Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti p a r a z I t o L o g I ya



Yüklə 3,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/49
tarix07.03.2017
ölçüsü3,75 Mb.
#10617
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49

                     2.10 Yakuniy nazorat savollari 

1.Parazit xivchinlilar: tuzilishi, ko„payishi, rivojlanishi va patogen ahamiyati.  

2.  Bitlar:  parazit  hayot  kechirishga  moslanish  xususiyatlari,  ko„payishi,  rivojlanishi  va 

epidemiologik ahamiyati. 

3. Kanalar: tuzilishi va ularning parazit hayot kechirishga moslanishi. 

4. Tasmasimon chuvalchanglar: tuzilishi, ko„payishi, rivojlanishi va patogen ahamiyati. 

5. Tikanbosh chuvalchanglar: tuzilishi, rivojlanishi va patogenen ahamiyati. 

6. Qoramol bo„kasining tuzilishi va biologiyasi. 

7. Lambliya va trixomonadalar tuzilishi va patogen ahamiyati. 

8. Koksidiyalarning rivojlanishi  va patogen ahamiyati. 

9.  Foydali  hasharotlarda  parazitlik  qiluvchi  bir  hujayralilar:  tuzilishi,  ko„payishi  va 

epizootologik  ahamiyati.      

10. Leyshmaniya va  tripanosomalar tuzilishi, rivojlanishi va patogen ahamiyati. 

11. Parazitologiya fanining shakllanishi va rivojlanishi. 

12. Parazit hayvonlarni parazitlik qiladigan joyi va parazitlik muddatiga binoan klassifikatsiya 

qilish. 


13. Geogelmintlar va biogelmintlar, ularning hayot sikli. 

14. Ichburug„ amyobasining sistematik o„rni, rivojlanishi  va zarari.  

15.  Odam  va  hayvonlar  qonida  parazitlik  qiluvchi  bir  hujayrali  hayvonlar,  ularning  patogen 

ahamiyati. 

16. Lambliya va trixomonadalar: tuzilishi, rivojlanish sikllari va qo„zg„atadigan kasalliklari. 

17. Trixinellaning tuzilishi, rivojlanish sikli va qo„zg„atadigan kasalligi.  

18.To„shak qandalasining sistematik o„rni, tuzilishi, tarqalishi  va zarari. 

19. Bo„kalarning sistematik o„rni, tuzilishi, biologiyasi, qo„zg„atadigan kasalliklari  va ularning 

oldini olish choralari. 

20. Mushuk ikki so„rg„ichlisining tuzilishi, ko„payishi, qo„zg„atadigan kasalligi. 

21.  Qilbosh  va    qiyshiqbosh      nematodalarining  rivojlanish      sikli      va  ular  qo„zg„atadigan 

kasalliklar.  

22. Pakana gijjaning rivojlanish sikli va odamlarda qo„zg„atadigan kasalligi. 


 

23.  Parazitologiya  fanining    bo„limlari.  O„zbekistonda  parazitologiya  fanining  rivojlanishiga 

hissa qo„shgan olimlar. 

24. Jigar  qurtining rivojlanishi  va zarari. 

25. Qoramol tasmasimonining  tuzilishi, rivojlanishi, qo„zg„atadigan  kasalliklari. 

26.Odamlarda  parazitlik   qiluvchi    nematodalar   va   ular    qo„zg„atadigan  kasalliklar.  

27. Odam va hayvonlarda parazitlik qiluvchi sporalilar va ular qo„zg„atadigan  kasalliklar.   

28. Odam askaridasining sistematik o„rni. Odam askaridasining tuzilishi, biologiyasi, zarari.  

29. Odam va   hayvonlarda   parazitlik  qiluvchi burgalar, ular orqali tarqaladigan kasalliklar. 

30.  Foydali  hasharotlarda  parazitlik  qiluvchi  mikrosporidiyalar  va  ular  qo„zg„atadigan 

kasalliklar. 

31.  Parazitologiya fanining maqsadi va  rivojlanish tarixi. 

32. So„rg„ichlilar sinfining asosiy vakillari va ular qo„zg„atadigan   kasalliklari. 

33. Tasmasimon chuvalchanglar sinfining asosiy vakillari va ular qo„zg„atadigan   kasalliklar.        

34. Rishtaning rivojlanishi   va qo„zg„atadigan kasalligi. 

35. Exinokokkning rivojlanishi va qo„zg„atadigan  kasalligi. 

36. Ikki va uch  xo„jayinli  so„rg„ichlilar  vakillari, ularning rivojlanishi va zarari.  

37.  Tasmasimon    chuvalchanglar    sinfida    ikki    va  uchta  xo„jayin    orqali  rivojlanadigan 

vakillari va ular qo„zg„atadigan kasalliklar. 

38. Monogenetik so„rg„ichlilar sinfi vakillarining tuzilishi, ko„payishi,  rivojlanishi  va zarari. 

39. Qoramol  tasmasimonining rivojlanish  sikli  va    qo„zg„atadigan kasalliklari. 

40.  So„rg„ichlilar  sinfining  umumiy  tavsifi,  odam  va  hayvonlarda  parazitlik    qiluvchi  asosiy 

turlari. 

41. Odamlarda parazitlik qiluvchi yassi chuvalchanglar va ularning sistematik o„rni . 

42. Qon so„ruvchi ikki qanotlilar, ularning tarqalishi va zarari. 

43. Odam va hayvonlarga   kanalar orqali yuqadigan  kasalliklar. 

44.  Odam      ichagida      parazitlik    qiluvchi  tasmasimon  chuvalchanglarning  biologiyasi  va 

qo„zg„atadigan kasalliklar . 

45. Qon  ikki so„rg„ichlilarning  tuzilishi,  biologiyasi va  qo„zg„atadigan kasalligi. 

46. Bolalar gijjasining biologiyasi va  zarari .  

47. Infeksion va invazion kasalliklar (ta‟rifi, misollar keltiring). 

48.Odam va hayvonlarda parazitlik qiluvchi tripanosomalarning rivojlanish sikli va zarari.   

49. Baliqlarda parazitlik qiladigan monogeniyalarning tuzilishi, rivojlanishi va qo„zg„atadigan 

kasalliklari. 

50. Serbar  tasmasimon chuvlchangning tuzilishi, biologiyasi va qo„zg„atadigan kasalligi. 

51. Odam va hayvonlarda parazitlik qiladigan infuzoriyalarning biologiyasi va zarari.  

52. O„simliklarda parazitlik qiladigan nematodalarning tuzilishi va zarari. 

53. O„zbekistonda  parazitologiya fanining rivojlanish tarixi. 

54. Leyshmaniyaning  tuzilishi,  rivojlanish  sikli va qo„zg„atadigan kasalligi. 

55. Xo„jayin- parazit munosabatlarining  shakllari. Misollar keltiring.   

56. Odamlarda uchrovchi ektoparazitlar va ular  tarqatadigan kasalliklar. 

57.  Odam    va  hayvonlarda  uchrovchi  so„rg„ichlilar  sinfi  vakillari  va  ular  qo„zg„atadigan 

kasalliklar. 

58. Exinokokkning   sistematik o„rni  .  Exinokokkning tuzilishi va biologiyasi.   

59. Odam va   hayvonlarda parazitlik qiluvchi  ikki qanotlilar va ular tarqatadigan kasalliklar. 

60. Filoyoq kasalligini qo„zg„atadigan Bankroft ipchasining tuzilishi, biologiyasi, tarqalish va 

zarari. 

61. Bezgak plazmodiyasining rivojlanishi, qo„zg„atadigan kasalligi. 



 

62. Parazitlarning oraliq, qo„shimcha, rezervuar va asosiy xo„jayinlari. Misollar asosida 

tushuntiring. 

63. Kanalar turkumining asosiy oilalari va ularning zarari. 

64. Bir, ikki va uchta  xo„jayinda   parazitlik qilib rivojlanadigan kanalar va  ular orqali 

yuqadigan  kasalliklar.   

65.  Lichinkalik  davrida  parazitlik  qiladigan  hasharotlar  va  ular  qo„zg„atadigan 

kasalliklar. 

66. 3uluklar sinfi vakillarining zarari. 

67. Bitlar turkumi, asosiy turlari va ularning zarari. 

68. Trixinella  va bankroft ipchasi nematodalarining rivojlanishi     va zarari. 

69. Kanalar turkumi  vakillarining tuzilishi, ko„payishi va zarari. 

70. Qo„tir kanasining sistematik o„rni, rivojlanish sikli va zarari. 

71. Kipriklilar    tipiga    kiruvchi   parazitlar va ularning zarari. 

72. Tabiiy manbali  transmissiv  kasalliklar. Misollar asosida tushuntiring. 

73. Odamlar terisida parazitlik qiluvchi bir hujayrali hayvonlarning tuzilishi, biologiyasi   

va zarari.   

  

 

Reyting jadvali 

Maksimal ball – 100 ball                                                   Saralash ball – 55 ball 

JN maks. ball – 40              Saralash ball –22                   86-100 ball –5 baho 

ON maks. ball – 30             Saralash ball –17                    71-85 ball  - 4 baho 

Yan maks. ball – 30           Saralash ball –17                   56-70  ball  - 3 baho 

 

 



 

Nazorat turi 

Nazorat 

shakllari 

Har bir nazorat 

uchun 


belgilangan 

maksimal ball 

Nazoratlar 

soni 


Nazorat 

shakllari 

boyicha 

belgilangan 

maksimal ball 

Joriy 


nazorat (JB) 

1.Og‟zaki  

20 



20 



2 .Og‟zaki 

20 


20 


Jami: 

40 


40 


Oraliq nazorat 

(OB) 


1. Yozma 

30 


30 


Jami: 

 



30 

Yakuniy 


nazorat (Yan) 

1.Og‟zaki 

(Yakuniy nazorat 

shakli fakultet 

kengashi 

muhokamasi asosida 

rektor buyrug‟i bilan 

belgilanadi)

 

30 


30 


Jami: 

100 


100 


 

 

III. O`quv uslubiy adabiyotlar va elektron ta`lim resurslari  ro`yxati 

 

Asosiy darslik va o`quv qo`llanmalar  

 

№ 

Muallif 



Adabiyot nomi 

Nashr 


yili 

Adabiyotning 

ARM dagi 

shifri 


Adabiyotning   

ARM dagi  

 

Adabiy


ot turi 

ARM 


xodimi 

imzosi 


inventar 

raqami 


soni 

Dadaev S. D. 



Parazitologiya 

T. 2006 


y. 

ИНВ-


28.6ya73 Д15 

У-7186 


85 

O‟quv 


qo‟llan

ma 


 

 

Qo`shimcha adabiyotlar 

1.

 

Mavlonov. O., Xurramov. Sh. Umurtqasizlar zoologiyasi. Oliy o`quv yurtlari 

talabalari            uchun o`quv qo`llanma. T, "Mehnat", 1998. 

2.

 

Mavlonov O.,  Xurramov Sh., Norboev Z. Umurtqasizlar zoologiyasi. Oliy 

o‟quv yurtlari talabalari uchun darslik. T. "O`zbekiston", 2002. 

3.

 

Mavlonov.  O.,  Xurramov.  Sh.,  Eshova  X.  Umurtqasizlar  zoologiyasi.  T., 

«O`zbekiston milliy entsiklopediyasi» davlat ilmiy nashriyoti: T., 2006. 1-464. 

 

Elektron ta`lim resurslari  

1. 


www.tdpu.uz

 - o`qit. Sayt. 

2. 

www.pedagog.uz



 - ped VUZ 

3. Umurtqalilar zoologiyasi ma`ruzalar matnining elektron varianti. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


 

1-mavzu: Kirish. Parazitologiya fanining maqsadi va vazifalari, rivojlanish tarixi 

Fanni o„qitish texnologiyasi: 

“Parazitologiya fanining maqsadi va vazifalari, rivojlanish tarixi” mavzusidagi 

ma‟ruza mashg„ulotining texnologik xaritasi 

№ 

Bosqichlar va bajariladigan 

ish mazmuni 

Amalga 

oshiruvchi 

shaxs, vaqt 



Tayyorlov bosqichi: 

1.1. Dars maqsadi: Talabalarga parazitologiya fanining maqsadi 

va 


vazifalari, 

fanning 


rivojlanishiga 

hissa 


qo„shgan 

O„zbekistonlik hamda chet ellik olimlar haqida ma‟lumot berish. 



1.2. Idеntiv o„quv mаqsаdlаri: 

1.2.1. Parazitologiya fаnining mazmunini so„zlab beradi. 

1.2.2.  Parazitologiya  fаnining  rivojlanishiga  hissa  qo„shgan  chet 

el olimlarini biladi. 



1.2.3.  Parazitologiya  fаnining  rivojlanishiga  hissa  qo„shgan 

O„zbekistonlik olimlarni sanab beradi. 



1.3.  Dars  shakli:  guruh  va  mikroguruhlarda  ishlash,  hikoya 

qilish. 



1.4.  Metod  va  usullar:  Kuzatish,  suhbat,  kolleksiyalardan  va 

jadvallardan foydalangan holda  o„rgatish. 



1.5.  Kerakli  jihozlar:  ko„rgazmali  qurollar,  kolleksiyalar  va 

jadvallar. 



O„qituvchi 



O„quv mashg„ulotini tashkil qilish bosqichi: 

2.1. Маvzu e‟lon qilinadi. 

2.2. Ма‟ruza boshlanadi, аsosiy qismlari bayon qilinadi. 

O„qituvchi, 

15 daqiqa 



 

Guruhda ishlash bosqichi: 

3.1. Talabalarga muammoli savol beriladi. 

3.2. Тalabalar fikri eshitiladi, boshqa talabalar bahsga chaqiriladi. 

3.3. Umumiy xulosalar chiqariladi. 

3.4. Umumiy xulosaga kelinadi. 

O„qituvchi-

talaba, 

40 daqiqa 



Mustahkamlash va baholash bosqichi: 

4.1. Parazitologiya fanining maqsad va vazifalari. 

Parazitologiya fаnining rivоjlаnish tаriхi. 

 

Parazitologiya  faniga  hissa  qo„shgan  chet  el  olimlari  haqida 



ma‟lumot bering. 

 



O„zbekiston  olimlari  va  ularning  parazitologiya  faniga 

qo„shgan hissalari. 



4.2. Eng faol talabalar (baholash mezoni asosida) baholanadi. 

O„qituvchi, 

15 daqiqat 



O„quv mashg„ulotini yakunlash bosqichi: 

5.1.Talabalar bilimi tahlil qillinadi. 

5.2. Mustaqil ish topshiriqlari beriladi. 

5.3.  O„qituvchi  o„z  faoliyatini  tahlil  qiladi  va  tegishli 

o„zgartirishar kiritadi. 



O„qituvchi, 

10 daqiqa 

 

 

Аsоsiy sаvоllаr: 

1.

 



Parazitologiya fаnining prеdmеti, maqsadi va vazifalari. 

2.

 



Parazitologiya fаnining rivоjlаnish tаriхi.  

Mаvzugа  оid  tаyanch  tushunchаlаr  vа  ibоrаlаr.  Parazitizm,  parasitariya, 

epizootologiya, epidemiologiya.  

1-sаvоl bo„yichа dаrs mаqsаdi: Talabalarga parazitologiya fanining maqsadi va 

vazifalari haqida ma‟lumot berish.  



Idеntiv o„quv mаqsаdlаri: 

1.

 



Parazitologiya fаnining maqsadi va vazifalarini so„zlab beradi.  

 

Birinchi sаvоl bаyоni:  

Parazitizm  tabiatda  nihoyatda  keng  tarqalgan  bioekologik  hodisa  bo„lib,  hayvon 

yoki  o„simliklarning  turli  vakillari  orasidagi  o„zaro  munosabatning  o„ziga  xos 

ko„rinishidir. Parazitizmda bir organizm (parazit) ning boshqa bir organizm (xo„jayin) 

dan o„ziga yashash uchun makon, oziqa topishi tushuniladi. Xo„jayin organizmi parazit 

uchun  tashqi  muhit  (endoparazitlar  uchun  xo„jayin  organizmi  birlamchi,  tashqi  muhit 

ikkilamchi  hisoblanadi,  xo„jainlar  parazit  va  tashqi  muhit  o„rtasida  vositachi  bo„lib 

xizmat qiladi) vazifasini bajaradi va shuning uchun parazitning hayoti uzoq evolutsion 

taraqqiyot  davomida  shakllangan  bo„lib,  murakkab  morfo-anatomik,  fiziologik, 

biokimyoviy, ekologik, genetik munosabatlar va o„zgarishlarni o„z ichiga oladi. 

Keyingi  yillarda  parazitologiya  fani  xalq  xo„jaligining  turli  tarmoqlari, 

shuningdek,  atrof-muhitni  muhofaza  qilish  kabi  muhim  muammolarning  tarkibiy 

qismiga  aylanib  bormoqda.  Uning,  ayniqsa,  tibbiyot  parazitologiyasi,  veterinariya 

parazitologiyasi, fitogelmintologiya kabi sohalari jadal rivojlanib bormoqda. 

Parazit  organizmlar  bir  hujayrali  hayvonlardan,  asosan  sarkomastigoforalar, 

apikomplekslar,  knidosporidiyalar,  mikrosporidiyalar  va  infuzoriyalar  tiplari  ichida 

hamda  ko„p  hujayrali  hayvonlardan    yassi  chuvalchanglar,  to„garak  chuvalchanglar, 

tikanboshlilar,  halqali  chuvalchanglar  va  bo„g„imoyoqlilar  tiplari  tarkibida  uchraydi. 

Ular qishloq xo„jaligiga, birinchi navbatda, madaniy o„simliklar va chorvachilikka katta 

zarar  keltiradi.  Parazitlar  ta‟sirida  o„simliklar  hosildorligi  va  chorva  mollarining 

mahsuldorligi keskin kamayadi, hatto ularni nobud ham qiladi. Bir qator parazitlar inson 

salomatligiga ham salbiy ta‟sir ko„rsatib, og„ir kasalliklarni keltirib chiqaradi. 

Parazitar  kasalliklar  bo„yicha  epidemiologik  va  epizootologik  vaziyatlar 

dunyoning ayrim mamlakatlarida murakkab bo„lib turibdi.  

Jahon  sog„liqni  saqlash  tashkiloti  ma‟lumotlariga  ko„ra  yer  yuzida  har  yili 

askaridoz bilan 1 mlrd., ankilostomidoz bilan 900 mln., trixosefalyoz bilan 700 mln. ga 

yaqin  odam  kasallanadi.  Dunyoning  74  mamlakati  uchun  shistosomoz  endemik 

hisoblanadi,  bu  mamlakatlar  aholisining  200  mln.  dan  ko„prog„i  ushbu  gelmintoz  bilan 

kasallangan va yana 500-600 mln. ga yaqin odamlarning shistosomoz bilan kasallanish 

xavfi bor.  

Yuqorida  keltirilgan  ma‟lumotlardan  ko„rinib  turibdiki,  parazitar  kasalliklar 

sog„liqni  saqlash  tizimi  va  xalq  xo„jaligiga  qanchalik  iqtisodiy  zarar  yetkazishligiga 

yaqqol misoldir. Bu esa o„z navbatida mutaxassislarning parazitologiya fanidan chuqur 

bilimga ega bo„lishni taqazo qiladi.  


 

Parazit  organizmlar  to„g„risida  oliy  o„quv  yurtlarining  biologiya  ixtisosligi 

bakalavriat bosqichi talabalariga umurtqasizlar zoologiyasidan dars o„tilganda qisqacha 

ma‟lumotlar  beriladi.  Lekin  bu  berilgan  ma‟lumotlar  talabalarga  keng  qamrovli 

biologiya yo„nalishi mutaxassisi bo„lib yetishishi uchun yetarli emas.  

Parazitologiya  fanining  o„qitilishi  talabalarning  zoologiyadan  olgan  bilimlarini 

yanada  mustahkamlashga  va  biologiya  yo„nalishi  bo„yicha  yetuk  mutaxassis  bo„lib 

yetishishlariga yordam beradi. 

Parazitizm  organik  olam  vakillari  (o„simliklar,  hayvonlar)  orasida  uchraydigan 

o„zaro munosabatlarning bir ko„rinishi. Parazit so„zi yunoncha bo„lib, aniq ma‟nosi para 

–  yonida,  sites  –  oziqa,  to„g„ridan-to„g„ri  tekinxo„r,  bitta  hayvon  boshqa  bir  hayvon 

hisobiga  yashashi  tushiniladi.  Qadimgi  Rimga  bu  so„z  Gretsiyadan  o„tgan.  Parazit 

terminining kelib chiqishi Yunonistonda, Perikl davrida, ya‟ni miloddan avvalgi V asrda 

mavjud  bo„lgan  qonunga  asosan,  ko„zga  ko„ringan  davlat  arboblari  keksalik  yoshida 

davlat  qaramog„iga  o„tishgan.  Ular  uchun  qurilgan  maxsus  pansionatlar parasitariya,  u 

yerda  yashovchilar  esa  parasitlar  deb  atalgan.  Rim  imperiyasi  davrida  parazit  so„zi 

o„zgalar hisobiga yashovchi ma‟nosini anglatib, hozirgi kungacha saqlanib qolgan. Shu 

xususiyatdan  kelib  chiqib,  parazit  qadimiy  tibbiyotda,  har  qanday  boshqa  organizm 

hisobiga yashab, oziqlanuvchi organizmlar tushunilgan. Parazitlarni parazitologiya fani 

o„rganadi.  

 

Parazitologiya  fanining  maqsad  va  vazifalari  odamlarda,  hayvonlarda  hamda 



o„simliklarda  parazitlik  qilib  hayot  kechiradigan  hayvonlarni  tuzilishi,  rivojlanishi, 

tarqalishi,  o„ziga  xos  biologik  va  ekologik  xysusiyatlarini,  parazitlar  keltirib 

chiqaradigan  kasalliklarni  o„rganish  hamda  ularga  qarshi  kurash  choralarini  to„g„ri 

tashkil qilishdan iboratdir.  

 

Tirik  organizmni  o„ziga  xos  xususiyati,  bu  uni  tashqi  muhit  bilan  bog„liqligidir. 



Tirik  organizmlar  o„rtasida  biotik  bog„lanishlar  murakkab  va  xilma-xilligi  bilan 

xarakterlanadi  va  uni  asosida  oziqa  va  makon  bog„lanishlari  yotadi.  Shu 

bog„lanishlardan  biri  parazitizm  ko„rinishida  namoyon  bo„ladi.  Demak,  organik 

olamdagi  ikkita  boshqa-boshqa  turga  mansub  organizmlarni  bir-biri  bilan  bo„lgan 

munosabatlarini bir ko„rinisi bu parazitizm hodisasi hisoblanadi. 

Parazitizm  tabiatda  keng  tarqalgan  hodisa  bo„lib,  uni  yuzaga  chiqish  shakllari 

xilma-xildir.  Barcha  mikroorganizmlar  (virus,  bakteriya,  zamburug„)  parazitlik  qilib 

hayot kechirishga o„tgan.  

 

Yuksak o„simliklar orasida ham parazit formalarni kuzatish mumkin (zarpechak, 



pechak). Hayvonlar orasida ham bir qancha turlari parazitlik qilib hayot kechiradi.  

 

Umuman,  parazitlarni  o„rganish  ob‟yektlariga  ko„ra  tibbiyot  parazitologiyasi 



veterinariya parazitologiyasi, agronomiya parazitologiyasi va umumiy parazitologiyaga 

bo„linadi. 

 

Parazitologiya  ko„pgina  biologik,  tibbiyot  va  veterinariya  sohasidagi  maxsus 



fanlar bilan chambarchas bog„langan. Parazitlarning tavsifi, morfologiyasi, biologik va 

ekologik  xususiyatlarini  hamda  rivojlanish  sikllarini  o„rganish  bilan  zoologiya  fani 

shug„ullansa,  ular  qo„zg„atadigan  kasalliklar  patogenezi,  klinikasi,  diagnostikasi  va 

davolashini  o„rganish  bilan patologik  anatomiya, patologik  fiziologiya, immunologiya, 

virusologiya,  mikrobiologiya,  terapiya,  farmakologiya,  epizootologiya,  xirurgiya, 


 

biokimyo,  veterinariya-sanitariya  ekspertizasi,  zoogigiyena  va  boshqa  fanlar 

shug„ullanadi hamda ulardagi tadqiqot usullariga tayanadi.  

Muhоkаmа uchun sаvоllаr:  

1.

 



Parazitologiya fani nimani o„rganadi? 

2.

 



Parazitologiya fanining maqsad va vazifalarini so„zlab bering. 

3.

 



Parazitologiya faninig qanday sohalari mavjud? 

2-sаvоl  bo„yichа  dаrs  mаqsаdi:  Parazitologiya  fanining  rivojlanishiga  hissa 

qo„shgan chet ellik va O„zbekistonlik olimlar haqida ma‟lumot berish.  



Idеntiv o„quv mаqsаdlаri:  

1.

 



Parazitologiya fаnining rivojlanishiga hissa qo„shgan chet el olimlarini biladi. 

2.

 



Parazitologiya  fаnining  rivojlanishiga  hissa  qo„shgan  O„zbekistonlik  olimlari 

to„g„risida ma‟lumot bera oladi.  



 

Ikkinchi sаvоlning bаyоni:  

Parazitlar haqidagi ma‟lumotlar eramizdan ancha avval paydo bo„lgan. Ebersning 

mashhur  Papirusida  odamlarda  parazitlik  qiladigan  gelmintlar,  jumladan,  askarida, 

teniyalar haqida ma‟lumotlar bor.   

 

Eramizgacha  yashab  o„tgan  yunon  vrachi,  tibbiyot  ilmining  asoschilaridan  biri 



Gippokrat  (460–375-y.y.)  odamlarda  askarida,  ostritsa,  exinokokk  uchrashi  haqida 

ma‟lumotlar qoldirgan. Olim fanga birinchi bo„lib «askaridoz», «helmins» atamalarini 

kiritgan.  Lekin  u  parazit  chuvalchanglarni  va  boshqa  chuvalchanglarni,  hatto 

bo„g„imoyoqlilar  lichincalari  va  ilonlarni  hammasini  ham  bir  deb  tushungan.  U 

odamlarda uchraydigan askarida, bolalar gijjasi, yassi chuvalchanglarning ayrim turlari 

bilan  birga  hayvonlar  parazitini  (exinokokkni)  ham  aniqlagan.  Gippokrat  gelmintlarni 

invazion  kasalliklarning  qo„zg„atuvchisi  emas,  balki  o„z-o„zidan  vujudga  keladigan 

biror kasallikning oqibati, deb noto„g„ri tushuncha bergan. 

 

Eramizdan  avvalgi  384–322-yillarda  yashagan  yunon  faylasufi  Arestotel 



qoramollardagi  exinokokkoz,  cho„chqalardagi  sistiserkoz,  odam  askaridasi  va  ostritsa 

to„g„risida ma‟lumotlar yozib qoldirgan. 

 

Eramizdan  avvalgi  116-27-yillarda  yashagan  Rim  olimi  Varron  hayvonlarni 



botqoqlik,  to„qayzorlarda  boqqanda  og„iz  va  nafas  yo„llari  orqali  mol  organizmiga 

ko„zga ko„rinmaydigan parazitlar kirib kasallik qo„zg„atadi deb fikr yuritgan. 

 

Eramizdan  avval  va  eramizning  dastlabki  yillarida  qo„tir  kasalligiga  qarshi 



oltingugurt,  gelmintozlarga  qarshi  piyoz,  sarimsoq  piyoz  va  boshqa  surgi  dorilari 

ishlatilgan.  Parazitlar  to„g„risidagi  ayrim  ma‟lumotlar  bir  qancha  olimlarning 

qo„lyozmalaridan  ham  topilgan,  ammo  ular  parazitlarni  xudo  yuborgan  ofat  deb,  bu 

kasalliklarni «davolash» uchun xudoga sig„inish, iltijo qilish kerakligini aytishgan. 

 

Gabustius  (1549)  gelmintologiya  sohasida  birinchi  qo„llanmaning  muallifi 



hisoblanadi. Olim qo„llanmada o„z davrida ma‟lum bo„lgan gelmintlarga tavsif bergan 

va davo xillariga to„xtalib o„tgan, jigar qurtiga to„liq tavsif beradi.  

 

Shvetsariyalik  vrach  K.  Gesner  (1516–1565)    «Hayvonlar  tarixi»  asarida  sodda 



organizmlar, ildizoyoqlilar haqida dastlabki ma‟lumotlar keltiradi. Sodda organizmlarni 

tuzilishi to„g„risida tasavvurga ega bo„lmay turib, o„zi topgan ildizoyoqlini, juda kichik 

mollyuska deydi. 


 

 

Sodda  hayvonlarni  o„rganilishda  keksa  tabiatshunos,  gollandiyalik  mikroskop 



ustasi  Anton  van  Levengukning  (Anton  van  Leeuwenhoek,  1632–1723)  xizmatlari 

kattadir. Levenguk sistematik ilmiy tayyorgarlikka ega bo„lmasada, buyuk aql, zakovat 

sohibi bo„lgan va tabiiy fanlarni sevgan.  

 

Levenguk  o„zini  ishdan  bo„sh  vaqtlarini  kattalashtirib  ko„rsatuvchi  ko„zgularni 



shlifovkasiga  bag„ishlaydi.  Natijada,  oddiy  ko„z  bilan  ko„rib  bo„lmaydigan  mayda 

jonivorlarni  topadi  va  bu  mayda  jonivorlarni  «animalkula»  deb  ataydi.  Olim  jahonda 

birinchi  bo„lib  oddiy  ko„z  bilan  ko„rib  bo„lmaydigan  sodda  organizmlarni  ko„radi. 

O„zini  ixtirosi  to„g„risida,  o„sha  paytda  London  qirollik  jamiyatiga  qarashli  ilmiy  bi-

limlar  markazida  xat  shaklida  e‟lon  qilib  boradi.  So„nggi  xati  1723-yilda  bosib 

chiqarilgan,  shunda  olim  91  yoshda  edi.  1720-yilda  bosib  chiqarilgan  xatida  olim, 

yoshim  sakson  sakkiz  yarimga  kirdi,  umrimning  kuziga  o„tdim  deb  yozgan.  Olim  o„z 

ixtirosi bilan butun biologiya sohasida yangi davrni boshlab berdi.  

 

XVII–XVIII  asrlarda  asosan,  parazitlarning  morfologik  tuzilishi  o„rganilgan. 



XVII  asrning  o„rtalariga  kelib,  Italiya  tabiatshunosi  F.  Redi  (1626–1698)  tadqiqotlar 

orqali,  go„sht  qurtlari  o„z-o„zidan  paydo  bo„lmasligini,  ular  pashshalarni  tuxumi 

ekanligi va  bu  bilan organizmlar  Arastu  davridan  mavjud  bo„lgan  o„z-o„zidan  yaralish 

qonunini noto„g„ri ekanligini, ya‟ni yo„qdan bor bo„lmasligini ilmiy tomondan isbotlab 

berdi.  

 

P.  Pallas  (1771–1811)  mashhur  biolog,  sayohatchi  olim  bo„lib,  o„z  zamonasini 



olimlari,  olimni  tadqiqot  uslublarini  aniqligini  ko„zda  tutib,  zamonasidan  avvalroq 

tug„ilib  qolgan  deb  ta‟riflashgan.  Olim  akantosefallar,  sestodalar  va  nematodalarning 

rivojlanish sikllarini o„rganib, ular o„ziga o„xshash avlodlardan paydo bo„lishini ilmiy 

asoslab bergan. 

 

K.A.  Rudolfi  (1771–1832)  butun  hayotini  parazit  chuvalchanglarni  o„rganishga 



bag„ishladi.  U  birinchi  marta  o„ziga  ma‟lum  bo„lgan  981  tur  parazit  chuvalchanglarni 

to„rtta sinfga: Trematoda, Cestoda, Nematoda, Akantosephala va 30 ta avlodga bo„ldi. 

 

Nemis  olimi  G.F.Kyuxenmeyster  sestodalarni  rivojlanish  siklini  o„rganib, 



cho„chqa tasmasimon chuvalchangi odam va cho„chqa paraziti ekanligini aniqladi. 

 

Protozoa termini birinchi bo„lib fanga 1820-yilda Goldfus tomonidan kiritilgan. 



 

K. Zibold va Kyollekerlar (1845) tomonidan sodda hayvonlar olamini shu termin 

bilan  atash  taklif  qilindi.  Sodda  hayvonlar  XIX  asrdan  to„liq  o„rganila  boshlandi.  Bu 

vaqtga  kelib,  erkin  yashaydigan  sodda  hayvonlar  bilan  bir  qatorda,  odam  va 

hayvonlarda  parazitlik  qiladigan  sodda  hayvonlar  to„g„risida  ham  ma‟lumotlar 

to„plandi. 

 

Parazitologiya  fanining  taraqqiyotiga  mikroskop  va  mikroskopik  tadqiqotlarning 



takomillashuvi  yordam  berdi,  shu  tufayli  XIX  asrda  parazitologiya  fan  sifatida 

shakllandi. Mana shu vaqtdan boshlab parazitlarning biologiyasi o„rganila boshlandi va 

eksperimental parazitologiyaga asos solindi.  

 

1818-yilda  L.Ya.  Boyanus  mollyuskalar  tanasidagi  serkariylarni  trematodalarni 



lichinkalari bo„lsa kerak deb faraz qiladi.  

 

1827-yilda akademik K.M. Ber tomonidan bu farazning to„g„riligi eksperimentlar 



asosida  isbotlandi  va  kelgusida  ma‟lum  turdagi  trematodalarning  rivojlanish  siklini 

o„rganishga imkon berdi. 



 

 

N.A.  Xolodkovskiy  odam  va  hayvonlarda  uchraydigan  gelmintlarning 



anatomiyasini,  biologik  rivojlanish  bosqichlarini  va  sistematikasini  o„rganib,  rus  tilida 

gelmintlar to„g„risida birinchi atlas yozdi. 

 

XIX  asrning  ikkinchi  yarmidayoq  turli  kasalliklarni  qo„zg„atuvchi  bir  hujayrali 



hayvonlar (sodda hayvonlar) topildi. Sodda hayvonlarni zamonaviy klassifikatsiyasi R. 

Leykart  (1879)  nomi  bilan  bog„liq.  U  Sporalilar  guruhiga  gregarina,  koksidiyalarni 

qo„shib o„rganishni taklif qildi.  

 

Keyinroq  esa  hasharotlar  va  kanalar  ba‟zi  kasalliklarning  qo„zg„atuvchilarini 



tarqatishdagi  ro„li,  shuningdek,  faqat  odamlarga  xos  bo„lgan  parazitar  kasalliklar  ham 

aniqlandi. Bu davrda parazitologiyaning rivojlanishiga rus olimlaridan E.A. Ostrovskiy, 

A.P.  Fedchenko,  E.K.  Brandt,  N.M.  Melnikov,  I.I.  Mechnikov,  F.A.  Lesh;  nemis 

olimlaridan  F.  Kyuxenmeyster,  K.  Foxt,  R.  Leykart;  ingliz  olimlaridan  R.  Ross,  P. 

Menson,  J.  Datton,  J.  Todd;  Italiya  olimi  B.  Grassi;  fransuz  olimi  Sh.  Nikol  va 

boshqalar katta hissa qo„shdilar. 

 

E.A.  Ostrovskiy  XIX  asrning  50-yillarida  exinokokkoz  va  senuroz  kasalliklari 



qo„zg„atuvchilarining rivojlanish sikllarini o„rganib, gelmintlarni o„z-o„zidan rivojlanish 

qonunini tanqid qiladi. 

 

E.K. Brand XIX asrning 70–80-yillarida odam va hayvonlar parazitlari to„g„risida 



kitob yozadi. 

 

N.M.  Melnikov  it  va  uy  hayvonlarini  burgasi  hamda  junxo„rlari  tasmasimon 



chuvalchanglar  sinfiga  kiruvchi  Dipyllidium  caninum  turining  oraliq  xo„jayini 

ekanligini aniqladi. 

 

I.I.  Mechnikov  nematodalarning  xo„jayin  almashinuvini  aniqlab,  parazitar 



kasalliklarda 

allergiya 

xususiyati 

borligini 

eslatadi 

va 


bezgak 

kasalining 

qo„zg„atuvchisini haqli ravishda infektsion emas balki invazion kaslliklarga kiradi deb 

ko„rsatadi. 

 

Sobiq  ittifoqda,  shu  jumladan,  O„zbekistonda  XX  asrning  boshlarida 



parazitologoyani  o„rganish  jadal  sur‟atlar  bilan  bordi.  Ko„plab  ilmiy  tekshirish 

institutlarida, tajriba stantsiyalarida, oliy o„quv yurtlarining laboratoriyalari va yo„nalish 

kafedralarida  mutaxassis  kadrlar  tayyorlashga  katta  e‟tibor  berildi.  Bu  davrga  kelib 

sobiq ittifoqda parazitologiya sohasida bir qator ilmiy maktablar vujudga keldi.  

Akademik  K.I.  Skryabin  (1878–1972)  gelmintologiya  maktabini  asoschisi 

hisoblanadi.  K.I.  Skryabin  1878-yil  7-dekabrda  Sankt-Peterburgda  tug„ilgan.  U  1905-

yili  Yurev (hozirgi  Estoniya  Respublikasining  Tartu shahridagi) veterinariya  institutini 

tugatgan.  

K.I.  Skryabin  1905–1911-yillarda  Turkiston  o„lkasida  veterinariya  vrachi  bo„lib 

o„z ish faoliyatini boshlagan. 1917-yilda Novocherkaskda veterinariya instituti (hozirgi 

Don qishloq xo„jalik instituti) qoshida Rossiyada birinchi marta parazitologiya kafedrasi 

tashkil etilgan bo„lib, unga 1917-yil 2-maydan K.I. Skryabin professor etib saylangan. 

U 1917-1920-yillarda Novocherkask shahridagi veterinariya institutining parazitologiya 

kafedrasida (Don veterinariya institutida) professor lavozimida ishlagan.  

K.I.  Skryabin  1920-yilda  Moskvaga  ko„chib  kelib,  Moskvadagi  zooveterinariya 

institutida  (hozirgi  K.I.  Skryabin  nomidagi  veterinariya  akademiyasida)  parazitologiya 

va hayvonlarning invazion kasalliklari kafedrasini tashkil qiladi. Shuningdek, akademik 

K.I. Skryabin tomonidan Moskvada Butunittifoq gelmintologiya instituti (hozirgi kunda 



 

bu  institut  K.I.  Skryabin  nomidagi  Rossiya  gelmintologiya  instituti  deb  nomlanadi) 

hamda  Rossiya  Fanlar  Akademiyasi  qoshida  gelmintologiya  laboratoriyasi  (hozirda 

Rossiya  parazitologiya  instituti  deb  nomlanadi)  tashkil  etilgan.  U  1920-1972-yillarda 

Moskva  veterinariya  institutida  professor  lavozimda  ishlagan.  1920-1956-yillarda 

Moskva  davlat  eksperimental  veterinariya  institutida,  1921-1949-yillarda  E.I. 

Martsinovskiy  nomidagi  Tibbiyot  parazitologiyasi  va  tropik  tibbiyot  institutida 

gelmintologiya  bo„limlari  mudiri,  1942-1972-yillarda  Butunittifoq  qishloq  xo„jalik 

Fanlari  Akademiyasi  gelmintologiya  laboratoriyasi  mudiri,  1943–1952-yillarda  sobiq 

ittifoq  FA  Qirg„iziston  filiali  prezidiumi  raisi,  1956–1961-yillarda  esa  Butunittifoq 

qishloq xo„jalik FA vitse-prezidenti lavozimlarida ishlagan.  

K.I.  Skryabin  veterinariya,  tibbiyot  hamda  biologiya  yo„nalishidagi  gelmintolog 

mutaxassislarni  birlashtirib,  gelmintologiya  maktabini  yaratgan  va  bu  maktabning 

asoschisi hisoblanadi.  

K.I. Skryabin ma‟lumoti bo„yicha vetvrach, gelmintolog olim. Uning rahbarligida 

gelmintlar  morfologiyasi,  biologiyasi,  filogeniyasi,  sistematikasi,  ekologiyasi, 

epizootologiyasi va epidemiologiyasiga oid qator ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilgan.  

K.I.  Skryabin  gelmintlarning  200  dan  ortiq  yangi  turlarini  aniqlagan  va  120  ta 

avlodini tavsiflab bergan, 200 dan ortiq tur gelmintlar uning nomi bilan ataladi. U ishlab 

chiqqan  degelmintizatsiya  va  devastatsiya  ta‟limotlari  odam  va  mahsuldor  hayvonlar 

gelmintozlariga qarshi kurashda asos bo„lib xizmat qilmoqda.  

K.I.  Skryabin  O„rta  Osiyoda,  shu  jumladan,  O„zbekistonda  gelmintologiya 

fanining rivojlanishiga katta hissa qo„shgan. U O„zbekistonning turli mintaqalariga bir 

necha  marta  gelmintologik  ekspeditsiyalar  uyushtirgan.  O„zbekiston  FA  zoologiya 

instituti qoshida gelmintologiya laboratoriyasini tashkil etgan.  

K.I.  Skryabin  Sobiq  ittifoq  Fanlar  Akademiyasining  haqiqiy  akademigi  (1935-

yil), Butunittifoq qishloq xo„jalik Fanlar Akademiyasining haqiqiy akademigi (1935-yil) 

va  tibbiyot  Fanlar  Akademiyasining  haqiqiy  akademigi  (1944-yil)  hisoblanadi. 

Shuningdek, u  Rossiya  (1927-yil), Qirg„iziston  (1954-yil)  va O„zbekistonda  (1962-yil) 

xizmat  ko„rsatgan  fan  arbobi  hisoblanadi.  Sobiq  ittifoqda  gelminologiya  fanini 

rivojlantirishdagi  katta  xizmatlari  uchun  akademik  K.I.  Skryabinga  1958-yili  «Mehnat 

Qahramoni»  unvoni  berilgan.  Shuningdek,  u  ikki  marta  Davlat  mukofoti  laureatiga 

sazovor bo„lgan hamda o„ndan ortiq turli xil ordenlar bilan mukofotlangan.  

Moskvadagi Rossiya gelmintologiya institutiga, Bishkekdagi Qirg„iziston qishloq 

xo„jalik institutiga va Samarqanddagi O„zbekiston veterinariya ilmiy tadqiqot institutiga 

K.I. Skryabin nomi berilgan.  

Ko„plab  yetuk  gelmintolog  olimlar:  N.P.  Zaxarov,  I.M.  Isaychikov,  B.G. 

Massino,  N.P.  Popov,  A.M.  Petrov,  V.P.  Baskakov,  R.S.  Shuls,  V.S.  Yershov,  Ye.Ye. 

Shumakovich, V.G. Gagarin, K.M. Rijikov, I.V. Orlov, K.I. Abuladze, Sh.A. Azimov, E.H. 

Ergashov,  J.A.  Azimov,  N.M.  Matchonov  va  boshqalar  akademik  K.I.Skryabinning 

shogirdlari hisoblanadi. 

K.N.  Skryabin  odamlarda  va  hayvonlarda  uchraydigan  parazit  chuvalchanglarni 

o„rganshga  butun  umrini  bag„ishlaydi.  700  dan  ortiq  ilmiy  asarlar  chop  ettirgan, 

shulardan  ko„plari  monografiyalar,  gelmintologiya  va  parazitologiya  fanlari  bo„yicha 

darsliklar  hamda  o„quv  qo„llanmalar  hisoblanadi,  ulardan  hozirgi  kunda  ham 

mutaxassislar va talabalar foydalanib kelmoqdalar.  



 

Trematodalar  bo„yicha  26  tomlik  asar  yozib  qoldirgan.  Gelmintlarni  butunlay 

yoki qisman (Devastastiya) tugatish ta‟limotini ishlab chiqdi.  

Tibbiyot  sohasida  general  leytenant,  akademik  Ye.N.  Pavlovskiy  (1884–1965) 

umumiy  parazitologiya  muammolarini  o„rganadigan  umumiy  parazitologoya  maktabi 

asoschisi hisoblanadi.  

Akademik  E.N.  Pavlovskiy  tabiiy  manbali  transmissiv  kasalliklarni  o„rganish 

yo„nalishidagi  o„z  maktabini  yaratdi,  ya‟ni  kanalar  va  hasharotlar  orqali  tarqaladigan 

har  xil  viruslar,  bakteriyalar  va  bir  hujayrali  parazitlar  qo„zg„atadigan  transmissiv 

kasalliklarni  Sobiq  ittifoqning  turli  mintaqalari  bo„yicha  tarqalish  qonuniyatlarini 

o„rgandi. Parazitologiya fanini rivojlantirishdagi katta xizmatlari uchun unga «Mehnat 

Qahramoni» unvoni berilgan. U ikki marta Davlat mukofoti laureatiga sazovor bo„lgan 

hamda 7 ta orden va ko„plab medallar bilan mukofotlangan.  

Yirik  olimlar:  P.A.  Petrisheva,  A.S.  Monchadskiy,  G.S.  Pervomayskiy,  G.G. 

Smirnov,  I.G.  Galuzo  va  boshqalar  akademik  Ye.N.  Pavlovskiyning  shogirdlari 

hisoblanadi. Akad. E.N. Pavlovskiy tomonidan 600 dan ortiq ilmiy asarlar chop etilgan 

bo„lib, shulardan bir qanchasi monografiyalar, darsliklar va o„quv qo„llanmalardir. E.N. 

Pavlovskiy  ma‟lumoti  bo„yicha  shifokor,  ixtisosligi  bo„yicha  esa  parazitolog  olim 

hisoblanadi.  

Professor V.L. Yakimov (1870–1940) eng og„ir kasalliklarni keltirib chiqaradigan 

bir hujayrali hayvonlarni o„rganadi.  

V.L. 


Yakimov 

1919-yilda 

Leningradda 

veterinariya 

instituti 

qoshida 


parazitologiya kafedrasini tashkil qiladi. Protozoologiya yo„nalishida mutaxassis kadrlar 

tayyorlashga katta e‟tibor beradi va veterinariya protozoologiyasi maktabiga asos soladi. 

V.L.  Yakimov  chorva  mollarida  parazitlik  qiluvchi  bir  hujayrali  parazitlardan-

gemosporidoz,  piroplazmidoz,  trixomonoz,  leyshmanioz,  toksoplazmoz  va  koksidioz 

qo„zg„atuvchilarini o„rganib, ularga qarshi kurash  choralari bo„yicha  tadqiqot  ishlarini 

olib borgan. Yirik protoparazitolog olimlar N.A. Kolabskiy, V.F. Gusev, S.N.Nikolskiy, 

N.A.  Zolotaryev,  P.S.  Ivanova,  Z.P.  Korniyenko-Konyevalar  V.L.  Yakimovning 

shogirdlari  hisoblanadi.  U  shogirdlari  bilan  hamkorlikda  120  dan  ortiq  tur  protozoy 

kasalliklari  qo„zg„atuvchilarining  epizootologiyasi,  terapiyasi  va  profilaktikasini 

o„rgangan. 

V.L.  Yakimov  qishloq  xo„jalik  hayvonlarida  parazitlik  qiluvchi  bir  hujayrali 

parazitlarning  ko„plab  yangi  turlarini  aniqlagan  va  500  dan  ortiq  ilmiy  ishlarini  chop 

ettirgan.  Prof.  V.L.  Yakimov  ma‟lumoti  bo„yicha  vetvrach,  ixtisosligi  bo„yicha  esa 

protozoolog olim hisoblanadi. 

Prof. V.A. Dogel (1882–1955) ekologik parazitologiya maktabining asoschisi. U 

baliqlarni  parazitologik  yorib  ko„rish,  parazitlarni  yig„ish  va  aniqlash  usullarini  ishlab 

chiqqan.  

V.A.  Dogel  uzoq  yillar  davomida  odam  va  hayvonlarni  parazitlar  bilan 

zararlanishida  tashqi  muhit  ta‟sirini  organizmlar  fiziologik  holatiga  bog„liqligini 

o„rganadi.  Yirik  olimlardan  O.N.  Bauyer,  M.M.  Belopolskaya,  A.P.  Markevich,  Yu.I. 

Polyanskiy,  I.S.  Markov,  I.Ye.  Bixovskaya-Pavlovskaya,  G.K.  Ginetsinskaya,  M.N. 

Dubinina,  Ye.M.  Xeysin,  G.K.  Petrushevskiy,  S.S.  Shulman,  S.O.  Osmanov  va  boshqalar 

V.A. Dogelning shogirdlari hisoblanadi.  


 

MDH  da  birinchilardan  bo„lib,  baliqlarning  parazitlarini  o„rganishni  boshlab 

bergan olim V.A. Dogel tomonidan 300 dan ortiq ilmiy maqolalar, monografiyalar, shu 

jumladan,  bir  qator  darsliklar  va  o„quv  qo„llanmalar  chop  etilgan.  Shuningdek,  fanga 

qo„shgan  hissasi  uchun  prof.  V.A.  Dogel  davlat  tomonidan  bir  qator  orden,  medal  va 

mukofotlar  bilan  taqdirlangan.  V.A.  Dogel  ma‟lumoti  bo„yicha  biolog,  ixtisosligi 

bo„yicha esa parazitolog olim hisoblanadi.  


Yüklə 3,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin