Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti p a r a z I t o L o g I ya


-rasm. Oddiy jigar qurti (Fasciola hepatica)



Yüklə 3,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/49
tarix07.03.2017
ölçüsü3,75 Mb.
#10617
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   49

 

20-rasm. Oddiy jigar qurti (Fasciola hepatica)ning nerv sistemasi va jinsiy organlarining 

tuzilishi: a) nerv sistemasi: 1-halqum oldi nerv tuguni; 2-qorin va yon nerv tomirlari; 3-komissuralar; 

b) jinsiy organlari: 1-urug„donlar; 2-sariqdon yo„li; 3-laurerov kanali;  4-ootip; 5-urug„ qabul qilgich; 

6-tuxumdon; 7-sirrus; 8-sirrus xaltasi; 9-sariqdon; 10-bachadon; 11-melis tanachasi; 12-urug„ yo„li; v) 

1-urug„donlar; 2-sariqdonlar; 3-laurerov kanali; 4-ootip; 5-urug„ qabul qiluvchi; 6-tuxumdon; 7-bezlar; 

8-qo„shilish organlarining xaltasi(sumkasi); 9-sariqdon bezlari; 10-bachadon; 11-melis tanachasi; 12-

urug„ yo„llari. 

 

Tuxumdoni  bitta;  urag„donlardan  keyinroqda  joylashadi.  Tuxumdon  ootip  deb 



ataladigan  xaltachaga  ochiladi.  Ootipga  urg„ochilik  jinsiy  bezlarining  yo„li  ochiladi. 

Tananing  ikki  yonida  juda  ko„p  pufakchalar  shaklidagi  sariqdonlar  joylashgan. 

Tananing  oldingi  va  keyingi  qismidan  chiqadigan  sariqdon  yo„llari  bitta  ko„ndalang 

nayga  birlashadi  va  ootipga  kelib  qo„shiladi.  Ootipdan  uzun  egri-bugri  bachadon 

boshlanadi.  Bachadon  yetilgan  tuxum  hujayralar  bilan  to„lgan  bo„lib,  jinsiy  kloakaga 

ochiladi.  Ootipga  urug„  qabul  qilgich  va  qisqa  laurerov  nayi  ham  ochiladi.  Bundan 

tashqari ootipni mayda po„choq bezlari ham o„rab turadi. 

Yetilgan  tuxumlar  ootipga  tushib  urug„lanadi.  Buning  uchun  kuyikish  organi 

bachadonga  kiritiladi.  Urug„lar  bachadondan  urug„  qabul  qilgichga  va  undan  ootipga 

o„tadi.  Laurerov  nayi  orqali  ootipdagi  ortiqcha  urug„  hujayralari  chiqarib  turiladi. 

Sariqdon  hujayralarining  sitoplazmasida  zahira  oziq  modda  glikogen  to„planadi. 

Sariqdon  hujayralari  tuxum  hujayrani  o„rab  oladi.  Sariqdon  hujayralari  ajratadigan 

maxsus  modda  bu  hujayralar  sirtida  qattiq  po„choq  hosil  qiladi.  Yetilgan  tuxum 

bachadonga tushadi u joydan tashqi muhitga chiqib ketadi. 









12 



11 

10 


8  7 


12 




11 

10 



a) 



b) 

v) 


 

Barcha trematodalar xo„jayin almashtirish yo„li bilan rivojlanadi. Ular ikki yoki 

uch  xo„jayin  orqali  taraqqiy  etadi.  Necha  xo„jayin  ishtirokida  rivojlanmasin  barcha 

trematodalarning  birinchi  oraliq  xo„jayini  suvda  yoki  quruqlikda  yashovchi 

mollyuskalar  hisoblanadi.  Mollyuskalar  uchramaydigan  hududlarda  trematodalarning 

ontogenezi  to„xtaydi.  O„zbekiston  hududida  suv  mollyuskalari  orqali  rivojlanuvchi 

trematodalar odatda, ikki xo„jayinli (birinchi–oraliq xo„jayin-mollyuskalar, ikkinchisi–

asosiy,  yoki  definitiv  xo„jayinlar-umurtqalilar),  quruqlikda  yashovchi  mollyuskalar 

orqali rivojlanuvchilari – uch xo„jayinli bo„ladi.  

Trematodalarning taraqqiyoti, ya‟ni ontogenezi o„z ichiga 4 bosqichni oladi, ya‟ni 

embriogoniya, partenogoniya, sistogoniya va maritogoniya.  

Ikki  xo„jayinli  trematodalarda  embrional  taraqqiyot  bosqichi  suv  muhitida,  nam 

sharoitda  kechadi.  Bu  bosqichda  tuxum  ichida  1-  avlod  lichinka  –  kiprikli  miratsidiy 

yetiladi,  bu  lichinka  tuxum  qopqoqchasini  ochib  tuxum  ichidan  suvga  o„tadi.  Bunday 

miratsidiyda ikkita oddiy ko„zcha, bosh nerv tuguni, protonefridiyalar, muskul qavatlar 

rivojlangan  bo„ladi.  Unda  ichak  va  jinsiy  apparat  bo„lmaydi.  Shunday  qaraganda 

trematodalarning 1 - avlod lichinkasi – miratsidiyning tuzilishi ancha murakkab va ko„p 

jihatdan  turbellyariyalarni  eslatadi.  Miratsidiy  ichaksiz  bo„lganligi  tufayli  oziqlana 

olmaydi,  shuning  uchun  uning  umri  juda  qisqa  bo„ladi  (36  soatgacha).  Shu  orada  u 

suzib yurgan holda o„zining oraliq xo„jayini-mollyuskalarni qidiradi va faol holda uning 

tanasini  teshib  kiradi.  Buning  uchun  ular  tana  uchidagi  xartumcha  va  maxsus  bezlar 

shirasidan foydalanadi.  

Mollyuskaning 

jigarida 

kiprikchalari, 

ko„zchalari, 

nerv 

tugunlari, 



protonefridiyalarini  yo„qotib,  2-  avlod  lichinka  –  xaltasimon  sporotsista-ga  aylanadi. 

Shu  paytdan  boshlab  trematodalarning  partenogoniya  taraqqiyot  bosqichi  boshlanadi. 

Sporotsistalar  ichagi  bo„lmagan  holda  tana  yuzasi  bilan  xo„jayin  tanasidan  yerigan 

moddalarni  shimib  oziqlanadi.  Sporotsistadagi  tuxum  hujayralari  otalanmasdan, 

partenogenetik yo„l bilan ko„payib, ko„plab 3- avlod lichinka – rediylarni hosil qiladi.  

Rediylar sporotsistalar ichidan ajralib chiqadi. Partenogenetik yo„l bilan ularning 

tuxum hujayralaridan 4 - avlod lichinkalar – dumli serkariylar rivojlanadi. Serkariylarda 

ikkita  so„rg„ich,  ikki  shoxli  ichak,  protonefridiyalar  yetilgan  bo„ladi.  Shu  darajaga 

yetgan  serkariylar  rediylarni  yorib  mollyuskalarning  maxsus  teshigidan  suvga  chiqadi. 

Shu  bilan  trematodalarning  partenogoniya  taraqqiyot  bosqichi  tugab,  sistogoniya 

taraqqiyot  bosqichi  boshlanadi.  Bunda  serkariylar  suv  o„tlariga  va  boshqa  qattiq 

substratlarga, ayrim hollarda suv yuzasida o„zining sistogenli bezlaridan ajralib chiqqan 

yelimsimon  modda  bilan  yopishib,  yumaloq  shaklga  keladi  va  maxsus  qobiqlarga 

o„raladi, dumini yo„qotib, sista-adoleskariy hosil qiladi.  

Adoleskariylar trematodalarning  5 - avlod lichinkasidir. Maritogoniya taraqqiyot 

bosqichida  o„tlarga  yopishgan  yoki  suvdagi  bunday  yuqumli  adoleskariylar  asosiy 

xo„jayinlar  (barcha  umurtqalilar,  shu  jumladan,  barcha  qishloq  xo„jalik  hayvonlari, 

odamlar) organizmiga og„iz orqali tushgach, oshqozonda va ichakda ularning qobiqlari 

yerib,  ajralib  chiqqan  lichinkalar  o„zlarining  parazitlik  qilish  joylariga  tushadi  va  asta-

sekin  maritaga,  ya‟ni  voyaga  yetgan  trematodaga  aylanadi.  Bunday  trematodalardan 

suvga  ajralib  chiqqan  tuxumlarda  rivojlangan  miratsidiylar  yuqorida  ko„rsatilgan 

taraqqiyot bosqichlarini bosib o„tadi.  



 

So„rg„ichlilar  sinfidan  odam  va  mahsuldor  hayvonlarga  ko„proq  Fasciolata, 



Paramphistomata, 

Heterophyata, 

Echinostomatata 

va 


Schistosomatata 

kenja 


turkumlarning vakillari katta ziyon yetkazadi.  

Jigar  qurtlarining  (Fasciola  sp.)  biologik  xususiyatlari.  Jigar  qurtlari 

Fasciolidae  oilasiga  kiradi.  Jigar  qurti  odatda  mayda  va  yirik  shoxli  mollarda,  ba‟zan 

boshqa hayvonlar va odamlarning jigarida hamda o„t yo„llarida parazitlik qiladi.  

Dunyoda Fasciolidae oilasiga 8 ta tur kiradi. Respublikamizda chorva mollarida 

fastciolalarning  asosan  2  ta  turi,  ya‟ni  oddiy  jigar  qurti  (Fasciola  hepatica)  va  gigant 

jigar qurti (Fasciola gigantica) parazitlik qiladi.  

Oddiy  jigar  qurti  bargsimon  shaklda  bo„lib,  voyaga  yetganlarining  tanasi  30–40 

mm  uzunlikka,  eni  esa  12–13  mm  ga  teng.  Bunday  fassiolalarning  rangi  kulrang  va 

biroz  qo„ng„ir  bo„lsa,  jigar  to„qimalarida  parazitlik  qiluvchi  yosh  trematodalar  oq, 

sutsimon ko„rinishga ega va ular tanasining uzunligi odatda 18–19 mm dan oshmaydi. 

Gigant  jigar  qurtining  tanasi  bo„yiga  cho„zilgan,  eni  esa  qisqa  bo„ladi.  Ularning 

jigar o„t yo„llarida parazitlik qiluvchi voyaga yetganlarining tana uzunligi 30 mm dan 

70 mm gacha bo„lib, eni esa 6–11 mm. Jigar to„qimalarida parazitlik qiluvchi mazkur 

turga oid yosh trematodalarning uzunligi 1–2 mm dan 30 mm gacha bo„lib, eni 0,2–5,0 

mm  ni  tashkil  qiladi.  Ushbu  trematoda  oddiy  jigar  qurtiga  nisbatan  yuqori  patogenli 

hisoblanadi. 

Fassiolalarning  tuxumlari  oval  shaklida,  sariq-tilla  rangda  bo„lib,  bitta  qutbida 

qopqoqchasi mavjud. Oddiy jigar qurti tuxumlarining o„lchami 0,12–0,15 mm ga teng. 

Gigant jigar qurtining tuxumlari esa biroz yirikroq bo„ladi. 

Fassiolalar  biogelmint  bo„lib,  ular  asosiy  va  oraliq  xo„jayinlar  ishtirokida 

rivojlanadi.  Asosiy  xo„jayin  vazifasini  o„txo„r  sutemizuvchilar,  oraliq  xo„jayin 

vazifasini  esa  Lymnaeidae  oilasiga  mansub  chuchuk  suv  qorin  oyoqli  mollyuskalari 

bajaradi.  O„zbekistonda  chuchuk  suvlarda  yashaydigan  qorinoyoqli  mollyuskalardan 

kichik  chuchuk  suv  shilliqqurti  (Lymnaea  truncatula)  oddiy  jigar  qurtining  oraliq 

xo„jayini  hisoblanadi.  Gigant  jigar  qurtining  oraliq  xo„jayini  doirasi  esa  ancha  keng 

bo„lib, uning rivojlanishi L. auricularia, L. bactriana, L. subdisjuncta va L. impura kabi 

mollyuska turlari ishtirokida o„tadi. Ushbu turlarga oid mollyuskalar ko„pincha yer osti 

suvidan  paydo  bo„lgan  doimiy  va  vaqtinchalik  suv  havzalari  (ko„llar,  suv  qochirish 

kanallari,  buloq  suvlari)da  tarqalgan.  Ularni  shuningdek,  barcha  sug„orish 

shoxobchalarida ham yetarli darajada uchratish mumkin. Hozirgi vaqtda fasciolalarning 

oraliq  xo„jayinlari  sifatida  18  turga  kiruvchi  chuchuk  suv  qorinoyoqli  mollyuskalari 

aniqlangan.  

Jigar  qurti  nihoyatda  serpusht,  bitta  jigar  qurti  bir  hafta  davomida  bir 

milliontagacha tuxum qo„yishi mumkin. Tashqi muhitda qulay sharoit bo„Iganda 17–18 

kunda usti mayda kiprikchalar bilan qoplangan, harakatchan lichinka–miratsidiy chiqadi 

(21-rasm).  

 


 

 

21-rasm. Oddiy jigar qurti (Fasciola hepatica) ning taraqqiyot sikli sxemasi:  

1-jinsiy voyaga yetgan  shakli (marita); 2-asosiy xo„jayinlari; 3-tuxum; 4-miratsidiy; 5-oraliq 

xo„jayini-mollyuska; 6-sporotsista; 7-yosh rediy; 8-yetilgan rediy; 9-serkariy; 10-adoleskariy; 

11-o„tga yopishgan adoleskariylar. 

 

Miratsidiylar  2–3  kun  suvda  erkin  suzib  yuradi  va  keyingi  rivojlanishi  uchun 



oraliq  xo„jayini-qorinoyoqli  mollyuskalarni  topib,  xartumi  orqali  mollyuska 

chig„anog„ini teshadi va uning ichiga kiradi. So„ngra bu lichinkalar mollyuska jigariga 

o„rnashib,  kiprikli  ustki  qavatini  tashlab,  qopga  o„xshash  shaklga  ega  bo„lgan  keyingi 

lichinkalik  davri  -  sporotsistaga  aylanadi.  Sporotsista  ichidagi  embrion  hujayralari 

partenogenez  (otalanmasdan)  yo„li  bilan  ko„payib,  lichinkaning  navbatdagi 

generatsiyasi-rediylarni  hosil  qiladi.  Rediyning  kalta  xaltaga  o„xshash  ichagi  bo„ladi. 

Bitta  sporotsistada  10–15  ta  rediylar  yetiladi.  Sporotsista  yorilib,  rediylar  mollyuska 

tanasiga  chiqadi.  Rediylar  murakkabroq  tuzilgan  bo„lib,  ularda  og„iz,  shoxlanmagan 

to„g„ri  ichak,  ichki  qismida  esa  tuxum  (embrion)  hujayralari  bo„ladi.  Bunday  rediylar 

sporosista  po„stini  yorib  chiqib,  mustaqil  ravishda  rivojlanishini  davom  ettiradi. 

Rediylar  mollyuska  ichida  2–2,5  oy  yashaydi.  Cho„ziq  shakldagi  rediylar  ham 

partenogenetik  yo„l  bilan  ko„payib,  jigar  qurtining  navbatdagi  lichinkalik  davri  – 

serkariylarni  hosil  qiladi.  Serkariylar  rediylardan  keskin  farq  qilib,  ularning  tanasi 

tuxum shaklida, 2 ta so„rg„ichi, ya‟ni og„iz va qorin so„rg„ichi, 2 shoxchaga bo„lingan 

o„rta  ichagi,  anchagina  rivojlangan  ayiruv  organlar  sistemasi,  jinsiy  organlar 

boshlang„ichi  va  orqa  uchida  lichinkaga  xos  organ  muskulli  dumi  bo„ladi.  Serkariylar 

ana shu dumi orqali suvda suzadi.  

Demak,  serkariylar  ma‟lum  darajada  voyaga  yetgan  jigar  qurtiga  o„xshaydi. 

Serkariylar rediy tanasidagi teshik orqali mollyuska tanasidan suvga chiqadi. Serkariylar 

ham  miratsidiylar  singari  oziqlanmaydi.  Ma‟lum  vaqt  (24–48  soat)  suvda  suzib  yurib, 

10 




11 





 

so„ngra  yumaloqlanadi,  dumi  tushib  ketadi  va  o„zidan  chiqqan  po„stga,  ya‟ni  sistaga 

o„ralib, adoleskariy deb ataladigan keyingi lichinkalik davriga aylanadi. Adoleskariylar 

suv ustida suzib yuradi yoki ko„pincha suv o„tlariga yopishgan holda suv ostiga cho„kib, 

uzoq  vaqt  tiriklik  xususiyatini  saqlab  qoladi.  Adoleskariy  yuqumli  (invazion)  holat 

hisoblanadi. Ular o„t va suv orqali asosiy xo„jayinlari (umurtqali hayvonlar yoki odam) 

organizmiga o„tadi. Xo„jayini ichagida sistaning qobig„i eriydi, yosh parazit hayvonning 

ichak devorlariga yopishib qon kapillyarlari orqali jigar o„t yo„llariga o„tadi va u yerda 

jinsiy voyaga yetib, yuqoridagi hayot jarayoni yana takrorlanadi. 

Shunday  qilib,  miratsidiyning  mollyuska  organizmiga  kirib  serkariyga 

aylanishiga  qadar  60–90  kun  kerak  bo„ladi.  Partenogenetik  yo„li  bilan  ko„payib,  bitta 

miratsidiydan  600–800  tagacha  serkariylar  yetishib  chiqadi.  Asosiy  xo„jayini 

organizmiga kirgan adoleskariylar 2,5–4 oydan keyin jinsiy voyaga yetadi va ular asosiy 

xo„jayinlar organizmida o„rtacha 10–12 oydan 3–5 yilgacha, ba‟zan esa 10 yildan ortiq 

hayot kechiradi.  

Fastciolalar  O„zbekistonning  barcha  viloyatlarida  uchrab,  sug„oriladigan,  tog„ 

oldi va tog„li hududlarida hamda suv havzalari mavjud bo„lgan yaylovlarda tarqalgan. 

Oddiy  jigar  qurti  zoogeografik  belgilari  bo„yicha  kosmopolit  tur  hisoblanadi, 

shunga ko„ra u barcha  mamlakatlarda  tarqalgan.  Uning tur  areali  doirasida  bir-biridan 

morfologik  va  biologik  xususiyatlari  bilan  farq  qiluvchi  populyatsiyalari  mavjud 

(yapon, amerika va avstraliya shakllari). 

Gigant  jigar  qurti  O„zbekistonning  Xorazm  viloyati  va  Qoraqalpog„iston 

Respublikasidan tashqari barcha hududlarda tarqalgan.  

Gigant  jigar  qurti  kosmopolit  emas,  dunyoning  faqatgina  issiq  iqlimli 

mamlakatlarida  tarqalgan.  Ushbu  tur  fastsiola  hozirgi  paytda  O„zbekistonning  barcha 

hududlarida  uchraydi.  U  Qoraqalpog„iston  Respublikasi  va  Xorazm  viloyatida 

fastsiolyozning yagona qo„zg„atuvchisi hisoblanadi. Boshqa viloyatlarda esa oddiy jigar 

qurti bilan aralash holda uchraydi.  

Jigar  qurti  keltirib  chiqaradigan  kasallik  fastciolyoz  deyiladi.  Bu  kasallik 

qo„zg„atuvchilari  ko„proq  sersuv  to„qayzorlarda,  chuchuk  suvlari  ko„p  bo„lgan 

yaylovlarda  keng  tarqalgan.  Ayniqsa,  yaylovlarni  almashtirmasdan  kasal  hayvonlarni 

bir joyning o„zida uzoq vaqt boqilsa fassiolyoz keng tarqaladi. Chunki kasal hayvon o„z 

tezagi bilan uzluksiz parazit tuxumlarini chiqarib turadi.  

Jigar  qurti  asosan  qon  va  jigar  to„qimasi  bilan  oziqlanib,  o„z  xo„jayiniga  katta 

ziyon yetkazadi. Bu parazit jigardagi o„t yo„ilarida ohak to„planishi va uning bekilishi 

tufayli jigarda og„ir kasallik tug„diradi. Hayvonlarning ishtahasi pasayib, ozib ketadi va 

ichi o„tadi. Yosh mollarning  o„sishi sekinlashadi, sigirlarning sut mahsuloti kamayadi. 

Surunkali fastsiolyozda qoramolar va qo„ylarning jag„ ostida, ko„krak qismida shishlar 

paydo  bo„ladi.  Ba‟zan  bola  tashlash  ham  kuzatilishi  mumkin.  Kasallik  davolanmasa 

o„lim bilan tugaydi. 

Bu  kasallik  O„zbekistonda  ham  keng  tarqalgan  bo„lib,  mahsuldor  mollarning 

35,9–65,5 % fassiolyoz bilan kasallangan.  

Fassiolyoz  barcha  yoshdagi  qishloq  xo„jalik  hayvonlarida  parazitlik  qiladi. 

Hayvonlarning kasallanishi bahor oylaridan boshlanadi, yoz va kuzda fastciolalar bilan 

zararlanish kuchayadi, qish oylarida ham davom etadi.  


 

Fassiolyozning kechishi va uning klinik belgilari parazitlik qiladi-gan fastciolalar 

soniga,  yoshiga,  turiga,  hayvonning  fiziologik  holatiga,  saqlanish  va  oziqalanish 

sharoitiga bog„liq.  

Fassiolyoz bilan kasallangan chorva mollarini davolash uchun ularga fassiolalarni 

o„ldiradigan  va  ularni  hayvon  tanasidan  haydab  chiqaradigan  dorilar  (antigelmintlar) 

beriladi.  Shunday  preparatlarga  uglerod  IV-xlorid,  geksaxlorparaksilol,  filiksan, 

geksaxloretan,  dertil  «O»,  «B»,  geksixol,  asemidofen,  faskoverm,  disalan,  bitionol  va 

boshqalar  kiradi.  Hayvonlarga  fastciolyoz  yuqtirmaslik  uchun,  avvalo,  yaylov  va  suv 

manbalarida  jigar  qurti  lichinkalarining  tarqalishiga  yo„l  qo„ymaslik,  fastciola 

yuqishidan saqlash, tezaklarni  zararsizlantirish, irrigatsiya  va  melioratsiya  tarmoqlarini 

tartibga  solish,  botqoqliklarni  quritish,  fastciola  lichinkalari  bilan  zararlangan 

mollyuskalarning biotoplarini mis kuporosi, dixlosalitsilanilid, ammiak selitrasi eritmasi 

bilan ishlash, yaylovlarni almashtirish va boshqa chora-tadbirlarni ko„rish kerak.  

Odamlar  ham  fastciolyoz  bilan  kasallanishi  mutnkin.  Bunda  odamlar  tasodifan 

jigar qurtining  ko„zga  ko„rinmas  lichinkalari  (adoleskariylari) bor  bo„lgan hovuz, ko„l 

va  xalqob  suvlarni  ichganda  yoki  har  xil  suv  o„tlarini  yuvmasdan  iste‟mol  qilganda 

ularni  o„zlariga  yuqtiradi.  Masalan,  Fransiyaning  Lion  shahri  yaqinida  500  dan  ortiq 

kishi  fastciolyoz  kasalligi  bilan  og„rigan.  Olimlarning  tekshirishicha,  bu  odamlar 

botqoqlikda  o„sadigan  krestsalat  o„tini  iste‟mol  qilib,  kasallikni  o„zlariga  yuqtirganlar. 

Umuman,  odamlar  bu  kasallik  bilan  og„rimasligi  uchun,  avvalo,  oqmaydigan  suvni 

qaynatmasdan  ichmasliklari,  suv  va  botqoqliklarda  o„suvchi  o„tlarni  yaxshilab  yuvib 

iste‟mol  qilishlari  kerak.  Kasallangan  odamlar  albatta,  xlorksil  preparati  bilan 

davolanishlari lozim.  

Hamma  so„rg„ichlilarning  hayot  sikli  ham  jigar  qurtinikiga  o„xshamaydi. 

Ko„pchilik  so„rg„ichlilar  uchun  suv  shillig„i  birinchi  oraliq  xo„jayin  hisoblanadi. 

Ularnnng suv shillig„i tanasidan chiqqan serkariy lichinkasi ikkinchi oraliq xo„jayin (har 

xil  mollyuskalar,  baliqlar,  itbaliq,  suv  hasharotlari  lichinkalari  va  boshqa  hayvonlar) 

tanasiga  o„tib,  o„z  rivojlanishini  davom  ettiradi.  Serkariy  ikkinchi  oraliq  xo„jayinda 

dumini  yo„qotib,  yupqa  tiniq  po„st  bilan  o„raladi,  ya‟ni  sista  hosil  qiladi.  Parazit  bu 

davrda  metaserkariy  deyiladi.  Agar  metatserkariyli  hayvonni  boshqa  biror  yirikroq 

hayvon oziq bilan birga yeydigan bo„lsa, uning tanasida parazit voyaga yetadi.  



Lantsetsimon  ikki  so„rg„ichlisi  (Dicrocoelium  lanceatum)  ning  tuzilishi  va 

biologik  xususiyatlari.  Lantsetsimon  ikki  so„rg„ichlisi  ham  jigar  qurti  kabi  chorva 

mollari  va  boshqa  umurtqali  hayvonlarda,  ba‟zan  esa  odamlarning  jigar  va  o„t 

yo„llarida,  o„t  qopida  parazitlik  qiladi.  Bu  so„rg„ichlining  tanasi  jarrohlik 

pichoqchasi(lantset)ga  o„xshaganligi  uchun  lantsetsimon  ikki  so„rg„ichlisi  deb  ataladi. 

Tanasi  cho„ziq,  uzunligi  5–15  mm  keladi.  So„rg„ichlari  bir-biriga  yaqin  joylashgan. 

Tuzilishi  jihatidan  jigar  qurtiga  o„xshasada,  ayrim  farqlari  ham  bor.  Jumladan,  ular 

tanasining  cheti  bo„ylab  joylashgan  naysimon  ko„rinishdagi  ichaklari  shoxlanmay 

gavdasining oxirida ko„r o„simta bilan tugaydi. Yumaloq shakldagi 2 ta urug„doni qorin 

so„rg„ichining orqasida, undan keyin bir dona yumaloq tuxumdoni joylashgan.  

Lantsetsimon  ikki  so„rg„ichlining  rivojlanish  siklida  uchta  xo„jayin  qatnashadi. 

Asosiy xo„jayini har xil umurtqali hayvonlar va ba‟zan odam, birinchi oraliq xo„jayini 

quruqlikda  yashovchi  Xeropicta  avlodiga  mansub  qorinoyoqli  mollyuskalar  va 



 

qo„shimcha, ya‟ni ikkinchi oraliq xo„jayini Formica va Proformica avlodlariga mansub 

chumolilar hisoblanadi (22-rasm).  

 

 



 

22-rasm. Lantsetsimon ikki so„rg„ichlisi (Dicrocoelium lanceatum)ning tuzilishi va taraqqiyot 

sikli: 1-voyaga  yetgan shakli; 2-asosiy xo„jayinlari; 3-tuxumi; 4-birinchi oraliq xo„jayini va 5-9-

lichinkalik taraqqiyoti (5-miratsidiy; 6-7-sporosistalar; 8-serkariy; 9-serkariy tugunchalari); 10-

ikkinchi oraliq xo„jayin-chumoli; 11-metatserkariy.  

 

Jinsiy  voyaga  yetgan  trematodalar  jigarning  o„t  yo„llari  va  o„t  qopiga  tuxum 



qo„yadi.  Tuxum  o„t  suyuqligi  bilan  12-barmoqli  ichakka  tushib,  hayvon  tezagiga 

aralashib  tashqariga  chiqadi.  Uning  tuxumi  ichida  yetilgan  miratsidiy  bo„lib,  u  tuxum 

qobig„idan  tashqariga  chiqolmaydi  va  uni  tuxum  bilan  birgalikda  mollyuska  yutadi. 

Uning  ichagida  tuxumdan  yetilgan  miratsidiy  jigarga  o„tib,  onalik  sporotsistaga, 

keyinchalik  qiz  sporotsistaga,  ulardan  dumli  serkariylar  paydo  bo„ladi.  Serkariylar 

yetilgandan  keyin  mollyuska  o„pkasiga  o„tadi  va  u  yerdan  nafas  yo„llariga  keladi. 

Mollyuskaning  nafas  yo„llarida  serkariylar  100–300  nusxadan  to„planib,  shilliq 

tugunchalar  hosil  qiladi.  Bu  tugunchalar  mollyuskalarning  nafas  yo„llari  orqali 

tashqariga chiqib, o„simlik va boshqa narsalarga yopishib qoladi.  

Parazit  lichinkalarining  mollyuska  tanasida  rivojlanishi  82  kundan  6  oygacha 

davom etadi. 

Ikkinchi  oraliq  xo„jayini  –  chumoli  serkariylari  bor  shilliq  qopchalarni,  ya‟ni 

to„plam sistalarni yeb, ularni o„zlariga yuqtiradi. Chumolilar organizmida 26–62 kundan 

keyin  serkariylar  metaserkariylarga  aylanadi.  Asosiy  xo„jayinlari  (chorva  mollari  va 

boshqa  umurtqali  hayvonlar)  suv  va  o„simliklar  bilan  birga  zararlangan  chumolilarni 

yutib  yuborish  orqali  parazitlarni  o„zlariga  yuqtiradi.  Odam  ham  xuddi  shu  yo„l  bilan 

11 


10 









 

zararlanishi  mumkin.  Asosiy  xo„jayini  organizmiga  o„tgan  metaserkariylar  jigar  va  o„t 

yo„llarida taraqqiy etib, 1,5–3 oydan keyin jinsiy voyaga yetadi.  

Nashtarsimon  ikki  so„rg„ichlilar  keltirib  chiqaradigan  kasallik  dikrotselioz 

deyiladi.  Bu  kasallik  chorva  mollari  o„rtasida  deyarli  hamma  joyda  uchraydi. 

O„zbekistonda  ham  bu  parazit  deyarli  barcha  viloyatlarida  (Xorazm  viloyati  va 

Qoraqolpog„iston Respublikasidan tashqari) qayd etilgan. 

Respublikamizda chorva mollarning dikroselioz bilan kasallanishi ko„pincha tog„ 

va tog„oldi mintaqalarida kuzatiladi. Chunki bu mintaqalarning iqlim sharoitlari oraliq 

xo„jayinlarning yashashi va ko„payishi uchun qulaydir. Bunday joylarda katta yoshdagi 

qo„ylar  dikroselioz  bilan  93  %  gacha,  1–2  yoshdagi  qo„ylar  esa  –  87  %  gacha  va  bir 

yoshgacha  bo„lgan  qo„zilar  -  66  %  gacha  kasallanganligi  kuzatilgan.  Birinchi  oraliq 

xo„jayini  –  mollyuskalarning  parazit  lichinkalari  bilan  zararlanish  darajasi  5-5,8  %  ni 

tashkil  qiladi.  Lansetsimon  ikki  so„rg„ichlarning  ikkinchi,  ya‟ni  qo„shimcha  xo„jayini-

chumolilarning  zararlanish  darajasi  28-43  %  ni  tashkil  qilib,  ayrim  chumolilarda 

metaserkariylar  soni  250  tagacha  boradi.  Bitta  qo„y  jigaridagi  parazitning  soni  50 

mingtagacha  borishi  mumkin,  bunday  paytda  kasallik  og„irlashib  hayvonni  hatto 

o„limga olib keladi.  

Dikroseliyning  tuxumlari  tashqi  muhit  ta‟sirlariga  ancha  chidamli.  Tezak  ichida 

bo„lgan  tuxum  hayotchanligini  bir  yilgacha  saqlab  qolishi  mumkin.  23°C  dan  -50°C 

gacha bo„lgan sovuqqa bir necha soatdan bir kungacha chidashi mumkin. Dikroseliozda 

kasallik  belgilari  uncha  xarakterli  emas.  Hayvon  kuchli  zararlanganda  (10-15  ming 

nusxa)  oriqlash,  ko„krak  sohasida  shishlar  paydo  bo„lishi,  ovqat  hazm  qilish 

jarayonining  buzilishi  va  mahsuldorlik  pasayishi,  ayrim  hollarda  hatto  o„lim  bo„lishi 

kuzatiladi.  

Dikroseliozni  davolash  va  uning  oldini  olish  uchun  avvalo,  kasal-langan  chorva 

mollarni  geksaxlor-paraksilol,  geksixol,  fevendazol,  getolin  va  boshqa  dorilar  bilan 

degelmintizatsiya  qilinadi.  Yosh  mollarni  dikrotseliy  tarqalgan  yaylovlarda  boqmaslik, 

vaqti  -  vaqti bilan  yaylovlarni  almashtirib  turish va  oraliq  xo„jayinlariga  qarshi kurash 

chora - tadbirlarni amalga oshirish lozim. 

Dikroseliylar  fastsiolalarga  nisbatan  antgelmintiklarga  ancha  chidamli,  shu 

sababli hayvonlar bir oy ichida qayta gijjasizlantiriladi.  

Dikroseliozning  kuchli,  tor  doiradagi  o„chog„larini  kuz  oylarida  shudgor  qilib 

tashlash va donli ekinlar ekish maqsadga muvofiqdir.  

Hayvonlar  orasida  o„lim  kuzatilsa,  ularni  bog„lab  boqishga  o„tish  yoki 

yaylovlarni almashtirish zarur. Bu vaqtda kasallangan hayvonlarni davolash maqsadida 

majburiy  gijjasizlantirish  o„tkaziladi.  Kasallik  belgilari  qayta  namoyon  bo„lsa, 

gijjasizlantirish takroriy o„tkaziladi.  

Dikroselioz  bo„yicha  nosog„lom  bo„lgan  xo„jaliklarda  hayvonlar  rejali  asosda 

yiliga ikki marta-noyabr va dekabr-yanvar oylarida gijjasizlantiriladi.  

Qo„y qo„ralari va molxonalarda maxsus go„ng saqlaydigan joylar tashkil qilish va 

ularni  dala  maydonlariga  faqat  biotermik  usulda  qayta  ishlangandan  so„ng  chiqarish 

zarur.  


Yüklə 3,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin