dovom etganda  bemorning tinkasi qurib, 

mehnat  qobilyati  susayadi,  bolalar  o„sish  va  rivojlanishdan  orqada  qoladi.  Odamlarni 

chivin  chaqishidan  saqlash  uchun  badanga  chivinga  qarshi  kremlarni  surish,  yozda 

pashshaxonalardan  foydalanish  lozim.  Kasallangan  bemorlar  esa  delagin,  primaxin, 

xinin  kabi  preparatlar  bilan  davolanadi.  Gambuziya  balig„idan  foydalaniladi.  Suvda 

bezgak  chivinlarining  tuxumi,  lichinkasi  va  g„umbaklarini  yo„qotish  uchun  deltafos, 

fyuri, baeteks, nureel-D va boshqa insektitsidlar ishlatiladi. 

Piroplazmidalar  (Piroplasmida)  kenja  turkumi  vakillari  sutemizuvchilarning 

qonida parazitlik qiladi. Bu kenja turkum vakillarining rivojlanishi ham 2 ta xo„jayinda, 

ya'ni asosiy xo„jayinlari qon so„ruvchi yaylov kanalari va oraliq xo„jayinlari-turli uy va 

yovvoyi sutemizuvchilarda o„tadi. Bu kenja turkumga 170 dan ortiq tur kiradi. 3 ta oilasi 

bor:  1.  Babezidlar  (Babesidae)  oilasi.  2.  Teyleridlar  (Theileridae)  oilasi.  3. 

Pirоplаzmidаlаr (Piroplasmidae) oilasi. 



Qoramol  babeziyasi  babeziidlar(Babesiidae)  oilasiga  kiradi.  Shakli  yakka  va 

juft  noksimon,  tuxumsimon,  halqasimon  va  amyobasimon.  Noksimon  shakllari  asosan 

hayvonlarning eritrositlarida juft-juft bo„lib joylashib parazitlik qiladi. Kattaligi 1,5-2,4 

mkm (9-rasm).  

 

12-rasm. Babezidlar (Babesiidae)oilasi vakillarining eritrositar shakllari: 

A-Babesia bigemina; B-Babesia bovis; V-Babesia divergens; G-Babesia sp.  

 

Babeziyalarning asosiy xo„jayinlari yaylov kanalari va oraliq xo„jayinlari turli uy 



hayvonlari  hisoblanadi.  Babezioz  qo„zg„atuvchilarini  Ixodes  ricinus,  Boophilus  bovis, 

Rhipicephalus  avlodi  turlari  va  boshqa  tur  yaylov  kanalari  tarqatadi.  Bu  kanalarning 

urg„ochilari kasallangan mollardan qon so„rganda, kasallik qo„zg„atuvchilarini o„zlariga 

yuqtiradi.  Kasallik  qo„zg„atuvchilari  voyaga  yetgan  kanalardan  ularning  keyingi 

avlodiga,  ya‟ni  tuxumlariga  ham  o„tadi.  Kanalar  barcha  rivojlanish  davrlarida,  ya‟ni 

lichinkalik,  nimfa  va  imago  davrlarida  ham  kasallik  qo„zg„atuvchilarini  mollarga 

o„tkazishi  mumkin.  Lekin  asosiy  kasallik  qo„zg„atuvchilarini  yuqtiradigani-voyaga 

yetgan  kanalar  hisoblanadi.  Kanalar  bir  yilda  bir  marta  generasiya  beradi.  Qoramollar 

eritrositi babeziya bilan 7-15 % zararlanadi.  

Qoramollar babezioz bilan asosan bahor va yoz oylarida, ya‟ni may-iyul oylarida 

kasallanadi.  Kasallangan  hayvonlarning  harorati  40-42

0

C  gacha  ko„tariladi,  ular 



 

holsizlanadi,  birinchi  2  kunda  suti  40-60  %  ga  kamayadi,  keyinchalik  esa  80  %  gacha 

kamayadi. Qoramollarning siydigi qizg„ish va to„q qizil rangda bo„ladi. Hayvonlarning 

ishtahasi pasayadi, kavsh qaytarmay qo„yadi, ichi ketadi, eritrositlari soni 1 mm kubda 2 

mln gacha va gemoglobini 30 % gacha kamayadi. Natijada, qoramollar kasallangandan 

4-8 kun o„tgandan keyin o„ladi. Ba‟zan esa kasallangan mollar to„satdan talog„i yorilib 

ketib, 3-4 kunda o„ladi. 

Babeziyalar  eritrositlarda  oddiy  ikkiga  bo„linib  yoki  kurtaklanib  ko„payadi. 

Babezioz bilan qoramollardan tashqari qo„y, ot, tuya, cho„chqa va itlar ham kasallanadi. 

Mayda  shoxli  mollarda,  jumladan,  qo„ylarda  -  Babezia  ovis  turi  parazitlik  qiladi.  Bu 

parazitning tarqatuvchisi Rhipicephalus avlodiga kiruvchi kanalar hisoblanadi.  

Teyleridalar (Theileriidae) oilasining vakillaridan – Theileria annulata dastlab 

qoramollarning  limfa  hujayralarida,  keyinchalik  esa  eritrositlarida  parazitlik  qiladi  va 

teylerioz  kasalligini  qo„zg„atadi.  Teylerioz  uy  va  yovvoyi  kavsh  qaytaruvchi 

hayvonlarning  obligat  transmissiv  kasalligi  hisoblanadi  va  chorvachilik  xo„jaliklariga 

katta zarar yetkazadi.  

Teylerioz  ham  eng  xavfli,  o„limga  olib  keladigan  kasalliklardan  hisoblanadi. 

Kasallangan hayvonlarning 40-80 % o„ladi. Bu kasallik issiq iqlimli mamlakatlarda, shu 

jumladan,  O„zbekistonda  ham  chorva  mollariga,  birinchi  navbatda,  qoramollarga  katta 

zarar yetkazadi. Teyleriya ko„pga bo„linib, ya‟ni shizogoniya usulida ko„payadi, natijada 

shizontlar-anor donachalari hosil bo„ladi.  

Eritrositlar  ichida  teylerioz  qo„zg„atuvchisining  shakli  har  xil,  ya‟ni 

tayoqchasimon,  halqasimon,  oval,  yumaloq,  noksimon,  vergulsimon,  nuqtasimon  (anor 

doniga o„xshash) bo„ladi. Har bir eritrosit ichida 1  tadan 7 tagacha parazit bo„ladi (10-

pasm). 


Teyleriyalar  xo„jayin  almashinish  bilan  rivojlanib,  kanalar  organizmida  ko„plab 

bo„linish (gametogoniya) yo„li bilan ko„payadi.  

Teyleriya  kanalardan  issiq qonli  hayvonlar  organizmiga tushganda, dastlab  limfa 

tizimida  shizogoniya  yo„li  bilan  ko„payadi,  anor  donachalarini  hosil  qiladi,  keyin  esa 

eritrositlarga  o„tib  oladi.  Kasallik  qo„zg„atuvchisini  asosan  voyaga  yetgan  yaylov 

kanalari tarqatadi. Tabiiy muhitda eng ko„p kasallangan hayvonlar asosan iyun, iyul  va 

avgust oylariga to„g„ri keladi. Yosh mollarda teylerioz og„ir kechadi.  

Qoramollar  teylerioz  bilan  ko„proq  molxonalarda  kasallanadi.  Kasallangan 

qoramollarda  inkubatsiya  davri  6-25  kunga,  odatda,  9-12  kunga  to„g„ri  keladi. 

Kasallangan  hayvonlarda  daslab  limfa  yo„llari  kattalashadi  va  harorat  ko„tarila 

boshlaydi, ishtahasi pasayadi, mahsuldorligi kamaya boshlaydi. Qon aralash ichi ketadi. 

Siydik ajralishi qiyinlashadi.  

 


 

 

 



10-rasm. Teyleriya (Theileria annulata)ning rivojlanish sikli:1-sporozoitlar; 2-3-4 limfositlarda 

rivojlanayotgan ko„p yadroli davri; 5-gametositar shakli; 6-7-eritrositar shakli; 8-9-10-11-12-13-kana 

ichak bo„shlig„ida ko„payishi; 14-kana so„lak bezlarida ko„pga bo„linib ko„payishi (sporontlar); 15-

sporozoitlar. 

 

MDH  da,  shu  jumladan  O„zbekistonda  teyleriyalarning  7  ta  turi  uchraydi.  Eng 



xavflisi  Theileria  annulata  hisoblanadi.  Bu  parazit  Markaziy  Osiyo  Respublikalarida 

ko„p  uchraydi.  Tarqatuvchisi  Hyalomma  avlodiga  mansub  kanalar  hisoblanadi. 

Kаsаllаngаn  hаyvоnlаrni  ulаrdаn  qоn  surtmаsi  tаyyorlаb,  mikrоskоp  оstidа  ko„rish 

оrqаli аniqlаnаdi.  



Pirоplаzmidаlаr  (Piroplasmidae)  oilasi.  Kаsаllаngаn  hаyvоnlаr  eritrоsitlаridа 

оvаlsimоn,  аmyobаsimоn,  hаlqаsimоn  vа  juft  nоksimоn  shаkldаgi  pirоplаzmаlаr 

uchrаydi. Pаrаzitlаr eritrоsitlаrning mаrkаzidа jоylаshgаn. Nоksimоn shаkldаgilаri yirik 

bo„lib eritrоsitlаrni to„liq qоplаb оlgаn bo„lаdi. 

Pirоplаzmidalаr  oilasi  vakillarining  kаttаligi  2,2  mkm  dаn  4,5  mkm  gаchа, 

nоksimоnlаri esа 6 mkm gаchа bоrаdi (11-rаsm).  

 

 

11-rasm. Qoramol eritrositlarida uchraydigan piroplazma (Piroplasma bigeminum)ning turli 



shakllari (eritrositlarda parazitning ikkiga bo„linib ko„payishi ko„rinib turibdi).  

 

 

Pirоplаzmаlаr qоrаmоllаr оrgаnizmidа to„g„ridаn-to„g„ri ikkigа bo„linib, 2 tа qiz 

hujаyrаlаrni  hоsil  qilаdi.  Yaylоv  kаnаlаri  kаsаllаngаn  qоrаmоllаrni  qоnini  so„rgаndа, 

pаrаzit  qоn  оrqаli  kаnаlаr  ichаgigа  tushаdi  vа  shizоgоniya  usulidа  ko„pаyadi. 

Kеyinchаlik  pаrаzitlаr  kаnаlаrning  gеmоlimfаsigа  vа  gеmоlimfа  оrqаli  urg„оchi 

kаnаlаrning  jinsiy  оrgаnlаrigа  bоrаdi.  Kаnаlаr  ko„pаya  bоshlаgаndа  pаrаzit  kаnаlаr 

tuхumi  оrqаli  kеlgusi  аvlоdigа  hаm  o„tаdi.  Kаnаlаr  tuхumidаn  bаhоrdа  pirоplаzmа 

bilаn kаsаllаngаn lichinkаlаr chiqib qоrаmоllаrgа hujum qilаdi vа ulаrni kаsаllаntirаdi.  

O„zbеkistоndа  qоrаmоllаrgа  pirоplаzmоzni  аsоsаn  bir  хo„jаyinli  kаnаlаrdаn-

Boophilus  calcaratus  vа  Ripicephalus  bursa  yuqtirаdi.  Qоrаmоllаr  pirоplаzmоz  bilаn 

аsоsаn  tаbiiy  shаrоitdа  kаnаlаr  ko„p  bo„lgаn  yaylоvlаrdа  zаrаrlаnаdi.  Shuningdеk, 

pirоplаzmаlаrdаn-Piroplasma  caballi  оtlаrdа,  Piroplasma  ovis  mаydа  shохli  mоllаrdа 

pаrаzitlik qilаdi.  

 

Shunday  qilib,  babezid,  teylerid  va  pirоplаzmidlarning  barcha  vakillari 



eritrotsitlarda  parazitlik  qilib,  qoramollar,  qo„y  va  echkilar,  otlar,  tuyalar,  cho„chqalar 

va  itlarga  katta  zarar  yetkazadi.  Kasallangan  hayvon  qonini  so„rgan  kana  parazitni 

o„ziga yuqtiradi. Kanalar organizmida jinsiy gametalar yetilib, ular o„zaro qo„shiladi va 

zigota-ookineta  hosil  bo„ladi.  Ookineta  kana  tuxumdoniga  va  tuxumdonda 

rivojlanayotgan  tuxumlarga  o„tib  sporosistaga  aylanadi.  Sporotsista  ichida  esa 

sporozoitlar  rivojlanadi.  Sporozoitlar  kanalarning  so„lak  bezlarida  ham  to„planadi. 

Bunday  kanalar  sog„lom  hayvonlarga  yopishib  ularning  qonini  so„rganda  sporozoitlar 

kana so„lagidan mahsuldor hayvonlar qoniga o„tadi. 

 

Bu  kasalliklar  chorvachilikka  katta  iqtisodiy  zarar  yetkazadi.  Kasallangan 



mollarning 40-50 % nobud bo„ladi. Piroplazmidalar keltirib chiqaradigan kasalliklarga 

qarshi  kurashish  uchun  uning  tarqatuvchisi  -  yaylov  kanalarini  qirib,  kasallangan 

mollarni davolash lozim.  

 

Muhоkаmа uchun sаvоllаr:  

 

1. Аpikomplekslar tipiga xos xususiyatlarni ko„rsating?  



 

2.  Koksidiyalar  va  bezgak  parazitlarining  umumiy  tavsifi  va  qo„zg„atadigan 

kasalliklarini tushuntiring?  

 

3. Koksidiyalar va bezgak parazitlarini rivojlanishini bayon qiling.  



 

4. Piroplazmidalar kenja turkumi vakillari sutemizuvchilarning qaysi organlarida 

parazitlik qiladi va qanday kasalliklarni qo„zg„atadi? 

2-sаvоl 

bo„yichа 

dаrs 

mаqsаdi: 

Talabalarga 

Miksosporidiyalar 

va 


Mikrosporidiyalar  tiplariga  kiruvchi  parazitlar  vakillarining  tuzilishi,  biologik 

xususiyatlari,  qo„zg„atadigan  kasalliklari  va  ularni  oldini  olish  choralari  haqida 

ma‟lumot berish.  

Idеntiv o„quv mаqsаdlаri:  

1.  Miksosporidiyalar  va  Mikrosporidiyalar  tiplariga  kiruvchi  parazitlar 

vakillarining tuzilishi, biologik xususiyatlari, qo„zg„atadigan kasalliklari va ularni oldini 

olish choralari haqida ma‟lumot bera oladi.   



 

 

 

 

Ikkinchi sаvоlning bаyоni:  

 

Miksosporidiyalar  (Myxozoa)  yoki  Knidosporidiyalar  (Cnidosporidia)  tipi 

yaqin-yaqinga qadar sporalilar tipi bilan qo„shib o„rganilar edi. Lekin ularning tuzilishi 

va  rivojlanish  sikli  har  tomonlama  chuqur  o„rganilgach,  morfologik  va  fiziologik 

jihatdan  sporalilardan  farq  qilishini  hisobga  olib,  miksosporidiyalarni  mustaqil  tip 

darajasiga ko„tarishga imkon yaratildi.  

Umurtqasiz  hayvonlar  va  tuban  umurtqalilar  (asosan,  halqali  chuvalchanglar, 

baliqlar,  ba'zan  sudralib  yuravchilar)  tana  bo„shlig„i,  to„qimalari  va  hujayralarida 

parazitlik  qiladi.  Hayot  sikli  parazitlik  qiluvchi  vegetativ  (trofont)  va  tarqalish  uchun 

xizmat qiluvchi sporali  davrlarni o„z ichiga oladi. Parazitlik qiluvchi  davri ikki tipdagi 

(vegetativ  va  generativ)  hujayralardan  iborat.  Miksosporidiyalar,  asosan  jinssiz 

ko„payadi.  Generativ  hujayralardan  reduksion  (meyoz)  bo„linish  natijasida  juda  ko„p 

sporalar  hosil  bo„ladi.  Sporalarda  spiral  o„ralgan  otiluvchi  ipchasi,  kapsula  va 

amyobasimon,  ko„pincha  ikki  yadroli  murtagi  (sporozoiti)  bo„ladi.  Sporalar  xo„jayin 

organizmiga  tushib  qolganida  otiluvchi  iplar  kapsuladan  otilib  chiqib,  sporani  ichak 

devoriga 

yopishib 

olishiga 

yordam 


beradi. 

Shuni 


ham 

aytish 


kerak-ki, 

miksosporidiyalarning  ko„payishi  va  tarqalishi  uchun  xizmat  qiladigan  kapsulali 

sporalari  deyarli  hamma  vaqt  yetishib  turishi  bu  tip  vakillari  uchun  juda  xarakterlidir 

(ma'lumki,  sporalilar  sinfining  vakillarida  sporalar  ularning  oxirgi  rivojlanish  davrida 

yetishar edi). 

 

Miksosporidiyalar  tipiga  1000  dan  ortiq  tur  kirib,  2  ta  sinfga  bo„linadi:  1.  Akti-



nomiksidiyalar  yoki  aktinosporalilar  (Actinosporea)  sinfi.  2.  Miksosporalilar  yoki 

shilimshiq sporalilar (Myxosporea) sinfi. 



Yüklə 3,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin