Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti p a r a z I t o L o g I ya



Yüklə 3,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/49
tarix07.03.2017
ölçüsü3,75 Mb.
#10617
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49

 

Muhоkаmа uchun sаvоllаr:  

1.

 



Parazitologiya faniga hissa qo„shgan chet ellik olimlar haqida ma‟lumot bering.  

2.

 



O„zbekiston  olimlari  va  ularning  parazitologiya  faniga  qo„shgan  hissalarini 

bayon qiling.  

 

2-mavzu: Parazitizm va parazitlar to„g„risida tushunchalar. Parazitizmni  

turli xil ko„rinishlari  

Fanni o„qitish texnologiyasi: 

“Parazitizm va parazitlar to„g„risida tushunchalar. Parazitizmni turli xil 

ko„rinishlari” mavzusidagi ma‟ruza mashg„ulotining texnologik xaritasi  

№ 

Bosqichlar va bajariladigan 

Amalga 


 

ish mazmuni 

oshiruvchi 

shaxs, vaqt 



Tayyorlov bosqichi: 

1.1.  Dars  maqsadi:  Talabalarga  parazitizm  va  parazitlar 

to„g„risida  tushunchalar  hamda  parazitizmni  turli  xil 

ko„rinishlari haqida ma‟lumot berish. 

1.2. Idеntiv o„quv mаqsаdlаri: 

1.2.1.  Parazitizm  va  parazitlar  to„g„risidagi  tushunchalarni 

izohlay oladi. 



1.2.2.  Parazitizmni  turli  xil  ko„rinishlari  haqida  ma‟lumot 

bera oladi. 



1.3.  Dars  shakli:  guruh va  mikroguruhlarda  ishlash, hikoya 

qilish. 



1.4. Metod va usullar: Kuzatish, suhbat, kolleksiyalardan va 

jadvallardan foydalangan holda  o„rgatish. 



1.5. Kerakli jihozlar: ko„rgazmali qurollar, kolleksiyalar va 

jadvallar. 



O„qituvchi 



O„quv mashg„ulotini tashkil qilish bosqichi: 

2.1. Маvzu e‟lon qilinadi. 

2.2. Ма‟ruza boshlanadi, аsosiy qismlari bayon qilinadi. 

O„qituvchi,15 

daqiqa 



 

Guruhda ishlash bosqichi: 

3.1. Talabalarga muammoli savol beriladi. 

3.2.  Тalabalar  fikri  eshitiladi,  boshqa  talabalar  bahsga 

chaqiriladi. 



3.3. Umumiy xulosalar chiqariladi. 

3.4. Umumiy xulosaga kelinadi . 

O„qituvchi-

talaba, 

40 daqiqa 



Mustahkamlash va baholash bosqichi: 

4.1. Parazitizm va parazitlar to„g„risidagi tushunchalar. 

      Parazitizm  va  parazitlar  to„g„risidagi  tushunchalarni 

izohlab bering. 

      Parazitizmni  turli  xil  ko„rinishlari  haqida  ma‟lumot 

bering.  



4.2. Eng faol talabalar (baholash mezoni asosida) baholanadi. 

O„qituvchi, 

15 daqiqat 



O„quv mashg„ulotini yakunlash bosqichi: 

5.1.Talabalar bilimi tahlil qillinadi. 

5.2. Mustaqil ish topshiriqlari beriladi. 

5.3.  O„qituvchi  o„z  faoliyatini  tahlil  qiladi  va  tegishli 

o„zgartirishar kiritadi. 



O„qituvchi, 

10 daqiqa 

 

Аsоsiy sаvоllаr: 

1. Parazitizm va parazitlar to„g„risidagi tushunchalar. 

2. Parazitizmni turli xil ko„rinishlari.  


 

Mаvzugа  оid  tаyanch  tushunchаlаr  vа  ibоrаlаr.  Parazitizm,  avtotrof  organizmlar, 

geterotrof organizmlar, indifferent munosabat, antogonistik munosabat, kommensalizm, 

mutualizm, simbioz, epioykiya, entoykiya.  

1-sаvоl  bo„yichа  dаrs  mаqsаdi:  Talabalarga  parazitizm  va  parazitlar 

to„g„risidagi tushunchalar haqida ma‟lumot berish.  



Idеntiv o„quv mаqsаdlаri: 

1.

 



Parazitizm va parazitlar to„g„risidagi tushunchalar haqida ma‟lumot bera oladi.  

 

Birinchi sаvоl bаyоni:  

Parazitizm  (yunoncha  parasites–tekinxo„r,  hamtovoq)  har  xil  turga  mansub 

organizmlar  o„rtasidagi  o„zaro  munosabatlarning  bir  ko„rinishidir.  Bunda 

organizmlardan biri (parazit) ikkinchisi (xo„jayin) dan yashash muhiti va ozuqa manbai 

sifatida foydalanib, unga zarar yetkazadi. 

Parazitlik  bilan  hayot  kechirish  parazit  turning  o„ziga  xos  filogenetik  belgisi 

bo„lib,  shu  turga  kiruvchi  barcha  individlar  uchun  xosdir.  Parazitlar  biologiyasi, 

ekologiyasi, tarqalishi, kelib chiqishi, qo„zg„atadigan kasalliklari va ularga qarshi kurash 

choralarini o„rganadigan fan – Parazitologiyadir. 

Fan  rivojlanishiga  qarab  XVII  asrdangina  parazitlarni  erkin  yashaydigan 

organizmlar  bilan  umumiy  o„rganila  boshlangan.  Ungacha  parazitlarga  alohida  guruh 

sifatida qaralib, ba‟zida ularning kelib chiqishi ham sirli bo„lib, tirik organizmlarda o„z-

o„zidan paydo bo„ladi degan fikr ilgari surilgan. Parazitlar hayvonot olami sistemasiga 

kiritilgandan keyingina parazitizm tushunchasini qayta ko„rib chiqish, yanayam aniqroq 

tushuncha berish kerakligi talab qilindi. 

Shunday  harakatlardan  dastlabkisi  R.  Leykartga  (Leuckart,1879)  tegishli.  Uni 

fikricha, parazitlar keng va haqiqiy ma‟noda shunday organizmlarki, ularga boshqa bir 

organizmdan  o„ziga  oziqa  va  yashash  makoni  topgan  barcha  mavjudotlarni  kiritish 

mumkin.  Parazitlarga  ichki  gijjalar,  ularga  o„xshash  fo„rmalar,  boshqa  erkin 

yashaydiganlarga  o„xshash  turlar  ham  kiradi  deydi.  Shunga  ko„ra  parazitni  asosiy 

belgisi  uni  oziqlanish  turida,  barcha  boshqa  tirik  organizmlar  hisobiga  yashovchi 

mavjudotlarni parazit organizmlar deb tushunadi. 

Minchin (1912) har qanday organizm boshqa bir organizmning tana bo„shlig„i va 

tana  yuzasida  yashashi  bilan  parazit  bo„lib  qolavermaydi,  parazit  xo„jayin  bilan 

yashashi, uni hisobiga oziqlanishi bilan birga unga zarar keltiradi deydi. 

N.A.  Xolodkovskiy  (1914)  parazitizmda  bir  organizm  (parazit)  ikkinchi  bir 

organizm (xo„jayin) tanasidan oziqa manbai, yashash uchun makon sifatida foydalanib 

qolmasdan,  xo„yin  tanasi,  yoki  tana  shirasi  hisobiga  oziqlanishi  bilan  birga,  unga 

bevosita zarar keltiradi deydi. Ta‟rif bir tomonlama, tibbiy, veterinar xarakterga ega. 

Parazitizmga  yirik  parazitolog  olimlar  qanday  ta‟rif  berishgan  ekan:  аkademik 

Ye.N.  Pavlovskiyning  (1935)  fikricha,  parazitizm  davrida  parazit  o„z  xo„jayinini 

to„qimalari,  tana  shirasi  yoki  uning  hazm  bo„layotgan  oziqasi  hisobiga  oziqlanib, 

ulardan  vaqtinchalik  yoki  doimiy  yashash  uchun  makon  sifatida  ham  foydalanadilar. 

Lekin  bu  ta‟rifga  ko„ra  ham  ba‟zi  bir  qon  so„ruvchi  ikki  qanotlilar  parazit  bo„lmay 

qoladi. Chunki ular xo„jayinlaridan yashash uchun makon sifatida foydalanmaydilar. 

K.I.  Skryabin  ta‟rificha,  parazitizm  bu  organizmlar  orasidagi  shunday  biologik 

o„zaro  munosabatki, ulardan  biri  –  parazit  vaqtinchalik  yoki  doimiy,  ikkinchisini  tana 


 

ustida  yoki  to„qimalari  orasida  yashab,  uni  hisobiga  oziqlanadi,  lekin  o„z  navbatida 

unga  hech  qanday  xizmat  qilmaydi.  Bunda  faqat  oziqlanish  va  xo„jayindan  faqat  bir 

tomonlama foydalanish ko„zda tutiladi. 

V.A. Dogel fikriga ko„ra, hamma yuqorida qayd qilingan parazitolog olimlarning 

fikrlarini  umumlashtirib,  parazitizm  to„g„risida  shunday  fikr  bildiradi.  Parazitlar 

shunday organizmlarki, qaysiki ular boshqa tirik organizmlardan oziqa manbai, yashash 

muhiti  sifatida  foydalanib  qolmasdan,  balki  ularga  qisman  yoki  to„liq  o„zini  tashqi 

muhit  bilan  bo„ladigan  o„zaro  munosabatlarini  boshqarish  vazifasini  ham  o„z 

xo„jayinlariga  yuklab  qo„yadilar.  Bundan  parazitni  yashash  muhitini  ikki  taraflama 

xo„jayin  organizmi  parazit  uchun  birlamchi,  atrof-muhit  ikkilamchi  muhit  bo„lib 

hisoblanadi. Shunday qilib, xo„jayin organizmi parazit va atrof-muhit o„rtasida vositachi 

bo„lib xizmat qiladi.  

Parazitizm  birga  yashashning  shunday  shakliki,  bunday  birga  yashashdan  bir 

tomon, parazit manfaatdor, xo„jayin esa zarar ko„radi. Bu ta‟rif parazitizmga juda keng 

ekologik ma‟no beradi. Bunda asosan parazitizmgina emas balki u bilan bog„liq bo„lgan 

boshqa  masalalar  ham  qamrab  olinadi.  Parazitizm  bu  ekologik  masala  bo„lib, 

parazitologiyani o„rganishda faqat parazit bilan xo„jayin o„rtasidagi munosabatlar emas 

balki parazitik hayot kechirish natijasida yuzaga keladigan oqibatlar ham o„rganiladi. 

Parazitizm  aslida  parazit  bo„lib  yashagan  organizmni  birinchidan, o„zini  himoya 

qilishi va boshqa organizm hisobiga oziqlanish uchun doimo intilishi natijasida yuzaga 

kelgan (Chendler,1956). 

Ayrim ma‟lumotlarga ko„ra, tabiatda erkin hayot kechiradigan organizmlar soniga 

nisbatan parazitlar ko„proqdir. Ko„pchilik organizmlar o„ziga xos parazitlardan tashqari 

boshqa  hayvonlardan  yuqtirib  olgan  parazitlar  uchun  ham  xo„jayin  bo„lib  qoladilar. 

Shuning  uchun  ham  parazitologiyani  o„rganish  organizmlar  orasidagi  munosabatlarni 

o„rganish va ularni evolyutsiani asosiy masalalarini hal qilishda muhim ahamiyatga ega. 

Parazitologiya  va  u  bilan  bog„liq  bo„lgan  turli  xil  hodisalarni  o„rganish  tibbiyot, 

veterinariya, ekologiya sohalarini rivojlantirishda ham katta ahamiyatga ega.  

Muhоkаmа uchun sаvоllаr:  

1. Parazitizm tushunchasiga izoh bering?  

2. Xo„jayin-parazit munosabatlarining qanday shakllari bor?  

2-sаvоl  bo„yichа  dаrs  mаqsаdi:  Talabalarga  parazitizmni  turli  xil  ko„rinishlari 

haqida ma‟lumot berish.  



Idеntiv o„quv mаqsаdlаri: 

1.

 



Parazitizmni turli xil ko„rinishlari haqida ma‟lumot bera oladi.  

 

Ikkinchi sаvоlning bаyоni:  



Parazitizmni  turli  xil  ko„rinishlari.  Parazitizm  hayvonat  olamida  uchraydigan 

ba‟zi  bir  holatlardan  butunlay  ajralib  qolgan  mustaqil  bir  holat  emas.  U  bir  necha 

ko„rinishda  uchraydi.  Parazitizm  bilan  bog„liq  bo„lgan  asosiy  masalalar  simbioz  va 

sinoykiyadir.  Bu  hodisalar  jarayonida  biz  ikkita  har  xil  turga  mansub  bo„lgan 

hayvonlarning  o„zaro  munosabatlarini  ko„rib  chiqamiz.  Yer  yuzidagi  barcha  tirik 

organizmlar  oziqlanishiga  ko„ra  ikkita  guruhga  bo„lib  o„rganiladi:  1.  Avtotrof 

organizmlar. 2. Geterotrof organizmlar.  


 

Avtotrof organizmlar – anorganik moddalardan organik moddalarni sintez qiladi. 

Bularga yashil o„simliklar kiradi. 

Geterotrof organizmlar esa, tayyor organik moddalar hisobiga oziqlanuvchilardir. 

O„z  navbatida  bularni  o„simlikxo„r,  hamaxo„r  va  hokazolarga  bo„lish  mumkin. 

Hamaxo„rlar  o„z  navbatida  parazit,  yirtqich  va  saprofitlarga bo„linadi.  Parazitlarni  esa 

odam, hayvon va o„simlik parazitlariga bo„lib o„rganiladi. Barcha tirik organizmlar bir-

biri bilan bevosita va bilvosita munosabatda bo„ladi. Evolyutsion taraqqiyot jarayonida 

organizmlarning bunday bog„lanishi u yoki bu darajada murakkablashib borib, biologik 

jihatdan turli kategoriyalarga bo„linadi, ya‟ni hayvonlar har xil guruhlarni tashkil etib, 

birgalikda  hayot  kechirish  jarayonida  betaraf  (indifferent),  do„stlik  va  antogonistik 

munosabatlarda yashaydi.  

I.  Indefferent  –  betaraf  munosabatlar.  Ular  bir  xil  sharoitda,  bitta  muhitda 

(hududda)  yashaydi,  bir-biriga  zarar  ham  foyda  ham  keltirmaydi.  Bularga  korall 

poliplar, ignaterililardan–dengiz yulduzlari va dengiz nilufarlari misol bo„ladi.  

II.  Antogonistik  –  qarama-qarshi  munosabatlar.  Bunday  munosabatda  birga 

yashovchilarni  bittasi  ikkinchisiga  zarar  keltiradi.  Bularga  yirtqichlik  hamda  parazitlik 

misol bo„ladi.  

Parazitlar  parazitlik  qilib  hayot  kechirishi  bilan  xarakterlanadi.  Yirtqich  bilan 

parazit bir-biridan ajralib turadi. Yirtqichlar hamma vaqt o„z o„ljalaridan kuchli bo„lib, 

ularni o„ldirib to„liq yoki qisman iste‟mol qiladi (masalan, bo„ri bilan qo„y). Parazit esa 

o„z  xo„jayiniga  nisbatan  kuchsiz,  shuning  uchun  uni  o„ldirishga  kuchi  yetmaydi, 

faqatgina kasallantiradi. U o„z egasining tanasida doimiy yoki vaqtincha yashab, uning 

hisobiga hayot kechiradi.  

III.  Simbios  –  o„zaro  foydali  munosabatlar.  Simbiozning  ma‟nosi  «sim»–birga, 

«bios»–hayot  (tirik),  birgalikda  yashovchilarni  ikkalasi  ham  bir-biridan  ma‟lum 

darajada  foydalanadi.  Simbios  juda  murakkab  bo„lib,  bir  nechta  ko„rinishi  mavjud. 

Hatto  biri  ikkinchisisiz  yashay  olmaydi.  Boshida  bunday  birga  yashash  faqat  birga 

yashovchilarning  bittasi  uchungina  zarur  bo„lib  qoladi,  chunki  uni  o„zi  mustaqil 

ravishda tashqi muhit bilan aloqa bog„lay olmaydi.  

Simbioz  ikkita  boshqa-boshqa  turga  mansub  organizmlar  o„rtasidagi  juda 

murakkab bog„lanishlarni ifodalaydi. Masalan, termitlarning ichagida xivchinlilardan  – 

gipermastiginalar 

yashaydi. 

Termitlar 

laboratoriya 

sharoitida 

xivchinlilardan 

tozalanganda  parazitlar  darhol  o„lgan.  Parazitlari  bor  termitlar  va  parazitlardan 

tozalangan termitlar bir xil sharoitda kuzatilganda, oziqa yetarli, sharoit qulay bo„lganda 

parazitlari  bor  termitlar  1,5  yilgacha  yashagan,  parazitlardan  tozalangan  termitlar  esa 

atigi  10–14  kungina  yashab,  keyin  ular  o„la  boshlagan.  Tirik  qolganlarini  olib,  suniy 

parazitlar  bilan  zararlantirilganda  ular  yashab  ketgan.  Shu  yo„l  bilan  termitlarni, 

xivchinlilar  bilan  tabiiy  sharoitda  simbioz  holda  yashashi  isbotlangan,  ya‟ni  termitlar 

yog„och mahsulotlari bilan oziqlanadi, xivchinlilar esa klechatkani parchalaydi.  

Simbiozning yana bir ko„rinishi sinoykiya (sin–birga, oikos–uy-joy). Bu shunday 

birga  yashashki,  ikkala  birga  yashovchi  hayvonlar  bir-biriga  nisbatan  betaraf  bo„lishi 

mumkin,  yoki  ulardan  biri  ikkinchisidan  foydalanadi,  lekin  unga  hech  qanday  zarar 

keltirmaydi. Shunday qilib birga yashovchilardan biri ikkinchisiga sust ravishda xizmat 

qilib, o„zi uchun bunday birga yashashdan hech qanday manfaat ko„rmaydi. 



 

Ba‟zan  birga  yashovchilarni  biri  o„zini  tanasini  kichikligi  tufayli  yoki  juda  sust 

harakatchanligi  tufayli  ikkinchi  birga  yashovchining  tanasi  ustiga  chiqib  olib,  uni 

yo„ldoshi  sifatida  yashaydi.  Bunday  munosabat  ko„rinishlarini  umumiy  termin  bilan 

«ijara  (kvartirant)»  deb  ifodalash  mumkin.  Ijara  yashashni  bir  nechta  ko„rinishlari 

mavjud.  

1.  Oddiy  ijara  –  xo„jayin  tanasida  yoki  uning  ta‟sir  doirasida  yashaydi.  Ijarada 

birga yashaganda bir organizm ikkinchisidan uy sifatida foydalanadi. Masalan, gorchak 

balig„i o„z ikralarini ikki pallali mollyuskalardan-tishsizlarning mantiyasi ichiga qo„yib, 

dushmanlaridan  himoya  qiladi  yoki  juda  kichik  Fiyerasfer  baliqlari,  biron  bir  xavf 

tug„ilganda meduzalarning soyabonlari ostiga yashirinadi.  

2.  Epioykiya  –  ijaraga  yashovchi  xo„jayin  tanasi  ustiga  o„tirib  olib,  undan 

transport  vositasi  sifatida  foydalanadi.  Masalan,  Sirripeda  avlodiga  mansub 

qisqichbaqasimonlar  kit  va  akulalarning  tanasi  ustiga  yopishib  olib  ulardan  transport 

sifatida foydalanadi, o„zlari esa planktonlar bilan oziqlanadi yoki yopishqoq baliq orqa 

suzgichi  bilan  akulaga  yopishib  passiv  harakat  qiladi  va  akulalardan  qolgan  oziqlar 

hisobiga yashaydi. Bunda yopishqoq baliq akulalar hisobiga boshqa joylarga tarqaladi, 

bunga epioykiya deb ataladi.  

3.  Entoykiya  –  xo„jayinga  o„tirib  olish  bilan  birga,  uni  hisobiga  oziqlanishga 

o„tadi.  Masalan,  Ammotidae  oilasiga  mansub  baliqlar  goloturiyalarning  suvli 

o„pkalarida  yashaydilar,  lekin  ular  ba‟zida  suvga  chiqib  mayda  qisqichbaqasimonlar 

bilan ham oziqlanishi mumkin.  

Sinoykiyaning  asosiy  ko„rinishlaridan  yana  biri  bu  kommensalizmdir. 

Kommensalizm  ko„rinishdagi  munosabatda  bir organizm  ikkinchi  organizmdan  qolgan 

keraksiz  oziq  hisobiga  yashab  unga  zarar  qilmaydi.  Bunga  sinoykiya  deyiladi,  ya‟ni 

synoikia yunoncha yashash joyi demakdir. Masalan, kichkina halqali chuvalchang zohid 

qisqichbaqa joylashib olgan mollyuska chig„anoqlarida yashab, qisqichbaqadan qolgan 

ozuqa  hisobiga  oziqlanadi.  Sutemizuvchilar  ichagida  yashovchi  bir  hujayralilar 

(kipriklilar), ichakdagi bakteriyalar, zamburug„larni yeb hayot kechiradi. 

Mutualistik  munosabatlarda  ikki  xil  turga  mansub  bo„lgan  birga  yashovchilar, 

ikkalasi  ham  bir-biridan  foyda  ko„rib  yashaydi.  Masalan,  krablar  qisqichli  oyoqlariga 

aktiniyalarni yopishtirib oladi. Aktiniyalarning otiluvchi hujayralaridan himoya sifatida 

foydalanadi.  Aktiniyalar  esa  o„troq  hayot  kechiradi  va  krab  yordamida  bir  joydan 

ikkinchi joyga ko„chib o„tadi.  



Muhоkаmа uchun sаvоllаr:  

1. Parazitizm va parazitlar to„g„risidagi tushunchalarni izohlang.  

2. Parazitizmni turli xil ko„rinishlari haqida ma‟lumot bering.  

3. Kommensalizm, mutualizm va simbioz tushunchalariga izoh bering.  

 

3-mavzu:  Parazitlarni  xo„jayinlari  bilan  bog„lanish  shakllari.  Infektsion

invazion va tabiiy o„choqli kasalliklar. Ye.N. Pavlovskiy ta‟limoti.  

Fanni o„qitish texnologiyasi:  

“Parazitlarni xo„jayinlari bilan bog„lanish shakllari. Infektsion, invazion va 

tabiiy o„choqli kasalliklar. Ye.N. Pavlovskiy ta‟limoti” mavzusidagi ma‟ruza 

mashg„ulotining texnologik xaritasi 

 


 

№ 

Bosqichlar va bajariladigan 

ish mazmuni 

Amalga 

oshiruvchi 

shaxs, vaqt 



Tayyorlov bosqichi: 

1.1. 

Dars 

maqsadi: 

Talabalarga 

parazitlarni 

xo„jayinlari  bilan  bog„lanish  shakllari.  Infektsion,  invazion 

va  tabiiy  o„choqli  kasalliklar  hamda  Ye.N.  Pavlovskiy 

ta‟limoti haqida ma‟lumot berish. 



1.2. Idеntiv o„quv mаqsаdlаri: 

1.2.1.  Parazitlarni  xo„jayinlari  bilan  bog„lanish  shakllari 

haqida gapira oladi. 



1.2.2.  Infektsion,  invazion  va  tabiiy  o„choqli  kasalliklar 

hamda  E.N.  Pavlovskiy  ta‟limoti  to„g„risida  tushunchaga 

ega.  

1.3.  Dars  shakli:  guruh va  mikroguruhlarda  ishlash, hikoya 

qilish. 



1.4. Metod va usullar: Kuzatish, suhbat, kolleksiyalardan va 

jadvallardan foydalangan holda  o„rgatish. 



1.5. Kerakli jihozlar: ko„rgazmali qurollar, kolleksiyalar va 

jadvallar. 



O„qituvchi 



O„quv mashg„ulotini tashkil qilish bosqichi: 

2.1. Маvzu e‟lon qilinadi. 

2.2. Ма‟ruza boshlanadi, аsosiy qismlari bayon qilinadi. 

O„qituvchi, 

15 daqiqa 



 

Guruhda ishlash bosqichi: 

3.1. Talabalarga muammoli savol beriladi. 

3.2.  Тalabalar  fikri  eshitiladi,  boshqa  talabalar  bahsga 

chaqiriladi. 



3.3. Umumiy xulosalar chiqariladi. 

3.4. Umumiy xulosaga kelinadi . 

O„qituvchi-

talaba, 

40 daqiqa 



Mustahkamlash va baholash bosqichi: 

4.1 Parazitlarni xo„jayinlari bilan bog„lanish shakllari.  

Parazitlarni  xo„jayinlari  bilan  bog„lanish  shakllarini  gapirib 

bering. 

    Infektsion,  invazion  va  tabiiy  o„choqli  kasalliklar  hamda 

E.N. Pavlovskiy ta‟limoti to„g„risida tushuncha bering. 

4.2. Eng faol talabalar (baholash mezoni asosida) baholanadi. 

O„qituvchi, 

15 daqiqat 



O„quv mashg„ulotini yakunlash bosqichi: 

5.1.Talabalar bilimi tahlil qillinadi. 

5.2. Mustaqil ish topshiriqlari beriladi. 

5.3.  O„qituvchi  o„z  faoliyatini  tahlil  qiladi  va  tegishli 

o„zgartirishar kiritadi. 



O„qituvchi, 

10 daqiqa 

 

Аsоsiy sаvоllаr: 

1. Parazitlarni xo„jayinlari bilan bog„lanish shakllari.  



 

2.  Infektsion,  invazion  va  tabiiy  o„choqli  kasalliklar  hamda  Ye.N.  Pavlovskiy 

ta‟limoti to„g„risida tushunchalar.  

Mаvzugа  оid  tаyanch  tushunchаlаr  vа  ibоrаlаr.  fakultativ  parazitizm,  soxta 

parazitizm, vaqtinchalik parazitlar, stattsionar (doimiy) parazitlar, obligat va fakultativ 

xo‘jayinlar,  giperparazitizm,  oraliq  xo‘jayinlar,  qo‘shimcha  xo‘jayinlar,  rezervuar 

xo‘jayinlar,  asosiy  xo‘jayinlar,  zoonozlar,  antropozoonozlar,  antroponozlar,  abortiv, 

transmissiv, kontakt, aerogenli, alimentar, perkutan, inokulyatib usul, kontaminativ usul.  

1-sаvоl  bo„yichа  dаrs  mаqsаdi:  Talabalarga  parazitlarni  xo„jayinlari  bilan 

bog„lanish shakllari to„g„risida ma‟lumot berish.  



Idеntiv o„quv mаqsаdlаri: 

1.

 



Parazitlarni xo„jayinlari bilan bog„lanish shakllarini izohlay oladi.  

 

Birinchi sаvоl bаyоni:  



Parazitlarni  xo„jayinlari  bilan  bog„lanish  shakllari.  Ba‟zi  erkin  yashovchi 

organizmlar  turli  tasodiflarga  ko„ra  boshqa  organizmlarga  tushib  qolib,  yashab  ketish 

hodisasiga  fakultativ  parazitizm  deyiladi.  Fakultativ  parazitizm  parazitlarni  kelib 

chiqishini o„rganishda muhimdir. 

Erkin  yashovchi  organizmlar  parazitlikka  o„tishida  ularning  tuzilishi  va 

fiziologiyasida o„ziga xos xususiyatlar hamda ma‟lum sharoitlar mavjud bo„lishi shart. 

Masalan, xo„jayinlarni hazm shirasi ta‟sir qilmaydigan mustahkam teri qoplamiga ega 

bo„lishi, anaerob sharoitda yashay olishi kerak.  

K.I.  Skryabin  tajribalarida  shaxtyorlarni  kaproanaliz  qilish  natijasida  ulardan 

erkin yashovchi nematodalar (Rhabditis) ni topgan. Nematodalarning rhabditis avlodida 

ana  shu  xususiyatlar  mavjud.  Natijada,  shu  xususiyati  ularni  erkin  formalarini 

(Rhabditis) odam parazitiga aylanish imkonini beradi. Demak, parazitlar fakultativ yo„l 

bilan ham paydo bo„ladi.  

Kamdan-kam  hollarda  soxta  parazitizm  ham  uchrab  turadi.  Bunda  ayrim 

organizmlar  evolyutsion  taraqqiyot  davrida  moslashmagan  ikkinchi  organizm  tanasiga 

tasodifan  tushib  qoladi. Lekin  bu organizm  tanasida  yashayolmaydi  (masalan, yomg„ir 

chuvalchangi  umurtqali  hayvonlarning  ichagidan  chiqishi  mumkin),  turli  pashsha, 

chivinlarning lichinka yoki tuxumlari oziqa orqali odam organizmiga tushib qolsa, turli 

kasallik belgilarini keltirib chiqaradi (ich ketishi, ko„ngil aynishi, qayt qilish va hokazo).  

Chuchuk suvda yashaydigan zuluklar mayda suv hayvonlari uchun yirtqich, lekin 

sutemizuvchilar uchun parazit hisoblanadi. 

Parazitlar  xo„jayin  organizmida  yashash  muddatlariga  qarab  vaqtinchalik  va 

statsionar  (doimiy)  parazitlarga  bo„linadi.  Vaqtinchalik  parazitizmda    parazit  xo„jayin 

organizmida  vaqtinchalik  yashaydi,  normal  oziqlanadi,  lekin  rivojlanib  ko„paymaydi. 

Bunda  parazit  va  xo„jayin  o„rtasida  garmonik  bog„lanishlar  bo„lmaydi.  Parazit  faqat 

oziqlanish  vaqtida  xo„jayinga  tashlanadi.  Bularga  ko„pgina  qon  so„ruvchi 

ektoparazitlarni  misol  qilib  ko„rsatish  mumkin(chivinlar,  pashshalar,  kanalar, 

qandalalar,  zuluklar  va  boshqalar).  Statsionar  parazitizm  ikkiga  bo„lib  o„rganiladi. 

Davriy  va  doimiy.  Davriy  parazitizmda-organizmlarning  rivojlanish  sikllarida 

parazitizm  gallanadi.  Ayrim  organizmlar  lichinkalik  davrida  parazit  (larval  parazitizm, 

masalan: mermitidalar). Ayrimlari esa voyaga yetgan davrida(imaginal) parazitlik qiladi 

(masalan: nematodalardan-Strongilidalar).  



 

Doimiy  parazitizmda  parazit  tashqi  muhitga  chiqmaydi.  Rivojlanishning  hamma 

bosqichlarini xo„jayin tanasida o„tkazadi (bitlar, junxo„rlar, parxo„rlar, qichima kanalari 

va boshqalar).  

Shuningdek,  obligat  hamda  fakultativ  xo„jayinlar  ham  uchraydi.  Rivojlanishi 

uchun  qulay  sharoit  bo„lgan  organizm  parazitning  obligat  yoki  haqiqiy  xo„jayini 

hisoblanadi.  Jigar  qurtining  haqiqiy  xo„jayini  qo„y),  aksincha  parazitning  rivojlanishi 

uchun  qulay  sharoit  yetarli  bo„lmagan  organizm  fakultativ  xo„jayin  deyiladi 

(o„rdaklarda drepanidoteniylar).  

Ayrim  hollarda  giperparazitizm  (o„ta  parazitlik)  uchraydi.  Bunda  bir  parazit 

ikkinchi  parazitning  tanasida  yashaydi.  Masalan,  ayrim  bir  hujayrali  hayvonlar 

apikomplekslar(sporalilar)dan  nozemalar  toksakara  degan  nematodaning  jinsiy 

organlarida  yoki  nematodalardan  bunostomalar  tasmasimon  chuvalchanglardan-

moniyeziylarning tanasida parazitlik qiladi. 

Transovarial 

parazitizm-(kasallik 

qo„zg„atuvchilari 

bilan 


avlodlarini 

zararlantirish)  kasallik  qo„zg„atuvchilarini  yuqtirib  olgan  ektoparazitlar:  kanalar, 

qandalalar, o„zlarining  avlodlarini ham  shu  kasallik  qo„zg„atuvchilari bilan  zararlaydi. 

Tuxumdan  chiqqan  kana  va  qandalalar  sog„lom  odam  va  hayvonlarni  chaqsa  kasallik 

qo„zg„atuvchilarini yuqtiradi.  


Yüklə 3,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin