Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti p a r a z I t o L o g I ya


Paramfistomalarning  tuzilishi  va  biologik  xususiyatlari



Yüklə 3,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/49
tarix07.03.2017
ölçüsü3,75 Mb.
#10617
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   49

Paramfistomalarning  tuzilishi  va  biologik  xususiyatlari.  Paramphistomata 

kenja  turkumiga  mansub  parazitlarning  voyaga  yetgan  vakillari  kavsh  qaytaruvchi 

sutemizuvchilarning  oshqozon  oldi  bo„limlarida  (katta  qorinda,  ba‟zan  to„r  qorinda), 


 

yosh parazitlar esa shirdon va ingichka ichakning shilliq pardasi ostida parazitlik qiladi. 

Uy  va  yovvoyi  kavsh  qaytaruvchilarda  60  turdan  ziyod  paramfistomatalar  parazitlik 

qiladi.  

O„zbekistonda 

qoramol 


va 

qo„y-echkilarda 

Paramfistomatalardan 



Raramphistomum,  Calicophoron,  Gastrothylax  va  Liorchis  avlodlariga  mansub  bir 

necha tur trematodalar parazitlik qiladi.  

Paramfistomalarning  gavdasi  ipsimon  yoki  silindrsimon  shaklda,  rangi  oq-

qizg„ish, uzunligi 5–20 mm bo„lib, ularda og„iz so„rg„ichi bo„lmaydi. Qorin  so„rg„ichi 

yaxshi  rivojlangan  bo„lib,  tananing  orqa  qismiga  yaqin  joylashadi.  Paramfistomatalar 

tuxumlari oval shaklda, kulrang, tuxum po„sti sariqliq hujayralari bilan zich to„lmagan, 

o„lchami 0,11–0,16 mm. Fastsiola tuxumlaridan rangi va sariqlik hujayralari joylashishi 

bilan farq qiladi. 

Paramphistomatidae  oilasiga  kiruvchi  barcha  turlarning  rivojlanish  bosqichlari 

deyarli bir xil o„tadi. Ular oraliq va asosiy xo„jayinlar ishtirokida rivojlanadi (23-rasm). 

Paramfistomalarda  og„iz  so„rg„ichi  bo„lmaydi,  terminal  joylashgan  og„iz 

teshigidan  rivojlangan  farinks  va  undan  keyin  ikkiga  shoxlangan  ichak  ketadi.  Qorin 

so„rg„ichi  kuchli  rivojlangan  bo„lib,  gavdasining  orqa  uchida  joylashgan,  u  yopishib 

turish  vazifasini  bajaradi.  Jinsiy  voyaga  yetganlari  asosiy  xo„jayinlarining  (kavsh 

qaytaruvchi  juft  tuyoqli  sutemizuvchilar,  asosan,  qoramol,  qo„y,  echki  va  boshqalar) 

katta  va  to„rqorinlarida  parazitlik  qiladi  Paramfistomalar  biogelmintlar  hisoblanadi. 

Rivojlanishi  ikkita  xo„jayinda  o„tadi.  Ularning  oraliq  xo„jayinlari  chuchuk  suvlarda 

yashovchi  mollyuskalar  (Planorbis,  Galba,  Physa  urug„larining  turlari)  hisoblanadi. 

Asosiy  xo„jayinlari  esa  kavsh  qaytaruvchi  sutemizuvchilar.  Parazitning  tuxumi  asosiy 

xo„jayinining  tezagi  bilan  tashqariga  (suvga)  chiqib,  12–13  kundan  keyin  undan 

miratsidiy  lichinkasi  chiqadi.  Miratsidiy  oraliq  xo„jayini  –  chuchuk  suvda  yashov-chi 

mollyuskalarning organizmiga kirib, sporotsistaga, keyin rediyga aylanadi. 1,5–3 oydan 

keyin  esa  serkariylarga  aylanib,  oraliq  xo„jayinlardan  tashqariga  chiqadi.  Ma‟lum 

vaqtdan  keyin  serkariylar  dumini  yo„qotib,  sistaga  o„ralib  adoleskariylarga  aylanadi. 

Asosiy xo„jayinlari suv va o„t orqali adoleskariylarni o„zlariga yuqtiradi. Adoleskariylar 

ichak  bo„shlig„i  orqali  katta  qoringa  va  to„rqoringa  o„tib  jinsiy  voyaga  yetadi. 

Adoleskariydan  to  jinsiy  voyaga  yetgan  parazitga  aylanguncha  3-3,5  oy  vaqt  kerak 

bo„ladi. 



 

 

 

23-rаsm. Pаrаmfistоmаlar(Paramfistomum sp.)ning rivоjlаnish bosqichlari: А - pаrаzitning аsоsiy 

хo„jаyinlаri; B - pаrаzitning оrаliq хo„jаyini – chuchuk suv mоllyuskаlari: 

1-jinsiy yetilgаn pаrаzit; 2-tuхum; 3-mirаtsidiy; 4-spоrоsistа; 5-rеdiy; 

6-sеrkаriy; 7-аdоlеskаriy.  

 

O„zbekistonda 



qoramol 

va 


qo„y-echkilarda 

paramfistomalardan: 

Paramphistomum,  Calicophoron,  Gastrothylax  va  Liorchis  kabi  urug„larining  turlari 

parazitlik qiladi. 

Parazitlarning  jinsiy  voyaga  yetishi  turli  muddatlarda  amalga  oshadi:  liorxislar 

qoramollarda  97–130  kunda,  qo„ylarda  26–107  kunda;  paramfistomalar  qoramollarda 

40–100  kunda,  qo„ylarda  103–115  kunda.  Trematodalarning  voyaga  yetishi  uchun 

o„rtacha  3–4  oy  talab  etiladi.  Jinsiy  voyaga  yetgan  parazitlar  4–5  yil  yashashligi 

to„g„risida ma‟lumotlar bor.  

Hayvonlarning  zararlanish  manbalari  bo„lib,  botqoqli,  namli  yaylovlar  va 

invaziya bo„yicha nosog„lom (zararlangan mollyuskalar mavjud bo„lgan) suv havzalari 

hisoblanadi.  Invaziyani  tarqatish  manbalari  –  kasal  hayvonlar  va  paramfistomatalar 

lichinkalari  bilan  zararlangan  mollyuskalar  hisoblanadi.  Invaziya  manbai  bo„lib, 

yovvoyi  kavsh  qaytaruvchilar  ham  bo„lishligi  mumkin.  Zararlangan  mollyuskalar 

qishlab  chiqadi  va  invaziyaning  manbai  bo„lib  qoladi.  Adoleskariylar  chidamsiz, 

biotoplar quriganda tez nobud bo„ladi. Paramfistomatalar keltirib chiqaradigan kasallik 

paramfistomatoz deb ataladi.  

O„zbekistonning  janubiy  hududlarida  (Surxandaryo  viloyati)  Calicophoron 

avlodiga  mansub  trematodalar,  Shimoli-g„arbiy  hududlarida  esa  paramfistomalarning 

qolgan  avlod  vakillari  tarqalgan.  So„ngi  yillarda  Samarqand  viloyatining  Urgut  va 

Tayloq  tumanlarida  kalikoforoz  va  gastrotilyaksozlarning  kuchli  o„choqlari  paydo 

bo„lgan.  Ayrim  qishloqlarda  aholi  qoramollarining  ular  bilan  100%  gacha 

Definitiv xo„jayin 

 

 



Oraliq xo„jayin 

3-4 oy 


1,5-3 oy 





 





 

zararlanganligi va ayrim hollarda nobud bo„lishi kuzatilgan. Bu kasallik, ayniqsa, yosh 

mollarda ko„proq uchraydi.  

Paramfistomatoz o„tkir va surunkali shaklda kechadi. O„tkir paramfistomatoz 1,5–

2  yoshli  buzoqlarda  kuzatiladi.  Hayvonlarda  ishtaha  yo„qoladi,  holsizlanadi,  uzoq  vaqt 

yotadi, ich ketish, ich qotishi bilan almashib turadi. Surunkali paramfistomatozni voyaga 

yetgan  gelmintlar  qo„zg„atib,  trematodalarning  oshqozon  oldi  bo„limlarida  parazitlik 

qilishidan  kelib  chiqadi.  Kasallikning  bu  shaklida  hayvonlar  keskin  ozadi,  ko„pincha 

yotadi, qoramollarning sut mahsulotlari kamayadi.  

Odatda,  paramfistomatozning  o„tkir  shakli  buzoqlar  yaylovga  haydagandan  bir 

oydan keyin kuzatiladi. Parazitning voyaga yetgan shakllari hayvonlar organizmida bir 

necha  yil  yashab,  ularni  katta  va  to„r  qorinlarida  yilning  hamma  fasllarida  topish 

mumkin.  

Kasallangan  mollarni  bitionol  va  geksaxloretan  kabi  dorilar  bilan  davolanadi. 

Paramfistomatozning  oldini  olish  uchun  chorva  mollarni  paramfistomatidlar  bilan 

zararlangan  yaylovlarda  boqmaslik,  dalaga  ishlatiladigan  go„nglarni  qayta  ishlash, 

oraliq  xo„jayinlari  uchun  qulay  bo„lgan  ko„lmak  va  keraksiz  suv  havzalarini  quritish, 

yaylovlarni almashtirib turish kabi chora-tadbirlami amalga oshirish lozim.  



Xasstileziya  (Hasstilesia  ovis)  ning  tuzilishi  va  biologik  xususiyatlari. 

Xasstilezioz  qo„zg„atuvchisi  -  Hasstilesia  ovis  Brachylaemidae  oilasiga  kiradi. 

Hasstilesia  ovis  trematoda  turining  shakli  tuxumsimon,  qoramtir  rangda  bo„ladi.  Tana 

uzunligi 0,79–1,12 mm keladi. Asosan chorva mollarining ingichka ichagida parazitlik 

qiladi.  Xasstilezia  O„zbekistonda  tog„  va  tog„oldi  hududlarida  qo„y  va  echkilarning 

ingichka  ichagida  parazitlik  qiladi.  Bu  trematodaning  oraliq  xo„jayinlari–quruqlik 

mollyuskalaridan  Pupilla  muscorum  va  Vallaomia  costata  turlari  hisoblanadi.  Parazit 

tuxumining  ichida  lichinkasi  bo„ladi.  Mana  shunday  holatdagi  parazitning  tuxumlari 

kasal hayvon tezagi orqali tashqi muhitga chiqadi. Bunday tuxumlar parazitning oraliq 

xo„jayinlari  quruqlik  mollyuskalari  organizmiga  tushganda  tuxumdan  miratsidiy 

lichinkasi  chiqib  mollyuska  jigariga  o„tadi  va  keyingi  lichinkalik  davrlari,  ya‟ni 

sporotsista va serkariy davrlarigacha rivojlanadi. Serakariy rivojlanishining 24-kunidan 

boshlab,  oraliq  xo„jayinidan  tashqi  muhitga  chiqadi  va  tashqi  muhitda  namlik  yetarli 

bo„lsa  3  kungacha  yashay  oladi.  Keyinchalik  serkariylar  qo„shimcha  xo„jayinlari 

bo„lmish  har  xil  turdagi  quruqlik  mollyuskalari  tanasiga  kirib,  ularning  buyraklarida 

rivojlanishini  davom  ettirib  keyingi  yuqumli  holdagi  lichinkalik  davri-metaserkariyga 

aylanadi.  

Metaserkariylar bir oy davomida rivojlanadi, keyinchalik metatserkariylar yupqa 

pardaga  o„ralib,  yaylovlarda  mollyuskalar  tanasida  qishlab,  6  oydan  ko„proq  vaqt 

yashashi  mumkin.  Tanasida  parazitning  yuqumli  holatdagi  metatserkariylari  bo„lgan 

quruqlik  mollyuskalari  o„t  yoki  suv  orqali  qo„y  va  echkilar  organizmiga  tushsa, 

taxminan  27–30  kundan  keyin  hayvonlar  ichagida  parazit  jinsiy  voyaga  yetadi  (24-

rasm).  

Qulay sharoitda oraliq, qo„shimcha va asosiy xo„jayinlarda parazitning rivojlanish 

davri  80–90  kunga  to„g„ri  keladi.  Xasstilezioz  bilan  kasallangan  qo„y  va  echkilarning 

shilliq  pardalari  oqaradi,  hayvon  oriqlaydi,  ichi  ketadi.  O„zbekistonda  qo„ylar  asosan, 

xasstilezioz bilan yozda kasallanadi. 


 

Xasstilezioz O„zbekiston sharoitida tog„ va tog„ oldi hududlarida qo„y va echkilar 

o„rtasida uchraydi. Invaziya intensivligi keng doirada o„zgarib turadi. Shu yil tug„ilgan 

qo„zilar kuchli zararlanib, invaziya intensivligi 120 ming nusxagacha yetishi mumkin. 

 

 

 



24- rasm. Hasstilesia ovis trematodasining rivojlanish sikli sxemasii.  

 

Hayvonlarning yoshi kattalashgan sayin invaziya intensivligi pasayib boradi. Ikki 



yoshli  hayvonlarda  invaziya  intensivligi  40  mingtagacha,  undan  katta  yoshdagi 

hayvonlarda esa 107–2574 tani tashkil etadi. 

Xasstileziyalarning oraliq xo„jayinlari – quruqlik mollyuskalari tog„ oldi va tog„li 

hududlarda keng tarqalib, 1 m

2

 maydonda 80 tagacha nusxani tashkil etadi. Mollyuska 



organizmidagi  metaserkariylar  qishlab  chiqadi  va  hayvonlarning  zararlanish  manbai 

bo„lib xizmat qiladi.  

Dastlabki  klinik  belgilar  qo„ylarni  nosog„lom  yaylovlarga  haydagandan  15 

kundan  keyin  qo„zilar  o„rtasida  paydo  bo„la  boshlaydi.  Ayrim  hayvonlarda  tez-tez 

yotish, qorin devori taranglashuvi, loxaslik paydo bo„ladi. Qo„zilar zararlangandan 30–

35  kundan  keyin  ich  ketishi  kuzatiladi,  tezak  qo„lansa  hidga  ega,  ko„rinadigan  shilliq 

pardalar  oqimtir,  oziqlanmaydi.  Tana  harorati  me‟yoriy  haroratning  yuqori  darajasida 

bo„ladi  (40,2–40,7°C).  Katta  yoshdagi  hayvonlarda  yuqoridagi  belgilar  kuchsiz 

namoyon  bo„ladi,  ammo  surunkali  kasal  hayvonlar  o„sish  va  rivojlanishdan  orqada 

qoladi.  

Kasallikni  aniqlash  uchun  boshqa  trematodozlardagi  singari  uyg„unlashgan 

tekshirishlar  o„tkaziladi.  Asosiy  e‟tibor  xo„jalikning  epizootologik  holatiga  qaratiladi. 

Laboratoriyada  tezak  namunalari  ketma-ket  yuvish  usuli  bilan  tekshiriladi. 


 

Gelmintologik  yorib  ko„rishda  ingichka  ichak  yuqori  qismi  shillig„ini  diqqat  bilan 

tekshirish muhim ahamiyatga ega. 

Kasallangan hayvonni davolash uchun ivermektinning 1% li eritmasi 0,075–1,125 

mlg/kg  dozada,  bir  marotaba,  teri  ostiga  qo„llaniladi.  Undan  tashqari,  panakurning 

22,2%  li  granulasi har  bir  hayvonga  alohida  yoki guruh  usulida  (har bir hayvonga  5  g 

dozada) tavsiya etiladi. Ursovermit va atsetvikol preparatlari ham xasstileziozda yaxshi 

natija berishligi ma‟lum. 

Xo„jaliklardan xasstileziozni to„lig„icha yo„qotish uchun uyg„unlashgan tadbirlar 

o„tkaziladi. Bularga qo„y va echkilar organizmidagi voyaga yetgan gelmintlarni, tashqi 

muhitda  ular  tuxumi  va  oraliq  xo„jayinlarini  yo„qotish,  hamda  hayvonlarni  to„la 

qimmatli  oziqalantirish  va  ularni  saqlashning  sanitar-gigiyenik  holatini  yaxshilash 

kiradi.  Hayvonlar  o„rtasida  profilaktik  maqsadda  bir  yilda  ikki  marta  gijjasizlantirish 

o„tkaziladi. Xasstileziozda yaylovlarni almashtirib turish eng samarali usul hisoblanadi. 

Hayvonlarning  xasstilezioz  bilan  zararlanishining  oldini  olish  uchun  ularni,  Pupilla  va 

Vallonia avlodlariga mansub mollyuskalari bo„lmagan yaylovlarda boqish zarur. 

Euritremalar  (Eurytrema  sp.)  ning  tuzilishi  va  biologik  xususiyatlari. 

Euritrematoz  qo„zg„atuvchilari  qo„y,  echki,  qoramol,  tuya,  cho„chqa,  bug„u  hamda  bir 

qancha  yovvoyi  kavsh  qaytaruvchilarning  paraziti  hisoblanadi.  Ular  Dicrocoelidae 

oilasiga  mansub  Eurytrema  pancreaticum  va  E.  coelomaticum  trematoda  turlaridir. 

Trematoda  oshqozon  osti  bezida  va  kamdan-kam  hollarda  jigarda  parazitlik  qiladi. 

Zararlangan  oshqozon  osti  bezi  tashlab  yuborilishi  tufayli,  qimmatli  xom  ashyo 

yo„qotiladi.  

Euritremalar  uzunligi  5–6  mm  dan  13,5–18,5  mm  gacha  va  eni  5,5-8,5  mm 

keladi. Yirik, bo„rtib chiqib turgan og„iz va qorin so„rg„ichlariga ega. Og„iz so„rg„ichi 

qorin so„rg„ichiga nisbatan yirikroq. Tirik parazitlar qizil rangga ega. Urug„donlari oval 

shaklda,  qorin  so„rg„ichi  yonida  simmetrik  joylashadi.  Tuxumdon  noto„g„ri  shaklda, 

ba‟zan  parrakka  o„xshagan,  qorin  so„rg„ichining  orqa  tomonida  joylashgan, 

urug„donlarga  nisbatan  biroz  kichikroq.  Bachadon  naysimon  shaklda,  trematoda 

tanasining  butun  orqa  qismini  egallaydi.  Tuxumi  jigarrang,  shakllangan  miratsidiyga 

ega.  

Trematodalar oraliq xo„jayinlar – quruqlik mollyuskalari-Bradybaena lantzi,  



B.  phaeozona,  B.  plectotropis  va  qo„shimcha  xo„jayinlari-Conocephalus  va  Platycus 

avlodlariga mansub temirchaklar ishtirokida rivojlanadi.  

Kasal hayvon tezagi bilan trematoda tuxumi tashqi muhitga tushadi va o„t bilan 

birgalikda  mollyuskalar  tomonidan  yutib  yuboriladi.  Ularning  ichagida  tuxumdan 

miratsidiy  lichinkasi  chiqadi  va  jigarga  o„tib,  sporotsistaga  aylanadi.  Serkariy  5  oy 

(ba‟zi  ma‟lumotlarga  qaraganda  1  yil)  da  rivojlanadi.  Serkariy  saqlovchi  yetilgan 

sporotsistalar, jigardan  mollyuskaning  mantiya  bo„shlig„iga  migratsiya  qiladi  va  tashqi 

muhitga chiqib, o„t yoki tuproqqa tushadi. Keyinchalik serkariylarni temirchaklar yutib 

yuborib, taxminan 2 oydan keyin metatserkariy bosqichi rivojlanadi. Asosiy xo„jayinlari 

o„t bilan birgalikda zararlangan temirchaklarni yutib yuborish orqali kasallikni yuqtiradi 

(25- rasm).  

Euritremaning to„liq rivojlanishi 18 oydan kam bo„lmaydi. Euritrematoz Farg„ona 

vodiysi tabiiy sharoiti uchun xarakterli. Eurytrema pancreaticum Namangan va Andijon 

viloyatlari  chorvachilik  xo„jaliklarida  qoramollar  o„rtasida  qayd  etilgan.  Oraliq 



 

xo„jayinlarning  zararlanishi  2–8%,  qo„shimcha  xo„jayinlarning  zararlanishi  6–47%  ni 

tashkil  etadi.  Shuni  ta‟kidlab  o„tish  kerakki,  euritrematoz  potensial  trematodozlar 

qatoriga  kirib,  yetarli  tabiiy  sharoitlar  bo„lganida,  Respublikamizning  boshqa 

hududlarida  ham  kavsh  qaytaruvchi  hayvonlar  o„rtasida  enzootiyaga  sabab  bo„lishi 

mumkin.  

 

 

 



25- rasm. Eurytrema pancreaticum trematodasining rivojlanish sikli sxemasi.  

 

Hayvonlar euritrema qo„zg„atuvchisi bilan yilning issiq paytlarida, yaylovlarda 



temirchaklar  paydo  bo„lgandan  so„ng  zararlana  boshlaydi.  Euritrema  tuxumlari  tashqi 

muhit sharoitlariga ancha chidamli. Ular noorganik tuzlar to„yingan eritmalarida nobud 

bo„lmaydi, 5% dan yuqori bo„lmagan bir qancha organik birikmalar (atseton, glitserin, 

fenol),  kuchsiz  ishqorlar  va  kislotalar  ta‟siriga  ham  ancha  chidamli.  Bu  holat 

invaziyaning tashqi muhitda keng tarqalishiga imkon yaratadi. Shu yil tug„ilgan qo„zilar 

o„rtasida invaziyaning yuqori darajasi noyabr oyida kuzatiladi. Yosh chorva mollari va 

katta yoshdagi hayvonlar zararlanishi bahor va yoz oylarida o„sib boradi, avgust oyida 

maksimum darajaga yetadi. 

Kasal  hayvonlar  tez  oriqlaydi,  surunkali  ich  ketishi,  bosh,  bo„yin  va  ko„krak 

sohasida  shishlar  paydo  bo„lishi  kuzatiladi.  Ko„rinadigan  shillik  pardalar  oqaradi, 

surunkali  kasal  hayvonlarda  junlar  xiralashadi,  salga  sinadigan  va  osonlik  bilan  yulib 

olinadigan bo„ladi. Ba‟zan ovqat hazm qilish tizimining funktsiyasi buzilib, ich ketishi, 

ich qotishi bilan almashinib turadi.  

Euritrematozni  davolashda  prazikvantel  30  mg/kg  dozada  uch  marta  oziqa  bilan 

qo„shib beriladi. Xorijda nitroksinilni teri ostiga yoki muskul orasiga 10 mg/kg dozada, 

uch marta 24 soat oraliq muddat bilan qo„llash haqida ma‟lumot mavjud.  



 

Nosog„lom  xo„jaliklarda  davolash-profilaktik  gijjasizlantirish  hayvonlar  bog„lab 

boqishga  o„tkazilgandan  keyin  amalga  oshiriladi.  Sigirlar  va  g„unajinlar  iyulning 

birinchi  yarmigacha  har  xil  yaylovlarda  boqilib,  voyaga  yetgan  temirchaklar  paydo 

bo„lishi bilan ochiq o„tloqlarga va sun‟iy yaylovlarga o„tkaziladi.  

Trematodalarning  oraliq  xo„jayinlari  –  quruklik  mollyuskalari  Bradybaena lantzi, 



B.  phaeozona,  B.  plectotropis  va  qo„shimcha  xo„jayinlari  -Conocephalus  hamda 

Platycus  avlodiga  mansub  temirchaklar  miqdorini  kamaytirishga  qaratilgan  tadbirlar 

tashkil  etilishi,  hayvonlar  saqlanadigan  joylarning  sanitariya  holatini  yaxshilanishi, 

hayvonlarni to„la qimmatli oziqlantirishga e‟tibor qaratilishi, yaylovlarda gelmintologik 

nazorat o„rnatilishi lozim. 



So„rg„ichlilar  sinfidan  -  Prostogonimus  (Prosthogonimus)  urug„ining 

vakillari,  ayniqsa,  Prosthogonimus  ovatus  va  Prosthogonimus  cuneatus  turlari  tovuq, 

kurka,  o„rdak,  g„oz  va  boshqa  yovvoyi  parrandalarning  fabritsiyev  xaltasi  va 

tuxumdonlarida parazitlik qilib, prostogonimoz kasalligini keltirib chiqaradi. 

Bu  parazitning  tanasi  noksimon  shaklda,  dorzoventral  tomondan  yassilangan. 

Uzunligi  3–6  mm,  eni  esa  1–2  mm  keladi.  Ichaklari  og„iz  so„rg„ichi  bilan  qorin 

so„rg„ichi  oralig„ida  ikkiga  shoxlangan.  Qorin  so„rg„ichi  og„iz  so„rg„ichiga  nisbatan 

ancha yirik. Urug„donlari ikkita, ovalsimon ko„rinishda, asosan tanasining orqa yarmida 

joylashgan.  Tuxumdoni  qorin  so„rg„ichining  yuqorisida,  sariqlik  bezlari  tananing  ikki 

yon  tomonida,  bachadoni  esa  tanasining  orqa  tomonida  joylashgan.  Prostogonimning 

rivojlanishi uchta xo„jayinda ketadi (27-rasm).  

Birinchi oraliq xo„jayini chuchuk suvda yashovchi Bithynia va Gyraulus urug„iga 

mansub mollyuskalar, ikkinchi oraliq xo„jayinlari, ya‟ni qo„shimcha xo„jayinlari har xil 

turga  kiruvchi  ninachilar  (Libellula,  Anax,  Sympetrum  va  boshqa  urug„lar  turlari)  va 

asosiy xo„jayinlari esa parrandalar hisoblanadi.  

Parazitning  tuxumlari  parrandalarning  tezagi  bilan  tashqi  muhitga,  suvga 

tushgandan 8–14 kundan keyin tuxumdan miratsidiy  lichinkasi chiqadi va  faol harakat 

qilib,  birinchi  oraliq  xo„jayini-mollyuskalarning  ichiga  kiradi.  Mollyuska  jigarida 

miratsidiy sporotsistaga aylanadi va sporotsista ichida uzun dumli serkariylar yetiladi va 

ular  mollyuskadan  suvga  chiqadi.  Keyinchalik  serkariylar  ikkinchi  oraliq  xo„jayin  – 

ninachilar lichinkasining ichiga kirib oladi.  

Bu  yerda  serkariy  ninachi  lichinkasi  ichagining  devorini  teshib,  qorin  muskuli 

oralig„iga  kelib  joylashadi  va  to„rtinchi  kuni  metatserkariyga  aylanadi.  Metatserkariy 

kapsulaga  o„ralib,  70  kundan  keyin  yuqumli  (invazion)  holatga  aylanadi.  Asosiy 

xo„jayinlari  –  parrandalar  metatserkariy  bilan  zararlangan  ninachilar  va  ularning 

lichinkalarini  yeyishi  bilan  parazitni  o„zlariga  yuqtiradi.  Parranda  ichagidan 

metatserkariy kloaka orqali tuxum yo„li va fabritsiyev xaltasiga o„tadi va taxminan ikki 

haftadan keyin jinsiy voyaga yetadi. 

Parrandalar  yoshidan  qat‟iy  nazar  prostogonimoz  bilan  kasallanadi.  Kasallik, 

ayniqsa, tuxum qiladigan tovuqlarda juda og„ir kechadi. Kasallik manbai prostogonimoz 

bilan  kasallangan  uy  va  yovvoyi  parrandalar  hisoblanadi.  Prostogonimoz  bilan 

kasallangan  parrandalarning  tuxumdon  yo„llari  yallig„lanadi,  natijada  tuxum 

po„stlog„ini hosil qiluvchi qismining ish faoliyati buzilib, parranda, shu jumladan, tovuq 

po„stloqsiz yoki yupqa po„stloqli yumshoq tuxum qo„yadi. 

 


 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 

 

 

 

27-rasm. Prostogonimus (Prosthogonimus ovatus) ning tuzilishi va rivojlanish sikli: A-

Prosthogonimus ovatusning tuzilishi: 1-jinsiy teshiklar; 2-og„iz so„rg„ichi; 3-tomoq; 4-qizilo„ngach; 

5-bursa; 6-bachadon; 7-ichak; 8-tuxumdon; 9-qorin so„rg„ichi; 10-sariqlik bezi; 11-urug„donlar; B- 



Prosthogonimus ovatusning rivojlanish sikli: I. Asosiy xo„jayin-tovuq; II. Birinchi oraliq xo„jayin - 

mollyuskalar; III. Ikkinchi oraliq xo„jayin - ninachi; a-jinsiy voyaga yetgan parazit; b-tuxum; d-

sporotsista; e-serkariy; f-g-metatserkariylar.  

 

Prostogonimozga  qarshi  kurashish  uchun  avvalo,  kasallangan  parrandalarni 

geksaxloretan  va  uglerod  (IV)  -  xlorid  preparatlari  bilan  davolash  kerak.  Parazitning 

tarqalishiga yo„l qo„ymasiik uchun parrandachilik fermasi binolarini suvga yaqin joyga 

qurmaslik,  parrandalarni  botqoq  yaylovlar  va  yomg„ir  yog„gandan  keyin  yayratish 

maydonchasiga  chiqarmaslik,  parrandalarni  invaziyaga  gumon  qilingan  suv 

havzalaridan sug„ormaslik kerak. 

 

Mushuk ikki so„rg„ichlisi (Opisthorchis felineus). Bu parazit asosan mushuk, it, 

tulki, sher, cho„chqa va odamning jigarida, o„t yo„llarida, o„t pufagida hamda oshqozon 

osti bezlarida parazitlik qilib yashaydi. U asosan, G„arbiy Sibirda ko„p tarqalgan.  

Ko„rinishi  nashtarsimon  ikki  so„rg„ichliga  o„xshaydi,  lekin  tanasi  biroz  kichik, 

ya‟ni  8–13  mm  uzunlikda  bo„ladi.  Bir  juft  urug„donlari  va  bir  dona  tuxumdoni 

gavdasining  orqa  tomonida  joylashgan.  Bachadoni  ko„p  shoxlangan  bo„lib,  tana 

bo„shlig„ining oldingi yarmini to„ldirib turadi. 

Mushuk ikki so„rg„ichlisining, ya‟ni opistorxisning rivojlianishida uchta xo„jayin 

qatnashadi.  Yuqorida  aytilgan  sutemizuvchilar  va  odam  definitiv  (asosiy)  xo„jayin 

bo„lsa,  chuchuk  suvda  yashovchi  qorinoyoqli  mollyuska  –  bitiniya  (Bithynia  leachi

birinchi  oraliq  xo„jayin,  zog„ora  baliq,  karas  (tobon  baliq),  leshch  (oqcha),  yaz  va 

boshqa baliqlar ikkinchi oraliq yoki qo„shimcha xo„jayin hisoblanadi (28- rasm).  

 


 

 


Yüklə 3,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin