Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti p a r a z I t o L o g I ya


O„zbekistonda  parazitologiya  fanining  qisqacha  rivojlanish  tarixi



Yüklə 3,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/49
tarix07.03.2017
ölçüsü3,75 Mb.
#10617
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49

O„zbekistonda  parazitologiya  fanining  qisqacha  rivojlanish  tarixi.  O„rta 

Osiyoda,  shu  jumladan,  O„zbekistonda  parazit  organizmlar  to„g„risidagi  dastlabki 

ma‟lumotlar  980–1037-yillarda  yashab  ijod  etgan  vatando-shimiz  buyuk  tabib  va 

mutafakkir Abu Ali ibn Sino asarlarida uchraydi.  

Abu  Ali  al-Husayn  ibn  Abdulloh  ibn  al-Hasan  ibn  Ali  980-yil  avgust  oyida 

Buxoroning Afshona qishlog„ida tug„ilgan.  

Ibn  Sino  17  yoshidayoq  Buxoro  xalqi  orasida  mohir  tabib  sifatida  taniladi.  Abu 

Ali  ibn  Sino  o„sha  zamonlardagi  taxt  uchun  kurashlar,  davlatlar  o„rtasidagi  urush  va 

mojarolar  orqasidan  shaharma-shahar,  davlatma-davlat  darbadarlikda,  sarsonu-

sargardonlikda yurib, juda ko„p azobu-uqubatlarni boshidan kechiradi.  

Ibn  Sino  1012–1014-yillarda  Jurjonda  yashab  «Tib  qonunlari»  ning  dastlabki 

qismlarini shu yerda yaratadi. Jurjondagi notinchliklar tufayli Ibn Sino Rayga keladi va u 

yerdan Hamadonga o„tadi. Hamadonda «Tib qonunulari» ning birinchi kitobini tugatib, 

o„zining mashhur falsafiy qomusi «Kitob ash-shifo» ni ham shu yerda yozishga kirishadi. 

«Tib qonunlari» ning qolgan qismlarini ham Hamadonda yozib bitiradi.  

Abu  Ali  ibn  Sino  o„zining  «Kitob  ash-shifo»  asarida  odamlarning  ichagida 

parazitlik  qiluvchi  tasmasimon  chuvalchanglar  (sestodalar),  askarida,  ostritsa,  rishta 

to„g„risida yozib, ularni tuzilishi, ko„payishi, keltirib chiqaradigan kasalliklari, diyetasi, 

davosi,  oldini  olish  chora-tadbirlari  to„g„risida  ko„plab  ma‟lumotlar  keltirgan.  Alloma 

parazitlarga qarshi qo„llaniladigan dori-darmonlar haqida ham yozib qoldirgan.  

Ko„p  asrlar  davomida  olimlar  faqat  ko„zga  ko„rinadigan  parazit  chuvalchanglar 

va  tashqi  parazitlarni  ta‟riflash  bilan  chegaralanib  kelganlar.  Ko„zga  ko„rinmas 

parazitlar  to„g„risidagi  ilk  ma‟lumotlar  bobokalonimiz  Abu  Ali  ibn  Sino  asarlarida 

uchraydi. Abu Ali ibn Sino o„zining «Kitob ash-shifo» asarida odamlarning ichagida va 

jigarida  parazitlik  qiladigan  chuvalchanglar  (parazitlarni)  ni  yirik  va  uzun,  yumaloq, 

yassi, mayda guruhlarga bo„lib, ular xom go„sht, sut, baliq go„shti, yaxshi yuvilmagan 

sabzavot  va  ho„l  mevalar,  iflos  va  qaynatilmagan  suvlarni  iste‟mol  qilganda, 

shuningdek, ariq va hovuzlarda  cho„milganda  suv  og„iz  orqali  oshqozon-ichakka ketib 

qolganda yuqishi mumkinligini ko„rsatib o„tgan.  

Ibn Sino odamlarda parazitlik qiladigan har bir gijja turiga alohida tavsif bergan. 

Misol  uchun  odam  ichagida  parazitlik  qiladigan  qoramol  va  cho„chqa  tasmasimon 

chuvalchanglari hamda serbar tasmasimon chuvalchanglarga  «katta va uzun qurt», jigar 

va  o„t  yo„llarida  parazitlik  qiladigan  jigar  qurtiga  «qovoq  urug„iga  o„xshash  qurt» 

odamning,  xususan  yosh  bolalarning  ichagida  parazitlik  qiladigan  pakana  gijja  yoki 

kichik  zanjirsimon  gijjaga    «mitti  qurt»  va  boshqa  gijjalar  to„g„risida  ham  tavsiflar 

berib, ular keltirib chiqaradigan kasalliklarni davolash haqida ham ko„plab ma‟lumotlar 

qoldirgan.  Uning  ushbu  asari  XV  asrda  16  marta,  XVI  asrda  20  marta  qayta  nashr 

qilingan, o„sha davrda bibliya bilan raqobat qila olgan yagona asar hisoblangan.  



 

Ibn Sino Hamadonda 1023-yilgacha istiqomat qiladi va ayrim siyosiy sabablarga 

ko„ra  1023-yilda  Hamadondan  Isfaxonga  jo„nab  ketadi  va  umrining  qolgan  14  yilini 

Isfaxonda o„tkazadi. Buyuk qomusiy olim ibn Sino 1037-yil 18 iyunda 57 yoshida vafot 

etadi va Hamadonda dafn etiladi.  

Turli manbalarda  ibn Sino 450 dan ortiq asar yozganligi, lekin bizgacha 241 tasi 

yetib kelganligi ta‟kidlanadi.  

Keyinchalik  O„rta  Osiyoda,  shu  jumladan,  O„zbekistonda  parazitologiya  faniga 

oid ma‟lumotlar XIX asrning ikkinchi yarmida Turkiston o„lkasi bo„ylab sayohat qilgan 

mashhur rus tabiatshunos olimi A.P. Fedchenko asarlarida ham uchraydi.  

Aleksey  Pavlovich  Fedchenko  (1844–1873)  rus  tabiatshunosi,  O„rta  Osiyoni 

tadqiq  qilgan  olim.  Moskva  universitetini  tugatgan.  U  zoologiyaga  oid  to„plamlar  va 

o„simliklardan gerbariylar to„plagan. Antropologiya va etnografiya bilan shug„ullangan.  

A.P.  Fedchenko  1868–1871-yillarda  Oloy  vodiysiga sayohat qilgan va  Oloy  orti 

tizmasini o„rgangan. Hisor-Oloy tog„ sistemasining 1-orografik sxemasini tuzgan.  

U  Alp  tog„laridagi  Monblan  cho„qqisiga  chiqishda  halok  bo„lgan.  A.P. 

Fedchenkoning to„plagan materiallari geograf olimlar tomonidan qayta ishlanib, «A.P. 

Fedchenkoning  Turkistonga  sayohati»  nomli  rus  tilidagi  kitobi  nashr  qilingan.  Pomir 

tog„idagi  muzlik  Fedchenko  nomi  bilan  atalgan.  A.P.  Fedchenko  Oloy  va  Zarafshon 

vodiysiga  uyushtirilgan  ekspeditsiya  davrida  4  mingga  yaqin  hayvon  turlari  (asosan 

hasharotlar) ni o„z ichiga olgan 20 mingga yaqin kolleksiyalar to„plagan.  

Buxoro, 



Samarqand, 

Toshkentda 

har 

xil 


hayvonlarning 

parazit 


chuvalchanglarini yig„adi. Yig„ilgan materiallarni daniyalik olim Krabb va nemis olimi 

Linstov yordamida aniqlaydi. Shuning bilan bir qatorda, A.P. Fedchenko O„zbekistonda 

birinchi  marta  Buxoro  va  Samarqandda  odamlar  terisi  ostida  parazitlik  qiladigan 

nematoda-rishtaning biologiyasini o„rganadi.  

Turkiston  aholisni  ipakchilik  bilan  shug„ullanishi  olimni  e‟tiborini  tortadi. 

Moskvaga  olib  keltirgan  ipak  qurti  tuxumlaridan  pebrina  kasalligini  qo„zg„atuvchisi 

nozema  bombikus  aniqlanadi.  Toshkentda,  Samarqandda  ipak  qurti  boquvchilari  bilan 

kengashib, kasallikni tugatish to„g„risida takliflar kiritadi. 

XX  asrning  boshlarida  O„zbekistonda  parazitologiya  sohasida  ilmiy  tekshirish 

ishlari  Skryabin,  Pavlovskiy,  Dogel,  Yershov,  Badanin,  Isayev  va  boshqa  olimlarning 

nomlari  bilan  bog„lq.  Bu  olimlar  O„rta  Osiyoda,  Qozog„istonda  va  shu  jumladan, 

O„zbekistonda  odam  va  hayvonlarda  uchrovchi  parazitlarning  tur  tarkibi,  tuzilishi, 

sistematikasi,  bioekologik  xususiyatlari  borasida  ko„plab  tadqiqot  ishlarini  olib  bo-

rishgan. Ular Respublikamizning turli mintaqalarida uchraydigan para-zitlarni o„rganish 

bilan bir qatorda, mahalliy kadrlar tayyorlash ishlariga ham katta e‟tibor qaratishgan.  

Hozirgi  vaqtda  O„zbekistonda  ham  parazitologiya  fanining  quyidagi  4  ta 

yo„nalishi  bo„yicha  ilmiy  tadqiqot  ishlari  olib  borilmoqda  hamda  nazariy  va  amaliy 

muammolar hal etib kelinmoqda: 

1.  Umumiy  parazitologiya.  2.  Tibbiyot  parazitologiyasi.  3.  Veterinariya 

parazitologiyasi. 4. Agronomiya parazitologiyasi. 

O„zbekistonda umumiy parazitologiya yo„nalishida tadqiqot ishlarini olib borgan 

va  hozirgi  kunda  ham  fidokorona  ijod  qilayotgan  yirik  parazitolog  olimlar  qatoriga: 

akademik J.A. Azimov; O„zbekiston FA muxbir a‟zosi M.A. Sultonov; professorlar S.O. 

Osmanov,  V.M.  Sodiqov,  O„.Ya.  Uzoqov,  S.D.  Dadayev,  B.A.  Allamuratov,  S.A. 



 

Muhammadiyev,  M.O„.  O„ralov;  fan  doktorlari  E.I.  Gan,  T.Q.  Qobilov,  M.Q.  Qodirova, 

B.G.  Gariyev,  O.D.  Davronov,  N.X.  Enileyeva,  A.E.  Kuchboyev,  E.B.  Shakarboyev, 

F.D.  Akramova;  uzoq  yillar  ishlagan  va  katta  tajriba-ga  ega  bo„lgan  fan  nomzodlari 

A.A.  Abidjanov,  V.I.  Gextin,  V.P.  Sherbak,  Z.P.  Sherban,  A.N.  Urazbayev,  D.U. 

Ermatova,  A.Q.  Qulmamatov,  E.N.  Qulmamatov,  P.A.  Mo„minov,  A.G.  Gadoyev,  N.D. 

Davlatov,  E.  Ikramov,  T.V.  Kataytseva,  M.F.  Nazrullayeva,  N.I.  Lebedeva,  Q.A. 

Saparov  va  ularning  ko„plab  shogirdlari  tomonidan  olib  borilgan  tadqiqot  ishlarining 

natijalari  asosida  O„zbekistonning  turli  mintaqalarida,  turli  fasllarda  umurtqasiz  va 

umurtqali hayvonlarda uchrovchi parazitlarning tur tarkibi, sistematik holati, tarqalishi, 

keng  tarqalgan  parazitar  kasalliklar  qo„zg„atuvchilarining  bio-ekologik  xususiyatlari 

hamda  shakllanish  qonuniyatlarini,  mahsuldor  hayvonlarga  ziyon  keltiruvchi  va 

kasalliklar  qo„zg„atuvchi  vakillarining  oldini  olish  choralari  to„g„risida  keng  qamrovli 

ma‟lumotlar to„plangan va chop etilgan.  

O„zbekistonda umumiy parazitologiya yo„nalishi bo„yicha o„zlarining maktabiga 

ega  bo„lgan  yirik  olimlar  qatoriga  akademik  J.A.  Azimov  va  O„zbekiston  FA  muxbir 

a‟zosi M.A. Sultonov kiradi.  

J.A.  Azimov  1938-yilning  10-martida  Andijon  shahrida  tug„ilgan.  U  1959-yili 

Samarqanddagi  O„zbekiston  qishloq  xo„jalik  institutining  veterinariya  fakultetini 

muvaffaqiyatli  bitirib,  O„zbekiston  veterinariya  ilmiy-tadqiqot  institutida  faoliyat 

ko„rsata  boshladi.  1961-yilda  Moskvadagi  akademik  K.I.  Skryabin  nomidagi 

Butunittifoq  gelmintologiya  instituti  kunduzgi  aspiranturasiga  o„qishga  kirib,  1963-

yilda  «Гельминты  овец  юга  Узбекистана  и  динамика  главнейших  гельминтозов» 

mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. 

J.A.  Azimov  1986-yilda  esa  Moskvadagi  akademik  K.I.  Skryabin  nomidagi 

Butunittifoq  gelmintologiya  instituti  ilmiy  kengashida  «Schistosomatida  (Skrjabin  et 

Schulz,  1937)  (Azimov,  1970)  turkumiga  mansub  trematodalarning  ekologo-

taksonomik tavsifi va qishloq xo„jalik hayvonlari orientobilgarsiozining oldini olishning 

biologik asoslari» mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini muvoffaqiyatli himoya qilgan. 

1987-yilda professorlik ilmiy unvoniga sazovor bo„ldi. J.A. Azimov 1989–1991-yillarda 

O„zbekiston  Milliy  universiteti  professori,  1991–2009-yillarda  O„zR  FA  Zoologiya 

instituti direktori lavozimlarida ishladi.  

J.A.  Azimov  1994-yilda  O„zR  FA  muxbir  a‟zosi,  2000-yilda  esa  O„zRFA 

akademigi etib saylangan. 

J.A. Azimov dunyo olimlari tomonidan tan olingan yetakchi zoolog, gelmintolog 

olim.  U  inson  va  hayvonlar  organizmida  yashovchi  parazit  organizmlarning 

morfologiyasi, 

biologiyasi 

va 

ekologiyasini 



tadqiq 

etish 


asosida, 

mazkur 


organizmlarning evolyutsiyasi, filogeniyasi va sistematikasi bo„yicha dunyo ilm-fanida 

katta  qiziqishga  sabab  bo„lgan  o„ziga  xos  nazariy  konsepsiyalarni  ishlab  chiqib, 

o„zining maktabini yaratdi.  

Akademik  J.A.  Azimovning  serqirra  ilmiy  faoliyati  600  dan  ortiq  ilmiy 

maqolalarida  o„z  aksini  topgan.  35  dan  ziyod  monografiya  va  o„quv  qo„llanmalar 

muallifi, jumladan, «O„zbekistonning sutemizuvchi uy hayvonlari gelmintlari» (1975), 

«Odam va hayvonlar shistosomatidlari» (1975), «Trematodalar odam va hayvonlarning 

parazitlari»  (1986),  «O„zbekistonning  tog„  ekosistemalarida  umurtqali  hayvonlarning 

gelmintlari»  (1994),  «O„zbekiston  va  unga  chegaradosh  hududlarning  quruqlik 


 

mollyuskalari»  (2003);  «Qiziqarli  biologiya»  (2004);  «Parazitologiya  terminlarining 

izohli lug„ati» (2007) va boshqalar mamla-katimiz zoolog va parazitologlari tomonidan 

alohida qadrlanadi.  

J.A.  Azimovning  xalq  xo„jaligi  rivojiga  qo„shgan  ulkan  hissasi  inobatga  olinib, 

«Mehnat faxriysi»  medali bilan mukofotlangan, Zoologiya fanining nazariy va amaliy 

sohalarini  rivojlanitirishda  olib  borgan  tadqiqotlari  uchun  akademik  K.I.  Skryabin 

medali (Rossiya), Ben Gurion universiteti medali (Isroil), Butunjahon tabiatni muhofaza 

qilish  xalqaro  fondining  sertifikati  (Pokiston),  «O„zR  FA  50  yilligi»  medali  bilan 

taqdirlangan.  Biologik  xavfsizlikni  ta‟minlashdagi  xizmatlari  uchun  2005-yilda  AQSh 

(USA, CTR) sertifikati bilan taqdirlangan. Umum insoniy qadriyatlar rivojiga qo„shgan 

ulkan hissasi uchun «Metsenato„ stoletiya» Xalqaro jamoatchilik fondining laureati va 

«Во имя жизни на земле » medali bilan (Rossiya, 2007) mukofatlangan. 

Sultonov  Muhammad  Alievich  (1915–1980)  gelmintolog  olim,  O„zbekiston 

Fanlar Akademiyasining muxbir a‟zosi, biologiya fanlari doktori. 

U 1915-yilda Toshkent shahrida tug„ilgan. 1937-yili O„rta Osiyo universitetining 

biologiya fakultetini tugatgan. M.A. Sultonov 1941-yilda «Toshkent viloyatida yirtqich 

qushlarda  uchrovchi  parazit  nematodalar»  mavzusida  nomzodlik  dissertatsiyasini 

himoya qilgan va unga biologiya fanlari nonzodi ilmiy darajasi berilgan. 1961-yilda esa 

«O„zbekistonda  uy  va  ov-xo„jalik  qushlari  gelmintlari»  mavzusida  doktorlik 

dissertatsiyasini  muvaffaqiyatli  yoqlab  biologiya  fanlari  doktori  ilmiy  darajasini  oldi. 

Unga 1968-yilda O„zbekiston Fanlar Akademiyasi muxbir a‟zosi ilmiy unvoni berilgan.  

M.A.  Sultonov  ilmiy  faoliyatining  boshlanishidan  umrining  oxirigacha 

O„zbekiston  Fanlar  Akademiyasining  zoologiya  va  parazitologiya  institutida  kichik 

ilmiy  xodim,  katta  ilmiy  xodim,  shu  institutning  ilmiy  ishlar  bo„yicha  direktor 

o„rinbosari, direktori va gelmintologiya laboratoriyasi mudiri lavozimlarida ishlagan.  

M.A.  Sultonovning  ilmiy  ishlari  O„zbekistonning  uy  va  ov-xo„jalik  ahamiyatiga 

ega  bo„lgan  parrandalar  gelmintlari,  ot  oshqozon  bo„kasi  hamda  boshqa  yovvoyi 

hayvonlar  parazitfaunasini  o„rganishga  hamda  ularga  qarshi  kurash  choralarini  ishlab 

chiqishga bag„ishlangan.  

M.A. Sultonov tomonidan 150 dan ortiq ilmiy ishlar chop etilgan. Asosiy ishlariga: 

Гельминты  домашних  и  охотниче-промисловых  птиц  Узбекистана  (T.:  «FAN», 

1963,  монография),  Гельминты  животных  Каракалпакской  Республики  (T.: 

«FAN», 1969, монография), Паразитические черви животных Ферганской долины 

(T.: «FAN», монография), Гельминты домашних мелкопитающих Узбекистана (T.: 

«FAN», 1975, монография) va boshqalar kiradi.  

Respublikamizda veterinariya parazitologiyasi yo„nalishida tadqiqot ishlarini olib 

borgan  va  hozirgi  kunda  ham  faol  tadqiqot  ishlarini  olib  borayotgan  yirik  olimlar 

qatoriga    akademik:  E.H.  Ergashev;  professorlar:  N.V.  Badanin,  R.H.  Haitov,  Sh.A. 

Azimov,  N.X.  Shevchenko,  N.M.  Matchonov,  T.X.  Rahimov,  B.S.  Salimov,  A.O. 

Oripov,  A.R.  Ro„zimurodov,  M.A.  Aminjonov;  fan  doktorlari:  A.G„.  G„ofurov,  I.H. 

Rasulov, G.S. Po„latov, R.B. Davlatov va ularning ko„plab shogirdlarini ta‟kidlab o„tish 

joiz.  

Yuqorida  keltirilgan  olimlar  uzoq  yillar  davomida  tadqiqot  ishlari  natijalari 



bo„yicha  xonaki,  ov  qilinadigan  va  yovvoyi  hayvonlarda  uchraydigan  parazitlar,  ular 

qo„zg„atadigan  kasalliklar  va  bu  kasalliklarga  qarshi  kurash  choralari  to„g„risida 



 

tadqiqot ishlari natijalarini qator tavsiyalar, ilmiy maqolalar, monografiyalar, darsliklar, 

o„quv va metodik qo„llanmalar sifatida chop ettirishgan va amaliyotga tadbiq qilishgan.  

Veterinariya  parazitologiyasi  yo„nalishi  bo„yicha  O„zbekistonda  o„z  maktabiga 

ega  bo„lgan  yirik  olimlar  qatoriga  akademik  E.H.  Ergashev  va  professor  N.V. 

Badaninlar kiradi.  

N.V. Badanin (1895–1965) O„zbekistonda gelmintologiya maktabining asoschisi, 

O„zbekistonda  xizmat  ko„rsatgan  fan  arbobi  (1956),  Respublikada  xizmat  ko„rsatgan 

veterinariya vrachi hisoblanadi.  

N.V.  Badanin  Leningrad  veterinariya  institutida  student  bo„lib  yurgan 

vaqtlaridayoq  gelmintologiya  faniga  qiziqadi.  U  1926-yili  Solvichevodsk  shahrida 

ishlab chiqarish amaliyotini o„tab turib, prof. K.I. Skryabin rahbarlik qilgan Butunittifoq 

gelmintologik  ekspeditsiyasida  ham  ishtirok  etadi.  N.V.  Badanin  institutni  tugatishi 

bilan  (1928)  prof.  K.I.  Skryabin  taklifiga  muvofiq  Qozog„istondagi  veterinariya-

bakteriologiya  ilmiy  tekshirish  institutining  gelmintologiya  bo„limiga  rahbarlik 

lavozimiga tayinlanadi va bu vazifada 5 yil ishladi.  

N.V.  Badanin  O„rta  Osiyoga  1928-yilda  kelgan  va  butun  umrini  shu  o„lkaning 

qishloq xo„jaligi va yovvoyi hayvonlari gelmintlarini o„rganishga hamda ularga qarshi 

kurash chora-tadbirlarni ishlab chiqishga bag„ishlagan. U har xil turdagi hayvonlarning 

parazitar kasalliklarini o„rganish maqsadida tashkil etilgan 12 ta ekspeditsiyada ishtirok 

etdi va 6 tasiga o„zi rahbarlik qildi.  

N.V.  Badanin  1932-yildan  1939-yilgacha  Ashxaboddagi  qishloq  xo„jalik 

institutida va 1939–1960-yillarda Samarqand qishloq xo„jalik institutida parazitologiya 

kafedrasi  mudiri  lavozimida  ishladi.  U  1940-yili  Qozog„iston,  Qirg„iziston, 

Turkmaniston  hamda  O„zbekiston  Respublikalarida  tuyalarda  tarqalgan  gelmintoz 

kasalliklarni,  gelmintlar  qo„zg„atadigan  gelmintoz  kasalliklarning  epizootologiyasi, 

diagnostikasi  va  davolash  uchun  o„tkazilgan  tajribalari  natijasini  umumlashtirib 

monografiya  yozdi.  Uning  bu  ishi  veterinariya  fanlari  doktori  degan  ilmiy  darajaga 

sazovor bo„ldi.  

N.V.  Badanin  70  dan  ortiq  ilmiy  asarlar  yozdi,  ulardan  3  tasi  monografiya 

hisoblanadi.  Prof.  N.V.  Badanin  oliy  o„quv  yurtlarida  32  yil  ishlab,  bir  necha  yuzlab 

yuqori  malakali  mutaxassis  parazitolog  kadrlar  tayyorladi.  Hozirgi  vaqtda 

respublikamizning  deyarli  barcha  tuman  va  viloyat  chorvachilik  xo„jaliklarida  N.V. 

Badaninning shogirdlari xizmat qilmoqda.  

N.V. Badanin yosh olimlarni tayyorlashga ham katta ahamiyat bergan. U 20 dan 

ortiq  yosh  mutaxassis  kadrlarni  tarbiyalab  etishtirdi.  Akademik  E.X.  Ergashev; 

professorlar  N.M.  Matchonov,  R.X.  Hayitov,  T.X.  Xoshimov,  V.M.  Sodiqov,  B.S. 

Salimov  va  boshqa  yirik  gelmintolog  olimlar  prof.  N.V.  Badaninning  shogirdlari 

hisoblanadi.  

Akad. Erkin Hamidovich Ergashev (1933–2004) 1933-yil 1-noyabrda Samarqand 

shahrida  tavallud  topgan.  U  1953-yilda  O„zbekiston  qishloq  xo„jalik  instituti  (hozirgi 

Samarqand qishloq xo„jalik instituti)ning veterinariya fakultetini imtiyozli diplom bilan 

tamomlagan.  

E.H.  Ergashevning  ilm-fanga  moyilligi  inobatga  olinib,  mazkur  yilda 

«Gelmintologiya»  ixtisosligi  bo„yicha  aspiranturaga  o„qishga  qabul  qilingan  va  1956-

yilda  «Go„shtxo„r  hayvonlarning  gelmintlari  va  gelmintozlari»  mavzusida  nomzodlik 



 

dissertatsiyasini muddatidan oldin himoya qilgan va veterinariya fanlari nomzodi ilmiy 

darajasini olgan.  

E.H.  Ergashev  1964-yilning  yanvarida  (30  yoshida)  akademik  K.I.  Skryabin 

rahbarligida  «O„zbekiston  sharoitida  mayda  shoxli  mollarning  gelmintoz  kasalliklari» 

mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan va birinchi bo„lib 

o„zbek veterinariya fanlari doktori ilmiy darajasini olgan.  

1964-yilda  yosh  fan  doktori  E.H.  Ergashev  O„zbekiston  veterinariya  ilmiy 

tadqiqot instituti (O„zVITI) direktori lavozimiga tayinlangan. U 1965-yilda «Professor» 

ilmiy unvoniga sazovor bo„lgan va «Parazitologiya» kafedrasiga mudir etib saylangan 

(har ikkala joyda ishlagan).  

E.H.  Ergashev  1968-yilda  jahon  parazitologiya  fani  sohasidagi  ulkan  hissasi 

uchun O„zR FA ning muxbir a‟zoligiga saylangan. 1969-yilda esa biologiya sohasidagi 

xalqaro mukofot K.I. Skryabin nomidagi «oltin medal» bilan taqdirlangan. Shuningdek, 

mazkur yilda unga «Xalqaro ixtirochi» unvoni berilgan.  

1983-yilda  biologiya  va  qishloq  xo„jaligiga  qo„shgan  ulkan  hissasi  uchun  unga 

«O„zbekiston Respublikasida xizmat ko„rsatgan fan arbobi» unvoni berilgan.  

Akademik  Ergashev  Erkin  Hamidovich  tomonidan  jahondagi  salohiyatli 

parazitologiya  maktablaridan  biri  o„zbek  parazitologlar  maktabi  yaratilgan.  Tolmas  va 

iqtidorli ijodkor E.H. Ergashev o„z hayoti davomida barakali ijod qilib, 750 dan ortiq 

ilmiy ishlar, darslik va o„quv qo„llanmalarni chop ettirgan.  

E.H.  Ergashevning  asosiy  ilmiy  yo„nalishlari  tabiatdagi  organizmlarning  o„zaro 

munosabatlarini o„rganishga bag„ishlangan bo„lib, gelmintlar faunasi, epizootologiyasi, 

biologiyasi,  patogenezi,  immuniteti,  parazitotsenoz,  zooantroponozlar,  chorva  mollari 

va parrandalarning invazion kasalliklarini oldini olish, davolash va qarshi kurashishning 

samarali usullarini ishlab chiqish kabilar uning tarkibiy qismi hisoblanadi.  

E.H.  Ergashev  tomonidan  1996-yilda  «Biologiya  va  tibbiyot  muammolari» 

xalqaro jurnali ta‟sis etilib, unga umrining oxirigacha bosh muharrirlik qilgan.  

Akademik  Ergashev  Erkin  Hamidovich  ilmiy-pedagogik  va  amaliyotdagi 

tashkilotchilik  faoliyati  hukumatimiz  tomonidan  munosib  e‟tirof  etilib,  qator  orden, 

medal,  unvon  va  yorliqlar  bilan  mukofotlangan.  Xususan,  E.H.  Ergashev  o„zining  70 

yillik  yubileyi  arafasida  (2003-yilda)  davlatimizning  «Do„stlik»  ordeniga  sazovor 

bo„lgan.  

Akademik  E.H.  Ergashev  umrining  oxirigacha  Samarqand  qishloq  xo„jalik 

instituti «Parazitologiya» kafedrasida mudirlik qildi.  

O„zbekistonda tibbiyot parazitologiyasi yo„nalishida ijod qilgan va hozirgi kunda 

ham tadqiqot ishlarini olib borayotgan olimlar qatoriga professorlardan L.I. Isayev, P.F. 

Borovskiy,  E.I.  Martsinovskiy,  N.I.  Xodukin,  N.A.  Mirzoyan,  R.R.  Magdiev,  A.N. 

Burdastov,  N.A.  Dehqonxo„jaeva,  S.N.  Bobojonov,  B.R.  Rustamov;  katta  ilmiy 

xodimlardan  L.N.  Krasnonos,  P.M.  Lerner,  V.R.  Lemelev,  Sh.M.  Jaxongirov,  M.S. 

Mo„minov, Sh.A. Razzoqov va boshqalarni ko„rsatib o„tish lozim. 

O„zbekistonda  tibbiyot  parazitologiyasi  yo„nalishi  bo„yicha  o„z  maktabiga  ega 

bo„lgan  olimlar  qatoriga prof.  L.M.  Isayev  kiradi.  Isayev  Leonid  Mixaylovich  (1868–

1964)  1868-yil  16-avgustda  Peterburg  guberniyasida  tug„ilgan.  U  Peterburg  harbiy 

tibbiyot akademiyasini tugatgan.  


 

O„zbekistonda odamlarda uchraydigan parazitar kasalliklarni o„rganishni boshlab 

bergan  rus  olimlari  qatoriga  E.I.  Martsinovskiy,  K.I.  Skryabin,  E.N.  Pavlovskiy,  L.M. 

Isayev  va  boshqalar  kiradi  va  bu  olimlar  Turkiston  Respublikasida  odamlarda 

uchraydigan parazitar kasalliklarni o„rganish va ularga qarshi kurash choralarini ishlab 

chiqish  uchun  qator  ekspeditsiyalar  uyushtirganlar.  Jumladan,  L.M.  Isayev  1922-1923 

yillarda Buxoro Xalq Respublikasida parazitar kasalliklarga qarshi kurashish maqsadida 

uyushtirilgan ekspeditsiyaga rahbarlik qilgan. U 1923 yildan umrining oxirigacha, ya‟ni 

40  yildan  ortiq  vaqt  davomida  tropik  kasalliklar  ilmiy  tadqiqot  instituti  direktori 

lavozimini  bajargan.  Shuningdek,  L.M.  Isayev  bir  vaqtning  o„zida  1936–1949-yillarda 

Samarqand  tibbiyot  institutida  tropik  kasalliklar  kafedrasi  mudiri  lavozimida  ham 

ishlagan.  

Tropik  kasalliklar  ilmiy  tadqiqot  instituti  1933-yili  Buxorodan  Samarqand 

shahriga  ko„chirilgan  (hozirgi  vaqtda  O„zbekiston  tibbiyot  parazitologiyasi  ilmiy 

tadqiqot institut deb nomlanadi). Ushbu institutga va u joylashgan ko„chaga 1968 yildan 

boshlab prof. L.M. Isayev nomi berilgan.  

Prof.  L.M.  Isayev  O„zbekistonda  bezgak,  leyshmanioz,  rishta,  ankilostomoz  va 

boshqa  parazitar  kasalliklarni  tarqalishini  o„rganish  hamda  ularga  qarshi  kurash 

choralarini  ishlab  chiqish  borasida  tadqiqot  ishlarini  olib  borgan  va  bevosita  rahbarlik 

qilgan.  Aynan,  prof.  L.M.  Isayev  tashabbusi  bilan  O„zbekistonda  bezgakka  qarshi 

kurash  olib  boradigan  stantsiyalar  va  tibbiyot  parazitologiyasi  ilmiy  tekshirish  instituti 

tashkil etilgan.  

L.M.  Isayev  Respublikamizda  bezgak  chivini,  boshqa  tur  chivinlar  va  kanalarni 

hamda  kemiruvchilarni  biologiyasi  va  ekologiyasini  o„rganish  bo„yicha  uzoq  yillar 

davomida tadqiqot ishlarini olib borgan. U ayniqsa, bezgak kasalligini yo„qotish uchun 

bezgak  chivinlarini  har  tomonlama  chuqur  o„rganib,  ularga  qarshi  kurash  choralarini 

ishlab chiqish borasida katta tadqiqot ishlarini amalga oshirgan. Bezgak kasaliga qarshi 

qo„llagan tavsiyalari uchun u Davlat mukofotiga sazovor bo„lgan.  

L.M.  Isayevga  1944-yili  O„zbekistonda  xizmat  ko„rsatgan  fan  arbobi  unvoni 

berilgan.  

Agronomiya  (fitogelmintologiya)  parazitologiyasi  yo„nalishi  bo„yicha  tadqiqot 

ishlarini olib borgan va hozirgi kunda ham ijod qilayotgan olimlar qatoriga O„zbekiston 

Respublikasi  FA  muxbir  a‟zosi  A.T.  To„laganov;  professorlar  E.S.  Kiryanova,  Z.N. 

Norboyev, O.M. Mavlonov, Sh.X. Xurramov; fan nomzodlari, dotsentlar O.Z. Usmanova, 

E.P. Azizova, A.I. Zemlyanskaya, X.S. Eshova, G.A. Abdurahmanova, J.T. Sidiqov va 

ularning qator shogirdlarini sanab o„tish kerak.  

O„zbekistonda  agronomiya  parazitologiyasi  yo„nalishidagi  tadqiqot  ishlarini 

asosan,  XX  asrning  30-yillarida  prof.  E.S.  Kiryanova  boshlab  bergan.  Keyinchalik 

fitogelmintologiya  deb  atala  boshlangan  bu  fanning  rivojlanishida  A.T.  To„laganov  va 

uning shogirdlarining xizmatlari katta bo„ldi. 

Fitogelmintlar  o„simliklarning  yer  usti  va  yer  osti  qismidagi  turli  organlarida 

parazitlik  qilib,  zararlangan  o„simliklar  o„sishdan  qoladi,  so„liydi,  zararlangan 

o„rganlarida har xil bo„rtmalar (shishlar) hosil bo„ladi, to„qimalari yemirilib, nekrozga 

uchraydi. 

O„zbekistonda  fitogelmintolog  olimlar  olib  borgan  tadqiqot  ishlari  natijalari 

bo„yicha  Respublikamizdagi  eng  muhim  qishloq  xo„jaligi  ekinlari  (g„o„za,  kanop, 



 

sabzavot-poliz  va  mevali  bog„  ekinlari,  kartoshka  poya  nematodasi,  subtropik 

o„simliklari) va mahsuldor hayvonlarning to„yimli oziqasi bo„lmish yem-xashak ekinlari 

nematodalarining  tur  tarkibi,  biologiyasi,  ekologiyasi,  tarqalishi,  zarari  o„rganildi  va 

ularga qarshi kurash choralari ishlab chiqilib amaliyotga tadbiq etilgan va etilmoqda. 

O„zbekistonda  fitogelmintologiya  maktabiga  asos  solgan  olimlar  qatoriga 

O„zbekiston  Respublikasi  FA  muxbir  a‟zosi  A.T.  To„laganov  va  professor  E.S. 

Kiryanovalar kiradi.  

To„laganov Ahror To„laganovich (1908–1990) 1908-yil 23-sentyabrda Toshkent 

shahrida  tug„ilgan.  U  1927-yilda  Samarqand  shahridagi  O„zbek  pedagogika 

instituti(hozirgi Samarqand davlat universiteti)ga o„qishga kirib, uni 1931-yilda tugatadi 

va  mazkur  institutda  umurtqasizlar  zoologiyasi  kafedrasida  assistent  bo„lib  ishlay 

boshlaydi.  

A.T.  To„laganov  1931–1935-yillarda  O„zbekiston  davlat  universiteti  va 

Leningraddagi Zoologiya institutida aspiranturada o„qidi. U yirik fitogelmntolog olima 

E.S.  Kiryanova  rahbarligida  endi  rivojlanib  kelayotgan  fitogelmintologiya  fanining 

sirlarini o„rgana boshladi.  

O„zbekistonda  fitogelmintologiya  sohasida  ilmiy  tadqiqot  ishlari  30-yillarda 

boshlangan  bo„lib,  O„zbekistonda  fitogelmintologiya  fani  va  ilmiy  maktabi  prof.  A.T. 

To„laganov  nomi  bilan  bevosita  bog„liq.  A.T.  To„laganov  fitonematodalarning  turli-

tumanligi,  biologik  xususyatlari,  ekologik  guruhlari,  tarqalishi,  ularning  tuproqda  va 

o„simliklarda  biotsenotik  kompleksining  shakillanish  qonunyatlari  hamda  parazit 

nematodalarga qarshi kurash usullariga doir ilmiy tadqiqotlar bilan shug„ullangan.  

1936-yilda  A.T.  To„laganov  o„zbek  olimlari  orasida  birinchilardan  bo„lib, 

biologiya  fanlari  nomzodi  ilmiy  darajasini  olish  uchun  «Pomidor  o„simligi  va  uning 

tuprog„i  nematodalari»  mavzusida  nomzodlik  dissertatsiyasini  himoya  qilgan.  Uning 

pomidor  o„simligi  va  tuprog„i  nematodalarini  o„rganishga  bag„ishlangan  ilmiy  ishi 

o„sha  davrda  ko„pchilikka  noma‟lum  bo„lgan  o„simlik  gelmintlari  bo„yicha  olib 

borilgan tadqiqotlardan biri edi.  

A.T. To„laganovning ilm-fan tashkilotchisi sifatidagi qobiliyati, ayniqsa, u O„rta 

Osiyo davlat universitetida ishlay boshlaganidan so„ng yorqin namoyon bo„la boshladi. 

Ulug„ vatan urushi davom etayotgan og„ir 1944-yilda uning tashabbusi bilan O„zR FA 

Zoologiya  va  parazitologiya  instituti  qoshida  fitogelmintologiya  ilmiy  laboratoriyasi 

tashkil etiladi va bu laboratoriyaga u 1958-yilgacha rahbarlik qiladi.  

A.T.  To„laganov  hayotning  har  qanday  og„ir  sharoitlariga  qaramasdan  o„zining 

fitogelmintologiya  sohasidagi  tadqiqotlarini  bir  daqiqa  bo„lsa  ham  to„xtatmadi.  Uning 

«O„zbekistonning  o„simlikxo„r  va  tuproq  nematodalari»  mavzusida  1947-yilda 

biologiya fanlari doktori ilmiy darajasi uchun himoya qilgan dissertatsiyasi Ulug„ Vatan 

urushining  mashaqqatli  yillarida  olib  borilgan  ilmiy  tadqiqotlarning  natijasi  bo„ldi. 

1948-yilda unga professorlik unvoni berildi.  

Uning  rahbarligida  qariyib  50  yil  davomida  Respublikamizning  deyarli  barcha 

hududlariga 40 dan ortiq ilmiy ekspeditsiyalar uyushtirilgan. Mazkur ekspeditsiyalarda 

yig„ilgan materallar asosida professor A.T. To„laganov va uning shogirdlari tomonidan 

bir qancha  yirik  asarlar  yaratilgan.  «Amudaryo  quyi  oqimi  chap  qirg„og„i  o„simliklari 

nematodalari»  (1954),  «O„zbekiston  qishloq  xo„jaligi  ekinlari  nematodalari»  (1958), 

«O„zbekiston o„simliklari nematodalari» (1972) asarlari shular jumlasidandir.  



 

1966-yilda  professor  A.T.  To„laganov  O„zbekiston  Respublikasi  Fanlar 

Akademiyasi muxbir a‟zoligiga saylangan.  

A.T.  To„laganov  yozgan  «O„zbekiston  o„simliklari  va  tuproqlari  nematodalari» 

monografiyasi 1974-yilda Beruniy nomidagi Davlat mukofotiga sazovor bo„lgan.  

Professor  A.T.  To„laganov  ilmiy  tadqiqotlar  bilan  bir  qatorda  jamoat  ishlarida 

ham faol ishtirok etgan. Uning tashkilotchilik qobiliyati 1957–1962-yillarda Samarqand 

davlat universiteti rektori lavozimida ishlagan yillar ayniqsa, yorqin namoyon bo„lgan, 

uning tashabbusi bilan Sobiq ittifoqda birinchi bo„lib fitogelmintologiya muammolarini 

o„rganuvchi laboratoriya tashkil etilgan.  

Ahror  To„laganovich  To„laganovning  biologiya  fani  va  oliy  ta‟limning 

rivojlantirish  sohasidagi  xizmatlari  Davlatimiz  tomonidan  yuksak  mukofotlar  bilan 

taqdirlangan. O„zR FA muxbir a‟zosi, O„zbekistonda xizmat ko„rsatgan fan va texnika 

arbobi, O„zbekiston halq maorifi va ilm fani tashkilotchisi, atoqli fitogelmintolog olim, 

Beruniy  nomidagi  davlat  mukofoti  laureati  Ahror  To„laganovich  To„laganovning  100 

dan  ortiq  ilmiy  asarlari  va  6  ta  yirik  monografiyalari  fitogelmintologiya  sohasida 

shug„ullanib kelayotgan yosh mutaxassislar uchun qimmatli meros va assosiy qo„llanma 

bo„lib xizmat qilmoqda.  

O„zbekistonda parazitologiyaning turli yonalishlari bo„yicha ilmiy tadqiqot ishlari 

hozirgi vaqtda ham O„zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasiga qarashli Zoologiya 

ilmiy tekshirish institutida, O„zR FA Qoraqalpog„iston bo„limi bioekologiya institutida, 

O„zbekiston  veterinariya  ilmiy  tekshirish  institutida,  O„zbekiston  tibbiyot 

parazitologiyasi  hamda  O„rta  Osiyo  fitopatologiya  institutlarida,  Samarqand  qishloq 

xo„jalik institutida, O„zbekiston Milliy universitetida, Samar-qand, Termiz, Qoraqalpoq 

va Guliston davlat universitetlarida, Toshkent davlat pedagogika universiteti va Nukus 

davlat pedagogika institutida hamda Toshkent va Samarqand tibbiyot institutlarida olib 

borilmoqda. 

XX  asr  oxiri  va  XXI  asr  boshlarida  biologiyaning  barcha  sohalarida,  shu 

jumladan,  parazitologiya  sohasida  ham  asosiy  e‟tibor  parazitlarning  bioekologik 

xususiyatlarini  va  biokimyosini  chuqur  o„rganishga  hamda  boshqa  eksperimental 

tadqiqot  ishlarini  olib  borishga  qaratilgan.  Parazitologiya  tadqiqotlarida  molekulyar 

biologiya, fiziologiya, immunologiya, sitologiya va boshqa fanlar bilan bog„liq bo„lgan 

izlanishlarga  hamda  parazitlarga  qarshi  kurashda  ekologik  jihatdan  zararsiz  vositalarni 

ishlab  chiqishga  alohida  e‟tibor  berilmoqda.  Shuningdek,  parazitlar  bilan  ular 

xo„jayinlari o„rtasidagi parazit-xo„jayin va filogenetik munosabatlar tadqiq qilinmoqda. 


Yüklə 3,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin