Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti p a r a z I t o L o g I ya


Parazitlarni  xo„jayinlari  bilan  o„zaro  bog„lanishi



Yüklə 3,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/49
tarix07.03.2017
ölçüsü3,75 Mb.
#10617
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49

Parazitlarni  xo„jayinlari  bilan  o„zaro  bog„lanishi.  Parazitlar  xo„jayinlarining 

(odam, hayvon, o„simliklar) barcha organ va to„qimalarini zararlaydi. Masalan, ichakda 

askaridalar,  bolalar  gijjasi,  tasmasimon  chuvalchanglar,  lyambliya,  amyoba, 

trixomonadalar; o„t yo„llarida lyambliya, jigar va mushuk ikki so„rg„ichlilari; teri ostida 

rishta;  to„qimalarda  trixinella  lichinkalari;  qon  tomirlarida  shistosomalar;  o„pkada 

toksokara, askarida va boshqalar uchraydi.  

Parazitlar  tabiatda  tur  sifatida  saqlanib  qolishi  uchun,  ko„payish  jarayonida 

xo„jayin organizmidan chiqib, tashqi muhitga, boshqa xo„jayinlarga o„tadi. Parazitlarni 

bitta  xo„jayindan  ikkinchi  bir  xo„jayinga,  xo„jayinlaridan  tashqi  muhitga  o„tish 

mexanizmlari  va  taxminiy  xo„jayinlar  bo„lishi  mumkin  bo„lgan  organizmlar  doirasini 

kengligi,  albatta,  ularni  tabiatda  keng  tarqalishini  ta‟minlaydi.  Parazitlarni  vaqtincha 

yoki doimiy o„z hisobiga oziqlantiradigan organizmlar parazitning xo„jayinlari deyiladi. 

Parazit xo„jayinlari bir necha xil bo„ladi. 

Turli-tuman  parazitlar  o„zlarini  rivojlanishida  bitta,  ikkita  va  undan  ko„proq 

xo„jayinlarda  yashashlari  mumkin.  Shuning  uchun  parazitlarga  xos  oxirgi  (definitiv, 

asosiy),  oraliq,  qo„shimcha,  rezervuar  xo„jayinlar  mavjud.  Xo„jayinlarning  bu  darajada 

xilma-xil  bo„lishiga  sabab,  ular  yordamida  parazitlar  tabiatda  keng  tarqaladi  va  tur 

sifatida saqlanib qoladi.  

Parazitning  jinsiy  voyaga  yetgan  davri  yashab,  uning  jinsiy  yo„l  bilan 

ko„payadigan davri kechadigan hayvon organizmi asosiy xo„jayin hisoblanadi.  

Parazitlarning  asosiy  xo„jayinlari  har  xil  guruhlarga  mansub  hayvonlar  bo„lishi 

mumkin. Masalan, exinokokkning asosiy xo„jayinlari-itlar, bo„rilar, tulkilar, mushuklar 

va boshqa go„shtxo„rlar, ya‟ni yirtqich hayvonlardir, qoramol va cho„chqa tasmasimon 

chuvalchanglarining  asosiy  xo„jayini  odam,  toksoplazmaning  asosiy  xo„jayini 

mushuklar hisoblanadi.  


 

Oraliq  xo„jayinlarda  parazitlarning  tuxum  va  lichinkalik  davrlari  rivojlanadi. 

Parazitlar  oraliq  xo„jayinlarida  partenogenetik  (jinssiz)  yo„l  bilan  ko„payishi  ham 

mumkin. Masalan, Jigar qurtining lichinkalari.  

Qo„shimcha  xo„jayinlar,  aslida  parazitlarning  ikkinchi  oraliq  xo„jayinlari  ham 

deyiladi. Ularda parazit lichinkalarining ma‟lum bir rivojlanish davrlari o„tadi. Masalan, 

keng  tasmasimon  chuvalchangda  birinchi  oraliq  xo„jayinlari  sikloplar,  ikkinchi  oraliq 

xo„jayinlari esa baliqlar hisoblanadi. 

Rezervuar xo„jayin deb esa boshqa hayvonlarga yuqtirish mumkin bo„lgan kasal 

qo„zg„atuvchilarini  o„zida  tutgan  hayvonlarga  aytiladi.  Rezervuar  xo„jayinlar 

parazitning rivojlanishida doimo ishtirok etishi shart emas. Lekin rezervuar xo„jayinlar 

parazitning ma‟lum bir rivojlanish davrlarning tarqalishini tezlashtiradi. Masalan, serbar 

tasmasimon  chuvalchang  (Diphyllobotrium  latum)  ning  rivojlanish  davrida  definitiv 

(asosiy, oxirgi) xo„jayinlar – odam, mushuk, it, bo„ri, tulki, ayiq va boshqa yirtqichlar, 

birinchi  oraliq  xo„jayini  mayda  qisqichbaqasimonlardani  –  sikloplar,  ikkinchi  oraliq 

xo„jayinlari,  ya‟ni  qo„shimcha  xo„jayinlari  yuvosh  baliqlar,  rezervuar  xo„jayinlari  esa 

yirtqich  baliqlar  (rezervuar  xo„jayinlari  ishtirok  etishi  ham  etmasligi  ham  mumkin) 

hisoblanadi. 

Demak,  parazitning  rivojlanish  siklida  birinchi  oraliq  xo„jayinlarida  parazitning 

licninka  davri  rivojlanadi.  Ikkinchi  oraliq  xo„jayin-larida  ya‟ni,  qo„shimcha 

xo„jayinlarida  parazitning  ma‟lum  lichinka  bosqichi  o„tadi.  Uchinchi,  ya‟ni  rezervuar 

xo„jayinlar  parazit  rivojlanishida  ishtiroki  majburiy  emas.  Chunki  rezervuar 

xo„jayinlarda parazit rivojlanmaydi, balki saqlanadi, bu esa parazitlarni tabiatda yanada 

kengroq  tarqalishida  muhim  rol  o„ynaydi  (masalan,  tripanasomalar  antilopalarda, 

plerotserkoidlar yirtqich baliqlarda, leyshmaniyalar kemiruvchilarda uzoq saqlanadi). 

V.A.  Dogel  tarifiga  ko„ra,  haqiqiy  (obligat)  parazitlikda  parazit-xo„jayin 

o„rtasidagi munosabatlar o„zaro yaqinligi bilan xarakterlanadi. Parazitlar xo„jayinlarida 

sensibilizatsiya  qo„zg„atib,  allergik  reaksiyalarni  keltirib  chiqaradi.  Xo„jayinlarini 

to„qima  va  organlarini  shikastlaydi,  ularni  funksiyalarini  buzadi.  Parazitlar  xo„jayin 

organizmida  moddalar  va  vitaminlar  so„rilishini  yomonlashtiradi,  anemiya 

rivojlanishiga  olib  keladi.  Parazitlar  xo„jayinlarini  jismoniy  rivojlanishini  susaytiradi, 

mehnat qobiliyatini va aqliy faoliyatini pasaytiradi.  

O„z  navbatida  parazit  ham  xo„jayinning  himoya  reaksiyalaridan  qochib,  ularni 

yo„q  qilishga  harakat  qiladi.  Natijada  ular  o„rtasida  qarama-qarshi  munosabatlar 

kuzatiladi. Parazit-xo„jayin o„rtasidagi o„zaro ta‟sir uch xil shaklda namoyon bo„ladi:  

1.  Parazitni  xo„jayinga  ta‟siri.  2.  Xo„jayinni  parazitga  ta‟siri.  3.  Tashqi  muhitni 

parazit va xo„jayinga ta‟siri. Parazit xo„jayin organizmida turli xil allergik reaksiyalarni 

hosil qilib, turlicha zarar keltiradi.  

Mexanik  ta‟sir-  parazitlar  xo„jayinlarini  to„qima  va  organlarini  shikastlaydi. 

Masalan, ichak parazitlaridan-askarida va sestodalar ichakda ko„payib ketib, moddalarni 

o„tkazmay,  ichakni  shikastlashi  mumkin.  Exinokokk  va  senur  lichinkalari  vistseral 

organlarda  rivojlanib,  ularni  siqib  qo„yadi,  shishlar  hosil  qiladi.  Bular  organlar 

funksiyasini buzilishiga, turli xil yallig„lanish jarayonlari va anemiyani kelib chiqishiga 

sabab  bo„ladi.  Xo„jayin  organizmiga  turli  xil  oziqa  va  vitaminlarni  so„rilishini 

yomonlashtiradi.  Organizmning  immun  sistemasiga  salbiy  ta‟sir  qilib,  organizmni 

kurashish qobiliyatini susaytiradi.  



 

Parazitlar  xo„jayinlariga  mexanik  ta‟sir  bilan  bir  qatorda  toksik  ta‟sir  ham 

ko„rsatadi.  Parazitlar  xo„jayin  organizmiga  tushgandan  keyin  turli  toksinlar  (zahar) 

ishlab chiqaradi. Bu moddalarni organizmga tushishi va tarqalishi xo„jayin organizmida 

turli  intoksikatsiyalarga  olib  keladi.  Natijada  kasalliklarni  kechishi  qiyinlashadi  va  har 

xil og„ir kasalliklarni kelib chiqishiga zamin yaratadi. 

O„z  navbatida  xo„jayin  organizmi  ham  parazitlarga  nisbatan  turli  himoya 

reaksiyalarini ko„rsatadi. Masalan, parazit rivojlanishini to„xtatishi, parazitni o„ldirishi, 

tanasidan  chiqarib  yuborishi  mumkin.  Parazit-xo„jayin  o„rtasida  murosasiz  kurash 

boradi  va  bu  kurashda  bittasi  g„alaba  qozonadi.  Parazit  g„alaba  qozonsa  xo„jayinda 

kasallik  keltirib  chiqaradi.  Xo„jayin  g„alaba  qozonsa  parazitni  organizmidan  chiqarib 

tashlaydi  va  bu  kurash  har  xil  himoya  reaksiyalari  ko„rinishida  namoyon  bo„ladi. 

Organizmda qon parazitlariga qarshi antitelalar hosil bo„ladi, tabiiy immunitetlar paydo 

bo„ladi:  

 

-  hujayra  reaksiyalari,  hujayra  hajmini  kattalashuvi  bilan  boradi.  M:  bezgak 



plazmodiysi  eritrotsitlarga  kirganda  ular  kattalashadi,  normal  eritrotsitlardan  hajmini 

kattaligi bilan farqlanadi;  

 

-  to„qima  reaksiyalari,  parazit  o„z  atrofida  biriktiruvchi  to„qima  yordamida 



chegaralanadi.  Masalan:  trixinella,  qoramol  va  cho„chqa  tasmasimon  chuvalchanglari 

lichinkalari kapsulalari;  

 

-  gumoral  reaksiyalar,  immunitet  hosil  bo„lishi  bilan  boradi.  Parazit  ishlab 



chiqargan  antigenlarga  qarshi,  xo„jayin  organizmida  antitelalar  hosil  bo„ladi. 

Leyshmanioz va tripanasomoz qo„zg„atuvchilari yuqqanda, ularga qarsi immunitet hosil 

bo„ladi.  Xo„jayin  organizmida  kuchli  immunitet  parazitning  lichinkalik  davrida  hosil 

bo„ladi. Ayrim protozoy kasalliklarida (amyobiaz, trixomono„z) vaqtinchalik immunitet 

hosil bo„ladi. Parazit lichinkalik davrida xo„jayin to„qimalari bilan chambarchas bog„liq 

bo„lib, faol antigenlar ishlab chiqaradi.  



 

Parazit-xo„jayin munosabatlari klassifikatsiyasi. Parazit-xo„jayin bir-biri bilan 

o„zaro bog„liq bo„lgan biologik sistema bo„lib, bunday munosabatdan faqat bir tomon, 

ya‟ni  parazit  foyda  ko„radi.  Parazit  xo„jayinga  zararli  ta'sir  ko„rsatib,  kasallik  keltirib 

chiqaradi. Parazitni bu xususiyatiga parazit patogenligi deyiladi.  

 

Ko„pchilik  parazitlar  ayniqsa  gelmintlar  rivojlanish  sikli  xo„jayin  almashtirish 



yo„li  bilan  boradi.  Gelmintlarni  rivojlanish  siklida  oraliq  xo„jayin  ishtirok  etsa  bularni 

biogelmintlar  (mushuk  ikki  so„rg„ichlisi,  qoramol  tasmasimon  chuvalchangi,  keng 

tasmasimon 

chuvalchang 

va 

boshqalar) 



keltirib 

chiqaradigan 

kasalliklarini 

biogelmintozlar  deyiladi.  Gelmintlarni  rivojlanish  siklida  oraliq  xo„jayinlar  ishtirok 

etmasa  geogelmintlar  (askarida,  qilbosh  nematoda  va  boshqalar),  keltirib  chiqaradigan 

kasalliklarini  esa  geogelmintozlar  deyiladi.  Ayrim  gelmintlar  bilan  to„g„ridan-tog„ri 

zararlanish  mumkin  (bolalar  gijjasi),  bunday  gelmintlarni  kontakt  gelmintlar,  ularni 

keltirib  chiqaradigan  kasalliklarini,  kontakt  gelmintozlar  deb  ataladi.  Bu  atamalarni 

fanga  K.I.  Skryabin,  R.S.  Shults,  E.S.  Shulman  va  boshqa  yirik  gelmintolog  olimlar 

tomonidan kiritilgan.  

 

Parazit-xo„jayin  o„rtasidagi  munosabatlar  klassifikatsiyasi  birinchi  marta  K.I. 



Skryabin va R.S. Shults tomonidan ishlab chiqilgan. Avvaliga bu munosabatlarni ikkita 

kategoriyaga bo„lib o„rganilgan. Obligat va fakultativ munosabatlar.  



 

 

Obligat  munosabatda  parazitlarning  yashashi  uchun  eng  qulay  sharoit 



hisoblanadi. Masalan: kartoshka ildizida parazitlik qiluvchi Globodera avlodiga mansub 

sista hosil qiluvchi nematoda, kartoshkada qulay rivojlanadi (haqiqiy kattalikda bo„ladi, 

ko„p  avlod  beradi).  Kartoshkani  pomidor  (tomat)  bilan  almashlab  ekilsa,  parazit 

kartoshka  bilan  bir  avlodda  bo„lgan  pomidor(tomat)da  ham  parazitlik  qilishi  mumkin, 

lekin  parazit  uchun  pomidor  noqulay  sharoit  bo„lib  hisoblanadi.  Pomidor  ildizida 

nematodaning  tanasi  juda  kichrayib  ketadi,  tuxumlarini  soni  ham  kam  bo„ladi.  Demak 

parazit uchun kartoshka obligat xo„jayin, pomidor esa fakultativ xo„jayin hisoblanadi.  

 

Keyinchalik  R.S.  Shults  va  E.A.  Davtyan  yuqoridagi  kategoriyalar 



klassifikatsiyasiga  yana  ikkita,  ya‟ni  koptiv  va  abortiv  kategoriyalarni  kiritadilar. 

Koptiv,  kaptivus-asrga  olmoq,  bunda  parazit  xo„jayin  organizmiga  kirishi  mumkin, 

lekin  bu  xo„jayinda  rivojlanish  davom  etmaydi.  Uni  ko„rinishi,  hajmi  tashqi  muhitda, 

toki xo„jayinga kirguncha qanday bo„lsa shundayligicha saqlanadi. Masalan: odamlarda 

parazitlik 

qiluvchi 

ankilostomalar 

bilan 


kemiruvchilarni 

zararlantirilganda, 

kemiruvchilar  organizmida  parazitning  hech  qanday  rivojlanishi  kuzatilmagan  yoki 

marvariddor  mollyuskalarning  chig„anoqlari  orasiga  turli  gelmintlarning  tuxumlari 

tushib qolganda, hech qanday rivojlanish kuzatilmagan.  

 

Abortiv, abortivus-oxirigacha rivojlanmaslik. Parazit xo„jayin tanasiga tushib, uni 



zararlaydi,  xo„jayin  tanasida  birqancha  vaqt  yashaydi,  rivojlanadi,  lekin  oxirigacha 

voyaga  yetmaydi.  Masalan:  Angiostrongylus  kantonensis  nematoda  turi  bilan  odamlar 

zararlansa,  parazit  rivojlanadi,  organizmda  migratsiya  qiladi,  miyaga  borib  joylashib, 

eozinofil  meningoentsefalit  kasalligini  keltirib  chiqaradi,  lekin  hech  qachon  voyaga 

yetmaydi.  Shuningdek,  cho„chqa  askaridasi  tuxumlari  bilan  yosh  qo„zichoqlar 

zararlantirilganda,  askarida  tuxumlaridan  lichinkalari  chiqib,  qonda  migratsiya  qilgan, 

lekin  voyaga  yetmagan.  Shunga  qaramasdan  zararlangan  hayvonlarda  kasallik 

alomatlari kuzatilgan.  



Muhоkаmа uchun sаvоllаr:  

1. Fakultativ parazitizmni qanday tushunasiz?  

2. Soxta parazitizmni qanday izohlaysiz?  

3.  Vaqtinchalik  va  doimiy  parazitlar  deb  nimaga  aytiladi  (misollar  asosida 

izohlang?  

4.  Asosiy  (definitiv),  oraliq,  qo„shimcha  va  rezervuar  xo„jayinlar  ma‟nosini 

misollar asosida tushuntiring.  

5.  Parazit-xo„jayin  o„rtasidagi  o„zaro  ta‟sir  necha  xil  shaklda  namoyon  bo„ladi 

(misollar asosida izohlang.  

6.  Parazit-xo„jayin  o„rtasidagi  munosabatlar  necha  xil  kategoriyaga  bo„linadi 

(misollar asosida bayon qiling).  

2-sаvоl  bo„yichа  dаrs  mаqsаdi:  Infektsion,  invazion  va  tabiiy  o„choqli 

kasalliklar hamda E.N. Pavlovskiy ta‟limoti to„g„risida talabalarga ma‟lumot berish.  



Idеntiv o„quv mаqsаdlаri: 

1.  Infektsion,  invazion  va  tabiiy  o„choqli  kasalliklar  hamda  Ye.N.  Pavlovskiy 

ta‟limoti to„g„risida ma‟lumotga ega.  

 

Ikkinchi sаvоlning bаyоni:  



 

Parazitlar  keltirib  chiqaradigan  kasalliklar.  Parazitlar  o„z  xo„jayinlariga 

turlicha  ta'sir  ko„rsatadi  va  ularda  har  xil  kasalliklarni  keltirib  chiqaradi.  Hayvonot 

dunyosi  keltirib  chiqaradigan  kasalliklar  invazion  yoki  parazitar  kasalliklar  (asosan 

parazit  chuvalchanglar,  kanalar,  hasharotlar  hamda  bir  hujayrali  hayvonlar  tomonidan 

qo„zg„atiladigan  kasalliklar)  deyiladi,  o„simliklar  dunyosi  keltirib  chiqaradigan 

kasalliklar esa infektsion kasalliklar (viruslar, bakteriyalar, zamburug„lar) deyiladi.  

 

Xo„jayinning  bitta  organi  yoki  butun  organizmida  joylashgan  parazitlar 



yig„indisiga-parazitotsenoz  deyiladi  va  u  yerdagi  o„zaro  munosabatlar  sinergetik  (bir-

birini  to„ldiruvchi)  yoki  antogonistik  (qarama-qarshi)  xarakterga  ega  bo„ladi. 

Xo„jayinda  bir  nechta  parazit  bo„lsa,  parazitlarning  umumiy  patogenlik  xususiyati 

yanada ortadi. 

 

Parazitlarning  patogenlik  ta‟siri  ko„p  omillarga,  ya‟ni  parazitlarning  turiga, 



ularning organizmda tarqalishiga, invaziya intensivligiga, xo„jayinni fiziologik holatiga 

va hokazolarga bog„liq. 

 

Organizmdagi  turli  parazitlar  xo„jayin  organizmiga  turlicha  ta'sir  ko„rsatadi. 



Masalan: askarida bilan zararlangan odamlarda bakteriyali dizenteriya juda og„ir o„tadi 

va  qiyin  davolanadi.  Yoki  aksincha  askaridoz  va  ankilostomidoz  bilan  kasallangan 

bemorlarda lyamblioz bilan kasallanish, gelmintlar bilan zararlanmaganlarga qaraganda 

2-4 marta kamroq uchraydi. Turli gelmintlar bilan zararlangan odamlarda tuberkulyoz, 

Botkin kasalligi (sariq), qorin tifi va boshqa infektsion kasalliklar juda og„ir o„tadi.  

 

Evolyutsion  taraqqiyot  jarayonida  parazitlar  har  xil  xo„jayinlarda  yashashga 



moslashgan.  Shunga  ko„ra  ular  keltirib  chiqaradigan  kasalliklar  nomlari  ham  turlicha 

bo„ladi.  

 

1.  Zoonozlar.  Ayrim  guruh  parazitlar  faqat  hayvonlarda  parazitlik  qiladi  va  ular 



keltirib chiqaradigan kasalliklar zoonozlar deb ataladi(M: qushladagi bezgak kasalligi). 

 

2.  Antropozoonozlar.  Odam  va  hayvonlar  uchun  umumiy  bo„lgan  parazitar 



kasalliklar.  Bunda  tashuvchilar  kasallik  qo„zg„atuvchilarini  hayvonlardan  odamga  va 

aksincha,  odamdan  hayvonlarga  yuqtiradi(Masalan:  kanalar  va  hasharotlar  turli 

gelmintozlarni, o„lat, leyshmanioz, tayga ensefaliti va boshqalarni yuqtiradi). 

 

3.  Antroponozlar.  Kasallikning  faqat  odam  organizmida  kuzatilishi  (Masalan: 



trixomonodoz, ichburug„, bezgak, vabo va h.k.). 

Invazion  kasalliklarni  har  birini  alohida  nomlash  uchun  kasallik  qo„zg„atadigan 

parazit  avlodi  nomini  oxiriga  “az”,  yoki  “oz”  qo„shimchasi  qo„shiladi.  Masalan: 

Amyobalar  keltirib  chiqaradigan  kasallik,  amyobiaz,  Ascaridalar  avlodi  vakilari 

qo„zg„atadigan  kasallik  askaridoz,  Fasciola  avlodi  vakillari  qo„zg„atadigan  kasallik 

fastsiolyoz deb ataladi.  

 

Parazitar  kasalliklarni  klinik  belgilari turlicha bo„ladi.  Kasallik  belgilari  yashirin 



(yopiq)  namoyon  bo„lsa  ham  turli  boshqa  kasalliklarga  xos  belgilarni  paydo  bo„lishi 

bilan kechadi:  

-

 

surunkali charchash; 



-

 

ishtahani o„zgarishi(yomonlashuvi); 



-

 

asabiy bo„lib qolish; 



-

 

ovqat  hazm  qilish  sistemasidagi  buzilishlar(ko„ngil  aynishi,  qayt  qilish,  ich 



qotishi, ich ketishi, qorin dam bo„lishi, gaz hosil bo„lishi); 

-

 



so„lak oqishi; 

 

-

 



anemiya, qondagi o„zgarishlar(eyzinofiliya, SOE ortishi va boshqalar); 

-

 



to„qimalarda va suyaklarda og„riq; 

-

 



bosh og„rig„i; 

-

 



uyqusizlik; 

-

 



davriy harorat oshishi (37-38

C); 



-

 

gipovitaminoz; 



-

 

teridagi belgilar; 



-

 

allergik o„zgarishlar; 



-

 

nafas olish yo„llari kasalliklari(bronxit); 



-

 

uyquda tish g„ichirlatish va boshqalar.  



 

Parazitar kasalliklar klinik belgilarini xilma-xilligi bilan ham xarakterlanadi.  

Bular  asosida  parazitning  biologik  xususiyati  yotadi.  U  avvalo  parazitni 

xo„jayinning qaysi organ va to„qimasida joylashganligi bilan bog„liq bo„ladi.  



Transmissiv  yoki  tabiiy  o„choqli  kasalliklar.  Akademik  Ye.N.  Pavlovskiy 

ta‟rifi  bo„yicha,  kasallik  qo„zg„atuvchilari  odam  va  hayvonlarga  qon  so„ruvchi 

bo„g„imoyoqlilar  orqali  o„tsa  bunday  kasalliklar  transmissiv  yoki  tabiiy  o„choqli 

kasalliklar  deyiladi.  Tabiiy  o„choqli  kasalliklarning  tarqalishida  bo„g„moyoqlilarning 

ahamiyati  nihoyatda  katta.  Bo„g„moyoqlilarni  qon  so„ruvchi  parazitligidan  ko„ra 

kasallik qo„zg„tuvchilarini sog„lom odam  va hayvonlarga yuqtirishi xavfli hisoblanadi. 

Masalan: bezgak, tif, virusli ensefalit, leyshmanioz, tripanasomoz.  

Transmissivus  –  lotincha  so„z  bo„lib,  olib  o„tish,  tashib  o„tish,  o„tkazish  degan 

ma‟nolarni  anglatadi.  Transmissiv  kasalliklarni  qo„zg„atuvchilarini  tabiatda  manba 

(makon) lari mavjud bo„ladi. 

Akademik  Ye.N.  Pavlovskiy  va  uning  shogirdlari  sobiq  ittifoqning  turli 

mintaqalarida  parazitlarni  murakkab  sirkulyatsiya  jarayonlarini  o„rganish  hamda  odam 

va  hayvonlarda  ko„p  uchraydigan  kasallik  qo„zg„atuvchi  va  tarqatuvchilarini  yalpi 

ekologo-parazitologik  tomondan  tatqiq  qilish  maqsadida  juda  katta  hajmdagi  ishlarini 

olib  borishgan.  Tadqiqotlar  natijasida  transmissiv  kasalliklarni  tabiiy  o„choqli  ekanligi 

haqida ta‟limot yaratildi. 

Transmissiv  kasalliklarni  tabiiy  o„choqlari  u  yoki  bu  geografik  mintaqalarga 

moslashganligi  bilan  xarakterlanadi  (masalan:  o„rmonlarida  kana  ensefaliti,  cho„llarda 

tif,  o„lat  (chuma)  o„choqlari,  kesilgan  o„rmon,  quruq  o„tloqlarda,  sharqiy  hududlarda 

yapon  ensefaliti,  issiq  yarim  cho‟l  va  cho„llarda  esa  teri  leyshmaniozi  va  boshqalar 

uchraydi). 

Tabiatda  odam  va  hayvonlar  yashamaydigan  (Masalan:  tayga,  tundra,  cho„l, 

sahro) joylarda ma‟lum bir kasalliklarning manbalari uchrab turadi va ular tabiatda uzoq 

vaqt saqlanadi. Ana shunday joylarga odamlar yoki hayvonlar borib qolsa bu kasalliklar 

yuqishi mumkin. Transmissiv kasalliklarni odam va hayvonlarga yuqishi uchun:  

I – kasallik qo„zg„atuvchisi (infeksion, invazion parazitlar); 

II – kasallik qo„zg„atuvchilarini o„z tanasida saqlab yuruvchi umurtqali hayvonlar 

(tabiiy rezervlar);  

III  –  kasallik  qo„zg„atuvchilarini  yuqtiradigan  ektoparazitlar  (bo„-g„imoyoqlilar) 

bo„lishi shart.  



 

Leyshmaniozda  -  kasallik  qo„zg„atuvchilari–leyshmaniyalar,  tabiiy  rezervlari  – 

kemiruvchilar(qum  kalamushlari,  yumronqoziqlar),  tashuvchilari  –  iskabtoparlar 

(Flebotomus avlodi).  

 

Parazitar  kasalliklar  qo„zg„atuvchilarini  yuqtirish  yo„llari  turlicha.  Ularni 



asosiylari quyidagilar:  

 

1.  Kontaktli  (parazitlar  kasal  hayvonlardan  sog„  mollarga,  ular  birga  boqilganda 



va molboqarlar orqali, trixomonadalar va boshqalar). Kontaktli o„z navbatida passiv va 

faol  bo„ladi  (passiv-trixomonadalar  jinsiy  yo„l  orqali,  faol:  shistosomalarning 

lichinkalari  faol  teri orqali  o„tishi). Kasallik qo„zg„atuvchilari  kasallangan organizmlar 

bilan to„g„ridan-to„g„ri kontakt orqali yuqadi (qichima, tif, toksoplazma va boshqalar).  

 

2.  Aerogenli  –  qo„zg„atuvchilar  (havo  yo„li)  nafas  yo„llari  orqali  yuqadi  (gripp, 



toksaplazmoz, tuberkulyoz, pnevmosistoz). 

 

3.  Suv  orqali  –  kasallik  qo„zg„atuvchilari  bilan  ifloslangan  suv  iste‟mol  qilish 



bilan  bog„liq  (amyobali  va  bakteriyali  dizinteriya,  vabo  (xolera),  qorin  tifi  va 

boshqalar). 

 

4.  Alimentar  yoki  kasallik  qo„zg„atuvchilari  bilan  zararlangan  oziq-ovqat 



mahsulotlari  orqali  (parazitlarning  tuxum  va  lichinkalari  chorva  mollariga  passiv 

holatda yem-xashak, suv, oraliq xo„jayini orqali oshqozon va ichakka tushadigan parazit 

chuvalchanglar, koksidiyalar, balantidiylar, toksoplazmalar va boshqalar).  

 

5.  Perkutan  (teri  orqali)  yo„li  bilan  (ankilostoma  lichinkalari,  qon  so„ruvchi 



bo„g„imoyoqlilar,  piroplazmalar,  tripanosomalar,  onxoserka,  parafilariya  lichinkalarini 

teri orqali yuqtiradi).  

Transmissiv  -  kasallik  qo„zg„atuvchilari  qon  so„ruvchi  bo„g„imoyoqlilar  orqali 

o„tsa  (qon  orqali)  obligat  transmissiv,  qon  so„ruvchilar  ishtirokisiz  o„tsa  fakultativ 

transmissiv kasallik deyiladi (tulyaremiya, filyariatoz). 

 

6. Burun teshigi, ko„z orqali (burun tomoq bo„kasi, telyaziya).  



 

7. Transplasentar yo„l bilan. Ona qornida (ayrim parazitlar onadan bolaga kindik 

orqali o„tadi – neoaskaridalar, taksokaralar, toksoplazmalar, trixinellalar).  

 

Qo„zg„atuvchi  va  tashuvchi  o„rtasida  uzoq  davom  etgan  o„zaro  munosabatlarni 



evolyutsion moslashuvi natijasida  tashuvchilikning ikki xil yo„li kelib chiqdi: mexanik 

va spesifik yo„llari.  

Bular  quyidagicha  amalga  oshadi-inokulyativ  (inokulatsiya-privivka)  va 

kontaminativ (kontaminatsiya-ifloslanish).  

 

Inokulyatib  usulda  –  kasallik  qo„zg„atuvchilari  terini  teshib  (ukol  orqali) 



yuqtiriladi.  Masalan,  bezgak  qo„zg„atuvchisi  odamga  bezgak  chivinini  chaqishi  orqali 

o„tadi. 


 

Kontaminativ usulda – kasallik qo„zg„atuvchilari oldin tashuvchilar organizmidan 

ular ekskrementi orqali chiqadi va xo„jayinni tanasiga tushib, o„zi faol kiradi yoki turli 

oziqalar  orqali  kiradi.  Masalan,  ichak  parazitlari,  gelmintlar  tuxumlari  turli  pashsha, 

chivin, suvarak va boshqalarni xartumlari hamda panjalari orqali yuqadi. 

 

Ko„pincha  bular  bir-birini  to„ldiradi.  Buday  usulda  yuqtirishga  kombinativ  yo„l 



bilan yuqtirish deyiladi. 

 

1.  Mexanik  tashuvchilar  organizmida  kasallik  qo„zg„atuvchilari  ko„paymaydi, 



rivojlanmaydi,  ular  yordamida  bir  joydan  ikkinchi  joyga  o„tadi  va  ma‟lum  vaqt 

tashuvchilarda saqlanadi (pashshalar, suvaraklar). 



 

2.  Spetsefik  tashuvchilar.  Ular  organizmida  kasallik  qo„zg„atuvchilari  ma‟lum 

bosqichni o„taydi. Natijada, tashuvchi va qo„zg„atuvchi o„rtasida ma‟lum biologik bog„ 

hosil  bo„ladi  va  ular  ma‟lum  tur,  avlodga  mansub  bo„lishlari  kerak.  Masalan,  bezgak 

parazitida – Anofeles avlodiga mansub bezgak chivinlari, leyshmaniyada – iskabtoparlar 

va  hokazolar.  Spetsifik  tashuvchilar  kasallik  qo„zg„atuvchilarini  o„zlarida  uzoq  vaqt 

saqlaydilar.  

Kasallik  qo„zg„atuvchisi  uzoq  vaqt  saqlanadigan  organizm  rezervuar  deyiladi. 

Ba‟zi bir kasalliklarda rezervuar bo„lib, odam (Masalan: bezgak, toshmali va qaytalama 

tif)  hisoblanadi.  Boshqalarida  hayvonlar  rezervuar  bo„ladi(yovvoyi  hayvonlar  tabiiy 

rezervuarlar  hisoblanadi).  Masalan,  kemiruvchilar  leyshmanioz,  vabo,  tulyaremiyani 

tabiiy  rezervuari  hisoblanadi.  Antilopalar  tripanosomozni  tabiiy  rezervuarlari,  kanalar 

esa kanali qaytalama tif, kanali ensefalitni tabiiy rezervuarlari hisoblanadi.  


Yüklə 3,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin