Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti p a r a z I t o L o g I ya



Yüklə 3,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/49
tarix07.03.2017
ölçüsü3,75 Mb.
#10617
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   49

Muhоkаmа uchun sаvоllаr:  

1. Parazitlikka o„tishdagi morfologik adaptatsiyalar necha xil tipga ajratiladi?  

2. Parazitlarning serpushtliligi haqida ma‟lumot bering.  

2-sаvоl  bo„yichа  dаrs  mаqsаdi:  Talabalarga  devastatsiya  ta‟limoti  haqida 

ma‟lumot berish.  



Idеntiv o„quv mаqsаdlаri: 

1.

 



Devastatsiya ta‟limoti haqida ma‟lumot bera oladi.  

 

Ikkinchi sаvоlning bаyоni:  



Devastatsiya  ta‟limoti.  Devastatsiya  lotincha–devastatio–qirg„in  qilmoq,  qirib 

tashlamoq ma‟nosini anglatadi. Odam, hayvon va o„simliklarda uchraydigan infeksion 

va  invazion  kasalliklarning  qo„zg„atuvchilarini  rivojlanishini  barcha  bosqichlarida 

mexanik,  fizik,  kimyoviy  va  biologik  usullar  bilan  yo„qotishga  qaratilgan  tadbirlar 

majmuasidir.  Bu  ta‟limotdan  ko„zda  tutilgan  maqsad,  barcha  xo„jalik,  tuman,  viloyat, 

o„lka  va  respublikani  gelmintlardan,  patogen  protozoolardan  va  parazit 

bo„g„moyoqlilardan  rejali  ravishda  tozalab,  bir  vaqtning  o„zida  tabiatda  parazitlar 

rivojlana  olmaydigan  sharoit  tug„dirish,  shuningdek,  invazion  kasalliklarning 

qo„zg„atuvchilarini  butun  rivojlanish  jarayonida  (tuxum  va  lichinkalarini)  turli  usullar 

bilan yo„qotishdir.  

Ushbu  ta‟limot  birinchi  marta  akademik  K.I.  Skryabin  tomonidan  1944-yilda 

fanga  kiritilgan  bo„lib,  gelmintologiya  sohasida  qilingan  katta  ilmiy  ishlardan  biri 

hisoblanadi.  

Bunda  parazitlarga  qarshi  faol  hujumga  o„tib,  murakkab  tadbirlarni,  ya‟ni 

kimyoviy  usulda  rejali  gelmintsizlantirish,  molxona,  yer-suv,  yaylov  va  go„ngni 

dezinvaziya  qilish,  kasallik  qo„zg„atuvchilariga  biologik  zarar  ko„rsatish  bilan 

birgalikda  chorva  mollarini  zoogigiynik  qoidalariga  amal  qilingan  holda  boqish, 

to„yimli va sifatli oziqalar bilan ta‟minlashni talab qiladi.  

Bu  ta‟limotni  qo„llash  natijasida  Respublikamizda  bezgak  va  rishta  kasalliklari, 

MDH  mamlakatlarining  Shimoliy  va  Markaziy  mintaqalarda  esa  kavsh  qaytaruvchi 

sutemizuvchilarning exinokokkoz kasalligi butunlay tugatilgan.  


 

 

Shuningdek, 



Respublikamizning 

turli 


mintaqalarida 

chorva 


mollarida 

trixostrongilyatoz 

kasalliklari 

keskin 


kamaydi. 

Parazitar 

kasalliklarning 

qo„zg„tuvchlarini  devastatsiya  qilish  davlat  tomonidan  o„tkaziladigan  tadbir  bo„lib, 

zooveterinariya, zootexnik mutaxassislar ishtirokida amalga oshiriladi.  

 

Devastatsiyani  muvaffaqiyatli  o„tkazishda  parazitning  yashay  olmaydigan  yalpi 



tadbirlarini fanga asoslangan holda ishlab chiqish lozim.  

 

O„zbekistonda  birinchi  navbatda  odamlar  sog„ligiga  jiddiy  ziyon  yetkazayotgan 



gelmintozlardan  –  teniidoz,  qoramol  va  cho„chqalardagi  sistiserkoz  (finnoz), 

exinokokkoz va senurozni devastatsiya qilish rejalashtirilgan.  



Muhоkаmа uchun sаvоllаr:  

1. Devastatsiya ta‟limotini izohlang.  



 

6-mavzu: Parazitlarning sistematikasi. Bir hujayrali parazitlarning umumiy 

tavsifi va sistematikasi. Sarkomastigoforalar(Sarkomastigofora) tipi. 

Fanni o„qitish texnologiyasi:  

“Parazitlarning sistematikasi. Bir hujayrali parazitlarning umumiy tavsifi va 

sistematikasi. Sarkomastigoforalar tipi” mavzusidagi 

ma‟ruza mashg„ulotining texnologik xaritasi 

 

№ 

Bosqichlar va bajariladigan 

ish mazmuni 

Amalga 

oshiruvchi 

shaxs, vaqt 



Tayyorlov bosqichi: 

1.1.  Dars  maqsadi:

 

Talabalarga  parazitlarning 



sistematikasi.  Bir hujayrali parazitlarning umumiy tavsifi va 

sistematikasi, 

sarkomastigoforalar 

tipiga 


kiruvchi 

parazitlarning 

tuzilishi, 

biologik 

xususiyatlari, 

qo„zg„atadigan  kasalliklari  va  ularni  oldini  olish  choralari 

haqida ma‟lumot berish. 

1.2. Idеntiv o„quv mаqsаdlаri: 

1.2.1.  Parazitlarning  hayvonot  dunyosidagi  sistematik 

holatini izohlay oladi. 



1.2.2.  Bir  hujayrali  parazitlarning  umumiy  tavsifi  va 

sistematikasi haqida ma‟lumot beradi.  



1.2.3.  Sarkomastigoforalar  tipiga  kiruvchi  parazitlarning 

tuzilishi,  biologik  xususiyatlari,  qo„zg„atadigan  kasalliklari 

va ularni oldini olish choralari haqida ma‟lumot bera oladi.  

1.3.  Dars  shakli:  guruh va  mikroguruhlarda  ishlash, hikoya 

qilish. 



1.4. Metod va usullar: Kuzatish, suhbat, kolleksiyalardan va 

jadvallardan foydalangan holda  o„rgatish. 



1.5. Kerakli jihozlar: ko„rgazmali qurollar, kolleksiyalar va 

jadvallar. 



O„qituvchi 



O„quv mashg„ulotini tashkil qilish bosqichi: 

2.1. Маvzu e‟lon qilinadi. 

O„qituvchi,  

15 daqiqa 

 

2.2. Ма‟ruza boshlanadi, аsosiy qismlari bayon qilinadi. 



 

Guruhda ishlash bosqichi: 

3.1. Talabalarga muammoli savol beriladi. 

3.2.  Тalabalar  fikri  eshitiladi,  boshqa  talabalar  bahsga 

chaqiriladi. 



3.3. Umumiy xulosalar chiqariladi. 

3.4. Umumiy xulosaga kelinadi . 

O„qituvchi-

talaba, 

40 daqiqa 



Mustahkamlash va baholash bosqichi: 

4.1  Parazitlarning  hayvonot  dunyosidagi  sistematik  holatini 

izohlang.  



     Bir 

hujayrali 

parazitlarning 

umumiy 


tavsifi 

va 


sistematikasi haqida ma‟lumot bering.  

      Sarkomastigoforalar 

tipiga 


kiruvchi 

parazitlarning 

tuzilishi,  biologik  xususiyatlari,  qo„zg„atadigan  kasalliklari 

va ularni oldini olish choralari haqida ma‟lumot bering.  



4.2. Eng faol talabalar (baholash mezoni asosida) baholanadi. 

O„qituvchi, 

15 daqiqat 



O„quv mashg„ulotini yakunlash bosqichi: 

5.1.Talabalar bilimi tahlil qillinadi. 

5.2. Mustaqil ish topshiriqlari beriladi. 

5.3.  O„qituvchi  o„z  faoliyatini  tahlil  qiladi  va  tegishli 

o„zgartirishar kiritadi. 



O„qituvchi, 

10 daqiqa 

Аsоsiy sаvоllаr: 

1. Parazitlarning hayvonot dunyosidagi sistematik holati.  



2. Bir hujayrali parazitlarning umumiy tavsifi va sistematikasi.  

3.  Sarkomastigoforalar  tipiga  kiruvchi  parazitlar  vakillarining  tuzilishi,  biologik 

xususiyatlari, qo„zg„atadigan kasalliklari va ularni oldini olish choralari.  



Mаvzugа оid tаyanch tushunchаlаr vа ibоrаlаr. Psevdopodiyalar, ildizoyoqlilar, 

nurlilar,  quyoshlilar,  akantariyalar,  ektoplazma,  endoplazma,  hazm  vakuolalari, 

qisqaruvchi vakuolalar, pellikula, organellalar, geterotrof, miksotrof, golozoy, saprofit, 

sista,  eritrofag,  tripanosomalar,  leyshmaniya,  lyambliya,  bazal  tanacha,  parabazal 

tanacha, aksostil, sitоstоm.  

1-sаvоl  bo„yichа  dаrs  mаqsаdi:  Talabalarga  parazitlarning  hayvonot 

dunyosidagi sistematik holati haqida ma‟lumot berish.  



Idеntiv o„quv mаqsаdlаri: 

1.  Parazitlarning  hayvonot  dunyosidagi  sistematik  holati  haqida  ma‟lumot  bera 

oladi.  

 

Birinchi sаvоlning bаyоni:  

Hozirgi  vaqtda  yer  yuzida  1,5  mln.  dan  ortiq  tur  hayvonlar  mavjud  bo„lsa, 

shularning  6  % ini parazitlar tashkil  qiladi, ya'ni bir hujayrali hayvonlarning 6000 dan 

ortiq turi, so„rg„ichlilar sinfining 5000 ga yaqin turi, monogeniylar sinfining 2500 turi, 

tasmasimon chuvalchanglar sinfining 3000 ga yaqin turi, tikanboshlilar  tipining 500 ta 

turi,  nematodalar  sinfining  3000  dan  ortiq  turi  va  bo„g„imoyoqlilar  tipiga  kiruvchi 

hayvonlarning  bir  qancha  o„n  minglab  turlari  parazitlar  hisoblanadi.  Shuningdek, 



 

hayvonot  dunyosi  sistematikasida  parazitlar  halqali  chuvalchanglar,  mollyuskalar  va 

hatto umurtqali hayvonlardan-to„garak og„izlilar sinfi vakillari orasida ham uchraydi.  

 

Muhоkаmа uchun sаvоllаr:  

1. Parazitlarning hayvonot dunyosidagi sistematik holati haqida ma‟lumot bering.  

2-sаvоl bo„yichа dаrs mаqsаdi: Talabalarga bir hujayrali parazitlarning umumiy 

tavsifi va sistematikasi haqida ma‟lumot berish.  



Idеntiv o„quv mаqsаdlаri:  

1.  Bir  hujayrali  parazitlarning  umumiy  tavsifi  va  sistematikasi  haqida  ma‟lumot 

bera oladi.  

 

Ikkinchi sаvоlning bаyоni:  

Sodda  organizmlar  orasida  parazitizm  keng  tarqalgan.  Sodda  hayvonlar 

xo„jayinlarini turli a‟zolarida (ichak, tana bo„shlig„i, qoni, jinsiy sistema va  boshqalar) 

joylashadi  va  ularni  zararlaydi.  Ko„pchiligi  hujayra  ichi  parazitlari.  Sodda  hayvonlar 

orasida  odam  va  hayvonlarda  turli  og„ir,  o„lim  bilan  tugaydigan  hastaliklarni  keltirib 

chiqaruvchi  turlari  bor.  Shuning  uchun  parazit  sodda  hayvonlarni  o„rganish  nafaqat 

zoologiyani,  balki  tibbiyot  va  veterinariyani  ham  predmeti  hisoblanadi.  Bir  hujayrali 

hayvonlar  (Protozoa)  kichik  olamiga  40  mingtadan  70  mingtagacha  tur  kiradi. 

Ko„pchilik  turlari  dengiz  va  okeanlarda,  chuchuk  suvlarda  yashaydi.  Ayrim  turlari 

tuproqda  hayot  kechiradi.  Ularning  orasida  o„simliklar,  hayvonlar  hamda  odam 

organizmida parazitlik qilib yashaydigan turlari ham anchagina. Bir hujayrali hayvonlar, 

nomidan ko„rinib turganidek, morfologik jihatdan tanasi bitta hujayradan tashkil topgan 

bo„lsada,  lekin  fiziologik  jihatdan  mustaqil  individlar  bo„lib,  alohida  holda  ko„p 

hujayrali  hayvonlarga  o„xshab,  butun  organizmga  tegishli  barcha  vazifalarni  o„zi 

bajaradi. Hozirgi vaqtda ko„pchlik zoolog olimlarning fikrini hisobga olingan holda bir 

hujayrali  hayvonlar  kenja  olami  7  ta  tipga  bo„linadi:  1.  Sarkomastigoforalar 

(Sarcomastigophora)  tipi.  2.  Labirintulalar  (Labrinthomorpha)  tipi.  3.  Apikomplekslar 

(Apicomplexa)  tipi.  4.  Mikrosporidiyalar  (Microsporidia)  tipi.  5.  Astsetosporalilar 

(Ascetospora)  tipi.  6.  Miksosporidiyalar  (Myxozoa  yoki  Cnidosporidia)  tipi.  7. 

Infuzoriyalar yoki kipriklilar (Ciliophora) tipi.  

Bulardan  apikomplekslar,  mikrosporidiyalar  va  miksosporidiyalar  tiplariga 

kiruvchi  barcha  turlari  parazitlik  qilib  hayot  kechiradi.  Sarkomastigoforalar  va 

infuzoriyalar  tiplariga  kiruvchi  bir  hujayrali  hayvonlar,  asosan,  erkin  holda  hayot 

kechiradi.  Lekin  ularning  orasida  ham  mahsuldor  hayvonlar  va  odamlarda  parazitlik 

qilib, og„ir kasalliklar, hatto, o„limga olib keladigan turlari bor.  

Muhоkаmа uchun sаvоllаr:  

1. Parazit bir hujayrali hayvonlar qaysi tiplarda uchraydi?  

2.  Bir  hujayrali  parazitlarning  umumiy  tavsifi  va  sistematikasi  haqida  ma‟lumot 

bering. 


 

 

3-sаvоl bo„yichа dаrs mаqsаdi: Talabalarga sarkomastigoforalar tipiga kiruvchi 

parazitlarning  tuzilishi,  biologik  xususiyatlari,  qo„zg„atadigan  kasalliklari  va  ularni 

oldini olish choralari haqida ma‟lumot berish.  

Idеntiv o„quv mаqsаdlаri: 

1.  Sarkomastigoforalar  tipiga  kiruvchi  parazitlarning  tuzilishi,  biologik 

xususiyatlari,  qo„zg„atadigan  kasalliklari  va  ularni  oldini  olish  choralari  haqida 

ma‟lumot bera oladi.  

 

Uchinchi sаvоlning bаyоni:  

Sarkomastigoforalar (Sarcomastigophora)

 tipigа mаnsub hаyvоnlаr sохtа оyoqlаr 

yoki  хivchinlаr  yordаmidа  hаrаkаtlаnаdi.  Ulаr  dеngiz,  chuchuk  suv  hаvzаlаri  vа  nаm 

tuprоqlаrdа  hаyot  kеchirаdi.  Shuningdеk,  ulаr  оrаsidа  turli  hаyvоnlаr  vа  оdаm 

оrgаnizmidа  pаrаzitlik  qilib,  оg„ir  kаsаlliklar  kеltirib  chiqаrаdigаn  turlаri  ham 

anchagina.  Bu  tipgа  18000  gа  yaqin  tur  kirаdi.  Sаrkоmаstigоfоrаlаr  sаrkоdаlilаr  vа 

хivchinlilаr kenja tiplariga bo„linаdi. 



Sarkodalilar  (Sarkodina)  kenja  tipi  vakillarining  qattiq  po„sti  bo„lmaydi, 

hujayra sitoplazmasi faqat sitoplazma membranasi bilan tashqi muhitdan ajralib turadi. 

Qattiq  po„st  rivojlanmaganligi  uchun  sarkodalilar  tanasining  shakli  doimiy  emas. 

Sitoplazmadan  hosil  bo„lib  turuvchi  о'simtalar  yordamida  hayvon  sekin-asta  siljiydi; 

shuning uchun bunday oyoqlar soxta oyoqlar-psevdopodiylar deb ataladi.  

Sarkodalilar  kenja  tipiga  11000  dan  ortiq  tur  kiradi.  Ko„pchilik  turlari  chuchuk 

suvlarda,  dengiz  va  okeanlarda  hamda  tuproqda  erkin  yashaydi.  Ayrim  turlari  parazit 

hisoblanadi. Sarkodalilar kenja tipi ildizoyoqlilar, nurlilar, quyoshlilar va akantariyalar 

kabi  sinflarini  o„z  ichiga  oladi.  Bu  sinflardan  ildizoyoqlilar  sinfi  orasida  parazitlari 

uchraydi.  



Ildizoyoqlilar  (Rhizopoda)  sinfi  vakillarining  soxta  oyoqlari  xilma-xil  va 

harakatchan  bo„ladi.  Sitoplazmasi  doimiy,  ixtisoslashgan  zonalarga  bo„linmagan.  Bu 

sinf amyobalar, chig„anoqli ildizoyoqlilar va foraminiferalar turkumlariga bo„linadi. 

Parazit turlari asosan, amyobalar(Amoebina) turkumi orasida uchraydi  

Odam va hayvonlarda amyobalar turkumining bir necha turlari parazitlik qiladi. Ular 

orasida ichburug„ (dizenteriya) amyobasi (Entomoeba histolytica) odamlarning yo„g„on 

ichagida parazitlik qilib, amyobiaz, ya'ni qonli ichburug„ bilan og„rishga sabab bo„ladi. 

Umuman, odam organizmida amyobalarning 5 ta turi uchraydi. Ularning 4 tasi zararsiz 

hisoblanib,  asosan  yo„g„on  va  ko„r  ichaklardagi  bakteriyalar  hisobiga  yashaydi.  Ichak 

amyobasi-Entamoeba  coli  xuddi  shunday  amyobalardan  hisoblanadi.  Uning  tuzilishi 

ichburag„ amyobasiga o„xshash, lekin sistasi 8 yadroli bo„ladi.  

 

Dizenteriya  amyobasini  birinchi  marta  1875-yilda  rus  shifokori  A.F.  Lesh  aniq-



lagan  va  bu  amyobaning  patogenli  (zararli)  bo„lishini  isbotlagan.  Ichburug„  amyo-

basining kattaligi 20-30 mikronga teng.  

Ichburug„  amyobasining  ektoplazmasi  ancha  qalin  bo„lib,  endoplazmadan  aniq 

ajralib turadi. Parazit ko„p sonli kalta va yo„g„on psevdopodiylari yordamida juda faol 

harakat qiladi. Bu psevdopodiylar asosan ektoplazma hisobidan hosil bo„ladi. Ichburug„ 

amyobasi juda keng tarqalgan. Yer sharining turli hududlarida amyoba bilan 10 foizdan 



 

30 foizgacha odamlar zararlanishi mumkin. Lekin amyobiaz bilan kasallanish belgilari 

asosan issiq tropik va subtropik hududlarda yashovchi xalqlar o„rtasida uchraydi.  

 

O„rta  va  Shimoliy  kengliklarda  yashovchi  aholi  ichagida  ham  amyoba  uchrab 



tursada,  kasallanish  hollari  deyarli  kuzatilmaydi.  Amyoba  bilan  zararlangan,  lekin 

ichburug„ bilan kasallanmaydigan odamlar amyoba tashuvchilar hisoblanadi.  

 

Ba'zi hollarda, masalan issiq iqlimda organizm immuniteti kuchsizlanib qolganida 



amyobalar ichak devoriga kirib, epiteliy hujayralarini yemiradi va og„ir qonli ichburug„ 

kasalligini keltirib chiqaradi.  

Amyobalar  asosan  jarohatdan  chiqadigan  qondagi  eritrotsitlar  bilan  oziqlanadi. 

Kasallik  vaqtida  davolanmasa  surunkali  formaga  o„tadi.  Kasal  kishi  juda  ozib  ketishi, 

ba'zan halok bo„lishi ham mumkin. Ichburug„ amyobasi sista orqali tarqaladi (1-rаsm).  

Ovqat  qoldig„i  bilan  yo„g„on  ichakdan  to„g„ri  ichakka  tushgan  amyobalar 

psevdopodiylarini  tortib  olib,  yumaloqlanadi.  Ektoplazma  esa  yupqa  va  pishiq  qobiq 

ishlab  chiqargach,  parazit  sista  davriga  o„tadi.  Shu  davrda  sista  ichidagi  amyobaning 

yadrosi  ketma-ket  ikki  marta  bo„linadi  va  sista  ichidagi  amyoba  to„rt  yadroli  bo„lib 

qoladi. Axlat bilan tashqariga chiqadigan sistalar noqulay sharoit ta'siriga juda chidamli; 

nam tuproqlarda 2-3 oy davomida ham yashovchanligini yo„qotmasligi mumkin.  

 

Lekin  sistalar  quruq  va  issiq  muhit  ta'siriga  uzoq  chidash  berolmaydi.  Sistalarni 



pashshalar ham tarqatishi mumkin. Amyoba sistasi suv yoki ovqat bilan odam ichagiga 

tushganida  uning  qobig„i  yemiriladi.  Sitoplazmasi  esa  yadrolar  soniga  muvofiq  ikki 

marta  bo„lingach,  to„rtta  amyoba  hosil  bo„ladi.  Yosh  amyobalar  faol  oziqlanishga 

o„tadi.  Ichburug„  amyobasining  rivojlanish  jarayonida  sista  va  vegetativ  shakllari 

bo„ladi.  Vegetativ  holatining  uch  xil  shakli  aniqlangan:  a)  kichik  vegetativ  shakli;  b) 

to„qima shakli; d) gematofag yoki eritrofag shakli.  

Amyobaning to„qima  va eritrofag shakllari  ba'zan  yirik vegetativ shakl deb ham 

ataladi.  Aslida,  bu  ikki  shakl  o„zaro  yashash  joyi  hamda  ovqatlanish  usuli  bilan  farq 

qiladi. Sista, odatda, yumaloq shaklga ega bo„lib, zich parda-sista qobig„i bilan o„ralgan. 

Yetilgan  sistada  4  ta,  yetilmaganida  1-2  ta  yadro  bo„ladi.  Mayda  vegetativ  shakli 

kichkina (15-20 mkm) bo„lib, serharakatdir. Uning sitoplazmasi keskin ravishda ikkiga - 

tiniq  oynasimon  ektoplazma  va  donachali  endoplazmaga  bo„linadi.  Endoplazmada 

sharsimon yadro joylashadi. Mayda vegetativ shakli odamning yo„g„on ichagi qavatida 

yashab,  bakteriyalar  bilan  oziqlanadi  va  odamga  zarar  keltirmaydi.  Noqulay  sharoitda 

sistalarga  aylanishi  mumkin.  Dizenteriya  amyobasining  to„qima  shakli  (20-25  mkm) 

odamning  yo„g„on  ichagi  devorlarida  yashab,  yaralar  hosil  qiladi  va  ichak  devoridagi 

to„qimalarni yemirib, shuning hisobiga oziqlanadi.  


 

 

 



l-rasm. Ichburug„ amyobasi hayot siklining sxemasi: 1-hazim yo„liga tushgan sista; 2-amyobaning 

sistadan chiqishi; 3-4-ichak bo„shlig„idagi mayda vegetativ shakli; 5,6-yirik  

vegetativ shakli; 6-ichakdagi sistalar; 7-ichakdan chiqqan qon va shilimshiq aralash  

chiqindilarda uchraydigan shakli. 

 

To„qima  shakli  boshqalariga  nisbatan  eng  zararli  hisoblanadi.  Yaralar 



yallig„lanib,  yiringlaydi  va  qon  tomirlarining  shikastlanishi  natijasida  yaralardan  qon 

oqadi.  Gematofag  yoki  eritrofag  shakllari  odatda  yaralarga  yaqin  joylarda  topilib, 

eritrotsitlar bilan fagotsitoz holida oziqlanadi. 

 

Ichburug„  amyobasining  mayda  vegetativ  shakli  asosiy  shakli  hisoblanadi. 



Chunki  u  ko„payib,  to„qima  shakliga-eritrofagga  va  sistaga  aylanadi.  Sistalar  xo„jayin 

axlati bilan birga tashqariga chiqib turadi. Sistalar tashqi muhitga chidamli bo„lib, hatto, 

xlorlangan  suvda  ham  halok  bo„lmaydi.  Bir  qancha  dizenfeksiyalovchi  moddalar 

ta'siriga  ham  chidamli  bo„ladi.  Ichburug„  amyobasining  sistalarida  4  ta  yadro  bo„ladi. 

Sistalar  bilan  ifloslangan  suv,  sabzavot  va  mevalar  iste'mol  qilinganda,  parazitlar 

odamning  oshqozon-ichak  sistemasiga  tushadi.  Ichakda  har  bir  sistadan  4  ta  mayda 

vegetativ  shakl  paydo  bo„ladi.  So„ngra  ular  mitoz  yo„li  bilan  bo„linib,  soni  ikki  hissa 

oshadi.  Ichagida  amyobaning  faqat  mayda  vegetativ  shakli  bo„lgan  odamlar  odatda 

sog„lom bo„lib qolaveradi. Organizm zaiflashganda amyobalar boshqa patogen shakliga, 

ya'ni  to„qima  shakliga  aylanadi.  To„qima  shakli  o„zidan  proteolistik  ferment  ajratib, 

ichak  devorida  yaralar  bo„lishiga  olib  keladi.  Yaralardan  qon  oqadi,  shu  sababli 

bemorlarning  axlatida  qon  bo„lishi  kuzatiladi.  Odatda,  yaralarga  yaqin  joylarda 

dizenteriya amyobasining yana bitta shakli, ya‟ni eritrofag shaklini topish mumkin. Bu 

shakl  ancha  yirik bo„lib, ko„ndalang  o„lchami  20-40  mkm  keladi. Soxta oyoqlari kalta 







5

1



 

7

1



 

7

2



 

 

bo„lib,  o„zi  esa  ancha  harakatchan  bo„ladi.  Sitoplazmada,  ko„pincha,  eritrotsitlarni 

topish  mumkin.  Shuning  uchun  u  eritrofag  yoki  gematofag  (qon  bilan  oziqlanuvchi) 

degan nomni olgan. Ichburug„ amyobasi odamning boshqa a'zolariga (jigar, o„pka) ham 

joylashishi mumkin. Agarda amyobaning to„qima shakli hosil qilgan yara qon tomiriga 

to„g„ri kelib qolsa, u qon orqali to„g„ri jigarga boradi va jigar absessiga sabab bo„ladi. 

 

O„pkaning  jarohatlanishi  esa  jigar  abssessining  o„pkaga  diafragma  orqali 



o„tishidan  kelib  chiqadi.  Amyobiaz  kasalligining  belgilari,  asosan,  qorin  og„rishi, 

ishtahaning  yo„qolishi,  yiring  va  qon  aralash  ich  ketishidan  aniqlanadi.  Ichburug„ 

amyobasi  bilan  kasallangan  odam  bir  kecha-kunduzda  300  milliontagacha  sista 

chiqarishi mumkin. 

 

Kasallikka  tashxis  qo„yish  uchun  bemorning  najasi  konservantga  yig„iladi  va 



tekshiriladi.  Konservant  tarkibi  A.A.  Turdiyev  tomonidan  taklif  etilgan  (1971y.). 

Odamda  4  yadroli  sistalar  va  eritrofag  topilishi  unga  amyobiaz  yuqqanligidan  dalolat 

beradi.  Ichburug„  amyobasi  yer  yuzida  keng  tarqalgan.  Turli  geografik  sharoitlarda 

odamlarning bu parazit bilan kasallanishi 10 % dan 30 % gacha yetadi.  

Ichburug„  kasalligi  asosan  issiq  tropik  va  subtropik  iqlimli  mamlakatlarda  ko„p 

uchraydi. U Markaziy Osiyo davlatlarida, shu jumladan, O„zbekistonda ham uchraydi.  

 

Ichburug„  amyobasi  bilan  kasallangan  bemorlarni  davolash  uchun  emitin 



gidroxloridi, xinafan, aminarson, enteroseptol, anitibiotiklar (tetrosiklin, monamitsin) va 

boshqa preparatlar qo„llaniladi.  

 

Profilaktika  choralariga  ovqat  iste'mol  qilishdan  oldin  qo„lni  yaxshilab  yuvish, 



xomligicha  yeyiladigan  sabzavot  va boshqa  masalliqlarni  yaxshilab  yuvish, pishirilgan 

ovqat  va  ichiladigan  suvni  yopiq  idishda  saqlash,  pashshalarni  yo„qotish  (chunki  ular 

dizenteriya  amyobasining  sistalarini  mexanik  ravishda  tashiydi),  bemor  va  sista 

tashuvchilarni  aniqlash  va  davolash,  umumiy  ovqatlanish  muassasalarida  sanitariya 

holatini  va  ovqat  tayyorlash  texnologiyasini  nazorat  qilib  borish  va  aholi  o„rtasida 

sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilish bo„yicha keng targ„ibot ishlarini olib borish 

kabilar kiradi.  

 

Parazit  amyobalar  kasallangan  tishlarning  kovagi,  it,  cho„chqa,  ot  va  boshqa 



hayvonlar ichagida, asalarilarning malpigi naychalarida ham topilgan.  

Odamlarning og„iz bo„shlig„ida parazitlik qiluvchi Entamoeba girgivalis amyoba 

turini 1849 yilda Moskvalik professor Gross tish karisiga uchragan bemorda topgan.  


Yüklə 3,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin