Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti p a r a z I t o L o g I ya



Yüklə 3,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/49
tarix07.03.2017
ölçüsü3,75 Mb.
#10617
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   49

Invazion  kasalliklarni  nomlash.  Parazitologiya  sohasida  yaqin  yillargacha 

parazitar  kasalliklarga  ilmiy  asoslangan  nom  berilmagan  edi.  Bu  esa  parazitar 

kasalliklarning  nomini  atashda  chalkashliklarga  sabab  bo„lib,  tashxis  qo„yishda 

qiyinchilik tug„dirar edi. Shu sababli K.I.Skryabin va R. S. Shults zoologiya qoidalariga 

asoslangan  holda  invaznon  kasalliklarga  yangi  nom  taklif  qilishib,  uni  ilmiy  asoslab 

berdilar. 

Invazion,  parazitar  kasalliklarning  nomini  atash  uchun  shu  kasallikni 

qo„zg„atadigan parazitlar avlodining nomiga «oz» yoki «yoz» qo„shimchasini qo„shish 

kerak.  Masalan,  Haemonchus  avlodi  vakillari  qo„zg„atadigan  kasallik  gemonxoz  yoki 

Fasciola avlodi vakillari qo„zg„atadigan kasallik fastsiolyoz deb ataladi. 

Agarda  kasallikni  qo„zg„ayotgan  parazitlar  birgina  avlod  vakillari  bo„lsa,  bunday 

kasalliklar  birlik  bilan  ataladi.  Masalan,  Hypoderma  bovis  va  Hypoderma  lineata 

gipodermatoz kasalini yoki Opisthorchis felineus - opistorxozni qo„zgaydi. 

Parazitologiya  fanida  kasallik  qo„zg„atuvchilarning  qaysi  sinfga,  turkumga,  kenja 

turkumga, oilaga kirishiga ko„ra invazion kasalliklarga umumiy nom beriladi. 

Lekin u ko„plik bilan ataladi. Masalan, Trematodalar sinfi vakillari qo„zg„aydigan 

kasalliklarning 

umumiy 

nomi 


trematodozlar, 

Spiruratalar 

kenja 

turkumlari 



qo„zg„aydiganlari  -  spiruratozlar,  Echinostomatidalar  oilasi  vakillari  qo„zg„aydigan 

kasalliklar  esa  exinostomatidozlar  deyiladi.  Hozirgi  vaqtda  parazitar  kasalliklarning 

umumlashtirilgan  nomini  hamma  parazitologlar  hamda  veterinariya  vrachlari  yaxshi 

o„zlashtirib  olganlar.  Shu  asosda  parazitar  kasalliklarni  aniqlash,  davolash  va  kurash 

chora tadbirlarini tashkil etish taklif qilinadi. 

Muhоkаmа uchun sаvоllаr:  

1. Parazitlarni xo„jayinlari bilan bog„lanish shakllarini izohlang.  

2. Infektsion va invazion kasalliklarni misollar asosida tushuntiring? 

3.  Parazitlarni  keltirib  chiqaradigan  kasalliklari  nomlarini  ayting  va  misollar 

keltiring?  

4. Transmissiv yoki tabiiy o„choqli kasalliklar deganda nimani tushunasiz?  

5. Parazitar kasalliklar qo„zg„atuvchilari qanday yo„llar bilan yuqadi?  

6. Parazitlar xo„jayinlari organizmiga qanday yo„llar bilan o„tadi?  

 

 

 



 

 

4-mavzu: Parazitizmning kelib chiqishi. Parazitlarni xo„jayin organizmiga 



kirish yo„llari.  

Fanni o„qitish texnologiyasi:  

“Parazitizmning kelib chiqishi. Parazitlarni xo„jayin organizmiga kirish 

yo„llari” mavzusidagi ma‟ruza mashg„ulotining texnologik xaritasi 

№ 

Bosqichlar va bajariladigan 

ish mazmuni 

Amalga 

oshiruvchi 

shaxs, vaqt 



Tayyorlov bosqichi: 

1.1.  Dars  maqsadi:

 

Talabalarga  parazitizmning  kelib 



chiqishi.  Parazitlarni  xo„jayin  organizmiga  kirish  yo„llari 

haqida ma‟lumot berish. 



1.2. Idеntiv o„quv mаqsаdlаri: 

1.2.1. Parazitizmning kelib chiqishi haqida gapira oladi. 

1.2.2.  Parazitlarni  xo„jayin  organizmiga  kirish  yo„llari 

to„g„risida tushunchaga ega.  



1.3.  Dars  shakli:  guruh va  mikroguruhlarda  ishlash, hikoya 

qilish. 



1.4. Metod va usullar: Kuzatish, suhbat, kolleksiyalardan va 

jadvallardan foydalangan holda  o„rgatish. 



1.5. Kerakli jihozlar: ko„rgazmali qurollar, kolleksiyalar va 

jadvallar. 



O„qituvchi 



O„quv mashg„ulotini tashkil qilish bosqichi: 

2.1. Маvzu e‟lon qilinadi. 

2.2. Ма‟ruza boshlanadi, аsosiy qismlari bayon qilinadi. 

O„qituvchi,15 

daqiqa 



Guruhda ishlash bosqichi: 

3.1. Talabalarga muammoli savol beriladi. 

3.2.  Тalabalar  fikri  eshitiladi,  boshqa  talabalar  bahsga 

chaqiriladi. 



3.3. Umumiy xulosalar chiqariladi. 

3.4. Umumiy xulosaga kelinadi . 

O„qituvchi-

talaba, 

40 daqiqa 



Mustahkamlash va baholash bosqichi: 

4.1 Parazitizmning kelib chiqishi.  

      Parazitizmning  kelib  chiqishi  to„g„risida  o„z  fikringizni 

bildiring.  

      Parazitlarni 

xo„jayin 

organizmiga 

kirish 

yo„llari 



to„g„risida tushuncha bering.  

4.2. Eng faol talabalar (baholash mezoni asosida) baholanadi. 

O„qituvchi, 

15 daqiqat 



O„quv mashg„ulotini yakunlash bosqichi: 

5.1.Talabalar bilimi tahlil qillinadi. 

5.2. Mustaqil ish topshiriqlari beriladi. 

5.3.  O„qituvchi  o„z  faoliyatini  tahlil  qiladi  va  tegishli 

o„zgartirishar kiritadi. 



O„qituvchi, 

10 daqiqa 

 

Аsоsiy sаvоllаr: 

1.

 



Parazitizmning kelib chiqishi.  

2.

 



Parazitlarni xo„jayin organizmiga kirish yo„llari.  

Mаvzugа оid tаyanch tushunchаlаr vа ibоrаlаr. Ektoparazitlar, endoparazitlar, 

ekzogenli  yo‘l,  endogenli  yo‘l,  resperator  yo‘l,  kon'yuktival  zararlanish,  prenatal 

zararlanish.  

1-sаvоl  bo„yichа  dаrs  mаqsаdi:  Talabalarga  parazitizmning  kelib  chiqishi 

to„g„risida ma‟lumot berish.  



Idеntiv o„quv mаqsаdlаri: 

1.

 



Parazitizmning kelib chiqishi haqida gapira oladi.  

 

 

Birinchi sаvоlning bаyоni:  

Parazitizmni  kelib  chiqishi.  Yer  yuzida  organik  olamni  paydo  bo„lishi  bilan 

birga parazitlar qachondan paydo bo„lgani haqida turli fikrlar mavjud bo„lsada, aniq bir 

to„xtamli  fikr  yo„q.  Lekin  turli  mulohazalar  yuritish  uchun  asos  bo„ladigan  dalillar 

mavjud.  

Yer yuzidagi barcha parazitlar evolyutsion taraqqiyot jarayonida erkin yashovchi 

organizmlardan kelib  chiqqan.  Parazitlik  turli hayvonlar  guruhlarida  turli  yo„llar  bilan 

boradi.  

Ye.N. Pavlovskiy parazitlar yerda hayot paydo bo„lishidan bir oz yoshroq deydi. 

Evolyutsion  taraqqiyot  jarayonida  parazitlar  dastlab  sodda  organizmlar  orasida  paydo 

bo„lgan.  Ko„pchilik  sodda  organizmlar  chuvalchanglarda  parazitlik  qiladi.  Demak, 

sodda hayvonlarni parazitlikka o„tishi chuvalchanglarni evolyutsiyasi bilan bog„liq. 

Chuvalchanglarda  parazitizmni  paydo  bo„lishi  to„g„risida  ham  turli  fikrlar 

mavjud.  Bir  guruh  olimlarni  fikricha  chuvalchanglardagi  parazitizm  umurtqali 

hayvonlarni  kelib  chiqishi  bilan  bog„liq.  Chunki  jinsiy  voyaga  yetgan  deyarli  barcha 

parazitlar umurtqali hayvonlarning parazitlari hisoblanadi. 

K.I.  Skryabin  va  V.M.  Ivashkinlar  bir  qator  tarixiy  dalillar,  eksperimental  ishlar 

asosida  bu  masalani  boshqacharoq    talqin  qiladilar.  Gelmintlar  avval  umurtqasizlarda 

rivojlangan,  chunki  evolutsion  taraqqiyot  jarayonida  umurtqalilar  keyinchalik  paydo 

bo„lgan. Shuning uchun umurtqalilar gelmintlar uchun birlamchi xo„jayin bo„lolmaydi 

deydi va bir qancha misollar keltiriladi.  

Sestodalar  avval  ko„ptuklilar  va  qisqichbaqasimonlar  tanasida  yashagan,  hatto 

ularda  jinsiy  voyaga  yetib,  avlod  ham  bergan.  Taraqqiyotining  keyingi  bosqichlarida 

sestodalar  qushlar  va  sutemizuvchilarga  o„tgan.  Shu  tariqa  birlamchi  xo„jayin  

umurtqasizlar  oraliq  xo„jayinlarga  aylangan.  Akantosefallar  avval  mollyuskalarda  va 

qisqichbaqasimonlarda  parazitlik  qilgan,  umurtqalilar  paydo  bo„lganidan  keyin,  ularni 

rivojlanish  sikllarida  ishtirok  etib,  oraliq  xo„jayinlariga  aylangan.  Trematodalarda 

birlamchi  xo„jayinlari  mollyuskalar  bo„lgan,  umurtqalilar  paydo  bo„lganidan  keyin 

mollyuskalar  ularni  oraliq  xo„jayinlariga  aylangan.  Taxminlarga  ko„ra  parazit 

chuvalchanglar  Paleozoy  erasining  silur  va  devon  davrlarida  paydo  bo„lgan. 

Hasharotlardan  -  ikkiqanotlilar  va  pardaqanotlilarni  parazitlikka  o„tishi  Yura  davridan 

boshlangan. 

Yashash  joyiga  qarab  parazitlar  tashqi-ektoparazitlar  (bunda  parazit  xo„jayini 

tanasining  sirtida)  va  ichki-endoparazitlarga  bo„linadi  (bunda  parazit  xo„jayini 


 

tanasining  ichki  to„qima  yoki  bo„shliqlarida  yashaydi).  Evolyutsion  taraqqiyot 

jarayonida ularning kelib chiqishida umumiy belgilar bilan birga individual farqlar ham 

kuzatiladi.  Har  ikkala  guruhlar  asosida  oziqlanish  va  yashash  makoni  sifatida 

foydalanish manfaatdorligi yotadi. 

Ko„pchilik  ektoparazitlar,  asosan  parazitlikka  avval  yirtqichlik  qilib  hayot 

kechiruvchilardan  o„tgan.  Ektoparazitlik  ko„proq  bo„g„imoyoqlilarda  (kanalar, 

parxo„rlar,  junxo„rlar,  bitlar,  burgalar  va  boshqalar)  uchraydi  va  bu  jarayon  birdaniga 

yuzaga kelmagan. Bo„g„imoyoqlilar umurtqali hayvonlar bilan uzoq  vaqt bog„lanishda 

(kontaktda) bo„lishi bilan bog„liq. Evolyutsiya jarayonida oziqlanish muddatini uzayib 

borganini  kuzatish  mumkin:  iskabtoparlarning  urg„ochilari  bir  daqiqadan  ozroq,  tayga 

kanasi 6–8 kun, burgalar xo„jayuinlarida hayotini ko„p qismini, bitlar esa xo„jayinlarida 

hayoti davomida, ya‟ni doimiy yashaydi. 

Ektoparazitlarning  paydo  bo„lishida  yana  boshqa  yo„llar  ham  mavjud,  ya‟ni 

ko„pchilik  umurtqasizlar  umurtqali  hayvonlarning  terisi,  jabra  yoriqlariga  yopishib 

hayot  kechirishi  bilan  ham  bog„liq.  Ular  teriga  borgan  sari  botib  kirib,  to„qimalar 

hisobiga  oziqlanishga  o„tgan  va  shu  guruh  hayvonlardan  parazit  qisqichbaqasimonlar 

kelib chiqqan. Yana bir yo„li kommensalizm orqalidir. Bunga misol qilib parxo„rlarni, 

qush  kanalarini  olish  mumkin.  Ularning  dastlabki  avlodlari  qushlarni  kommensallari 

bo„lgan.  Avvaliga  qushlarning  inlarida  organik  qoldiqlar  hisobiga  oziqlangan. 

Keyinchalik  tanasiga  o„tib,  (uy  egalariga  o„tgan)  tana  shox  moddalari  hisobiga 

oziqlanishga o„tgan. 

Endoparazitlarning  kelib  chiqishi  ektoparazitlarning  kelib  chiqishi  bilan  bog„liq. 

Terida  parazitlik  qiluvchi  infuzoriyalarning  bir  guruhi,  ayrim  hasharotlarning 

lichinkalari endoparazitlarga aylangan. 

Endoparazitlarning  kelib  chiqishini  tushunish  juda  murakkab.  Ayrim  hollarda 

endoparazitizm, ektoparazitizmdan kelib chiqqan. Masalan, saqoqushlarni ektoparaziti-

kana avvaliga patxo„rlik bilan oziqlangan, keyinchalik tumshuq osti xaltasiga o„tib, qon 

hisobiga  oziqlanishga  o„tgan.  Ko„pchilik  hollarda  endoparazitlar  ichak  parazitlaridan 

kelib chiqqan. Ichak oziqa mahsulotlariga boy bo„lib, ko„pchilik parazitlar uchun qulay 

hisoblanadi.  Ichak  kommensallari  xo„jayinni  chiqindi  oziqasi  hisobiga  emas,  xo„jayin 

oziqasiga  sherik  bo„lib  kommensallikdan  to„g„ridan-to„g„ri  parazitlikka  o„tadi. 

Endoparazitlarning  kelib  chiqishini  yana  o„ziga  xos  xususiyatlaridan  biri,  tabiatdagi 

erkin  yashovchi  umurtqasizlarning  sistalari,  tuxum  va  lichinkalari,  tasodifan  boshqa 

organizmlarning  ovqat  hazm  qilish  sistemasiga  tushib  qolgan,  u  yerda  rivojlanishni 

davom  ettirgan  va  shu  holat  bir  nechta  avlodda  takrorlanib,  keyin  ichak  parazitlari 

vujudga  kelgan.  Ko„pchilik  bir  hujayralilarda  va  nematodalarda  endoparazitlik  asosan 

shu yo„l bilan kelib chiqqan.  

Qon parazitlari ham avval ichakda parazitlik qilib, keyin turli yo„llar bilan qonga 

o„tib, qon parazitlariga aylangan. Bunda qon parazitlari ichak bo„shlig„ida yashaydigan 

parazitlardan kelib chiqqaniga shubha yo„q. 

Umurtqali  hayvonlarni  qonida  yashaydigan  parazitlar,  oldin  umurtqasizlarning 

ichak  parazitlari  bo„lgan.  Umurtqasizlar  umurtqalilarni  qonini  so„rib  parazitlarni 

yuqtirgan  (Plasmodium  avlodi  vakillari  umurtqasizlar  ichagida  va  umurtqali 

hayvonlarni qonida parazitlik qiladi). 


 

Endoparazitik  hayotga  o„tish  ba‟zan  erkin  yashovchi  organizmlarni  instinktini 

o„zgarisi  natijasida  ham  yuzaga  keladi.  Masalan,  Volfart  pashshasi  tirik  tug„adi.  Ular 

lichinkalarini hayvonlarni burun bo„shlig„iga, og„iz bo„shlig„iga, quloq suprasining ichiga 

qo„yadi. Bu lichinkalar jag„lar orasiga, peshana suyaklari orasiga kirib endoparazitik qilib 

hayot kechiradi.  

Parazitlar  uchun  suv  va  quruqlikdagi  tirik  organizmlarning  barcha  organ  va 

to„qimalari yashash muhiti bo„lib xizmat qiladi. 



Muhоkаmа uchun sаvоllаr:  

1. Turli olimlarni parazitizmni kelib chiqishi haqida bildirgan fikrlarini izohlang.  

2. Yashash joyiga qarab parazitlar qanday guruhlarga bo„linadi?  

2-sаvоl  bo„yichа  dаrs  mаqsаdi:  Parazitlarni  xo„jayin  tanasiga  kirish  yo„llari 

to„g„risida talabalarga ma‟lumot berish.  



Idеntiv o„quv mаqsаdlаri: 

1. Parazitlarni xo„jayin tanasiga kirish yo„llari to„g„risida fikr bildira oladi.  

 

Ikkinchi sаvоlning bаyоni:  

Parazitlarni  xo„jayin  tanasiga  kirish  yo„llari.  Parzitizmni  kelib  chiqishi  bilan 

parazitlarni  xo„jayinlariga  kirish  yo„llari  bir-biri  bilan  bog„liq  bo„lgan  muhim 

muammolardan hisoblanadi. 

Parazitlar xo„jayinlari organizmiga asosan og„iz bo„shlig„i va teri qoplami orqali 

o„tadi. 

Parazitologiyada  parazitlarning  teri  orqali  o„tishi  ekzogenli  yo„l,  og„iz  orqali 

o„tishi  esa  endogenli  yo„l  deb  ataladi.  Tabiatda  parazitlarning  endogenli  yo„l  bilan 

o„tishi keng tarqalgan. 

Ekzogenli  yo„l  bilan  yuquvchi  parazitlarga  oid  nematodalardan  -  Ancylostoma 

lichinkalari  tuproqdan  odam  terisi  orqali  qon  aylanish  tizimiga,  undan  nafas  olish 

organlari  va  keyinchalik  doimiy  yashash  joyi  -  ingichka  ichakka  o„tadi. 

Trematodalardan  shistosomalarning  lichinkalari  ham  teri  orqali  yuqadi.  Bir  hujayrali 

hayvonlardan  qon  sporalilar,  leyshmaniyalar,  tripanasomalar;  hasharotlardan  so„nalar 

ekzogen yo„l bilan yuquvchi parazitlar guruhini tashkil etadi. 

Endogenli  yo„l  bilan  ovqat  hazm  qilish  va  nafas  olish  organlarida,  shuningdek, 

jigar,  miya  va  muskullar  ichida  yashovchi  parazitlarga  –askaridalar,  tasmasimon 

chuvalchanglar,  trematodalar  va  akantosefallar  kiradi.  Ko„pchilik  parazitlar 

xo„jayinlariga asosan peroral yo„l bilan o„tadi (masalan, turli o„txo„r hayvonlar oziqalari 

orqali parazitlarni tuxum va lichinkalarini yutadi). 

Shuningdek,  parazitlar  xo„jayini  organizmiga  jinsiy  teshiklar,  burun  bo„shlig„i, 

ko„z va quloq orqali ham o„tishi mumkin. Ba‟zi parazitlar esa bachadon devori orqali 

rivojlanayotgan  embrionga  o„tadi  (exinokokk,  ankilostoma,  protostrongilidlar  va 

boshqalar). 

Resperator yo„l bilan nafas olish a‟zolari orqali: Trematodalarning serkariylari. 

Anal teshigi, kloaka orqali kirish: Monogeniyalardan - Polistoma integerrum. 

Konyuktival zararlanish: yirik shoxli qoramollarni telyaziyalar bilan zararlanishi: 



Thelaziidae. 

Ona  suti  bilan  zararlanish:  dengiz  cho„chqalarini  eksperimental  yo„l  orqali 

askaridalar bilan zararlantirilgan, ularning sut bezlaridan askarida lichinkalari topilgan.  


 

Prenatal  zararlanish:  turli  parazitlar  bilan  ona  qornidagi  embrionni  zararlanishi: 

1676-yilda  Forman  yangi  tug„ilgan  qo„zichoqlarning  jigar  o„t  yo„llaridan  jigar  qurtini 

topgan. Ona organizmidagi embrionni jigar qurti lichinkalari bilan zararlanganligi ham 

kuzatilgan. 

Voyaga  yetgan  gelmintlar  bilan  bevosita  zararlanish:  ko„pchilik  hayvonlarda 

ayniqsa,  qushlarda  o„z  bolalarini  oshqozonidagi  yoki  jig„ildonidagi  ovqatni  qaytarib 

chiqarib  berish  xususiyati  bor.  Shu  vaqtda  ovqat  bilan  birga  voyaga  yetgan  gelmintlar 

ham  o„tib  qolishi  mumkin.  Bu  zararlanishni  biossiklik  parazitizm,  pastsiklik  xo„jayin 

deyiladi. 



Muhоkаmа uchun sаvоllаr:  

         1. Parazitlarni xo„jayin organizmiga kirish yo„llarini bayon qiling.  

 

 

5-mavzu: Parazitlarning yashash sharoitiga morfologik adaptatsiyalari. 



Devastatsiya ta‟limoti. 

Fanni o„qitish texnologiyasi:  

“Parazitlarning yashash sharoitiga morfologik adaptatsiyalari. Devastatsiya 

ta‟limoti” mavzusidagi ma‟ruza mashg„ulotining texnologik xaritasi 

№ 

Bosqichlar va bajariladigan 

ish mazmuni 

Amalga 

oshiruvchi 

shaxs, vaqt 



Tayyorlov bosqichi: 

1.1. 

Dars 

maqsadi:

 

Talabalarga 



parazitlarni 

morfologik  adaptatsiyalari  va  Devastatsiya  ta‟limoti  haqida 

ma‟lumot berish.  

1.2. Idеntiv o„quv mаqsаdlаri: 

1.2.1. 

Parazitlarni 

morfologik 

adaptatsiyalari 

haqida 

ma‟lumot bera oladi.  



1.2.2. Devastatsiya ta‟limotini izohlaydi.  

1.3.  Dars  shakli:  guruh va  mikroguruhlarda  ishlash, hikoya 

qilish. 



1.4. Metod va usullar: Kuzatish, suhbat, kolleksiyalardan va 

jadvallardan foydalangan holda  o„rgatish. 



1.5. Kerakli jihozlar: ko„rgazmali qurollar, kolleksiyalar va 

jadvallar. 



O„qituvchi 



O„quv mashg„ulotini tashkil qilish bosqichi: 

2.1. Маvzu e‟lon qilinadi. 

2.2. Ма‟ruza boshlanadi, аsosiy qismlari bayon qilinadi. 

O„qituvchi, 

15 daqiqa 



 

Guruhda ishlash bosqichi: 

3.1. Talabalarga muammoli savol beriladi. 

3.2.  Тalabalar  fikri  eshitiladi,  boshqa  talabalar  bahsga 

chaqiriladi. 



3.3. Umumiy xulosalar chiqariladi. 

3.4. Umumiy xulosaga kelinadi . 

O„qituvchi-

talaba, 

40 daqiqa 



Mustahkamlash va baholash bosqichi: 

O„qituvchi, 

 

4.1 Parazitlarni morfologik adaptatsiyalari.  

      Parazitlarni  morfologik  adaptatsiyalari  haqida  ma‟lumot 

bering.  

      Devastatsiya ta‟limotini tushuntiring.  



4.2. Eng faol talabalar (baholash mezoni asosida) baholanadi. 

15 daqiqat 



O„quv mashg„ulotini yakunlash bosqichi: 

5.1.Talabalar bilimi tahlil qillinadi. 

5.2. Mustaqil ish topshiriqlari beriladi. 

5.3.  O„qituvchi  o„z  faoliyatini  tahlil  qiladi  va  tegishli 

o„zgartirishar kiritadi. 



O„qituvchi, 

10 daqiqa 

Аsоsiy sаvоllаr: 

1.

 



Parazitlarni morfologik adaptatsiyalari.  

2. Devastatsiya ta‟limoti.  



Mаvzugа  оid  tаyanch  tushunchаlаr  vа  ibоrаlаr.  Morfologik  progressiv 

adaptatsiyalar,  morfologik  regress  adaptatsiyalar,  biologik  adaptatsiyalar,  ger-

mafrodit, devastatsiya ta’limoti.  

1-sаvоl  bo„yichа  dаrs  mаqsаdi:  Talabalarga  parazitlarni  morfologik 

adaptatsiyalari haqida ma‟lumot berish.  



Idеntiv o„quv mаqsаdlаri: 

1.

 



Parazitlarni morfologik adaptatsiyalari haqida ma‟lumot bera oladi.  

 

Birinchi sаvоlning bаyоni:  



Parazitlarni  morfologik  adaptatsiyalari.  Parazit  va  xo„jayin  bir-biri  bilan 

o„zaro  yaqin  hamkorlikda  yashaydi.  Lekin  parazitlar  xo„jayini  organizmiga  har 

tomonlama  ta‟sir  qiladi.  Bu  albatta,  parazitning  turiga,  organizmdagi  yashash  joyiga, 

parazitning 

miqdoriga,  organizmning 

yoshi 


va 

umumiy 


holatiga,  himoya 

moslamalarning xarakteriga hamda tashqi muhit sharoitiga bog„liq. 

 

Xo„jayin  organizmi  sharoiti  tashqi  muhit  sharoitlaridan  keskin  farq  qiladi.  Buni 



oqibatida evolyutsion taraqqiyot jarayonida parazitlarning hayot uchun xos moslamalari 

paydo  bo„lgan.  Ko„payishi  va  rivojlanishida  o„zgarishlar  sodir  bo„lgan.  Natijada, 

parazitik  hayot  uchun  mos  ayrim  organlar  rivojlanib,  ayrim  kerak  bo„lmaganlari 

reduktsiyaga uchragan. 

Parazitlikka  o„tishdagi  morfologik  adaptatsiyalar  evolyutsion  xarakterga  ega 

bo„lib, uch xil tipga ajratiladi:  

1.  Morfologik  progressiv  adaptatsiyalar,  parazitik  hayot  uchun  kerak  bo„lgan 

a‟zolarni paydo bo„lishi: turli yopishuv organlari (so„rg„ich, ilmoq, xitinli tishchalar va 

boshqalar),  ovqat  hazm  qilish  organlarini  kuchli  rivojlanishi,  nasldorlik  va  boshqalar 

(bitlar, kanalar, parxo„rlar). 

2.  Morfologik  regress  adaptatsiyalar:  parazitik  hayot  uchun  kerak  bo„lmagan 

a‟zolarni yo„qolishi (qanotlar, nafas olish organlari, rangni yo„qolishi va boshqalar).  

3.  Biologik  adaptatsiyalar:  evolyutsion  taraqqiyot  natijasida  parazitlarning 

rivojlanish  siklidagi  o„ziga  xoslik,  ko„p  nasl  qoldirish  va  boshqalar.  Bular  asosan 

mexanik ta‟sir, xo„jayinning normal  rivojlanishi uchun  zarur bo„lgan oziq  moddalarini 

iste‟mol qilish, har xil zaharli moddalar (toksinlar) ishlab chiqarish, xilma-xil patogenli 



 

mikroblar va viruslarning xo„jayin organizmiga kirishi uchun yo„l ochib berish, xo„jayin 

organizmining darmonsizlanishiga olib keladigan ta‟sirlardan iborat. 

Mexanik  ta‟sirda  parazitlar  xo„jayinining  to„qima  va  organlarida  yashab,  ularni 

mexanik  jihatdan  qattiq  shikastlaydi.  Yirik  va  ko„p  sondagi  ichak  parazitlari 

(askaridalar, sestodalar) ichak bo„shlig„iga tiqilib qolib, ichakdan moddalarni o„tkazmay 

qo„yadi. 

Exinokokkning lichinkalik pufaklari o„pka va jigar hajmining kattalashishiga olib 

keladi,  to„qimalarni  qisib  qo„yadi.  Senur  lichinkalik  davrida  bosh  va  orqa  miyalarda 

o„rnashib,  shishlar  hosil  qiladi.  Bu  shishlar  miyani  morfologik  jihatdan  buzadi  va 

faolligini  izdan  chiqaradi.  Ko„pgina  trematodalar,  sestodalar,  nematodalar, 

akantotsefallar,  qisqichbaqasimonlar,  kanalar  va  hasharotlar  hosil  qilgan  shikastlar 

orqali  xo„jayin  organizmiga  xilma-xil  zararli  mikroblar,  viruslar  kiradi  va  boshqa 

turdagi kasalliklarning kelib chiqishiga sabab bo„ladi. 

Parazitlarda  har  xil  yopishuv  organlarning  bo„lishi  ham  ularning  eng  muhim 

xususiyatlaridan  hisoblanadi.  Parazitlar  ana  shu  yopishuv  organlari  yordamida 

xo„jayiniga  mustahkam  bog„langan  holatda  yashaydi.  Yopishuv  organlar  ham 

parazitizm hodisasi tufayli vujudga kelgan. Ular ektoparazitlarda ham, endoparazitlarda 

ham har xil ko„rinishda uchraydi. 

Ilmoqlar  parazitlarning  eng  asosiy  yopishuv  organi  bo„lib,  ular  bir  hujayrali 

hayvonlardan  tortib,  hasharotlarda  ham  uchraydi.  Bir  hujayrali  hayvonlardan 

infuzoriyalar  va  gregarinalarda  bo„ladi.  Parazit  chuvalchanglardan  monogeniyalarda 

ilmoqlar juda ham ko„p uchrab, ular ayniqsa, parazit tanasining orqa uchidagi disklarda 

16 tadan joylashgan bo„ladi. 

 

Tasmasimon chuvalchanglarda ham ilmoqlar yaxshi rivojlangan, ular skoleksning 



o„rta qismida – maxsus «do„nglik»da bir qator yoki bir necha qator bo„lib o„rnashgan. 

Ilmoqlarning  joylashishi,  katta-kichikligi,  shakli  va  soniga  qarab  tasmasimon 

chuvalchanglarning  turlari  keskin  farq  qiladi.  Shuning  uchun  sestodalar  sinfi  tasnifida 

ilmoqchalar  muhim  sistematik  belgi  hisoblanadi.  Shuningdek,  sestodalarning 

lichinkalarida ham ilmoqchalar soni 6 tadan 10 tagacha o„zgarib turadi. 

 

Akantosefallarda ham ilmoqlar kuchli taraqqiy etgan va yagona yopishuv organi 



hisoblanib, ular maxsus xartumlarda joylashgan. 

 

Nematodalarda  ilmoqchalar  boshqa  gelmintlardagiga  nisbatan  juda  oz  miqdorda 



uchraydi.  Ilmoqchalar  asosan  xitinli  tishchalar  ko„rinishida  og„iz  bo„shlig„i  va  uning 

atrofida bo„ladi. 

Bo„g„imoyoqlilarning panjalari uchida  joylashgan  tirnoqchalar  ham  yopishuvchi 

ilmoqlar vazifasini bajaradi (bitlar, burgalarda). 

 

So„rg„ichlar  ham  asosiy  yopishuv  organlar  funksiyasini  bajaradi.  Ular,  ayniqsa, 



ektoparazitlarda  kuchli  rivojlangan.  Monogeniyalarda  uchraydigan  so„rg„ichlar 

gavdasining oldingi va orqa uchida  joylashgan. 

 

Trematodalarda, odatda, 2 ta so„rg„ich bo„lib, ular og„iz va qorin so„rg„ichlari deb 



ataladi.  Tasmasimon  chuvalchanglarning  ko„pchilik  turlarining  bosh  qismida  asosan  4 

tadan so„rg„ichlari bo„ladi. 

 

Tipik 


so„rg„ichlar 

bo„g„imoyoqlilarda 

ham 

uchraydi. 



Parazit 

qis-


qichbaqasimonlarda maksillalar hisobiga vujudga kelgan so„rg„ichlarni ko„rish mumkin. 

 

 

Parazitlik  qilib  hayot  kechirish  natijasida  ko„pchilik  hayvonlarning  ovqat  hazm 



qilish  sistemasida  ham  tub  o„zgarishlar  ro„y  bergan.  Shunga  ko„ra  parazitlarning 

oziqlanish  xususiyatlari  erkin  yashovchi  hayvonlardan  keskin  farq  qiladi.  Har  xil 

parazitlar  ovqat  hazm  qilish  sistemasidagi  o„zgarishlar  turli  yo„nalishlar  bo„yicha 

boradi.  Chunonchi,  qon  bilan  oziqlanuvchi  parazitlarning  ichagi  juda  ko„p  miqdorda 

oziqni  qabul  qilib  olishga  muvofiqlashgan  bo„lib  (masalan,  zuluklar,  chivinlar, 

pashshalar,  kanalar),  ichagi  morfologiyasiga  ko„ra  o„zgarmasdan,  uning  devori  elastik 

cho„ziluvchan bo„lganligidan oziqni qabul qilgan sari hajmi kengayadi. Shunga muvofiq 

ravishda  parazitning  gavdasi  (qorin  qismi)  ham  kattalashadi.  Bir  guruh  parazitlarda 

(masalan,  zuluklar,  kanalar,  ayrim  bo„g„imoyoqlilarda)  ichaklari  shoxlanib,  yuzasi 

kengaygan  bo„ladi  va  bir  vaqtning  o„zida  juda  ko„p  miqdordagi  oziqni  sig„dira  oladi. 

Bunday  parazitlar  bir  marta  oziq  moddasini  g„amlab  olgan  holda  uzoq  vaqt  (2–3 

yilgacha)  oziqlanmay  yashay  oladi.  Bundan  tashqari,  qon  bilan  oziqlanuvchi  ba‟zi 

parazitlar  (zuluklar)  qonning  ivib  qolmasligi  uchun  unga  maxsus  bezlardan  gemofilin 

yoki girudin moddasini yuboradi. 

 

Boshqa  guruh  parazitlarda  yuqorida  qayd  etilgan  o„zgarishlarning  teskarisi 



kuzatiladi,  ya‟ni  ularda  ovqat  hazm  qilish  organlari  qisqarib  ketgan.  Ular  oziq 

moddalarni  butun  gavdasi  orqali  so„rib  oladi  (tasmasimon  chuvalchanglarda). 

Trematodalarda ham ichak ancha qisqargan bo„ladi. 

 

Bir guruh endoparazitlarda hazm organlarining reduksiyalanib ketishiga sabab, bu 



parazitlar  tayyor  holdagi  suyuq  oziq  (qon,  limfa  suyuqligi,  shiralar)  ichida 

yashashidadir. Ular ham tayyor oziqni osmotik usulda qabul qiladi. 

 

Parazitlarning  hayot  faoliyatidagi  dominant  funksiyalardan  yana  biri  ularning 



ko„payishi,  ya‟ni  avlod  qoldirishidir.  Parazitlarda  germafroditizm  va  jinsiy  organlari 

faoliyati nihoyatda kuchaygan bo„lib, serpushtlilik hodisasi yuqori darajada turadi. 

 

Ma‟lumki, parazitlar xo„jayinining turli to„qima va organlarida yashaydi. Shunga 



ko„ra,  ayrim  jinsli  parazitlar  hamma  vaqt  ham  bir-biri  bilan  jinsiy  qo„shilish 

imkoniyatiga ega emas. Bu holat ularning nasl qoldirishini qiyinlashtiradi va tur sifatida 

yashashini  cheklaydi.  Shunday  noqulaylikni  evolyutsion  taraqqiyotning  o„zi  bartaraf 

etgan,  ya‟ni  parazitlar  ayrim  jinslilikdan  germafroditlikka  o„tgan.  Germafrodit 

organizmlarda  esa  avlod  qoldirish  ancha  kafolatlangan  bo„ladi.  Ko„pchilik  parazitlar 

nihoyatda  serpusht  bo„lib,  juda  ko„p  miqdorda  tuxum  qo„yadi.  Lekin  bu  xususiyat 

quyidagi ikki holat bilan bog„liq. 

 

Birinchidan,  parazitlar  cheklanmagan  oziq  moddasi  bo„lganligi  tufayli,  uni 



cheklanmagan  miqdorda  iste‟mol  qiladi.  Bu  esa  ularning  jinsiy  organlari  sistemasini 

yanada rivojlanishi va faoliyatining kuchayishiga olib keladi. 

 

Ikkinchidan,  ko„p  nasl  qoldirgan  parazitlargina  tabiiy  tanlanish  davomida  tur 



sifatida  saqlanib  qolgan.  Ko„p  nasl  qoldirish,  ayniqsa,  parazit  chuvalchanglarda 

uchraydi. 

 

Nematodalarning erkin yashovchi vakillari odatda o„n va yuzlab tuxum qo„yadi. 



Lekin parazit turlari nihoyatda serpusht bo„ladi. Kichkinagina trixinella 10 mingtagacha 

lichinka tug„sa, ankilostoma 4–5 yillik hayoti davomida 25–30 mln. ta tuxum qo„yadi. 

Odam  askaridasi  bir kecha-kunduzda  250 ming, 5–6 oylik  hayoti davomida  esa 50–60 

mln. dona tuxum qo„yadi. 



 

 

Serpushtlilik  tasmasimon  chuvalchanglarda  ham  kuchli  rivojlangan.  Masalan, 



cho„chqa  tasmasimon  chuvalchangi  o„z  hayoti  davomida  200–300  mln.  dona  tuxum 

qo„ysa,  shu  avlodga  kiruvchi  qoramol  tasmasimon  chuvalchangi  bir  kecha-kunduzda 

500 mln., bir yilda 440 mln., 10–15 yillik hayoti davomida esa 10 mlrd. 700 mln. dona 

tuxum qo„yadi.  

 

Ankilostomalar  bir  sutkada  25000,  fasciolalar  48000  ta  tuxum  qo„yadi.  Ba‟zida 



oddiy  termik  ishlovni  yetarli  emasligi  parazitar  kasalliklar  tarqalishiga  sabab 

bo„ladi(opistorxoz, difillobotrioz va boshqalar). 

 

Parazitlar  juda  ko„p  miqdorda  tuxum  qo„ysada,  bu  tuxumlarning  ming  ba‟zan 



milliondan bir ulushidangina yangi avlod yetiladi. 

 

Parazitlarning jinsiy mahsulotlari ortib borishi bilan bog„liq holda ularning jinsiy 



organlar  sistemasi  ham  tobora  kattalashib,  soni  ko„payib  boradi.  Jumladan, 

trematodalarda gavda hajmining asosiy qismini jinsiy organlar sistemasi egallab turadi. 

Tasmasimon chuvalchanglarda u butun proglottidlar yuzasini egallashidan tashqari, har 

bir proglottidda bitta erkak va bitta urg„ochi jinsiy organ sistemasi joylashgan bo„ladi.  



Yüklə 3,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin